СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

"Mustaqillik darsi"

Категория: Русский язык

Нажмите, чтобы узнать подробности

11 "B" sinf òquvchisi Aminova Dinora

Просмотр содержимого документа
«"Mustaqillik darsi"»

13-o’rta ta’lim maktabi

5-“A” sinf rahbari Dilfuza Ma’rufovaning

Mavzu: “Qalbi quyoshdek balqqan,mehribon bobojonim!”

mavzusida o’tkazilgan ochiq tarbiyaviy soati









Mustaqil O’zbekiston davlati asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi , o’zbek xalqining ardoqli farzandi, mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov jonajon Vatanimizni mustabid tuzim qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan mamlakatimizni qayta tikladi ,













2014-2015


Mavzu: «MUSTAQIL O’ZBEKISTON FARZANDLARIMIZ»

Dars shiori: «Mustaqillik biz uchun o’zligimizni anglash, yurt tinchligi va barqarorligining, inson sharofati, erkinligi va farovonligining garovidir»

Darsning maqsadi:









Samarqand viloyati, Kattaqorgon shahar

13-orta talim maktabi

5-“Asinf rahbari Dilfuza Marufovaning

Mavzu: “Qalbi quyoshdek balqqan,mehribon bobojonim!”

mavzusida o’tkazilgan ochiq tarbiyaviy soati




Qalbi quyoshdek balqqan, mehribon bobojonim!”


Tadbir maktab zalida o’tkaziladi. Sahna Islom Karimov surati, 80 raqami va gullar bilan bezatiladi.Atrofda turli rangdagi bayroqchalar va sharlar ilinadi.Tadbirda ota-onalar,ustozlar va o’quvchilar taklif etiladi.

Qatnashuvchilar “Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston qo’shig’I ostida kirib keladi.”


Tadbir sinf rahbarining kirish so’zi bilan boshlanadi.

Mustaqil O’zbekiston davlati asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi , o’zbek xalqining ardoqli farzandi, mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov jonajon Vatanimizni mustabid tuzim qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan mamlakatimizni qayta tikladi ,Islom Karimov serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan xalq farovonligi, mamlakat taraqqiyoti yo’lida fidoyilik ko’rsatib, tarixda o’chmas iz qoldirdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida”gi qarori asosida har yili Islom Karimov tavallud topgan sana 30-yanvar jamoat birlashmalari, turli tashkilotlar va ta’lim muassasalarida keng nishonlanadi.Islom Karimov xotirasiga bag’ishlangan “Qalbi quyoshdek balqqan,mehribon bobojonim!”deb nomlangan tadbirimizni e’tiboringizga havola etamiz.

1-boshlovchi:-

Assalomu alaykum,hurmatli ustozlar! Aziz ota-onalar, qadrli o’quvchilar. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 80-yillik yubileyi munosabati bilan o’tkaziladigan “Qalbi quyoshdek balqqan, mehribon bobojonim!” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz! Aziz o’quvchilar, bobomiz hayoti va faoliyati haqida nimalarni bilasiz? Keling, bugun bilganlarimiz haqida fikrlashamiz.

1-o’quvchi- O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishida , demokratik davlat barpo etilishida yetakchilik qilgan Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug’ilgan.

2-o’quvchi:-Millati o’zbek.Oliy ma’lumotli.O’rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo’jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklarini egallagan.

3-o’quvchi:-Islom Karimov mehnat faoliyatini 1960-yil Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961-yildan 1966-yilgacha yetakchi muhandis,konstruktor bo’lib ishlagan.

4-o’quvchi:-1966-yili O’zbekiston SSR Davlat plan komitetida ishga kirib,bosh mutaxassislikdan Pespublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o’rinbosari lavozimigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi.

5-o’quvchi:-1983-yili Islom Karimov O’zbekiston SSR moliya vaziri,1986-yilda O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o’rinbosari,Respublika Davlat plan komiteti raisi etib tayinlangan.

6-o’quvchi:-1986-1989-yillarda Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi,1989-yilning iyunidan O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1-kotibi lavozimida ishlagan.

