СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Trends in the development of technology and its application in modern professions

Категория: История

Нажмите, чтобы узнать подробности

Trends in the development of technology and its application in modern professions

Просмотр содержимого документа
«Trends in the development of technology and its application in modern professions»

























MUNDARIJA

Kirish………………………………………………………………………………3

1.BOB. TASHQI IQTISODIY ALOQALAR: MOHIYATI VA MAZMUNI. ………………………………………………………………….………………..…5

1.1 Tashqi iqtisodiy aloqlar tushunchasi va ularning tasnifi……….……………....5

1.2 Tashqi iqtisodiy aloqalar shakllari…………….….………………….…….......7

II BOB. O’ZBEKISTONNING TASHQI IQTISODIY ALOQLARINI BAHOLASH…………………………………………………………………….10

2.1 O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqlarini tuzilishi, dinamikasini tahlil qilish………………………………………….……………………………..…….17

2.2 O’zbeksiton tashqi savdosini tartibga solish……. ………...…….………...…21

2.3 O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish muammolari ...….27

3.1 Xulosa………………………………………………………………..………30

3.2 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….31

































KIRISH

Hozirgi kunda davlatlar o'rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsiyalashuvining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada erkinlashuviga sabab bo’lmoqda. Bugungi bozor islohotlari munosabatlarining yangi strategiyasi asosiy yo'nalishlaridan biri - tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni muvofiqlashtirish hisoblanadi.

Bu munosabatlar bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi, mamlakat ichki va tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qiIishga qaratilgan jihatlami, shu jumladan, tashqi iqtisodiy muvozanatni ta'minlash, eksport va import munosabatiarda ilg'or siljishlami rag'batlantirish, xorijiy kapital oqimini kuchaytirishga yo'naltirilgan vakolatii davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qonunchilik, ijroiya va nazorat qilish yo'nalishidagi chora-tadbirlar tizimini yaratishni o'z ichiga oladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga solish davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bu esa o'z navbatida, mamlakatning o'ziga xos ichki va tashqi sharoitlarini inobatga olgan holda, jahon bozorining salbiy o'zgarishlaridan himoya qiluvchi, bunda egallangan mavqeni saqlab qolish va kengaytirishni ta'minlovchi maqbul darajadagi protektsionizm va erkin savdo siyosati qo'llanilishini taqozo etadi.

O’tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish uchun o'zini erkin bozor girdobiga tashlab qo'ya olmaydi. Bunday sharoitda davlatning rivojlantirish kafolati sifatida faol qatnashuviga zaruriyat tug'i1adi.

Bozor munosabatIariga o'tishning ilk bosqichlarida tashqi iqtisodiy aloqalaming davlat tomonidan tartibga solinishi, ayniqsa, muhimdir. Bu esa, birinchi navbatda, tashqi savdo va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllarini tartibga solish mexanizmlarini o’zgaruvchan ichki va tashqi sharoitlarga muntazam moslashtirib borishni, ya'ni oqilona tashqi iqtisodiy siyosat yurgizishni talab etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, bozor munosabatlarining asosiy tamoyillari amalda bo'lishi davlat tomonidan, mamlakat iqtisodiy havfsizligini ta'minlash va umummilliy manfaatlami himoya qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat(TIF)ni tartibga solish maqsadida amalga oshiriladi.

TIFni tartibga solish bo'yicha davlat organlarining faoliyati deyarli barcha mamlakatlarda amalga oshiriladi. Lekin bu faoliyatning ko'lami, shakllari va usullari, aniq maqsad va vazifalari har bir mamlakatning hududiy jihatdan katta-kichikligidan, jahon xo'jaligida tutgan o'rni, tashqi va ichki siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.







































1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish: “O'quv qo'llanma”/

A.A.Aliyev; O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. - T.: .. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. nashriyoti, 2007. - 176 b.

