СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Tanlov uchun material

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Tanlov uchun material»

MEN NECHUN SEVMAYIN O’ZBEKISTONIM!

Ko’zimni ochib, hotirjamgina uyg’ondim. Kun anchagina yaxshi edi. Ishlar qalashib yotibdi – bilardimki, meni ko’plab ishlar kutib turganini. Nasib qilsa hammasiga ulguraman deb, zo’r kayfiyatda o’rnimdan turib xovliga chiqdim. Ayvonda barcha dasturxon atrofida yig’ilgan. Men ham yuz-qo’limni yuvdimda oila davramga qo’shildim. Dasturxonda tandirdan yangi uzilgan issiqqina non va qaymoq turardi. Onamga qaradimda: “umringiz uzoq bo’lsin, biram mehribonsiz”, deb, nonga qo’l cho’zdim. Xaqiqiy baxt mana nimada! “Ust-boshimiz but, qornimiz to’q ekan biz boymiz”,- deydi bobom. Xa albatta, bizdagi kabi mehr boshqa yurtda topilmasa kerak.

Mana men nechun sevaman O’zbekistonni…?!

  • Qalbi daryo beminnat yaqinlarim borligi uchun!!!

Bu kunlarga shukurlar aytib, hayol surib o’tirarkanman, hayolimni ayvon chetidagi televizor chalg’itdi. Nohush xabar: “Sirdaryoda suv ombori buzilib, suv bosibdi”. Ichim muzlab ketdi. Bir narsa yuragimni tirnab o’tdiki, tariflay olmayman. Sirdaryo ahliga nima bo’ldi ekan. O’zlari yaxshimikan, farzandlari omonmikan ishqilib, uy-joylariga nima bo’ldi…? Hayolimda har xil fikrlar aylanardi. Meni bu qadar televizorga tikilib, qotib qolganimni ko’rgan yaqinlarim ham televizorga e’tibor qaratib, kuzatishardi. Nima bo’ldi? tushuna olmasdim, televizordan deyarli ma’lumotga ega bo’la olmadim shekilli hech narsani anglamasdim. O’rnimdan turdimda telefonimni qidira ketdim. Internetdan bo’lgan voqea haqida malumotlarni olishga kirishdim. “Talofatlar, qurbonlar, jabr ko’rganlar yo’q ekanmi ?!”,- so’radi akam. Men jimgina xabarni o’qishda davom etdim. Barchani nigohi menda ekanligini xabarni o’qib bo’lib bildim. Afsuski talofatlar anchagina, qurbonlar esa yaxshiyamki yo’q. Bu haqida ovoz chiqarib o’qirkanman onam Ollohga shukur sog’ ekanku barchalari. “Shuning o’zi kifoya”,- dedi bobom go’yoki “bosh omon bo’lsa do’ppi topiladi” degandek.

Barchamiz o’z ishimiz bilan shug’ullanishga kirishdik. Hozir karantin sharoitida bo’lganligimiz sababli men qiladigan ish dexqonchilik edi xolos. Aslida ham bo’sh vaqtimda hobbiy qilib ko’chat yetishtirar edim. Kunning barakasi yo’qdek. Quyosh ham charchadi shekilli tezdagina ufqqa berkindi. Kech tushdi-tushlik vaqti. Barchamiz yana dasturxon atrofidamiz, har doimgidek televizor yoniq edi. Jimgina kuzatardim. Avvaliga xabarlar koronavirus infeksiyasi haqida borardi. Ancha vaziyat yaxshi tomonga o’zgargan, ko’z tegmasin ! odamar uyda o’tiraverib charchadi. Chunki mehnatkash xalqim mehnatni qadrlaydi. Bo’sh vaqti deyarli bo’lmaydida. Mayli oz qoldi sabr qilsak hammasiga erishamiz. Xursand edim sog’ayganlar ko’payganidan. Biz karantinda oila a’zolarimiz davrasidamiz, lekin… hayolimni yana qayg’u egalladi, g’ashlik ich ichimdan kelardi. Sirdaryoliklarchi? ularning ahvoli qanday kechayapti? Axborotni kuzatdim bu haqida ma’lumot berilmadi, demak xabarni o’tkazib yuborganman. Telefonimni qo’lga oldim va yana internetdan xabar izlay ketdim. Onam aytdi: “bolam ovqatingni yesangchi”, - ichim uzilay dedi. Bu gap juda og’ir botdi, bildirmadim. Bizku uyda sog’ salomatmiz lekin, Sirdaryo xalqichi…? Och-nahor, boshpanasiz, nima qilishyapti ahvollari nima kechyapti? Vaziyat haqida ma’lumotlarni kuzatar ekanman, hozirgi vaqtda ular qanday ahvolda. Ikki kun avval u hududlarda kuchli shamol va sel bo’lgandi. Vaziyat men o’ylagandanda juda chigal va og’ir dedim o’zimga o’zim. Nega bunday bo’ldi? Karantin davrida-ya ? nimadir qilish kerak raxbariyat qayoqqa qarayapti ekan?, biror chora ko’rishganmikan?, shu kabi hayollar hali hamon hayolimdan ketmagandi. Bu kecha uxlay olmadim. Bu kabi og’ir sinovga bardosh berayotgan xalqimga kuch quvvat tiladim.