7-o’quvchi:-1990-yil 24-mart kuni O’zbekiston SSR Oliy kengashining sessiyasida Islom Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.Shu tariqa O’zbekiston Respublikasida birinchi marta Prezidentlik lavozimi joriy etildi.

1-boshlovchi:-1991-yil 31-avgust kuni Islom Karimov muhim tarixiy voqea-O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi.

2-boshlovchi:-Shu kuni O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi to’g’risidagi qonun e’lon qilindi. Xalqimiz erishgan barcha yutuqlar haqli ravishda aynan bobomiz nomi bilan bog’liq.

(O’quvchilar Vatanni madh etuvchi she’rlar o’qiydi.)

1-boshlovchi:- Islom Karimov 1991-yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida o’tkazilgan saylovda 86 foiz ovoz to’plab, O’zbekiston Pespublikasining Prezidenti etib saylandi.

2 -boshlovchi:-Bobomiz mustaqil O’zbekiston Pespublikasini barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlashga qo’shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko’rsatgani uchun “O’zbekiston Qahramoni” unvoni, ”Mustaqillik”, ”Amir Temur” ordenlari bilan taqdirlangan.

(O’quvchilar Vatanni madh etuvchi she’rlar o’qiydi).

Bu tuproqning farzandlari bek bo’ladi,

Topgan-tutgan davlatlari erk bo’ladi,

Ildizlari hazrati o’zbek bo’ladi,

Beshigida avliyolar o’sgan elim,

Sadoqatni Yurtboshingdan o’rgan elim!

1-boshlovchi:- “Qat-qat qatlama, aqling bo’lsa tashlama”. Bu topishmoqning javobini toping-chi.

2-boshlovchi:- Axir,bu hammamiz sevib mutolaa qiladigan kitob.Nega birdan topishmoq aytishni ixtiyor etdingiz ?

1-boshlovchi:- Inson o’z bilimlarini kitob orqali oshiradi. Bobomiz ham ancha kitoblar yozib, biz yoshlarga meros qilib qoldirgan. Keling, ularning ayrimlarini esga olamiz.

1-o’quvchi:-:”O’zbekiston:milliy istiqlol,iqtisod,siyosat,mafkura” .

2-o’quvchi:-:”Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”

3-o’quvchi:-:”Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”

4-o’quvchi:-:”Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi” 5-o’quvchi:-:”Xavsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida”

6-o’quvchi:-:”Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz”

7-o’quvchi:-:”O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi”.

8-o’quvchi:-:”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”.

1-boshlovchi:- Har bir yozgan asari bizni Vatanga sadoqatli farzand bo’lishga chorlaydi.Marhamat,tinglab tomosha qiling.”Kitob-mening do’stimsan”qo’shig’ini o’g’il-qizlar ijro etishadi.

2-boshlovchi:-Bobomizning bizga qarata aytgan bir gapi doimo yodimizda:”Ey bolam, sening Vataning bitta-barchamizga aziz, betakror mana shu O’zbekiston.Ota-bobolarning xoki ham shu yerda yotibdi. Shu muqaddas zamin seni dunyoga keltirgan,sen uni obod etishing,himoya qilishing shart. Nafaqat sening o’z hayoting, balki senga umid ko’zini tikib turgan ota-onang, opa-singillaring, yosh go’daklar, nuroniy qariyalarimizning hayoti ham ana shu burchingni ado etishingga bog’liq”.

1-boshlovchi:-

Mustaqillik bizga Olloh bergan oily ne’matdir,

Mustaqil yurt farzandiman,demoqlik ham bir baxtdir,

Yurtboshimiz o’gitlarin unutmaylik hech qachon,

Yonib yasha,degan so’zi,bilsakbuyuk hikmatdir.

Qizlar ijrosida raqs ijro etiladi.

2-boshlovchi:-

Bir xabar tarqaldi,yarim tun edi,

Go’yo g’am seliga botdim,yo’qoldim.

Kimdir,yo’lboshchidan ayrildik,dedi,

Men-chi,aziz do’stdan ayrilib qoldim.

Bu satrlar 2016-yil 4-sentyabr kuni O’zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan bitilgan.

