СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

O’sib kelayotgan o’quvchi yoshlar dunyoqarashining o’ziga xos xususiyatlari

Категория: Всем учителям

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«O’sib kelayotgan o’quvchi yoshlar dunyoqarashining o’ziga xos xususiyatlari»

O’SIB KELAYOTGAN O’QUVCHI YOSHLAR DUNYOQARASHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


O’sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamma davrlarda bo’lgani kabi, hozir ham millatning ilg’or kishilari diqat markazida bo’lib kelmoqda. Xo’sh, dunyoqarashni o’zini qanday tushunish kerak? Dunyoqarash-bizni o’rab olgan borliq nima? U qanday rivojlangan, tabiatda qanday inson o’rin tutadi, uning ongi qanday paydo bo’ldi va kamol topdi, jamiyatning yaralish tarixi qanday, inosniyat turmush darajasini qanday qilib yaxshilash mumkin va shu kabi masalalarga kishilarning turlicha qarashlari, munosabatlaridir. Inson o’z faoliyatida ma’lum ilmiy bilimlardan, qonuniyatlardan, tushuncha va g’oyalardan foydalanadi.

Ana shu bilimlarga asoslanib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalarini baholaydi, ularni o’ziga talqin etib, ma’lum xulosalarga keladi. Har qanday odam o’zining yashashdan maqsadi nimaligini, hayotning ma’nosini bilishga intiladi. Bu insonning ijtimoiy ehtiyojidir. Ana shu ehtiyoj yoshlarga ham xos bo’lib, u o’zining shu ehtiyojini qondirish bilan tevarak-atrof hayoti to’g’risida bilimlarga, tabiat va jamiyat haqidagi mulohazalarga ega bo’la boshlaydi. Umuman shaxsning turli xil ehtiyojlari uning faolligini ta’minlaydi, qiziqishlari, mayl va talablarini belgilaydi. Ana shu ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyat Shaxsning e’tiqod va qarashlari, kundalik xulq-atvor motivlarini hosil bo’lishiga yordam beradi. Qarashlar va e’tiqodlar tizimi bo’lgan dunyoqarashning mohiyatidan Shunday xulosa chiqarish kerakki, o’quvchining va umuman maktabning ishida muayyan tizim bo’lgandagina ilmiy dunyoqarash tarkib topishi mumkin. Asta-sekin to’plangan bilimlar yozma shaklda avlodlardan-avlodlarga qoladi. Turli davrlarda o’qimishli, ziyoli, bilimdon kishilar dunyo ilm-faniga, umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo’shganlar.

Ekspluatatsiyaga asoslangan quldorlik, feodalizm, kapitalizm kabi sinfiy jamiyatlarda davrning o’qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm-faniga, umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo’shganlar. Gippokrat, Demokrit, Platon, Arximed, Gegel, Marks, Engels- Sharqda ilk o’rta asrlarda musulmon dunyosi Al-Kindiy, Ar-Roziy, G’azzoliy, Farobiy, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Ibn Rushd (Averros), Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy shular jumlasidandir. Kaykovusning "Qobusnoma", IV asrdagi hind faylasufi Beydaboning "Kalila va Dimna" asarlari: "Ramayana", "Maxabhorat" dostoni, Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig", Nosir Hisravning "Saodatnoma", Sa’diyning "Guliston va Bo’ston", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Navoiyning "Mahbub ul qulub", Ahmad Donishning "O’g’illarga nasihat" bundan tashqari o’tmishning "Chor darvesh", "Ming bir kecha", "qur’oni karim", "Hadisi sharif"dagi asarlarda ham juda katta, qimmatbaho va boy ma’naviy-madaniy meros bo’lib, Sharq va g’arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo’lganlar.

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy-ma’naviy merosga, madaniyatga past nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmron edi. Shunday bo’lsada bu davrda Said Ahmad Siddiqiy (Samarqand), Furqat, Muqimiy, A. Donish, Avaz O’tar o’g’li, Hamza, Abdulla Avloniy (Toshkent), Ibrat, Fitrat, Behbudiy, Munavvar qori, Cho’lpon, qori Niyoziy va boshqalar bola tarbiyasiga oid ko’plab asarlar yozdilar, yoshlarni ilm-ma’rifatli qilishga intildilar.

Ayniqsa, Abdulla Avloniyning 1913 va 1917 yilda ikki marotaba nashr qilingan "Turkiy guliston yohud axloq" asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqiyotini o’rganishda katta ahamiyatga molikdir. Asarning "Yaxshi xulqlar" bobining birinchi qismi "Fatanat" atalib, Avloniy Fatanatni " Aql egasi bo’luv demakdir" deb ta’riflaydi, ayni zamonda Firdavsiy, Nosir Xisrav, Rudakiy, Sa’diy, A. Navoiy kabi Avloniy ham aqlga katta e’tibor beradi. U: Xukomolardan biri aqlning quli nafsning jilovini ushlasa, seni yomon yo’llarga kirishdan saqlar"- deb uqtiradi.

Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo’lish uchun badanni tarbiyalash zarur. Badanni sog’lom va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o’qimoq, o’qitmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir. "Aql-deydi u-piri komili, muroshidi yagonasidur. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir. Inson aql va idroki sohasida o’ziga keladigan zarar va zulmlardan saqlanur, er yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo’ynidan boylab iplarining uchini qo’llariga bergan insonlarning aqlidur".

O’zbekiston o’z mustaqilligininng qo’lga kiritgan hozirgi sharoitda qadriyatlarimizni tiklashga, tariximizni o’rganishga, o’zligimizni anglab etishga ahd qilgan va yosh avlod uchun xuddi mana shu durdona asarlar qo’l kelishi muqarrardir. Dunyoqarash. Dunyoqarash faqat insongagina xos xususiyat bo’lib, hayvonot dunyosi, boshqa narsa, buyumlar va mavjudot uchun bu hol yotdir, ularda ham dunyoqarash bo’ladi, deb o’ylash bema’nilik bo’lur edi.

Avvalo ta’kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turli kishilarda, kasb egalarida turlicha-to’laroq, mukammolroq, chuqurroq yoki yuzakiroq, chalaroq, sayoz va xomroq bo’lishi mumkin. Bunda kishilar tomonidan oldingi ajdodlardan meros bo’lgan ma’naviy boyliklarni, bilimlarni va hozirgi mavjud bilimlarni o’zlashtirish darajalari muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda kishilarning ongi, dunyoqarashida yangicha fikrlash, yashashni tarbiyalanmasa, mustaqillikning g’oyasi, mazmuni va mohiyatini tushuntirilmasa, ko’zda tutilgan natijaga erishib bo’lmaydi.

Shuning uchun hozirgi eng muhim dolzarb masala xalqning ongidagi eskicha dunyoqarashni o’zgartirish iqtisod, siyosat, madaniyat jabhalarida yangicha fikrlashni o’rgatish, mustaqillikni mustahkamlash sharoitida o’z haq-huquqlarini anglash va noxush holatlarni hayotga kirib qolmasligiga, unga karshi kurashishga tayyor turadigan ilmiy dunyoqarashli Shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Oddiy kuzatish uy hayvonlariga, xatto vaxshiy hayvonlarga ham xos bo’lib, ular ham ovqat topib eyishni, o’yini, egasini tanishni, xavf-xatardan qo’rqishni biladilar. Bu hol shartli reflekslar yoki birinchi signal tizimlari deyilib, bunday holat jonli kuzatish bo’lib, odamlarga hayvonlarga ham bir xil ta’sir qiladi. Tafakkur, fikrlash esa insonga xos bo’lib-bu ikkinchi signal tizimidir. Aql har bir insonga xos tug’ma xususiyat bo’lib, miya sog’ bo’lsa, aql ham yaxshi ishlaydi, aksincha miya kasallangan bo’lsa aql past, zaif bo’lib aqli rivojlanmagan odamning yoshi katta bo’lsa ham aqli yoshidan orqada qolib ketishi, tevarak-atrofni, dunyoni bilish, oldingi avlodlar tomonidan yaratilgan ilmlarni va mavjud bilimlarni o’zinikiga aylantirib o’zlashtira olishga qiynaladi. Chunki ilm va bilim bir xil narsa emas. Ilm mavjud bor, yaratilgan narsa, bilim esa kishi tomonidan bilib olinadigan, o’ziniki qilib olinadigan narsadir. Aql, did va ilm nazariyaga-farosat, ta’miz, bilim amaliyotga, tajribaga talluqlidir.