Mana men nima uchun sevaman O’zbekistonni…?!

  • Bardoshli xalqim borligi uchun!!!

Tong otdi. Bu tong avvalgilari kabi emasdi. Yurak ezilgan, kayfiyatsiz uyg’ondim. Lekin ertalabdan yaxshi xabar ko’nglimni ancha yumshatdi. Xaqiqatdan suyunarli xabar edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev delegatlari bilan Sirdaryoga yetib kelibdi. Barcha choralar ko’rilayotgandi. Yurtboshimiz bunga befarq emasdi.

Mana men nima uchun sevaman O’zbekistonni…?!

  • Shunday mehribon yurtdoshim borligi uchun!!!

Prezidentimizni televizorda ko’rsatayapti. Xalq bilan yuzma-yuz turib gaplashardi. Xalqqa qarab vada berayaptilar: “…men bu yerda sizlarni uylik joylik, boshpanalik qilmagunimcha hech qayerga ketmayman”. Uysiz qolgan xalq esa bu kabi so’zlardan ko’zlariga yosh olganday bo’ldi. Yurtboshimiz dalda bera oldilar, ertangi kunga umid uyg’otdilar. Barcha ma’sullar, tez yordam mashinalari, texnik vosita, uskunalar, oziq-ovqat maxsulotlari, IIV ligining xodimlari, Milliy Gvardiyaning mard o’glonlari allaqachon Sirdaryoga yordamga yetib kelgandi. Xa vaziyat iziga tushadi. Ko’nglim to’ldi.

Mana men nima uchun sevaman O’zbekistonni…?!

  • Shunday jasur o’glonlari borligi uchun!!!

Dorixonaga borish zarurati tug’ildi. Demak yana men boraman. O’zbekning kichigi dasiyor bo’ladi-da. Mayli men boraman, uyda ham zerikib ketgandim. Darvoza xatlab o’tar ekanman ortimdan: ”niqobingni unutma! taqib ol”, - onamning ovozi keldi. Cho’ntagimdagi niqobni olar ekanman eng avvalo sog’ligimimni o’ylab, qolaversa, davlatimiz siyosatini amalga oshirishda muhim vakillardan ekanligimni va barcha uchun ideal namuna bo’lishim kerakligini bildim. Yo’lda borar ekanman tug’ilganimdan beri hech qachon bu kabi sovuq manzarani ko’rmaganman. Ko’chalar bo’m-bo’sh hechkim yo’q. Onda sonda biror tanishimni ko’raman ular ham zarur yumush bilan ko’chada. Ular bilan uzoqdan faqatgina yuz ko’rishibgina salomlasha olaman. Qanchalar achchiq bu hayot, shunday kunlar boshimizda bor ekanda. Quchoq ochib so’rasha olmaymiz, lekin ular bilan qalban yaqinligimni ko’zlaridagi nur orqali his qilib turardim.

Mana men nima uchun sevaman O’zbekistonni…?!

  • Shunday nurli chexralar borligi uchun !!!

Kun shu zaylda kechkirdi, bu safar dasturxondan avval televizor qarshisiga o’tirdim. Kattaligi yarim qulochday ham kelmaydigan televizordan katta bir narsa kutayotgandim. Yana o’sha Sirdaryo xalqi. Xa joning achiydi-da. Umrlari uzoq bo’lsin hammalarini. Bunday holatda ishtaha ham yo’q, go’yoki hech narsa tomoqdan o’tmaydiganday. Ollohga shukurki vaziyat haqida anchagina ijobiy xabarlar eshitdim. Xalqimizning yana bir qahramonligiga guvoh bo’ldim. Bu jarayon go’yoki ikkinchi jahon urushidagi bir voqeadek ko’z o’ngimda gavdalandi. Shomahmudovlar oilasi insonparvarlikning yuksak namunasini ko’rsatgan oila sifatida tarixda qolgan[1]. Nima uchunligni barchamiz yaxshi eslaymiz. Sirdaryoda ham huddi shu holat edi. Xabar berishlaricha, Toshkent viloyatining Sirdaryoga yaqin hududlarida istiqomat qilayotgan aholi vakillari o’z uylaridan Sirdaryoda vaziyat qurboniga aylanganlarga issiq o’rinlar ajratib berib sahovatli ishlarni boshlab yuboribdi. Xalqimiz doimo to’yda ham, hasharda ham birga bo’ladigan, uyi tor-u bag’ri keng xalqimizning bu savobli ishlarining ajri ham ulug’dir. Qanday qilib unutish mumkin bu xalqni. Har qanday vaziyatda ham yordam qo’lini cho’za oladigan xalqni unutib bo’larmidi.