1-boshlovchi:-Shu kuni butun O’zbekiston ahli yig’ladi.Biz bobomizni bugun dunyodan o’tgan, deb ayta olmaymiz. Chunki, bobomiz har bir qilgan ishimizning boshida, yo’limizda nur, qalbimizda quyosh bo’lib porlamoqda.

2-boshlovchi:-O’zbekiston Pespublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi qalbimizda mangu yashaydi. Abadiylik va ehtirom ramzi sifatida bobomizga atab haykallar o’rnatildi.

O’zbekiston Pespublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bobomiz haykali ochilishi marosimida shunday degan edilar: “Milliy mustaqilligimizning asoschisi, muhtaram Islom Abdug’aniyevichning so’nmas xotirasiga qo’yilgan eng buyuk haykal-bu mustaqil va suveren, erkin va ozod O’zbekiston davlatidir,desak ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz”.

2-boshlovchi:-Bunday insonning xotirasiga hurmat-ehtirom ko’rsatish ham sharaf, ham farzdir. Zero, Vatanimiz, Vatanimiz, xalqimizga butun borlig’ini baxshida qilib, fidoiylik ko’rsatib yashagan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ibratli hayoti va faoliyati mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida, mustaqillikka sadoqatli qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.

1-boshlovchi:- Shuning bilan bobomizning 80 yillik yubileyiga atab o’tkazilgan kechamizni yakunlaymiz.Islom Karimovning xotirasi doimo yodimizda.Ukishining pand-nasihatlarini hech qachon unutmaymiz

Tadbir O.Nazarbekovning “Barkamol avlod” qo’shig’i yangraydi. Tadbir ishtirokchilari jo’r bo’ladi.

Tadbir so’ngida “O’zbekiston mustaqilligining asoschisi” nomli hujjatli fil’m namoyish etildi.










«Ma’naviyat haftaliklari »ni tashkil etish


Hujjatlari















Mavzu: MUSTAQILLIK – ULUG’ NE’MAT


Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o’quvchilarga mustaqillik atamasi to’g’risida fikr va dunyoqarashini kengaytirish. Mustaqillik va ma’naviyat uyqash tushunchalar ekanligi haqida bilimlarni hosil qilish.

Rivojlantiruvchi: mavzu bo’yicha tahliliy tasavvur hosil qilish, xulosalar chiqarish va takliflar kiritish.

Tarbiyalovchi: O’zbekistonning mustaqillik yo’lidan dadil odimlayotganligini onggiga singdirish. O’z vatanidan faxrlanish hissini uyg’otish.


Ko’rgazmali vositalar: Prezident I.Karimov asarlari to’plami. O’zbekiston mustaqilligi to’g’risida turli rangli plakatlar.


Dars tipi: aralash


Tashkiliy qism: O’qituvchining kirish so’zi:

Assalomu-alaykum qadrli o’quvchilar. Hammamiz uchun quvonchli va hayajonli bo’lgan ushbu daqiqalarda eng ulug’, eng aziz bayram –Mustaqilligimizning 21 yilligi shodiyonasi bilan barchangizni muborakbod etaman!


Asosiy qism: Bundan 21 yil muqaddam xalqimizning bukilmas irodasiga suyanib, o’z taqdirimizni o’z qo’limizga oldik.


O’quvchi: Barchinu Alpomish elingga qaytgan,

Ming yillik dostoning dilingga qaytgan.

Bulbuling sog’inib gulingga qaytgan,

Istiqlol, erk-baxting muborak xalqim,

Asal-bol, ahd-taxting muborak xalqim.


O’quvchi:

O’tgan davr mobaynida O’zbekistonimiz har bir yili o’n-yuz yillarga teng bo’lgan tarixiy yo’lni bosib o’tdi. Bugun hayotimizning qaysi jabha va sohasini olmaylik,erkinlikka va ozodlikka erishgan, o’z aql-zakovati, bilimi va kuch-qudratiga ishongan xalqimiz o’zining amaliy ishlari bilan buyuk maqsadlarga ko’tarilishiga qodir ekanini isbotlamoqda.