Shuni anglamoq zarurki tafakkur va til haqidagi muammo bilish bilan chambarchas bog’liq bo’lib tasavvur, tushuncha, aql, idrok,tafakkur jami bir bo’lib, ong degan pedagogik tushunchani beradi. Dunyoni bilishda ijtimoiy-tarixiy amaliyot, tafakkur va u bilan bog’liq bo’lgan til materialistik dialektikaning bilish nazariyasi uchun asosdir. Dunyoni bilish, idrok qilish tashqi dunyoni inson sezgilari orqali aks ettirishdan boshlanadi. Sezgi-kishini o’rab olgan moddiy dunyo predmet va hodisalarining ongimizda aks etishidir. Hissiy bilish sezgidan tashqari, hissiy qabul qilish va tasavvur kabi shakllarga ega bo’lib, ular ham voqea - hodisalarni chuqurroq bilishga xizmat qiladi. Shunday qilib, bilish, ilmiy dunyoqarash jonli kuzatishdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga utish orqali amalga oshadi. Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida doim vorislik asosida rivojlanadi. O’tmish dunyoqarashlari yangi davr dunyoqarashining ildizini tashkil etib, uni kerakli hayotbaxsh ozuqa bilan ta’minlab turadi. Har bir tarixiy davrning dunyoqarashi o’ziga xos bo’lib, mavjud tarixiy davrda u yoki bu ta’limotni nima uchun hukmron bo’lganligini bilish uchun oldingi davr dunyoqarashini, tarixini, rivojlanishini va uning o’sha ta’limot qanday qilib shu holatga kelib qolganligini o’rganmok zarur.

Demak, jamiyatda yangicha tafakkur yuritmoq yangicha dunyoqarash, fikrlash uchun albatta o’tmishni bilish zarur, chunki yangicha tafakkur osmondan emas, balki ajdodlardan meros qolgan vorislik asosida vujudga keladi. Yoshlarni tarbiyalashda, axloq-odobli, tartib-intizomli, ota-onaga mehribon bo’lishlarida, matonatli, chidamli, mehnatsevar,vatanparvar, insonparvar bo’lishida, dunyoqarashning shakllanishida har bir ota-ona ularni yoshlik chog’idan sabr-toqatli, bardoshli,quntli, qanoatli bo’lishga o’rgatmoqlari shartdir.

Kishining dunyoqarashini, fe’l-atvorini mavjud muhit belgilar ekan, demak yaxshi odamni kutish uchun shu muhitni yaxshi odam shakllanadigan yaxshi muhitga aylantirish kerak. Ilmiy dunyoqarash xususida gap borganda avvalo, o’quvchilar, yoshlar, unga zid, qarama-karshi turgan diniy, fontastik, mifologik, ateistik va boshqa g’ayri ilmiy dunyoqarashlar borligi uchun ham ilmiy dunyoqarashni shakllantirish zarurligini tushunmoqlari, bu haqda to’g’ri fikr yuritishni o’rganmoqlari kerak.

Dunyoqarash dunyoni bilish orqaligina shakllanadigan juda murakkab dialektik jarayondir. Bilish dunyoning turli tomonlari haqidagi turli fanlar bergan ishlar orqali amalga oshadi. Shuning uchun ilmsiz kishilarda dunyo to’g’risida ilmiy dunyoqarash bo’lmaydi. Dunyoqarash kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, Huquqiy, axloqiy, estetik, diniy tasavvurlarning yig’indisidan iboratdir. Dunyoqarash ayrim kishilarning, ijtimoiy g’ururning, sinf yoki umuman jamiyatning faoliyati yo’nalishini va voqelikka munosabatini belgilaydi. Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo’shilgach, insonning yoki g’ururning tevarak atrofidagi ijtimoiy va tabiiy borliqa bevosita amaliy yo’l tutish maqsadiga xizmat qiladi. Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Unda ijtimoiy turmush aks etadi va u muayyan tarixiy davrda insoniyat erishgan bilimlar darajasiga hamda ijtimoiy tuzumga bog’liq bo’ladi. Dunyoqarashning har bir turi o’ziga xos xususiyatga egadir. Mifologiya qadimgi jamiyatda keng avj olgan xalq og’zaki ijodi-naql va afsonalarda gavdalantirilgan voqelikning fontastik in’ikosidir.

Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini jonlantirib xudolar, afsonaviy kaxramonlar tarzida, bir xil buyumlar sifatini ikkinchisiga kuchirish, ularni hissiy obrazlar, alohida vujudlar shaklida tasvirlashga asoslanadi. Mifologik tarzda fikrlovchi kishi har qandy o’zgarishlar va jasoratlar ko’rsatishi, o’zi uchun keng shakl maydoniga ega bo’lishi mumkin va g’ayri tabiiy kuch haqida tasavvur borligi uchun unda din elementlari ham mavjud bo’ladi. Diniy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundaki u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o’zidan emas, balki tabiatdan tashqarida xudoning qudratiga ko’nikib hamma narsada va har erda iloxiy kuchlarning ta’siri, mu’jizaviy kuch bor deb tushuntiradi.

