СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

The integration of connected and intelligent technology in cars

Категория: Технология

Нажмите, чтобы узнать подробности

  1. The integration of connected and intelligent technology in cars

Просмотр содержимого документа
«The integration of connected and intelligent technology in cars»



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI AMALIY PSIXOLOGIYA YO’NALISHI 2-KURS KECHKI TA’LIM YO’NALISHI TALABASI



ERKINJONOVA SEVINCHNING





UMUMIY PSIXOLOGIYA ICHKI REGULATSIYA FANIDAN

SHAXSNING EMOTSIONAL SOHASINING YOSH VA JINS XUSUSIYATLARI

MAVZISIDA



BAJARGAN MUSTAQIL ISHI











QABUL QILADI A.RASULOV







Maqsad va vazifalari: Odam tashqi muhiti, ularning emotsional holati.

Kirish

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish dolzarblik kasb etmoqda. Ilm-fanni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909- son qarori qabul qilindi. Pedagogika va psixologiya iod bilimlarni egallash insonni o‘ziga xos xususiyatlar haqidagi tasavvurlarni yaxlit shakllantirish, mustaqil fikrlash va shaxsiy hatti-harakatlari oqibatlarini oldindan sezish, mustaqil o‘qish va o‘z imkoniyatlarini aynan baholash, maqsadga erishish va hayotiy qiyinchiliklarni bartaraf etishning maqbul yo‘llarini mustaqil topish bo‘yicha pedagogik va psixologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.

Odamning aks ettirish jarayoni

Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan obyektlarga subyekt sifatida qatnashishi; v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo. Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi. Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi.

Emotsiya

Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.

Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nervfiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak».

Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. Chunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nervfiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.







Xulosa

Emotsiya odam yoki hayvonlarning sub’ektiv ifodalangan ichki yoki tashqi qo‘zg‘ovchilar ta’siriga javob reaksiyasi va shu o’rinda empatiya haqida ham qo‘shimcha qilmoqchiman.

Empatiya bu boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish qobiliyati. yunon. empatheia – birgalikda dardlashmoq. Bulardan ko‘rinib turibdiki inson ham o‘z ishida undan tashqari boshqalarning ham holatidann kelib chiqib ishlash qobilyato bo‘lishi zarur ekan.







































Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

  1. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N., Usmanova X.E., Xaydarov I.O. Umumiy psixologiya, O’quv qo’llanma. Toshkent, 2018 y.

  2. Ғозиев Э.Ғ. Умумий психология. –Тошкент: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти. 2010 й.

  3. Реан А.А., Бордовскайа Н.В., Психология и педагогика, Учебник. Питер. 2010 г.

  4. Умаров Б.М., Шойимова Ш.С., Ро'зийева Д.И. Педагогика.Психология, Дарслик. Тошкент. 2019 й.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!