СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Захириддин Мухаммад Бобур намунали машгулот

Нажмите, чтобы узнать подробности

Захириддин Мухаммад Бобур намунали машгулот

Просмотр содержимого документа
«Захириддин Мухаммад Бобур намунали машгулот»













Zahiriddin Muhammad Bobur

hayoti va ijodini o’rganishga bag’ishlangan

Diyorin qo’msagan daryodil bobom”

mavzusidagi

ochiq dars ishlanmasi






Mavzu: Diyorin qo’msagan daryodil bobom

(Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi)

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad:Z.M.Bobur hayoti va ijodi yuzasidan quyi sinflarda egallangan bilimlarni mustahkamlash va qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitish ;

2.Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni Vatanga muhabbat va sadoqat hamda buyuk ajdodlarga munosib avlod bo’lish ruhida tarbiyalash;

3.Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning og’zaki nutq malakasini rivojlantirish,mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish,xulosa qilish va fikrini himoya qilishga o’rgatish;

4.Kasb-hunarga yo’naltiruvchi maqsad:o’quvchilarga har bir kasbning o’ziga xosligi,ammo maqsadlari bir xil-Vatan ravnaqiga hissa qo’shishdan iboratligini anglatish.

Dars turi:mustahkamlovchi va yangi bilim beruvchi.

Dars metodi: “Xotira mashqi”, “Davom ettir”“Venn diagrammasi”, “Blits savol”, “Qiyosiy tahlil”, suhbat.

Dars jihozi: Bobur portreti va asarlari,slaydlar,badiiy asarlar,markerlar,plakatlar, tarqatmalar, “Bobur bog’i ”mavzusida chizilgan surat, darslik.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) o’quvchilar bilan salomashish,davomatni aniqlash, o’quvchilar diqqatini jamlash ,kun yangiliklari.

2.O’tgan mavzuni takrorlash:(10 daqiqa)

a) “Xamsa” va xamsanavislar yuzasidan tayyorlangan tarqatmalar orqali savol –javob o’tkazish.

b) “Davom ettir”metodi orqali Navoiy hayoti va ijodi haqida ma’lumotlarni mustahkamlash





3.Yangi mavzu bayoni :(15 daqiqa)

(M.Uzoqovning Bobur g’azali bilan aytilgan “Yaxshilig’ ”qo’shig’i yangraydi)

She’riyat mulkida buyuk Boburim ,

Ayriliqdan bag’ri kuyuk Boburim.

Bitgan ash’orlari tildan tushmagan,

Ko’ngillarda mangu tirik Boburim.

(1-slayd)

Aziz o’quvchilar,bugungi “Diyorin sog’ingan daryodil bobom”mavzusidagi darsimiz Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini o’rganishga bag’ishlanadi . (2-slayd) Buyuk bobokalonimiz , o’zbek mumtoz adabiyotining darg’alaridan biri,temuriylar sulolasining zabardast vakili , boburiylar sulolasining asoschisi, shoh va shoir ,sarkarda va olim ,Vatan sog’inchi,yurt ishqida yonib yashagan sohir qalb sohibi –Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi bilan quyi sinflarda ham bir necha bor tanishganmiz .Shunday ekan ,siz bugungi mavzu yuzasidan ma’lumotlarga egasiz.Demak, o’zingiz bilgan ma’lumotlar haqida suhbatlashamiz. (O’quvchilar Bobur hayoti va ijodiga oid ma’lumotlarni ketma –ket bayon etishadi.Zarur bo’lsa o’quvchilarning ma’lumotlari to’ldirib boriladi.) (3-slayd) (4-slayd)

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodining muhim sanalari

Sanalar

Asosiy voqealar

1483-yil 14-fevral

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topdi.

1494 - yil

Bobur Samarqand taxtini egallash uchun ilk marta urinib ko’rdi,biroq bu harakat muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

1495 - yil

Boburning otasi Umarshayx Mirzo vafot etdi.Bobur otasining o’rniga taxtga o’tirdi.

1497 - yil

Bobur Samarqand taxtini egallaydi.Bu hukmronlik 100 kun davom etgan.

1500 - yil

Samarqandni Shayboniyxon egallab oldi.

1501 - yil

Bobur Samarqandni yana bir bor zabt etib,shaharni sakkiz oy boshqardi.

1501 - yil

Zarafshonning Samarqandga yaqin Saripul qishlog’ida Bobur va Shayboniyxon qo’shinlari to’qnashdi.


1504-1508 - yillar


Bobur 300 dan ortiq yigiti bilan Afg’onistonga yo’l olib ,Kobul taxtini qo’lga kiritdi.

1510 - yil

Bobur Ismoil Safaviy bilan ittifoq tuzib, Samarqandni so’nggi bor ishg’ol qildi.Shu yili Shayboniyxon Mavrda halok bo’ldi.

