СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Zamonaviy o'qituvchining kasbiy mahorati, dars jarayonida interfaol usullardan foydalanish.

Категория: Директору

Нажмите, чтобы узнать подробности

Hozirgi zamon o'qituvchi internet tarmog'idan foydalana bilishi kerak.

Просмотр содержимого документа
«Zamonaviy o'qituvchining kasbiy mahorati, dars jarayonida interfaol usullardan foydalanish.»

O’z fanining fidoiysi-2020” onlayn viloyat ko’rik tanlovining “Eng yaxshi ilmiy maqola” yo’nalishi uchun Muborak tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 8-umumiy o’rta ta’lim maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Mamatova Muhayyoning maqolasi

Mavzu: Zamonaviy o'qituvchining kasbiy mahorati, dars jarayonida interfaol usullar.

O’qituvchlik faqat ta’lim berishdangina iborat kasb emas, balki shaxsni shakllantiruvchi va o’quvchida insoniylik tuyg’ularini tarkib toptirishdek oliy maqsadni bajarishdan iborat. Shu nuqtai nazardan, bugungi pedagog zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklatilgan. Bugun zamonaviy pedagog qanday bo’lishi lozim? Zamonaviy pedagog ijtimoy faol, qobiliyatli, ma’naviy boy va madaniyatli, innovatsion g’oyalarga intiluvchan bo’lishi, yangiliklar yarata olishi va albatta, o’quvchilarni sevishi lozim.

Ta’lim – tarbiya jarayonini yangidan isloh qilishga kirishilgan bugungi kunda o’qituvchi faoliyatiga, uning pedagogik salohiyatiga alohida e’tibor berilmoqda.

  • Ta’lim jarayoni, uni rivojlantirish va o’quv tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarning kengroq joriy etilishi zamirida o’qitish usullarining samarali turlaridan foydalanish ta’lim jarayonining sifatli bo’lishini ta’minlaydi. Bugungi kunda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarni mukammal ravishda egallashlari uchun ta’lim jarayonining samarali va qiziqarli bo’lishi muhim ahamiyatga ega. O’qituvchining asosiy vazifasi dars jarayonida interfaol usullardan samarali foydalanib, o’quvchining bilim salohiyatini oshirish, kommunikativ sifatlarni tarkib toptirishdan iboratdir. Bunday sifatlarni shakllantirishda o’qituvchi, albatta, bor bilim va mahoratini namoyon eta olishi zarur. Mahoratli pedagog dars jarayonini qiziqarli tashkil eta olsa, interfaol usullardan unumli foydalansa, vaqtni to’g’ri taqsimlay olsa, didaktik maqsadni aniq qo’ya olsa o’quvchi har bir darsda o’zini ertaklar olamiga tushib qolgandek his qiladi. Zamonaviy pedagog darslarining samaradorligini oshirish uchun hamda o’quvchini o’z faniga qiziqtira olishi uchun uni ruhiyatiga to’g’ri ta’sir eta olishi kerak. O’quvchini jazolash, qo’rqitish, ota-onaga arz qilish, sinfdoshlari oldida izza qilish kabi salbiy illatlar kasbiy mahoratning yetishmasligidan dalolat beradi. O’qituvchidagi bunday salbiy illatlar o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishlarini so’ndiradi.

Bugun biz o’z kasbining fidoyisi sifatida innovatsion interfaol usullardan o’quv jarayonida o’rinli foydalansak, mahoratli pedagog qiyofasini yaratgan bo’lamiz. Bizning kasbiy qiyofamiz yanada go’zallashadi.

Dars jarayonida interfaol usullardan foydalanish, har bir o’quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishiga imkon tug’diradi. Pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazilgan dars mashg’ulotlari o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, intellektual salohiyatga ega bo’lishiga imkoniyat yaratadi.

Bugungi globallashuv jarayonida turli yot g’oyalar va zararli illatlardan yosh avlodni himoya qilish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdek mas’uliyatli vazifa zimmamizda turibdi. Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, milliy va umuminsoniy qadriytlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ong va tafakkurida milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish, o’quvchining ruhiy olamiga ezgulik urug’ini ekishning asosiy manbayidir.

O’quv tarbiya jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalarning ahamiyati katta.
Innovatsiya inglizcha so’z bo’lib, “yangilik kiritish’’,
“yangilik’’ degan ma’nolarni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonga yangilik kiritish bo’lib, interfaol usullardan foydalaniladi.
Interfaol-bu o’zaro harakat qilmoq, muloqotdqa bo’lish deganini anglatadi. Bu usullar faqat o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Ona tili va adabiyot ta’limining asosiy talablariga ko’ra o’quvchi mavzu bo’yicha belgilangan bilim, malaka va ko’nikmalarni egallash uchun darslikdagi mashq va topshiriqlarni bajarishda mustaqil, ijodiy fikrlashi, kuzatishi, umumiylikni topishi, farqlarni aniqlashi, xulosa chiqarishi amaliyotda qo’llay olishi kerak.

  • Barchamizga ma’lumki, bilim- o’quv jarayonida o’quvchiga beradigan axborot;

  • ko’nikma- shu ma’lumotlardan samarali foydalana olish;

  • malaka- olingan axborotlarni tanish yoki notanish amaliyotga tatbiq etish;

  • kompetensiya- bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik hayotda qo’llay olish layoqati.

