СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Mavzu: Sifatsiz tovarlar haqida

Категория: Экономика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Mavzu: Sifatsiz tovarlar haqida

Просмотр содержимого документа
«Mavzu: Sifatsiz tovarlar haqida»

Mavzu: Sifatsiz tovarlar haqida

Reja:

1.Sifatsiz mahsulotlar haqida

2.Maxsulotni sifatsizligini aniqlash

3.Istemolchilar qanday huquqlarga ega


Mahsulot sifatini boshqarish deganda, mahsulotlarning optimal, iste'molchilar talabiga butunlay mos keluvchi sifat xarakteristikalari bilan ishlab chiqarishni ta'minlovchi maqsadga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Lozim bo'lgan sifat darajasidan past mahsulotlar ishlab chiqarishdan xalq xo'jaligi zarar ko'radi. lkkinchi tomondan esa turli si fat darajasiga ega mahsulotiarga bo'lgan talabni hisobga olmagan holda, uning sifatini yaxshilash ham maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun mahsulot sifatini oshirish iste'molchilar talabini o'rganish negiziga asoslanadi. Sifatning talab qilinayotgan darajasini iqtisodiy asoslash kerak. Buning uchun mahsulotni ishlab chiqarishga va undan foydalanishga qilinadigan xarajatlarning umumiy hajmini (loyihalash, saqlash, ta'mirlash uchun xarajatlarni ham qo'shgan holda) top ish kerak. Turli sifatga ega bo'lgan mahsulotlarga qilingan xarajatlarni taqqoslash uning optimal darajasini aniqlashga imkon beradi. Sanoat mahsulotlari sifatini oshirishni iqtisodiy jihatdan baholash kapital mablag' sarflashning qiyosiy samaradorligini aniq\ash muammo- sining bir qismidir. Mahsulotlar sifatini yaxshilash bo'yicha harajatlarning xalq xo'jaligiga keltiradigan samarasi isbot qilingach, tayyorlovchi korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini shu darajada yaxshilashni ta'minlash muammosi hal qilinishi kerak. Mahsulotlar sifati darajasini samarali boshqarish uchun faqat ko'rsatkichlar tizimini va me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish bilan cheklanish kerak emas. Sifatni boshqarish korxona ichida va undan tashqaridagi faoliyatning ko'p turlarini qamrab oladi, jumladan: 1. Ishlab chiqarish texnologiyasi standartlarini ishlab. chiqish. 2. Ishlab chiqarishdan keyingi saqlash, sotish, tashish, xizmat ko'rsatish nazoratini tashkil etish tartiblarini ish lab chiqish. Korxonalarda ishlab chiqarishni barcha me'yoriy texnik hujjatlar bilan ta'minlashning hajman to'liq bo'lishi va to'g'riligi, ularga o'z vaqtida tuzatishlar kiritilishi uchun bosh konstruktorlik bo'limi (xizmati) javobgardir. Bosh texnolog yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning o'z vaqtida va yuqori sifatli tayyorlanishi, mahsulot tayyorlash va uning sifatini nazorat qilishning texnologik jarayonlari uchun hamda sinov asboblari va jihozlarini layoqatliligi uchun javobgardir. Amalda texnologikjarayonlarni muntazam nazorat qilish va ularning ishchi parametriarini to'g'rilab turish, mahsulotlar sifatini yaxshilash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish va uJarda ishtirok etish, nazo- ratning ilg'or avtomatlashtirilgan vositalari va usullarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari ham bosh texnolog vazifalari qatoriga kiradi. Korxonaning standartlashtirish bo'limi xodimlari korxonada rasmiylashtirilayotgan hujjatlarning mavjud standartlar talablariga muvofiq kelishini, korxonalarni amaldagi me'yoriy texnik hujjatlar bilan ta'minlanganligini va ularning o'z vaqtida joriy etilishini, ularga zaruriy o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiriti- lishini, shuningdek, korxonada ishlab chiqilgan standartlar va texnik shartlar loyihalarining sifatini ta'minlaydilar. Markaziy o'lchov texnika laboratoriyasining vazifasi ish lab chiqarishning barcha sexlarida tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish vositalari bilan ta'minlanishini nazorat qilish, o'lchov vositalarini o'z vaqtida tekshirish va attestatsiya qilishdan iboratdir. Ta'minot, sotish va transport xizmatlarining ishini to'g'ri tashkil qilish ham mahsulot sifatini yaxshilashga sezilarli yordam beradi. Ta'minot bo'limi omborga kelib tushayotgan barcha xom- ashyo, materiallar