1.BOB. TASHQI IQTISODIY ALOQALAR: MOHIYATI VA MAZMUNI

1.1 Tashqi iqtisodiy aloqlar tushunchasi va ularning tasnifi

Sivilizatsiyaning rivojlanishi alohida olingan davlatlarni xalqaro xo'jalik aloqalariga muntazam ravishda jalb etishga olib keladi, bu esa yagona jahon iqtisodiyotini barpo etishga imkon yaratadi. Dunyodagi bareha mamlakatlar umumiy iqtisodiy qonunlarga ko'ra rivojlanadi, ya'ni ular xalqaro munosabatlar iqtisodiy xarakterining ustuvor bo'lishini shartlaydi.

Ehtiyojlaming doimo murakkablashib boradigan tarkibi, resurslaming juda kamligi va olisdaligi nafaqat alohida davlat ichidagi hududlar, balki turli davlatlar va jahon mintaqalari o'rtasida ham yanada samaraliroq ayirboshlash vositalarini talab etadi. O'zbekistonda ko'plab korxona va birlashmalar, korporatsiya kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda, xorijlik investorlar ishtirokida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda, xalqaro ishlab ehiqarish hamkorligini kengaytinnoqda va chuqurlashtirmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalaming ushbu shakllari milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta'sir ko'rsatadi. Ana shu ta'sir natijalarining tahlili va xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishini hisobga olgan holda iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini belgilash tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi iqtisodiy faoliyat tushunehalarining mazmuni to'g'risida aniq tasavvurga asoslanishi kerak.

Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.

O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.

Tashqi savdoning rivojlanishi asosida xalqaro mehnat taqsimoti va D. Rikardo asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi yotadi. Bu kridaga koʻra alohida sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay geografik joylashuv, noyob tabiiy resurslar ayrim mamlakatlarga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ichida muayyan ustunliklar beradi. Mamlakat oʻzining qiyosiy ustunligidan foydalanib ayrim tovar turlarini ishlab chiqarish.ga ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga ham sotish maqsadida katta miqdorda va yuqori sifatda ishlab chiqarishga xarakat qiladi. Bunday tovar va xizmatlarni uzlarida ishlab chiqarmaydigan boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda ham ularga ketadigan sarfxarajatlarning nisbatan yuqoriligini hisobga olib, tashqaridan tovar va xizmatlarni kiritish yoʻlini tutadilar.

Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar - aniq bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimotiga va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishga hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqlarni ro'yobga

chiqarish jarayoni.















1.2 Tashqi iqtisodiy aloqalar shakllari

Shuni ta'kidlash joizki, xalqaro savdo - tashqi iqtisodiy faoliyat barcha qolgan shakllari va turJarining boshlang'icl1, muvofiqlashtiruvchi va ko'paytiruvchi negizi hisoblanadio: Tashqi iqtisociiy faoliyatning xorijiy sarmoyani jalb etishdek shaklinirw samaradorligi ham uning darajasiga bog'liq. Savdodagi qonun huijatlari tomonidan belgilangan boshqa cheklashlar investitsiya jarayonlarida aks etadi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa sifatida tashqi iqtisociiy aloqalar sivilizatsiya mahsulotidir. Vlar davlatlar paydo bo'lishi bilan yuzaga keladi va birga rivojlanadi. Ushbu aloqalaming rivojlanishiga ayniqsa feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi. Natural xo'jalikdan tovar-pul munosabatlariga o'tilishi alohida davlatlaming milliy bozorlarni rivojlantirishga, tovar ayirboshlashida keskin sakrashni tug'dirishga, bu esa davlat munosabatlarining iqtisodiy sohasida baynalminal aloqalar va xalqaro ayirboshlashlar kengayishi, chuqurlashishiga olib keldi.

Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslaming davlatlar va boshqa davlatlarning iqtisodiy subyektlari o'rtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish - iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil etadi. Vshbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo, uning ishlab chiqarish, savdo, investitsiyaga oid va moliyaviy faoliyatini qamrab oladi.

Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloctalaming mohiyati uning funksiyalarida aniqlanadi. Quyidagilar ana shunday funksiyalar hisoblanadi:

- tabiiy resurslar, ulaming ashyoviy vs qiymat shaklidagi mehnat natijasi bilan xalqaro ayirboshlashni tashkil etish va xizmat ko'rsatish;

- xalqaro mehnat taqsimoti mahsulotlari iste'mol qiymatining xalqaro miqyosdagi e'tirofi;

- xalqaro pul muomalasini tashkil etish

Birinchi funksiya - tabiiy resurslar sifatida qazib olinadigan mahsulotlar va xalqaro mehnat taqsimoti jarayonida olinadigan mahsulotlami ularning ashyoviy hamda qiymat shaklidagi mehnat natijalari bozori orqali aniq iste'molchilarga yetkazishdan iborat bo'ladi. Ayirboshlashni tashkil et ish ayni vaqtda ayirboshlashga xizmat ko'rsatishni ham nazarda tutadi.

Ikkinchi funksiya - bajarish jarayonida tovar-pul munosabatlari harakatining yakunlanishi va pulni xalqaro mehnat taqsimoti mahsulotiga ayirboshlash tugashi yuz beradi. Buning natijasida mahsulotning iste'mol qiymati (yoki amaliy qiymati) xalqaro e'tirofga sazovor bo'ladi.

Uchinchi funksiya - turli xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida pulning uzluksiz harakati uchun shart-sharoit yaratishdir.

Ayni vaqtda tashqi iqtisodiy aloqalar davlatning iqtisodiy tizimiga ta'sir ko'rsatish vositasi bo'lib maydonga chiqadi, u tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Hozirgi jahon xo'jaligida tashqi iqtisodiy aloqalar davlat milliy daromadinin o'stirish, xalq xo'jaligi harajatlarini tejash va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillariga aylanadi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar orqali jahon bozorining tovar va xizmatlarga talabi muayyan davlatning ichki bozoriga o'tkaziladi, bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga imkon yaratadi, bu, o'z navbatida, sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo, moliya muassasalari va xizmatlar sohasini rivojlantirishga olib keladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;

  • savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.







































2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish: “O'quv qo'llanma”/

A.A.Aliyev; O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. - T.: .. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. nashriyoti, 2007. - 176 b.


II BOB. O’ZBEKISTONNING TASHQI IQTISODIY ALOQLARINI BAHOLASH

2.1 O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqlarini tuzilishi, dinamikasini tahlil qilish

O'zbekiston Respublikasining asosiy maqsadi, eng avvalo, tashqi savdoni tariflar orqali tartibga solishning nisbatan samarali usullariga qaratilgan. Ayni paytda, tashqi savdoni rivojIantirish uchun zaruriy infratuzilma yaratilgan ho'lib, tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etuvchi korxonalaming xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan savdo uylari, vakolatxonalari va q~shma korxonalari soni kundan-kunga ortib borayapti. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining eng muhim jihatlaridan biri - bu, mamJakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb qilish bo'yicha olib borilayotgan siyosat hisoblanadi.

O'zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun keng qo'lamli soliq imtiyozlari tizimi yaratilgan va shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag'batlantiruvchi bir qator chora-tadbirlar ish lab chiqilgan. G'arb ekspertlarining fikricha, yaratilgan bunday imtiyozlar tizimi MOH mamlakatlari o'rtasida eng maqbul hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida faol investitsiya siyosatini amalga oshirishdan .posh 'maqsad milliy iqtisodiyotni turli sohalarda tarkibiy o'zgarishlami jadal amalga oshirish, t'lbiiy xomashyo resurslarini zamonaviy texnologiyalar asosida chuqur qayta ishlash ham ichki, ham tashqi bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab cllriqarishdan iboratdir. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining real sohal.nga jalb etilgan xorijiy investitsiyalaming umumiy xajmi qariyb 14 mlrd. AQSH doJlarini tashkil etdi.

