СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari.

Категория: Искусство

Нажмите, чтобы узнать подробности

Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari.

Просмотр содержимого документа
«Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari.»

3-mavzu: XIII asrning ikkinchi yarmi -XIV asrning birinchi yarmi musiqa madaniyati. Temuriylar davri musiqa madaniyati.

Mavzu rejasi:

  1. XIII asrda musiqa madaniyati. Amir Husrav Dehlaviy (1253-1325) hayoti va ijodi.

  2. Dehlaviy –yangi musiqiy janr yaratuvchisi sifatida (qavvali).

  3. Paxlavon Mahmudning (1248-1326) ijodiga oid ma’lumotlar.

  4. Jaloliddin Rumiyning (1207-1272) hayoti va ijodi.

  5. Rumiyning musiqa soxasi bilan bog‘liq faoliyati.

  6. Musiqa soxasida O‘n ikki maqom tizimining ahamiyati.

  7. Amir Temur davrida barcha soxalarning rivoji haqida.

  8. “Sharq Renessansi” deb yuritilishining sabablari.

  9. Amir Temur davriga xos bo‘lgan mahnaviy ko‘taringkilik musiqa sanhatini

  10. Sozandalikda va xonandalik, musiqa ta’limi, bastakorlik ijodi, musiqa ilmi kamol topishi.

  11. Anhanaviy ustoz-shogird tahlim tizimi keng rivojlanishi.

  12. Saroy musiqasi.

  13. Abdulqodir Marog`iyning hayoti va ijodi.

  14. “Maqosid ul-alhon” asari haqida.

Tayanch so’zlar: Dehlaviy, raga, qavvali, g’azal, “Xayal”, janr, musiqa. XIII asrda musiqa madaniyati. Amir Husrav Dehlaviy, Paxlavon Mahmud, Jaloliddin Rumiy, Amir Temur, Abdulqodir Marog`iyn, “Maqosid ul-alhon” asarlari mashxurdir.


Аdabiyotlar:

1.Djumaev A.B. Muzikalno-esteticheskie vzglyadi Abu Ali ibn Sini. // Muzika narodov Azii iAfriki. vip. 4. Moskva. 1984.

Vizgo T., Rashidova D. Muzikalno-teoreticheskoe nasledie velikix sredneaziatskix misliteley. // Voprosi muzikalnoy kulturi Uzbekistana. Tashkent. 1969.

2.Istoriya muziki Sredney Azii i Kazaxstana. Moskva. 1995.

Istoriya uzbekskoy muziki. Moskva. 1979.

3.Muzikalnaya estetika stran Vostoka. Leningrad. 1967.

4.Rajabov I. Maqomlar. Toshkent. 2006.

5.Gafurov B.G. Tadjiki. Kniga II. Dushanbe. 1989.

6.Oripov Z. Sharq musiqiy manbashunosligi. (X -X I asrlar). T., 2008.

7.Djumaev A.B. Muzikalno-esteticheskie vzglyadi Abu Ali ibn Sini. // Muzika narodov Azii iAfriki. vip. 4. Moskva. 1984.

8.Vizgo T., Rashidova D. Muzikalno-teoreticheskoe nasledie velikix sredneaziatskix misliteley. // Voprosi muzikalnoy kulturi Uzbekistana. Tashkent. 1969.

htt’://turkology.tk/library/354

htt’://www.cultinfo.ru

htt’://mytashkent.uz/2014/10/17/istoriya-uzbekskoj-muzyki/

htt’://dic.academic.ru/dic.nsf/enc_music/7749/Uzbekskaya

Buyuk shoir, olim, sozanda Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325) ijodi nafakat Hindistonda, balki ko’plab Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida ham mashhurdir.

Uning tulik ismi Yaminiddin Abul Xasan Amir Xusrav ad-Dexlaviydir. U 1253 yili shimoliy Hindistonning Ganga sohili yaqinida joylashgan Patyala tumanida dunyoga kelgan..Otasi Amir Sayfuddin Mahmud O’rta Osiyoning Lochin (Kesh-SHaxrisabz) qabilasidan kelib chiqqan bo’lib, onasi esa hindistonlik edi.

Amir Xusrav Dehli sultonlari sulolasi xukmronligi davrida yashab ijod etgan. Bular: Nasriddin Mahmud (1246-1265), G’iyosiddin Balbana (1260- 1287y), Qaykubod (1287-1290) xiljiy sulolasidan sulton Jaloliddin Firuzshoh (1290-1296), Alouddin Xiljiy (1296-1316), Tug’liqshox (1320-1325) hamda Hindistondagi ko’plab tarixiy vokealariing shohidi bo’lgan. U 1325 yili Dehlida vafot etadi.