va yarimtayyor mahsulotlar haqida yetkazib beruvchining ilova hujjatlarini (yozma shahodatnoma, sinov aktlari hamda pasport) ko'rsatgan holda texnika nazorati bo'limiga tezkor ma'lumot berishi kerak. Transport bo'limi ta'minot bo'limi bilan birgalikda yetkazib bemvchilarning mahsulotini tashish, yuklash va tushirish vaqtida uningehtiyot qilinishini ta'minlashlari kerak. Sotuv bo'limi texmk nazorat bo'limi tomonidan qabul qilingan mahsulotni lozim darajada o'rash va saqlashni ta'minlaydi. Mahsulot sifatini nazorat qilish uning sifat ko'rsatkichlari belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish hisoblanadi va shu asosda ma'lum qaror qabul qilinadi. Texnik nazoratning ikki asosiy - passiv va aktiv shakIlari mavjud. Passiv nazoratda mahsulot si fat kO'rsatkichlarining u yoki bu normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi (yoki muvofiq kelmasligi) aniqlanadi, mahsulot esa ana shu asosda yaroqIi yoki yaroqsiz deb topiladi. Aktiv nazorat usulidan o'lchashlar natijasida normativ huj- jatJar talablaridan chetlashishga olib keluvchi sabablarni tugatish uchun foydalaniladi. Bunda sifatsiz mahsulotning paydo bo'lishi qayd qilinibgina qolmay, balki uning takrorlanishining oldi olinadi. Sifatni nazorat qiIish, ko'zda tutilgan maqsadga ko'ra, kelayotgan xomashyo, materiallar, yarimtayyor mahsulotlarni tekshirishdan iborat bo'lgan kirish nazoratiga, texnologik jarayonlar ko'rsat- kichlarini nazorat qiluvchi texnologik yoki joriy nazoratga va tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratiga bo'linadi. Joriy nazomtda texnologik jarayonning borishi kuzatiladi, baholanadi va tartibga solinadi. Korxonalarda mahsulot sifatini nazorat qilish va tartibga solish ishlari bilan texnologik nazorat bo'limi (TNB), standartlashtirish bo'limlari va ba'zan esa maxsus «sifat xizmati»ga birlashgan bo'limlar shug'ullanadi. Sex boshlig'i ijrochi bilan bir qatorda nazoratchi ham bo'lib, o'zi qabul qilib olgan mahsulot sifati uchun javobgardir. U tex- nologik jarayonlarga rioya qilinishini hamda o'l chov vositalari- ning ishga yaroqliligini kuzatib turishi lozim. Texnologik nazorat bo'limi boshlig'i korxona direktoriga bo'ysunadi, biroq yuqori rahbarlik organi tomonidan ishga ta- yinlanadi va ishdan ozod qilinadi. TNB tarkibida tashqi qabul qi- lish byurosi, sex nazorati byurosi, nazorat tekshiruv punkti bo'l- gan markaziy o'lchov laboratoriyasi, texnika byurosi va inspek- torlar guruhi tashkil qilinadi. Sex nazorati byurosi boshlig'i, katta nazoratchi va nazorat boshlig'i sexda chiqariladigan mahsulotlar sifatini nazorat qiHshni ta'minlaydilar, sex boshlig'idan mahsulotlar sifatini yaxshilash bo'yicha tadbirlarning o'z vaqtida bajarilishini tal ab qiladilar va ulaming amalga oshirilishida qatnashadilar. Rahbar barcha narsani nazorat qilolmaydi. Shuning uchun rahbar nazoratning uncha katta bo'lmagan miqdordagi eng muhim nuqtalari (ish joyida bo'ladigan jarayonlarni, mahsulotlar turlari)ni tanlab olishi kerak. Korxonalarda tashkil etilgan va bosh muhandis tomonidan boshqariladigan sifat bo'yicha doimiy komissiyalar mahsulotni nuqsonsiz tayyorlash bo'yicha qo'llanilayotgan tadbirlar haqi- dagi sex boshliqlarining hisobotini tinglaydi. Hozirgi kunda na- zoratning samarali va ratsional tashkil etilgan rejalarisiz yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun kurashish mumkin emas. Sex boshlig'i komissiyaga raislik qiladi, sifatni oshirish bo'yicha tadbirlar ish lab chiqarishni ta'minlaydi hamda ularning bajarili- shini nazorat qiladi. Sex boshlig'i mahsulotlar TNB tekshiruvidan o'tgandan keyingina, ulami sexdan chiqarib yuborishga ruxsat beradi. O'z-o'zini nazorat qilishning sifati texnologik nazorat bo'Hmi xodimlari tomonidan tekshiriladi. UIar birinchi nuqson aniqIanishi bilanoq, mahsu10tni (partiyani) qayta tekshirmay yoki brakka ajratmay qaytarib yuborishlari mumkin. Texnologik nazorat bo'limi birinchi topshirishda qabul qilinmagan mahsulotlarni ik- kinchi va uchinchi marotaba faqat sex boshlig'i yoki korxona direktorining yozma ruxsati bilan qabuI qiladi.



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!