O'zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integrallashuvi hamda yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan yangi turdagi tashqi iqtisodiy aloqalaming yo'lga qo'yiIganligi nafaqat yangicha korxonalami tashkil etish, balki mavjud ish lab chiqarish korxonalarini modemizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta qurollantirish, shuningdek, yuqori qo'shilgan qiymat ulushiga ega bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta'minlovchi yangi zamonaviy, i1gor korxonalarga tashkil etishga qaratildi. Raqobatdosh tovarlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish korxonalaming samarali ishlashi va beqiyos rivojlanishining zaruriy sharoiti bo'Jib qolmoqda.

Bundan tashqari, kelgusida, O'zbekiston Respublikasida tashqi iqtisQdiy faoliyatni erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy majmuani yanada takomillashtirish borasida quyidagi masalalarni xal etish maqsadga muvofiq:

• O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari manfaatlarini ham ichki, ham tashqi bozorlarda himoya qilish;

• milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvini rag'batlantirishga qaratilgan zarur shart -sharoitlami yaratish;

• tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga 50- lish tizimlarini yanacla rivojlantirish;

• eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta'minlash;

• ishlab chiqaruvchilar va eksporterlar faoliyatini har taraflama qo'llab-quvvatlovchi tizimlarni yanada takomillashtirish;

• iqtisodiyotning barcha jabxalarida raqobardosh va i1mga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga mo'ljallangan xalqaro standartlarni joriy etish;

• xorijiy mamlakatlar bilan zamonaviy texnologiyalarni standartlashtirish, metrologiya va sifatni sertifikatsiya qilish sohasida hamkorlik qilish ko'lamini yanada kengaytirish;

• xalqaro standart talablariga mos ravishda sifat ustidan nazoratni joriy etish;

• to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalami jalb etisheva xalqaro standartlarga javob beradigan hamda jahon bozorida raqobatdosh bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatning turli hududlarida qo'shma korxonalar yaratilishini ta'minlash;

• O'zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan savdo - iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini yanada kuchaytirish;

• kichik va o'rta biznes subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanishiga hamkorlik qilish;

• xalqaro transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish orqali eksport tovarlarining transportda tashish harajatlarini kamaytirish. Fikrimizcha, tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va yanada rivojlantirishga tuskinlik qilib kelayotgan bunday masalalarning o'z vaqtida bartaraf etilishi O'zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatida samarali ishtirok etishi imkonini beradi.

Tashqi savdo respublikamiz iqtisodiy faoliyatining asosiy qismi bo`lib xizmat qilmoqda. Ushbu sohada davom ettirilayotgan islohotlar mahalliy va xalqaro bozorlarni mahsulot va xizmatlar bilan ta`minlash imkonini bermoqda. Bugungi kunda O`zbekiston xalqaro hamjamiyatda o`z ovoziga ega bo`lib, nufuzli xalqaro tashkilotlar a`zosi hisoblanadi. Dunyoning yetakchi sanoati rivojlangan davlatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatilmoqda. Boshqa davlatlar bilan erishilgan savdo munosabatlari respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulot eksportini oshishiga, o`z navbatida uni dunyoning rivojlangan davlatlar qatoriga qo`shilish imkoniyatini bermoqda. Ushbu yo`nalishda amalga oshirilgan islohotlar natijasida 2019 yilning yanvar-avgust oylarida respulikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 28 433,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 7 911,3 mln. AQSh dollariga yoki o`tgan yilning mos davriga nisbatan 38,6 % ga oshgan. Ushbu ko`rsatkichdan eksport hajmi 12 463,0 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 46,7 %) va import hajmi esa 15 970,3 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 32,8 %) yetdi. Hisobot davrida 3 507,3 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi.