Amir Xusrav ko’plab she’riy, adabiy va tarixiy asarlarni yozib qoldirgan. Uning lirikasi beshta devondan iborat: «Tuxfat - as-sig’ar» (Yoshlik tuhfasi), «Vasat - al-hayot» (“Umr o’rtasi”), «G’urrat ul-kamol» («Tulik, mukammallik»), «Baqiyae noqiya» («Tanlangan qoldiqlar») va «Nihoyat al-kamol») («Mukammallik yakuni»). U Nizomiy Ganjaviyning dostoni asosida «Hamsa» asarini yaratadi. «Matla’ al-anvor», («Erug’likning chiqishi») «SHirin va Xusrav», «Layli va Majnun», «Oynai Iskandari» («Iskandar oynasi»), «Xisht bexisht» («Sakkiz jannat bog’i»).

XVII asrning olimi, mashhur xonanda, sozanda Darvesh Ali CHangiy o’zining «Risolai musiqiy» («Musika risolasi»)ning kirish so’zida o’z ustozlari orasida Amir Xusrav Dehlaviy nomini ham yodga oladi, hamda uning musiqa haqida yozilgan asarlaridan keng foydalanganligini aytib o’tgan.

Xusrav Dehlaviy Hindistonga fors kuylarini olib kelganligi setor va tabla kabi mavjud bo’lgan cholg’ularni mukammallashtirganligi haqida fikrlar mavjud.

Uning badiiy va ilmiy merosida fan va san’atning ko’plab tarmoqlari haqida ma’lumotlar olinishi mumkin. Xusrav Dehlaviy asarlarida musika haqida ma’lumotlar ham mavjud. Bu ma’lumotlar turli xil xarakterga ega bo’lib, ko’p hollarda musiqa haqidagi ma’lumotlar badiiy ko’rinishda yetkazilgan, ayrim hollarda ilmiy xarakterga egadir.

Bu ma’lumotlar musiqaning turli masalalariga doir: musiqiy cholg’ular yoki musiqiy janrlar, musiqiy asarlar haqidadir.

Dehli sultoni Allauddin Xilji xukmronligi davrida buyuk shoir va musiqachi Amir Xusrav Dehlaviy ijodiniig yorqin davri to’g’ri keladi. U hind mumtoz musiqasi sarchashmasi sanalmish «Raga»ni ustozona tarzda (professional darajada) o’rgangan. O’sha davrda hind mumtoz musiqasida raganing uchta asosiy uslubi mavjud edi: ular «Dhrupad», «Dxamar» va «Xayal»dir. Raganing uchinchi uslubi, ya’ni «Xayal»ning asoschisi Amir Xusrav Dehlaviy sanaladi.

Dxrupad asosiy, kat’iy va doimiy hisoblanib, to’rt qismdan iborat. Dhamar uslubi asosan «Holi» milliy bayramida ijro etiladi. SHovqinli olomon, bayramona kiyingan kishilar shahar va qishloq ko’chalarini to’ldirib, o’tib ketayotganlarga rangli suv, qizil kukunlarni yuqoriga sepishadi. Uchinchi «Xayal» uslubi lirik xarakterga ega bo’lgan janrdir.

Amir Xusrav o’zining ko’plab qo’shiqlarini xalq folьklori namunalari asosida ijod etgan, ularni SHimoliy Hindistonning turli viloyatlarida ijro etishadi.

«Savt ul-muborak» kitobining muallifi Vojid Ali va «Amir Xusrav Dehlaviy xayoti va ijodiy faoliyati» kitobining muallifi professor Vohid Mirza o’zlarining kitoblarida Amir Xusrav ko’plab kuylar bastalaganligi haqida ma’lumot beradilar.

U setor va tabla kabi cholg’ularni va «kavvali» mumtoz janrini yaratgan. Bu janrda masnaviylar, ilohiy madhiyalar, she’r va g’azallar ijro etiladi.

Hozirgi vaqtda ham Amir Xusrav Dehlaviyning «Xayal», «Tarona», «Yaman» va boshqa ragalari Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Afg’oniston musiqachilari tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda.

Uning she’riy ijodini diqqat bilan o’rganishda Amir Xusrav musiqa ilmining nazariy asoslarini va musiqa an’analarining o’ziga xos xususiyatlaridan chuqur bilimga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. U she’riyat va musiqani bir xil darajada mukammal bilganligini o’zining asarlarida aytib o’tgan.

