СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

11-синф учун Тарбия фанидан ибрат маскани мавзусида дарс ишланма

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«11-синф учун Тарбия фанидан ибрат маскани мавзусида дарс ишланма»




O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi

Samarqand viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi


Kattaqo’rg’on shahar xalq ta`limi bo`limiga qarashli

5-umumiy o`rta ta`lim maktabi

Tarbiya fani o`qituvchisi

Kaddirova Barnoning

Tarbiya fanidan 11-sinflar uchun

IBRAT MASKANI”

mavzusida tayyorlangan bir soatlik



















2021-2022 o`quv yili

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

I. Darsning maqsadi:

«Tarbiya» o‘quv fanining o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning tarbiya, odob-ahloq madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir

a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

Ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz ta`lim-tarbiya hamda odob-ahloqlari ibrat maskani mavzusi bo’yicha tushunchalar berish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlari va oilaga bo’lgan muhabbatni tashkil toptirish

v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.

II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

Darsning texnik chizmasi:

Dars bosqichlari

Vaqt

1 ) Tashkiliy qism.

3 daqiqa

2) Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

5 daqiqa

3) Yangi mavzuni yoritish

15 daqiqa

4) Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

10 daqiqa

5) Darsni yakunlash

10 daqiqa

6) Uyga beriladigan topshiriqlar

2 daqiqa

VIII. Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:


Sinfdosh qizlar imtihonlarga birga tayyorlanish uchun Dilfuzaning uyiga bordik. Darvoza oldidagi o‘rindiqda o‘tirgan Isomjon boboning: “Sen G‘iyos boboning nabirasimisan? Buvingning o‘zi bo‘libsan”, “Sen, qizim, Sa’dullaning nabiralariga o‘xshayapsan, ovozing xuddi onangning ovozidek ekan”, “Kel, kel, Foziljonning qizi, sen xuddi otangning qizi bo‘libsan!” deyishlaridan Dilfuza: “Qoyil, bobojon, hamma dugonalarimni bobo-buvisi, ota-onalariga o‘xshatib, aniq tanidingiz. Uyda o‘tirsangiz ham, hammani taniysiz!” dedi.

“Mahalladoshlik shu-da, bolam, odamlar bir-biriga qon-qarindosh bo‘lib ketishadi. 80 yoshga kirdim. Dugonalaringning ota-buvasi bilan birga katta bo‘ldik,

to‘yimiz, azamiz, yaxshi-yomon kunlarimiz birga o`tdi.inson insonga kerak bolam”, dedi bobo o`git ohangida.

Mahalla insonning hayoti, turmush tarzi, taqdiri, eng muhimi, tarbiyasida asosiy rollardan birini o‘ynovchi katta kuch hisoblanadi. Zero,

insonning umri aynan mahallada o‘tadi. Mahalla – aholini jipslashtirish va safarbar etish, jamiyatni taraqqiy ettirishga xizmat qiluvchi, shuningdek, o‘z hududida poklik, to‘g‘rilik, xolislik, beg‘arazlikni qaror toptiruvchi kuchdir. Mahalla

milliy urf-odat va an’analar, hashar va boshqa tadbirlarni amalga oshirish vositasi hamdir. Shuningdek, mahalla odamlar bir-birining issiq-sovug‘i, g‘am-tashvishidan xabar olib turadigan eng tabarruk maskan, deb bejizga ta’kidlanmagan.

Alisher Navoiy ijtimoiy kelib chiqishi, mavqeidan qat'i nazar, insonni ulug‘ladi. Inson deya atalmish xilqatga buyuk hurmat bilan qaradi. Axloqiy va insoniy fazilatlarni o‘zining asarlarida madh etdi. Yaxshilarga qo‘shilish, yaxshilar suhbatida bo‘lib, har vaqt xushmuomalalik, oliyjanoblik va insoniylik bilan xalqning hurmatini qozonish mumkinligini kuyladi.

Navoiy din-u diyonatni mahkam ushlagan, bu yo‘ldan aslo adashmagan ulug‘ siymo edi. U imon, insof, diyonat, saxovat, muruvvat kabi insoniy qadriyatlarga hamisha amal qilib yashadi. Boshqalarni ham shunga da’vat qildi. Butun hayoti va faoliyatini inson baxt-saodati, xalqning farovonligiga bag‘ishladi. Ayniqsa, Navoiy vazirlik davrida butun kuchini mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga, uni yanada obod qilishga sarfladi. Muarrix Xondamir Alisher Navoiy Xurosonda 52 ta rabot, 20 ta hovuz, 16 ta ko‘prik, bir qancha masjid-madrasa, to`g`on, ariq, hammom va boshqa maishiy bonilar qurdirganini qayd etgan.

































XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?

2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish

XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: huquq 11-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!