1512 - yil

Bobur Shayboniy Ubaydullo Sultondan mag’lub bo’ldi.

1519 - yil

Bobur ilk bora Hindistonga yurish qildi.Natijada Bajur va Behra viloyatlari Bobur tasarrufuga o’tdi.Shu yili Hindistonga yurish qilib ,Peshavordan qaytdi.

1520 - yil

Uchinchi marta Hindistonga yurish qildi.U Panjobga yetib borib ,Sialkod va Sayidpur qal’alarini egalladi.

1524 - yil

Lohur va Dibolpur Bobur ixtiyoriga o’tdi.

1525 - yil

Bobur Hindistonga beshinchi marta yalpi yurishni boshlab ,bu safar uzil-kesil g’alabaga erishdi .

1526 – yil 26-aprel

Ponipatda Bobur Ibrohim Lo’diy askarlarini yengdi.

1530 – yil 26- dekabr

Bobur Agrada vafot etdi.

1533 – yil

Boburning chevarasi Shohjahon uning hokini Kobulga keltirdi.



(5-13-slaydlar)

Bobur –shoir :Boburning shoirligi o’zining takrorlanmas lirik ohanglari bilan butun insoniyatni rom etib kelmoqda.Uning se’rlarida vatanparvarlik ,yor va diyor so’g’inchi,yuksak ma’naviy fazilatlar tarannumi ustuvorlik qiladi. Bobur zullisonayn shoir bo’lib,o’zbek va fors tillarida ijod etgan.U o’z ona tilisidagi she’rlarini to’plab,1519-yilda “Kobul devoni”ni ,1528-1529-yillarda esa “Hind devoni”ni tuzgan.Ammo “Kobul devoni ”topilgan emas.Saqlanib qolgan she’rlarining miqdori 400 dan ortiq.Shundan 119 tasi g’azal,231 tasi ruboiy .Bobur bulardan tashqari tuyuq ,fard masnaviy,qit’a,muammo kabi janrlarda ham ijod qilgan .

Bobur –musiqashunos :U musiqa bilan shug’ullanib ,”Chorgoh ”maqomiga “savt”lar bitdi.Ammo uninig qolamiga mansub “Musiqa ilmi”nomli asari topilgan emas.

Bobur –tarjimon :Bobur Xoja Ahrorning “Volidiya” asarini she’riy yo’l bilan o’zbekchaga tarjima qildi.

Bobur –olim :Bobur yigirma yoshida yangi bir yozuv “Xatti Boburiy”ni kashf qildi,aruz nazariyasi va amaliyotiga oid “Muxtasar”nomli tadqiqotni yuzaga keltirdi.

Bobur –tarixchi :Bobur o’zining “Boburnoma” nomli tarixiy-memuar asarida o’n ikki yosida taxtga chiqishidan boshlab umrining oxirigacha ko’rgan-kechirganlarini bayon etdi.Bu asar –Movaraunnahr, Afg’oniston ,Hindiston,Eron xalqlari tarixi,geografiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.Shuning uchun bu asar tarix,etnografiya,geografiya,tilshunoslik,adabiyotshunoslik va boshqa fanlar uchun birday manba bo’la oladi.

Bobur –shoh :Buyuk Amir Temur tuzgan saltanatni saqlab qolish majburiyati otasidan so’ng Boburning zimmasiga tushdi.Toj-u taxt uchun kurashda xonavayron bo’lgan saltanatni tiklash yo’lidagi kurashlar ,g’alaba va mag’lubiyatlar gohida shodlik,gohida g’am olib keldi.Uning yagona maqsadi yirik va markazlashgan davlat tuzish edi.Biroq bu maqsadi o’z yurtida emas, Hindistonda amalga oshdi.

Bobur –sarkarda :Bobur mohir sarkarda va davlat arbobi sifatida ham shuhrat qozondi.U ajoyib suvoriy,suzuvchi,tengsiz qilichboz va kamonboz edi.Dovyurakligi va epchilligi sababli u yoshligidan “Bobur”(sher) laqabini olgan.U janglarda o’z raqiblarining jang usullarini o’gangan.Jumladan,shayboniylardan “to’lg’ama” usulini,mo’g’ullardan pistirma qo’yish,afg’onlardan poroxli miltiq ishlatishni o’rgangan.Uning mohir sarkardaligini hatto chet el olimlari ham tan olishgan.