  • O’quv tarbiyaviy jarayonda o’quvchining mustaqil ishlash,ijodiy fiklash o’zini- o’zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O’quv jarayonida “ Biz kimning avlodimiz”, “Ijodiy matn yarating”, “Bu kim”, “Adashgan so’zni toping”, “Zakovat sandiqchasi’’ kabi interfaol usullardan foydalanish juda yaxshi samara beradi.Bunda o’quvchilarning barchasi dars jarayoniga jalb etiladi, o’qituvchi esa ularning topshiriqni bajarish jarayonidagi ishtirokiga ko’ra mavzuni qay darajada o’zlashtirganligini aniqlab oladi.

BU KIM” usuli

Bu usulni adabiyot darslarida qo’llash mumkin. Mustahkamlash, takrorlash darslarida doimiy ravishda bu usulni qo’llash, o’qituvchi va o’quvchi uchun juda yaxshi samara beradi. O’quvchilar bilan guruhlarda yoki yakka tartibda ishlash mumkin. Sinf taxtasiga shoir va yozuvchilarning surati yopishtirg’ichli raqamlqr yordamida yashiriladi. Guruhlardan o’quvchilar taklif qilinadi va raqam tanlash topshiriladi o’quvchi esa yopishtirilgan raqamlardan birini tanlaydi. O’qituvchi tomonidan raqam osti ochiladi va hammaga ko’rsatiladi.

Sinfda jimlik saqlanadi , faqatgina raqam tanlagan o’quvchi shoir yoki yozuvchi hayoti va ijodi to’g’risida ma’lumot beradi . Ma’lumotlar esa o’qituvchi tomonidan sanab boriladi .Shu tariqa eng ko’p ma’lumot to’plagan o’quvchi noan’anaviy tarzda “Sinfning eng a’lochi o’quvchisi”, “ Sinfning eng zukko o’quvchisi” ko’krak nishonchasi bilan baholanadi.

  • Kutiladigan natija:

_ o’quvchini topqirlikka, tezkorlikka undaydi.

_ xotirasi mustahkamlanadi

_ o’quvchining mustaqil fikrlash qobiliyati o’sadi, tafakkuri boyiydi.

Ijodiy matn tuzing”

  • Bu usulni ona tili darslarida qo’llash mumkin. O’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir guruhga biror rasm, mavzu beriladi. O’quvchilarga topshiriq sharti tushuntiriladi. O’quvchilar o’zaro hamkorlikda berilgan rasm yoki mavzu asosida bog’lanishli matn tuzadilar. O’qituvchi guruh a’zolarini baholab boradi.

Kutiladigan natija:

  • _ o’quvchilar berilgan tasvirga mos sarlavha tanlaydilar;

  • _ tasvirni izohlash orqali ularda og’zaki va yozma nutq shakllanadi;

  • _ uslubiy xato qilishning oldi olinadi;

  • _o’quvchilarning mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati o’stiriladi;

  • _ o’quvchilarda hamkorlikda ishlash, boshqalar fikrini hurmat qilgan holda o’zi mulohaza yuritish ko’nikmasi shakllanadi.

  • _ shaxs sifatida o’z-o’zini shakllantirish,kommunikativ, nutqiy kompetensiyalar shakllntiriladi.

BIZ KIMNING AVLODIMIZ

  • Bu usulni, nafaqat, adabiyot darslarida, balki barcha fan o’qituvchilari darsning tashkiliy qismida hamda an’anaviy bayram –tadbirlarda qo’llashlari mumkin. Bu usulni qo’llash quyidagicha;

Ko’chma doskaga ilm – fan taraqqiyotiga yuksak hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimizning, ya’ni A. Navoiy, Z.M.Bobur, Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy suratlari qo’yiladi va o’quvchilarga aqliy hujum qilinadi, yoki zakovat sandiqchasiga ular haqidagi ma’lumotlar solib qo’yiladi. O’quvchilar sandiqchadan ma’lumotlarni olib, kimga tegishli ekanligini aytishadi,buyuk ajdodlarimiz haqida bilgan ma’lumotlarini aytib beradi. Faol qatnashgan o’quvchilar, o’qituvchi tomonidan tayyorlangan “BIZ BUYUKLAR AVLODIMIZ” shiori ostidagi ko’chma kubok bilan taqdirlanadi. O’quvchini noan’anaviy baholash, albatta, o’qituvchining pedagogik mahoratiga bo’liq.

KUTILAYOTGAN NATIJA

Bu usul orqali o’quvchi, balki o’qituvchining o’zi ham biz kimlarning avlodi ekanligimizni , tomirimizda kimlarning qoni jo’sh urib oqayotganligini har daqiqada his etib turishi, yosh avlodda faxr, iftixor tuyg’ularining yanada shakllanishi uchun zamin yaratadi. Bundan tashqari o’quvchida o’zligini unutmaslik, Vatanga muhabbat, an’ana va qadriyatlarimizni e’zozlash kabi ezgu g’oyalar shakllanib boradi.

  • Xullas, tavsiya etilgan usullar o’quvchilarda nafaqat mustaqil ishlash va ijodiy fikrlash, balki kommunikativ shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik kabi tayanch hamda nutqiy, lingvistik kompetensiyalarni ham shakllantiradi.

  • Biz ustozlarning vazifamiz, erkin va mustaqil fikrga ega, muloqotga erkin kirishadigan, teran fikrli, iqtidorli shaxsni tarbiyalashdan iborat.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!