O`zbekiston jahonning 181 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (18,4%), Rossiya Federatsiyasida (14,5 %), Qozog`istonda (8,1 %), Koreya Respublikasida (6,5 %), Turkiyada (5,7 %), Germaniyada (2,3 %) va Qirg`izistonda (2,0 %) qayd etilgan

MDH davlatlari bilan ananaviy savdo munosabatlari tufayli va tashqi savdoni har tomonlama qo`llab quvvatlanishi natijasida MDHga a`zo davlatlar bilan o`zaro savdoning O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2019 yilning yanvar-avgust oylarida 33,2 %ni (9 433,7 mln. AQSh dollari) tashkil etib, o`tgan yilning tegishli davriga nisbatan 118,9 % o`sishni qayd etdi.

Shu bilan birga, boshqa xorijiy hamkor-davlatlar bilan ham joriy savdo munosabatlari rivojlanishda davom etmoqda. Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 66,8 % ga yetib (18 999,6 mln. AQSh dollari) o`tgan yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 150,9 % ga oshgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan besh davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Qirg`iziston (388,1 mln. AQSh dollari), Afg`oniston (359,9 mln. AQSh dollari), Tojikiston (88,6 mln. AQSh dollari), Fransiya (35,4 mln. AQSh dollari) va Eron (8,6 mln. AQSh dollari). Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 13,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 5,6 mlrd. AQSH dollariga yoki 74,8 % ga koʻpaydi. TSAda eksport hajmi 5 772,7 mln. AQSH dollariga (238,7 % ga ko‘paydi) va import hajmi 7 383,1 mln. AQSH dollariga (44,6 % ga koʻpaydi) yetdi. Hisobot davrida – 1 610,4 mln. AQSH dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar tashqi savdosi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda TIF TN) bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda – XSST) ishlatiladi. Bu oʻz navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import qilinadigan tovarlarni 10 ta katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni XSST boʻyicha kodlashtirish, TIF TN va XSST oʻrtasida oʻtish kalitlari yordamida amalga oshiriladi.

Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 34,4 % ulush bilan 4 528,5 mln. AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,8 % ulush bilan 108,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.





























6. https://lex.uz/docs/-67345

2.2 O’zbeksiton tashqi savdosini tartibga solish

Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:

  • xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;

  • tashqi savdo faoliyati;

  • chet el investitsiyalarini jalb qilish;

O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati.

Tashqi savdo faoliyati

Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir.

Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar eksportidir.

Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib chiqib ketish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir.

O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) eksportidir.

Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) importidir.

Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari huquq va manfaatlarining kafolatlari

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanishini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ulardan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olishga haqli emas.

O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining ushbu Qonunda belgilangan huquqlarini buzuvchi hujjatlar qabul qilgan taqdirda, ularga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikka muvofiq qoplanadi.

Axborot olish erkinligi

Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi o‘z huquqlari va manfaatlariga daxldor bo‘lgan va maxfiy tusda bo‘lmagan axborotni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlaridan olishga haqlidir. Axborotning maxfiyligi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi va umummajburiy tusdagi qonunchilik hujjatlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari ulardan erkin foydalana olishlari shart.



Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish

Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

  • tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va takomillashtirish;

  • valyuta bilan tartibga solish;

  • soliq bilan tartibga solish;

  • tarif va notarif tartibga solish;

  • O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo‘llash;

  • tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, shu jumladan, miqdoriy cheklovlar o‘rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o‘rnatish;

  • eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab qilinadigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini belgilash;

  • o‘z xossa hamda xususiyatlariga ko‘ra yalpi qirg‘in qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazib berish vositalarini (raketalar va yalpi qirg‘in qurolini yetkazib berishga qodir boshqa texnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yarog‘ hamda harbiy texnikani yaratishda muhim hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan, eksport nazorati obyektlari ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan eksport nazoratini o‘rnatish;

  • texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalarini belgilash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun preferensiya va imtiyozlar berish.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilikka muvofiq boshqacha usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini, iqtisodiy mustaqilligi va iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzadi;

O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini ishlab chiqadi;

chet eldan olinadigan kreditlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini beradi;

O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;

Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi:

tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi;

qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida tashqi savdo faoliyati subyektlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib turadi;

tashqi savdo faoliyati sohasiga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi:

investitsiyalar bo‘yicha yagona davlat siyosatini shakllantiradi va uning amalga oshirilishini hamda chet el investitsiyalari jalb qilinishini ta’minlaydi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash va uni amalga oshirishga, shuningdek xalqaro moliya institutlari va chet ellik investorlar bilan investitsiya sohasidagi hamkorlikni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;

investitsiya faoliyatiga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik bilan tovarlar eksporti, importini taqiqlash hamda cheklash belgilanishi mumkin va ular quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

  • milliy xavfsizlikni ta’minlash;

  • fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, hayvonot va o‘simlik dunyosini hamda atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • ijtimoiy axloq-odobga va huquq-tartibotga rioya etish;

  • O‘zbekiston Respublikasi xalqining madaniy merosini saqlash;

  • madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqish, olib kirish va ularga bo‘lgan mulk huquqlarini boshqaga o‘tkazishdan himoya qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini saqlab turish;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish;

  • tiklab bo‘lmaydigan tabiiy resurslar tugatilishining oldini olish;

  • O‘zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlarini himoya qilish.

O‘zbekiston Respublikasining hamda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish

Xorijiy davlat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini buzuvchi choralar qabul qilingan taqdirda, shuningdek ushbu davlat xalqaro shartnomalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi oldida qabul qilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalari va prinsiplariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida javob choralarini kiritishga haqlidir.

O‘zbekiston Respublikasining hududida erkin iqtisodiy zonalar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatning alohida tartibi (bojxona, valyuta, soliq va boshqalar) o‘rnatilishi mumkin bo‘lib, u erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solib turiladi.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona bojlari, soliqlar va ularga teng kuchga ega bo‘lgan yig‘imlarni bekor qilishga, tovarlarni eksport va import qilishning miqdoriy cheklovlariga, tovarlarning erkin harakat qilishi yo‘lidagi boshqa to‘siqlarni bekor qilishga qaratilgan erkin savdo to‘g‘risida xorijiy davlatlar bilan xalqaro shartnomalar tuzishi mumkin.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish nizolarni hal qilish

Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan nizolar shartnomada nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi. Shartnomada nizolarni hal qilishni tartibga soluvchi qoidalar bo‘lmagan taqdirda, qo‘llaniladigan huquq va hal qilinadigan joy xalqaro xususiy huquqning umum e’tirof etilgan normalariga muvofiq belgilanadi.



7. https://e-library/tashqi-iqtisodiy-faoliyat

8. https://journal.tsue./tashqi_iqtisodiy_aloqalar

2.3 O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish muammolari

O'zbekiston RespublikasiQing tashqi iqtisodiy siyosati jahondagi siyosiy va ijtirnoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar nisbatan tez o'zgarayotganligini hisobga olib, jo'shqin, harakatehan, rnoslashuvehan bo'lishi zarur. Ayni vaqtda, respublikarniz jahon xo'jaligiga qo'shilayotgan bir sharoitda, gap iqtisodiy Suverenitet, vatan iqtisodiyotini rag'batlantirish , mamlakatning tub rnanfaatlariga rioya qilish to'g'risida borar ekan, buning uchun yetarlicha barqaror bo'lishi talab etiladi. Bundan tashqi iqtisodiy siyosat o'z rivojlanishining ilrniy asoslangan kontsepsiyasiga tayanganidagina erishish rnurnkin.

TIFni erkinlashtirish deganda, eng ayvalo, TIA qatnashuvchilarining erkinligi va iqtisodiy rnustaqilligini oshirish, tashqi 118 savdoni tartibga solish rna'rnuriy uslublarining rna'lurn qadar qisqarishi, mavjud to'siq va g'ovlaming bartaraf qilinishi tushuniladf. Bu rnutlaqo muqarrar, ichki iqtisodiy rnunosabatlar erkilllashuvining rnantiqiy natijalaridir. Sarnarali bozor rnexanizmi faqatgina jahon bozor munosabatlari bilan uzviy aloqada tashkil qilingan bo'lishi murnkin. Yana bunda eng rnuhirni turli rnarnlakatlar iqtisodiy va huquqiy shakllarining rna'lurn darajada o'xshashligidir. TIS ni erkinlashtirish islohatlami am alga oshirish irnkoniyatlarini kengaytiradi, o'tish dayri iqtisodiyoti rnasalalari yechirnirnni tezlashtiradi

