СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Kurs hisoboti ishi

Категория: География

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Kurs hisoboti ishi»

KIRISH

Geodeziya va kartografiya va kadastr soxasida so’nggi yillar mobaynida topografik-geodezik ishlarini jadal rivojlanishi dolzarb bo’lgan ko’plab yangi yondashuvlar kelib chikdi, texnika va texnologiyalar ixtiro qilindi xamda rivojlantirildi. SHu jumladan davlat geodezik tayanch tarmoqlarining yaratilishini va qayta ta’minlashini yangi texnologiyalari ishlab chiqarildi.

Bularning ichida sputnikli navigatsion sistemalar (GPS) faoliyati yo’lga ko’yilishi ko’plab qulayliklar tug’dirdi va davlat geodezik tarmoqlarini barpo qilish ishlarini bajarishdagi muammolarni xal qilishda o’zining bekiyos imkoniyatlarini namoyon qildi.

Sputnikli navigatsion sistemalarning maqsad va vazifasi shundan iboratki, sputnikli navigatsion sistemalar xaqida keng tushuncha bergan xolda, ulardan bizning mamlakatimizda qullanib kelinayotgan an’anaviy topografik-geodezik ishlardagi usullar (triangulyatsiya, trilateratsiya, va poligonometriya) o’rnida foydalanishi xaqida batafsil ma’lumot berildi.

Ayni vaqtda davlat geodezik tayanch tarmoqlarni barpo qilish ishlarni ana’anaviy usulda bajarishdan voz kechilib, bu ishlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan xolda bajarish mamlakatamizda izchil ravishda yulga quyilmokda va bu jarayonni amalga oshirishda bir qator yutuqlarga erishilmokda.

Ushbu uslubiy ko’rsatmada yangilik sifatida davlat geodezik planli tayanch tarmoqlarni zamonaviy GPS texnologiyalaridan foydalanilgan xolda barpo etish taklif qiladi. Davlat geodezik planli tayanch tarmoqlarni an’anaviy usulda barpo etish bir muncha noqulaylik va muammolar tug’dirishi ma’lum. Planli geodezik tarmoqni GPS texnologiyalaridan foydalanib barpo etish esa an’anaviy usuldan farqli ularoq tezkor bajarilishi, aniqligi va iqtisodiy samaradorligining yuqoriligi bilan e’tiborlidir.

I.1. Kurs ishini maqsadi va vazifalari

Ushbu kurs ishi (loyixa) ni bajarish talabalarni nazariy bilimlarini amaliy mustaxkamlashtirish uchun mo’ljallangan.

Bunda talaba oliy geodeziya fanidan quyidagi bilimlari o’rganadi:

a) Davlat tayanch geodezik to’rlarni qurish sxemasini;

b) rekognotsirovka va triangulyatsiya punktlarini o’rnatish va qurish;

v) geodezik to’rlarda loyihalashtirilgan elementlarni matematik qayta hisoblash aniqligini.

Kurs ishi matematik tenglashtirish va grafik qismdan iborat:

Talabalarga loyihalash uchun topshiriq va 1:100 000 masshtabdagi topografik xaritalar beriladi. Ushbu xaritada 2- sinf triangulyatsiya to’rini loyihalashtiradilar. 2- sinf triangulyatsiya uchburchak to’rlari orasidagi masofa ko’rsatmalarga muvofiq 7-20km.,gacha bo’lishi mumkin.

O’quv jarayonidan kelib chiqqan holda, triangulyatsiya uchburchaklari turi tomonlarini 5- 8 km. gacha qisqartirilishi mumkin.

Unda talaba xaritada taxminan 30-35 ta punktlarni loyixalashtirishi mumkin, - 1 punkt 40km2 gacha zichlik bilan loyihalashtirishi mumkin bo’ladi.