O’quvchi:

Buning tasdig’ini shaharlarimizda , qishloq hayotida yuz berayotgan tub o’zgarishlar, yangi ishlab chiqaris korxonalarida, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan maktab, litsey, kollejlar hamda tibbiyot muassasalari misolida ko’rishimiz mumkin.


O’quvchi:

Qisqa vaqtda sarhadlaring keng bo’ldi,

Har bir yiling asrlarga teng bo’ldi.

Ona xalqim mo’jizalar yaratolding,

O’g’ling yoqa, qizing senga yeng bo’ldi.


O’quvchi:

O’zbekiston tenglar ichra teng o’zing,

Minbarlarda doim yangrar dil so’zing.

Do’stlik, tinchlik, birodarlik da’vating,

Jahon yuzin ko’rib turar qalb ko’zing.


O’qituvchi:

Tarixini anglamoq – o’zlikni anglamoqdir. Ajdodlar ruhi-yu, merosi bilan yashamoq, vorislik sharafiga munosib bo’lmog’imiz kerak. Ular siymosini davraga chorlamoq xayrlidir.


O’quvchi:

Biz kim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Bizkim millatlarning eng qadimiyva eng ulug’i, bosh bo’g’inimiz.

A.Temur.

Kamol et kasbkim olam uyidin,

Senga farz o’lmag’ay, g’amnok chiqmoq.

Jahondin notamom o’tmak-bilaylik

Erur hammomdin nopok chiqmoq. A.Navoiy.


O’qituvchi:

Muqaddas “Avesto”ni eslaganda Buxoro va Samarqand, Shahrisabz, Xiva, Nasaf va Termizdagi tarixiy obidalarni ko’rganda go’zal Farg’ona vodiysini kezganda, muazzam poytaxtimiz Toshkentning bugungi jamolini ko’rganda qay birimizning qalbimizda milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ulari jo’sh urmaydi.


Olis moziylardan boshlangan vatan,

Sevinchdan ko’zlari yoshlangan vatan.

Gohida o’tlarga toblangan vatan.

Aziz ona tuproq, ko’hna makondir,

Kelajagi buyuk O’zbekistondir.

Onamga o’xshaydi mening vatanim,

Onamdek mehribon, onamdek xoksor.

Holbuki, qizi bor yengolmas ga’nim,

Holbuki o’g’li bor chaqmoqdek shunqor.

O’qituvchi:

Aziz o’quvchilar YuNESKO qarori bilan bu yil azim va navqiron shahrimiz Samarqandning 2750 yilligi nishonlandi. 1997 yil Prezidentimiz qarorlari bilan Samarqandda “Sharq taronalari” musiqa festivali har ikki yilda o’tkaziladigan bo’ldi, shu sanaga hozir 11 yil to’ldi. Mustaqilligimizning 16 yilligi bilan birga ana shu sanalar ham keng nishonlandi.

Kelajagi buyuk davlat barpo etish, avlodlarga ozod va obod vatanni meros qoldirishborasidagi oliyjanob ishlartaqdiri, oxir-oqibatda yoshlarning ilm-fan yutuqlari va zamonaviy kasblarni nechog’lik mukammal egallashiga bog’liq.

Binobarin, barkamol avlodni tarbiyalash O’zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning eng muhim shartidir.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mustaqillik -o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, qadrlash, umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, o’z istiqbolini o’ylash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.

Mustahkamlash: 3 guruhga 3 ta kartochka beriladi.

1-kartochka: “Mustaqillik tenglik sari qo’yilgan birinchi qadam” so’zini izohlab berish.

2- kartochka: “Mustaqillik - erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanishdir” iborasini tushuntirib berish.

3-kartochka: “Mustaqillikning mustamlakachilikka munosabati qanday?

O’quvchilarning javobi qabul qilinadi.

Darsni yakunlash:

Yurt tinchligi - Vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog’liqdir. Birovga qaram bo’lgan xalq hech qachon erkin yashay olmaydi. Shuning uchun ham mustaqillik va tinchlikni asrash, mamlakatimizni tajovuzkor kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz lozim.

Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

11



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!