Bunday erkinlashtirishning asosiy shakllari - xorijiy investitsiyalarning rnamlakatga kirib kelishini kengaytimh, TlF larining davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarilishiga barham berish, import qilish jarayonidagi ortiqcha to'siqlami olib tashlash, eksportni rivojlanishini faollashtirish, milliy valutaning konvertatsiya qilinishini ta'minlashdir.

Bu shakllar jahon tajribasi ko'rsatganidek, amaldagi bozor mexanizmlarini kuchaytiradi. Biroq, ular to'liq holda hatto rivojlangan bozor iqtisodiyotida ham qo'llanmaydi. Milliy ishlab chiqarishni himoya qilgan holda, davlat ma'lum cheklanishlarni o'rnatadi, bojxona tariflaridan keng foydalanadi, turli xil ta'qiqlami kiritadi va hokazo. Bozor mexanizmi endi shakllanayotgan, mavjud ishlabchiqarish tizimi bozor sharoitlariga xali to'liq moslashmagan o'tish davri iqtisodiyotda davlatning roli yanada muhimdir.

Shuning uchun o'tish davri iqtisodiyotida TIA ni erkinlashtirish siyosati ichki milliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga zarar keltirmagani holda, mamlakatda bozor munosabatlarining tezkor rivojlanishini va uning jahon xo'jaligiga uyg'un qo'shilishini maqbul darajada ta'minlashi zarur. Moliyaviy kapital bozorining ochiqlik darajasi alohida masala sifatida ko'rib chiqilishi mumkin. Shak-shubhasiz ochiqlik darajasi birinchi navbatda investitsiyalarni bevosita jalb qilishni ta'minlashi zarur. Biroq portfel investitsiyalar shuningdek o'rta va qisqa muddatli kreditlami jalb etish ancha murakkab masala. Yaqinda kuzatilgan Janubiy ...: Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi moliyaviy tenglik shuni ko'rsatadiki, mamlakatdan kapitallaming birdaniga chiqib ketish jarayoni yuz berganda qisqa muddatli kapitallar erkin harakati iqtisod rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu bilan birga, kredit va fond resurslari erkin harakatining mushkullashtirilishi, tabiiyki, milliy xo'jalik imkoniyatlarini cheklaydi.

O'zbekiston uchun tashqi savdoni isloh qilish va eksportni rag'batlantirish - erkin ayirboshlanadigan valutada daromadlar o'sishiga olib keladi. U jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv kuchayishida muhim omil sanaladi. Eng muhimi, u iqtisodiy o'sish barqarorligini ta'minlaydigan miUiy valutani mustahkamlash, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish kabi eng dolzarb masalalarni hal qilishga qaratilgan muhim harakat hisoblanadi.

Ma'muriy nazoratning qisqarishi orqali zamonaviy xalqaro qoidalarga muvofiq tashqi savdoni bozor mexanizmlari vositasida tartibga solinishi respublikada o'tish davriga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishni va isloh qilish uslublarini takomillashtirishni talab qila- .ij. Xo'jalik subyektlarining makroiqtisodiy bozor islohotlari natijasida vujudga kelgan rag'batlantirish omillaridan to'liq foydalanishni. ta'minlash uchun O'zbekiston xalqaro moliyaviy va texnik yordamga muhtojdir. Respublika xo'jalik subyektlarining xalqaro savdo jarayonlarida ishtiroki hozirgi kunda faqatgina to'plangan tajribalar va o'rnatilgan savdo aloqalari hisobiga jahon bozori holati bo'yicha yetarli darajada ma'lumotlar bo'lmagan va bu sohada ilmiy izlanishlar deyarli yo'q sharoitda ro'y bermoqda.