Bobur –mehribon ota: U Humoyun, Komron,Askariy,Hindol,Gulbadanbegim,Gulrangbegim,Gulchehrabegimlarning mehribon va talabchan otasi edi.Bobur Humoyun o’gil ko’rganida uni tabriklab,murabbiy va ustoz sifatida unga otalik nasihatlarini beradi.Humoyun kasal bo’lganida qattiq iztirobga tushadi,unga o’zini bag’shida qilib ,Ollohdan o’g’lining dardini o’ziga berishini so’raydi.Shundan so’ng o’gli o’ziga keladi-yu Bobur behol yiqiladi.

Tarixiy voqealarga asoslanib P.Qodirov Bobur haqida “Yulduzli tunlar”,uning davomi sifatida “Avlodlar davoni” romanlarini,Fris Vyurtle “Andijon shahzodasi” sarguzasht qissasini, bundan tashqari X.Sultonov,X.Davron ,M.Yusuf, S.Sayyid va boshqa ijodkorlar bir qator asarlar yaratishgan.

Bobur hayoti va ijodi haqida bir qator badiiy filmlar suratga olingan.Teatr va kino san’atida O’zbekistonda xizmmat ko’rsatgan iste’dodli aktyor M.Abduqunduzov Bobur siymosini nihoyatda yuksak mahorat bilan gavdalantirgan.

4.Mavzuni mustahkamlash va baholash:(10 daqiqa)

a)Sinf taxtasiga “Venn diagrammasi” chizilgan plakat ilinadi.O’quvchilarga uni Navoiy va Bobur hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar asosida o’xshash va farqli tomonlariga ko’ra to’ldirish topshiriladi.

O’quvchilarning javoblari “Qiyosiy tahlil”metodi orqali tekshiriladi.(14-slayd)

O’xshash tomonlari

Navoiy

Bobur

Shoir

9 ta devon

2 ta devon

Zullisonayn

O’zbek va fors

O’zbek va fors

Adabiyotshunos

Mezon ul- avzon”

Muxtasar”, “Boburnoma”

Tilshunos

Muhokamat ul – lug’atayn”

Xatti Boburiy”, “Boburnoma”

Tarixchi

Tarixi mulki Ajam”

Boburnoma”

Diniy-axloqiy mavzudagi asarlar

Siroj ul- muslimin”, “Arbain”

Mubayyin al-zakot”

Davlat ishlarini tartibga solish mavzusidagi asarlar

Vaqfiy”

Mubayyin al- zakot”, “Boburnoma”

Farqli tomonlari

Navoiy

Bobur

Lavozimi

Muhrdor , hokim,vazir

Shoh,sarkarda

Yirik asari

Xamsa”

Boburnoma”

Yashagan joylari

Xirot,Iroq,Samarqand, Astrobod

Andijon,Samarqand,

Afg’oniston,Hindiston

Farzandlari

Yo’q

7 ta



b) “Blits savol” metodidan foydalanib Bobur hayoti va ijodi yuzasidan olingan bilimlar mustahkamlanadi:

1.Bobur qachon va qayerda tavallud topgan?

2.Bobur necha yoshida taxtga o’tirdi?

3.Bobur qancha devon tuzgan?

4.Boburning yirik asari?

5. “Boburnoma ”qanday asar?

6.Bobur qanday janrlarda ijod qilgan?

7. “Bobur” so’zining ma’nosi?

8.Bobur kashf qilgan yozuv?

9.Bobur qachon va qayerda vafot etgan?

10.Bobur ijodidan ifodali yod ayting.

5.Darsni yakunlash:(5 daqiqa)

a)Xulosalash:(15-slayd)

Bobur Jamna bo’yida “Bog’i orom” , “Bog’i Zarafshon” , “Bog’i Nilufar” deb nomlangan so’lim maskanlar barpo etdi.U Andijonda hukmronlik qilgan yillarida Bog’ishomol adrlarida turib ona yurtini tomosha qilishni xush ko’rar,bu yerda ham bo’ barpo qilishni niyat qilgan.Oradan qariyb besh asr o’tib ,shoirning orzusi ro’yobga chiqdi.Istiqlolning dastlabki yillarida bu yerda milliy bog’ barpo etilib unga Boburning nomi berildi.Boburning adabiyot olamida yaratgan gulshani esa hozirgacha butun jahonni o’ziga mahliyo etib kelmoqda.

Yurt ishqida yonib o’tdingiz mudom,

“Yaxshilik” deb she’rlar bitdingiz modom.

Yurtga o’g’ir bo’ldi sizdan judolik,

Diyorin qo’msagan daryodil bobom.

She’riyat mulkida buyuk Boburim,

Ko’ngillarda mangu tirik Boburim.

Keling, endi darsimiz mehmohlarini Bobur bog’idan bahramand etaylik.(Bobur ijodidan ruboiy aytiladi va barchaga mevalar ulashiladi)

b)Uyga vazifa :Z.M. Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlab ijodiy ishlar tayyorlash va yangi ma’lumotlar topib kelish.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!