Din va diniy dunyoqarashga yaqin o’tmishimizda bir tomonlama yondoshilib, uning axloqiy munosabatlarni takomillashtirishdagi rolini to’g’ri tushinilmay kelindi. Dinga karshi kurashish paytida u bilan bog’liq bo’lgan rasm-rusumlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy tarbiyadagi eng nozik va muhim tomonlarimizni va boshqa milliy qadriyatlarimizni ham inkor qilib yuborildi. Endi bu sohadagi xatoliklar tuzatilmokda. Islom madaniyati jahon madaniyatining ajralmas qismi ekanligi haqiqatligi anglanmokda. Falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati u dunyoni qanday bo’lsa, Shundayligicha, hech bir yot narsani aralashtirmay, uydirmalashtirmay, mubolag’asiz tushuntiriladi. U kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari haqida bir butun yaxlit ma’lumot berib, mifologiyadan farqli ravishda insonni qurshab olgan moddiy olamni hech kim tomonidan yaratilmaganligini, abadiyligini, insoniyat jamiyati taraqiyoti sabablari va mohiyatini, o’ziga xos xususiyatlarini va qonuniyatlarini to’g’ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi.

Bilimni egallash murakkab ziddiyatli jarayon bo’lib, u insondan eng avvalo fiziologik jihatdan bakamollikni, Ya’ni 5 asosiy sezgi organlarini bus-butun bo’lishini, hamda bilim olish uchun tinimsiz mashq qilishni, kunt bilan mehnat qilishni talab qiladi.

Dunyoning va butun borliqning ko’rki insondir. Inson o’z go’zalligi va murakkabligi bilan er yuzidagi barcha mavjudotlardan afzaldir. Insonning tafakkuri, aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi. Ilm tufayli dunyoni biladi va uni boshqaradi. Hayvonlar tabiatga u qanday bo’lsa, Shundayligicha moslashib yashayveradilar. Inson esa tabiatni o’ziga moslashtiradi, o’zgartiradi.

Ilmiy dunyoqarashni hamma vaqt bir zaylda, o’zgarmay turaveradigan bilimlar deb qaramay, bilimlar tula bo’lmagan bilimlardan tula bilimlarga qarab borishligini unutmaslik zarur. Masalan, qayta qurish munosabati bilan dunyo o’zgardi, oldingi tushunchalar ham o’zgardi. Yangi tarkib topayotgan jamiyatdagi hamma yangiliklar ham, qabul qilinayotgan qaror va farmonlar ham o’zgarmas emas. Shu bois ilmiy dunyoqarash bu hodisa va voqealarning hammasiga kishilar oddiy tomoshabin bo’lib turaverishi kerak emasligini, bu o’zgarishlarning faol ishtirokchilari bo’lishlik, tahlil yo’li bilan umumlashtira bilishni talab qiladi.

Madomiki, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ikki yo’l: tajriba va mantiq (aql) yo’li bilan bo’lar ekan. Demak, kishi hayot to’g’risidagi, o’tmishdagi mutafakkirlarning dono fikrlariga va o’zi to’plagan Shaxsiy hayot tajribasiga, bilimiga tayanmog’i kerak. Kishilarning ongi ularning borligini emas, aksincha moddiy hayot sharoitlari, Ya’ni borligi ularning ongini belgilashligi, shundan dalolat beradi. Shu bois ilmiy dunyoqarash hammaga ham nasib qilaveradigan oddiy hodisa bo’lmay, kishining nazariy va amaliy bilim darajasiga bog’liqdir.

Biroq, aqliy jihatdan sog’lom odam agar kam bilsa ham ko’p o’qishi, o’rganishi natijasida o’z bilimini oshirishi, bilimlilarga etib olishi va ma’lum darajada ilmiy dunyoqarashni shakllantira olishi mumkin. Aql va bilim tajriba orqali qo’lga kiradi. Demak, bilimli odam aqlli, mulohazali ham bo’ladi. Biroq, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda gen (zot) ning ham juda ahamiyati katta. Oldingi evropalashtirilgan ta’lim va tarbiya uslubimizda qilingan xatolardan eng buyugi, bizningcha zotga e’tibor bermaslik bo’lib, biz ta’lim oluvchining qobiliyatiga, uning zotiga e’tibor berib o’tirmay, agar etarli bilimni bersak kutilgan Shaxs shakllanaveradi, deb o’ylashimiz kerak edi. Tabiat, jamiyat va tafakkur sohasidagi fanning barcha jabhalarida insoniyat tomonidan ming yillar davomida yaratilgan va to’plangan bilimlardan hech bo’lmaganda boshlang’ich ma’lumotlarga ega bo’lmay turib, chinakam ilmiy dunyoqarash to’g’risida gap bo’lishi mumkin emas. Kishi dunyoni qay darajadagi bilim asosida bilsa, dunyoqarashining chuqur va sayozligi ham shu darajada bo’ladi.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!