Mana men nima uchun sevaman O’zbekistonni…?!

  • Shunday bag’ri keng xalqimiz borligi uchun !!!

Sirdaryo xalqiga yordam tariqasida O’zbekistonning barcha hududlarida sahovat karvonlarining yuborilishi insonylikning yuksak mezonini belgilab berdi. Uyidan kim nima orttirib topsa olib chiqib topshirishardi. Bir bolakay o’zi sevgan eng sevimli o’yinchog’ini topshirayotib aytgan gaplari ko’z yoshlarimga sabab bo’ldi. “Bu o’yinchoq men yoqtirganlarimning eng yaxshisi edi. Lekin mendan ko’ra ko’proq Sirdaryodagi do’stlarimga kerak. Shuning uchun uni sahovat karvoniga ulashdim”. Xa yig’ladim. Yuragim ezilib yig’ladim.

Mana men nima uchun sevaman O’zbekistonni…?!

  • Shunday shirin farzandlari borligi uchun !!!

Sirdaryo sen barchasidan o’tding inshaolloh. Yurtboshimiz, ko’ngli daryodek xalqimiz bor ekan - Sen tashvishlanma, bizga suyan.

Hech bir sabab yo’qki, men sendan ayro bo’lsam Vatan. Men seni qanchalik yaxshi ko’rar ekanman:

  • Men senga bo’lgan sevgimni chaqaloqning kulgusida ko’raman,

  • Men senga bo’lgan sevgimni bobomning qilgan duolarida ko’raman,

  • Men senga bo’lgan sevgimni bog’da sayragan qush xonushida ko’raman,

  • Men senga bo’lgan sevgimni buloqlarning jilg’adek tovlanayotgan tomchisida ko’raman.

  • Men senga bo’lgan sevgimni quyoshning nurlari-yu, yomg’irlarning mayingina shivir ovozida ko’raman.

  • Men senga bo’lgan sevgimni Prezidentimiz olib borayotgan odilona siyosatida ko’raman;

  • Men senga bo’lgan sevgimni shoirning aytgan har bir so’zida ko’raman.

Ona Vatan so’zining negizi Ona va Tan so’zidan olingan.

  • Men senga bo’lgan sevgimni Onamning yuzlarida ko’raman.

To’g’ri barchamiz O’zbekistonimizni yaxshi ko’ramiz, lekin men hammadan ko’proq yaxshi ko’raman!!!

Hikoyamning so’ngini Sirdaryoda bo’lgan yana bir ta’sirli voqea bilan tugataman.

“… oyimlar bilan Xayit bayrami arafasida Sirdaryo viloyatiga odamlarning holidan xabar olish uvhun bordik. Shunda ajoyib bir voqea bo’ldi. 6-7 yoshlardagi bolakay bilan suxbatlashar ekanmiz:

  • nima bo’ldi o’zi, o’sha payt nima qildinglar? Savolga tutdim,

  • ertalab vaqtli uyg’onib ketdik. Qarasak hamma yugurayapti, biz ham dadam bilan ko’chaga yugurdik deydi bolakay. Shu payt shiringina jajji singlisi gapga qo’shildi, ismi Nigina ekan.

  • Mening oq ayiqcham borkuo’sha uyda qolgan ekan, dedi ko’zlarini katta katta ochib, men uni cho’kib ketdi deb o’ylab, rosa xafa bo’ldim. Keyin dadam yo’q bo’lib qoldilar. Qidirib-qidirib o’yinchog’imni topib keldilar. Ayiqcham qaytib keldi! Xozir uxlab yotibdi, shiringina gapirardi.

  • Juda ta’sirlanib ketdim. Tasavvur qilayapsizmi?! Odamlarning ko’ziga hech nima ko’rinmay, har tomonga o’zini urgan bir paytda Niginaning dadasi farzandim o’ksib qolmasin deb ortiga qaytgan ekan”[2]

Foydalanilgan saytlar:

  1. Dilshoda Raxmatova “9-may – muqaddas Xotira va buyuk g’alaba kuni”ga bag’ishlangan maqola. “oz.sputniknews-uz.com”

  2. Saida Mirziyoyeva “Sirdaryo biz sen bilan” @sshmirziyoyeva





Murodilov Xasanboy Tolibjon o’g’li

Farg’ona politexnika instituti

Qurilish fakulteti

15-18 GKvaK yo’nalishi talabasi

Hikoya 2020 yil 13 iyunda yozib tugatildi.








Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!