I.2. Geodezik planli tayanch tarmoqlarini barpo qilishda triangulyatsiya usuli

Triangulyatsiya usulida joyda bir-biriga tutashib ketadigan uchburchaklar qatori yasalib, ularning hamma burchaklari va bazis deyiladigan b1 va bn tomonlari o’lchanadi (shakl-1). Bazis tomoni uzunligi b1 va o’lchangan burchaklar orqali uchburchaklarning qolgan hamma tomonlari uzunliklari hisoblanadi va o’lchangan tomon bn uzunligi bo’yicha tekshiriladi. AB=b1 tomon direktsion bo’rchagi a0 va A nuqtaning XA, UA koordinatalaridan foydalanib, barcha nuqtalarning koordinatalari hisoblanadi.





SHakl 1


Har bir uchburchakning ichki burchaklarini o’lchash uchun ularning uchlari bir biridan ko’rinishi lozim. SHuning uchun uchburchak uchlari sifatida baland nuqtalar tanlanadi, aks holda uchburchak uchlariga signallar yoki piramidalar o’rnatiladi. Barpo etilgan uchburchaklar mumkin qadar teng tomonli bo’lishi kerak. Uchburchak uchlari (punktlar) uzoq vaqt saqlanishi uchun joyda mustahkam saqlanadigan doimiy belgilar bilan belgilanadi. Bu belgilar markaz deb ataladi. Uchburchaklarning tomon uzunliklari sinuslar teoremasidan foydalanib hisoblanadi.

I.3. Triangulyatsiya to’ri loyihasini tuzish sxemasi, sinfikatsiyasi
va asosiy texnik talablar

Loyiha 1: 100 000 masshtabdagi topografik kartada tuziladi. SHuning bilan birgalikda, kartada triangulyatsiya punktlari mavjud emas deb qaraladi. Talaba topshiriqni olgandan keyin geodezik to’rni yaratish joyini relьefini o’rganishga kirishadi. Rel’efdan oqilona foydalanib punktlar uchun qulay joylar tanlanadi, belgilar balandliklarini maksimal pasaytirish iqdisodiy tejamli bo’lishga olib keladi.

Loyiha tuzish joyni topografik-geodezik o’rganilganligi bo’yicha materiallar yig’ishdan boshlanadi. Bunga ushbu hududda oldin mavjud bo’lgan triangulyatsiya punktlarining planli va balandlik koordinatalar katalogi, hududning barcha masshtablarda mavjud topografik xaritalari va aerofotos’yomkalari kiradi. Oldin bajarilgan ishlar o’rganilgandan so’ng loyiha tuzilayotgan joy dala sharoitida o’rganiladi, bunda xaqiqatdan ham punktlar va ularning markazlari saqlanib qolganligi aniqlanadi.

Loyihalash bevosita topografik kartada bajariladi. Punktlar o’rni uchun joyning baland yerlari tanlanadi, chunki punktdan barcha yo’nalishlardagi yoki iloji boricha ko’p yo’nalishlardagi punktlar ko’rinishi kerak. Koordinatalarda kelib chiqishi mumkin bo’lgan xatoliklarni kamaytirish uchun loyihalangan to’rda o’tkir burchaklar bo’lmasligi maqsadga muvofiq. Triangulyatsiya sinfi va rel’efga bog’liq holda tomon uzunliklari loyihalanadi. 2- sinf triangulyatsiyasini loyihalashda vizir chizig’ining yerdan balandligi 5 - 6 metr bo’lishi kerakligi e’tiborga olinishi lozim. Refraktsiya ta’sirini kamaytirish maqsadida yo’nalishlar katta daryolar, ko’llar, suv omborlari, tepalik va tog’ yonbag’irlari bo’ylab, hamda shaharlar va zavodlar ustilaridan o’tmasligi zarur. Iloji bo’lmagan taqdirda daryolar, tepalik va tog’ yonbag’irlarini to’g’ri burchak ostida kesib o’tish kerak.

Loyihalangan triangulyatsiya to’ri butun xarita trapetsiyasini bir tekisda qoplashi va uzluksiz (diagonal yo’nalishlarsiz) bo’lishi kerak.

Loyihani tuzishda quyidagilarni hisobga olish kerak:

a)   triangulyatsiya punktlarini imkon qadar balandliklarda joylashtirish;

b) uchburchaklarni burchaklari 20 0 dan 120 0 gacha, tomonlari esa 5 -8 km. gacha bulishi;

v) refraktsiya ta’sirini kamaytirish maqsadida daryo bo’ylab, ko’l yo’nalishlaridan, zavodlar va shahar ustidan o’tkazilmaydi;

g) loyihalayotgan to’rning qarama qarshi qismlarida ikkita berilgan tomonlar belgilanadi.

