СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Музыкальная культура XX века

Категория: Искусство

Нажмите, чтобы узнать подробности

Основные направления культуры XX века: веризм и символизм, импрессионизм и экспрессионизм, неоклассицизм, сюрреализм, минимализм, постмодернизм. Зарождение и развитие импрессионизма во Франции.

Просмотр содержимого документа
«Музыкальная культура XX века»

5-mavzu: XX asr musiqa madaniyati

Reja:


  1. Yangi davr musiqa madaniyati rivojlanish jarayonlarining murakkabligi.

  2. XX asr madaniyatining asosiy yо‘nalishlari: verizm va simvolizm, impressionizm va ekspressionizm, neoklassitsizm, syurrealizm, minimalizm, postmodernizm. Fransiyada impressionizmning vujudga kelishi va rivojlanishi.

  3. K.Debyussi va M.Ravel ijodining estetik tamoyillari.

  4. Obraz va ifoda vositalarida novatorlik zamonaviy musiqaga Debyussi va Ravel musiqasining ta’siri.

  5. Madaniyatdagi ma’naviy harakat sifatida Avstriya ekspressionizmining shakllanishi.

  6. Ekspressionizm vakili bо‘lgan buyuk simvolchi G.Maler.

  7. Yangi Vena maktabi va uning namoyandalari – A.Shonberg, A.Berg, A.Vebern. A.Shonbergning pedagogik faoliyati va qarashlari.

  8. XX asr musiqa madaniyatining asosiy yо‘nalishi sifatida.

  9. XX asr badiiy oqimlarini о‘z ichiga olgan universal kо‘rinish sifatida I.Stravinskiy ijodi.

  10. I.Stravinskiy ijodi muammolari.


Tayanch so‘zlar: qadimgi musiqa, antik davr, Pifiya va Kapitoliy o'yinlari, Yunoniston, tragediya, qadimgi afsonalar, Rim musiqa madaniyati, pantomima teatri.

Klod Ashil’ Debyussi (1862-1918)

Impressionizm oqimining musiqadagi asoschilaridan biri, Frantsuz kompozitori Debyussi 1862 yili Parij yaqinidagi Sen-Jermen-an Le shahrida tug’ilgan. 1918 yili Parijda vafot etgan. Debyussi Parij konservatoriyasida A.Marmontel qo’l ostida ta`lim olgan. U dastlab pianino ijrochisi sifatida, so’ng esa kompozitor sifatida tanildi. U Italiya, Angliya, Avstriya, Gollandiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda bo’lib kontsertlar bergan.


Uning ijodi yorqin, o’ziga xos, falsafiy shoirona tuyg’ularga boy, har bir lahzalarda his etilgan kayfiyatlarni aks ettiradigan asarlardan iboratdir.

Uning ijodiy merosi: «Pelleas va Melizanda» operasi, bir nechta adabiyotlar («Oyinlar», «Oyinchoqlar», bolalar baleti, «Kamma»), «Adashgan o’g’il» kantatasi, noktyurnlar, «Bulutlar», «Bayramlar», «Sirenlar» (gullar), «Degniz» skripka, violenchel va boshqa asboblar uchun sonatalar, 50 dan ziyod romans va qo’shiqlar.

Moris Ravel’ (1875-1937).

Taniqli Frantsuz kompozitori Ravel 1875 yilda Frantsiyaning Sibur shahrida tavallud topib, 1937 yilda Parijda vafot etgan. Parij konservatoriyasida o’qigan. Uning ustozlari Sh.Berio, A.Jedalj va G.Fore bo’lganlar. Ko’pincha Parij va uning atroflarida yashagan.


Yevropa mamlakatlari va AQShda kontsertlar bergan. U ko’pincha pianist va o’z asarlari dirijeri sifatida kontsert gastrollarida bo’lgan.

1929 yili Oksford universitetining faxriy doqtori etib saylangan. Ijodi: «Ispan vaqti bilan» operasi, «Bola va jodular» opera baleti, «Dafnis va Xloya» raqslari, «Bolero», «Pavana», «Oynalar», qaytadan ishlangan turli xalqlar qo’shiqlari va boshqalar.


Ikkinchi Vena maktabi — A. Shyonberg va uning shogirdlari A.Berg, A.Vebern, E.Velles, X.Eysler va boshqalarning hamkorligi natijasida Venada qaror topgan ijodiy yoʻnalish, musiqiy modernizm koʻrinishlaridan biri. 20-asrning 1-yarmida Gʻarbiy Yevropada yuz bergan ijtimoiy va madaniy inqiroz (1 va 2-jahon urushlari, fashizm, maʼnaviymadaniy qiymatlarning qadrsizlanishi va boshqalar) Ya.Yangi vena maktabi kompozitorlari ijodida oʻz aksini topib, asarlarida "kichik odam"ning fojiasi, insonga achinish hissi, fashizmga qarshi norozilik kabi badiiy mavzu va obrazlar, musiqiy ekspressionizm tamoyillari orqali namoyon boʻldi.


Badiiy yangilanish, oʻz navbatida, Ya.Yangi vena maktabi vakillari ijodidagi musiqiy uslub, ifoda vositalarining tubdan oʻzgarishiga, atonallik, dodekafonsh kabi musiqa tizimlarining qaror topishiga olib keldi. 20-asrning qator (I.Stravinskiy, D.Shostakovich, Q.Qorayev va boshqalar) yirik kompozitorlari mazkur maktab anʼanalaridan foydalangan.




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!