Amir Husrav Dehlaviy “Qavvali” jarining asoschisi hisoblanadi. Hindiston va Pokistonning tarixchi va musiqashunoslari «qavvali» mumtoz vokal musiqa janrining asoschisi buyuk shoir, olim, musiqachi Amir Husrav Dehlaviy deb hisoblaydilar. SHu bilan bir qatorda u zarbli cholg’u «Tabla» va torli cholg’u «Setor»ning ixtirochisi hamdir.

«Qavvali» musiqiy janrining ilk ko’rinishi XIII asrga borib taqaladi. Hindistonda fors she’riyati va hind musiqasi uyg’unligida «Qavvali» san’ati paydo bo’lgan. Amir Xusravning ustozi va murabbiysi Nizomiddin avliyo (XIII) uning mashxur, iste’dodli shogirdi, sozanda Amir Xusravning nazariy va amaliy tadqiqotlari tufayli «Qavvali» janri yangi shaklga ega bo’lgan deb hisoblaydi. U mavjud bo’lgan kuylarni mukammallashtirgan, ularni «qavl» va «qalbana» kuylarining musiqiy bezaklari bilan uyg’unlashtiradi, qo’shiqchilikda yangi uslub yaratgan. U ushbu musiqiy janrda ijro etiladigan ko’plab she’r va g’azallar yozgan.

XIII-XIV asrlarda mumtoz musiqaning bu janri Hindistonning butun shimoliy qismida keng tarqalgan va Dhrupad, Bheyrav hamda Darpan kabi mumtoz ragalar qatorida hind mumtoz musiqasida alohida o’rin egallaydi. Amir Xusrav va uning izdoshlaridan so’ng «qavvali» janri xalq orasida qanday holatda bo’lganligini aytish mushkul, chunki musiqaning bu sohasida ishonarli manba va ilmiy izlanishlar juda kam olib borilgan.

«Qavvali» inson ruhiy kayfiyatiga ta’sir etuvchi musiqa bo’lib, islom ta’limotini chuqurroq o’rganishda katta ahamiyatga ega. «Qavvali» o’zbek tiliga tarjima qilinganida - mumtoz shoirlar she’rlarini kuylash yoki guruhli ijro etish ma’nosini bildiradi. «Qavvali» ansamblida ishtirok etuvchi yakkaxon xonanda yuqorida ta’kidlanganimizdek, «qavval» deb ataladi, tarjimasida sozanda yoki xonanda ma’nosini anglatadi. Ular Xudo, uning payg’ambarlari va avliyolarini madh etib kuylashadi.

Qavvali dastasi 10-15 kishidan iborat bo’lib, «Qavvali» kuylashda asosiy (ikki) yakkaxon xonanda yetakchi o’rin egallaydi. Qavvali yakkaxon xonandasi gilamga o’tirib, uning atrofida turli puflama va urma sozlarda ijro etuvchi sozandalar o’tirishadi. Avvallari qavvali ijrochilari gilam ustida yozilgan oq ipak chodirda o’tirishgan, hozir esa tartibga ko’ra baland sahnada gilamda o’tirib ijro etishadi. Qavvali ijrochisiga fisgarmoniya va tabla kabi cholg’ular jo’rsoz bo’ladi.

«Qavvali» tarkibi oddiy bo’lib, ikki yakkaxon xonanda bir-biriga savol- javob tarzida kuylashadi. Aniq hisoblangan vaqtda guruh ijrochilari qo’shiladilar. Ijro sekin tempda boshlanadi va sekin-asta tezlashtiriladi. «Qavvali» g’azal yoki ruboiy asosida ijro etilishi mumkin. Qavvali she’rlari fors, urdu yoki panjob tillarida yozilgan. Qavvalchilar tomonidan ijro etiluvchi qo’shiqlar XSH-XIX asr urdu mumtoz shoirlarining she’r, g’azal va qasidalaridan iborat. Qavvali janri hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. XX asrning mashhur ijrochilaridan biri – Nusrat Fotix Ali Xon bo’lib, mazkur ijodkor qavvali janrining rivojiga katta xissa qo’shgan deyilsa, mubolag’a bo’lmaydi.

Amir Xusrav Dehlaviy ijodini tadqiq etish jarayonida uni hind mumtoz va xalq musiqasi rivojiga katta hissa ko’shganiga guvoh bo’lamiz. Uning asarlarida biz hind musiqasi, musiqiy cholg’u turlari, XIII-XIV asr xonanda, sozanda va raqqosalar haqida noyob ma’lumotlarga ega bo’ldik.

Nazorat uchun savollar

1.Amir Xusrav Dexlaviy kim?

2. “Qavvali” janri haqida so’zlab bering.

3.”Xayal” ragasi haqida so’zlab bering.



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!