TIF sohasida respublika duch kelayotgan asosiy qiyinchiliklar quyidagilar:

• TIFlarning o'zgaruvchan shart-sharoitlarini inobatga oluvchi, ularni davlat tomonidan tartibga solishning ilmiy asoslangan kontseptsiyasining mavjud emasligi;

• TIF ishtirokchilarining aksariyat qismida tashqi iqtisodiy operatsiyalami amalga oshirish bilan bog'liq bo'lpn bozor iqtisodiyoti, jahon bozoriga kirish shart-sharoitlari, huquqiy va texnik jihatlari to'g'risida maxsus bilimlaming yetishmasligi.

• Jahon bozorlari haqida kerakli tijoriy ma'lumotlaming yetishmasligi yoki yo'qligi.

• Bojxona va eksport-import nazoratini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning talab darajasida emasligi.

TIF sohasida erishilgan yutuqlar bilan birgalikda, uning samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi muammolar ham saqlanib qolmoqda. Ulami bartaraf etishda har tomonlama ilmiy asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat kontseptsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish zaruriyati tugiladi.

Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida" (1991, 14 iyun), "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida" (1993, 7 may), "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida" (1997, 29 avgust) qonunlari, "Bojxona kodeksi" (1997, 27 dekabr) va boshqa qonun va qarorlar, meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Mamlakatlar oʻrtasida Tashqi savdoni tartibga solishda Jahon savdo tashkiloti muhim rol oʻynaydi.





XULOSA

O'zbekiston Respublikasining xalqaro tashqi savdoni rivojlantirish uchun dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirib eksport va import aylanmasini amalga oshirish zarur. Shuningdek bizning yurtimizga importni yanada ko’paytirib shu orqali yangidan yangi bozor iqtisodiyotda raqobatdosh tovarlarni kashf qilish zarur. Shu orqali eksport aylanmasini rivojlangan davlatlardan import orqali ham kuchaytirish mumkin.

O'zbekiston Respublikasining xalqaro tashqi savdo siyosati mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy va ajralmas qismini tashkil etadi. Boshqa har qanday davlat singari, O'zbekiston Respublikasi ham mamlakat tovarlari va xizmatlarini import qiluvchilar va eksport qiluvchilarni, ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek ularning faoliyati kafolatini Respublikaning eng muhim maqsadlaridan biri. 2000 yil 26 mayda qabul qilingan "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga muvofiq, qonunning asosiy vazifalari xalqaro iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, respublikaning iqtisodiy suvereniteti va manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni rag'batlantirish va integratsiyalashuvi uchun sharoit yaratishdan iborat.

Mamlakatning xalqaro savdo sohasidagi asosiy vazifalari mamlakat ichki bozorida tovarlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonida mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini yengillashtirish, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, shu kabi tashqi ishlab chiqaruvchilar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlariga zarar yetkazmaslikdir. Bozor, shuningdek eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yordam berish asosiy maqsadi.





p

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish: “O'quv qo'llanma”/

A.A.Aliyev; O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. - T.: .. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. nashriyoti, 2007. - 176 b.

2. A.Vahobov , N. Jumayev, U.Burhanov. Xalqaro moliya munosabatlari. "Sharq" nashryoti - T.:, 2003

3. Robert Pindayk, Daniel Rabinfeld. Mikroiqtisodiyot Robert Pindik, Daniel Rubinfeld. "Mikroiqtisodiyot"

4. https://cyberleninka.ru/article/n/state-regulation-of-foreign-economic-activitv-of-uzbekistan/viewer

5. https://open.lib.umn.edu/principleseconomics/chapter/17-3-restrictions-on-international-trade/

6. https://lex.uz/docs/-67345

7. https://e-library/tashqi-iqtisodiy-faoliyat

8. https://journal.tsue./tashqi_iqtisodiy_aloqalar



15



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!