Triangulyatsiyada tomonlar uzunligi svetodal’nomerlar yordamida o’lchanadi. Astranomik ko’zatishlardan ikki yo’nalishda Laplas azimuti aniqlanadi.

Triangulyatsiya usullarida barpo etiladigan davlat planli geodezik to’ri aniqlik jihatidan to’rt sinfga (bosqichga) bo’linadi.

Poligon uchlarida (har bir 10 11 uchburchakdan iborat bo’lgan zveno uchlarida) bazis (chiqish tomon) o’lchanadi va bazis uchlarining koordinatalari astronomik usulda aniqlanadi. Uchburchaklar qatori bo’yicha astronomik-gravimetrik nivelirlash o’tkaziladi. 1-sinf geodezik planli to’rga astronomik-geodezik to’r deyiladi. Keyingi paytlarda masofa o’lchash juda aniq bajarilayotganligi (masofa o’lchash asboblari takomillashib, o’lchash ishlari uchun katta sarf xarajat va vaqt talab etmayotganligi) sababli 1 sinf triangulyatsiya o’rniga o’rmon zonalari va shaharlarda 1-sinf poligonometriya yo’llari o’tkazilmoqda.

1-sinf triangulyatsiya qatori va poligoni 2-sinf triangulyatsiya to’ri bilan to’ldiriladi. Yuqori sinf triangulyatsiya to’rini zichlashtirish maqsadida ular 3 va 4 sinf triangulyatsiya to’rlari bilan to’ldiriladi. 3 va 4 sinf triangulyatsiya to’ri 1 va 2 sinf triangulyatsiya tomonlariga tayanadi. SHuni ta’kidlash zarurki (1-sinfdan tashqari) 2, 3, 4 sinf triangulyatsiya to’ri o’zidan past yoki o’ziga teng triangulyatsiya punktiga tayangan holda mustaqil to’r hosil qilmaydi.

I.4. Triangulyatsiya to’ri aniqligini hisoblash.

Geodezik to’rni triangulyatsiya usulida barpo etishda faqat bazis (tayanch tomon) uzunligi va barcha burchaklar o’lchanadi, trigonometriya formulalaridan foydalanib triangulyatsiya qatori va to’rlarining tomon uzunliklari hisoblab topiladi. Geodezist, triangulyatsiya tomon uzunliklari bazis tomondan uzoqligiga qarab qanday aniqlikda topiladi, azimut qanday aniqlikda uzatiladi, tomon uzunliklarini, azimutlarni va koordinatalarni uzatishda xatoliklar qanday to’planib boradi degan savolga javob bera olishi kerak. Bu geodezistga triangulyatsiya loyihasini tuzishda triangulyatsiya aniqligining old hisobini bajarishi, burchaklarni o’lchash usuli, priyomlar sonini, bazis tomonlari va Laplas punktlarining sonini aniqlash imkonini beradi.

1- jadval

Asosiy talablar

Sinflar

2

3

1.

Uchburchak tomonining o’rtacha uzunligi, km.

720

58

2.

Uchburchakda bo’lishi mumkin bo’lgan eng kichik burchak

300

200

3.

Har bir burchakni o’lchashdagi o’rta kvadratik xato

1”

1.5”

4.

Har bir uchburchakning burchaklarini bog’lanmasli chekli xatosi



4”



6”

5.

Bazis (chiqish) tomonini o’lchash aniqligi

1:300000

1:200000

6.

Zveno oxiridagi Laplas punkti (astronomik koordinatalari) aniqligi

mq 3

mq 0.45”

mAq 0.5”



aniqlanmaydi

7.

Eng bo’sh tomon nisbiy xatosi

1:150000

1:120 000

8.

Qo’shni punktlarni o’zaro holatini aniqlash xatoligi, m.

0.06

0.06

1-jadvalda davlat planli triangulyatsiya to’riga ta’luqli ba’zi bir ma’lumotlar berilgan. Joyning sharoitiga va iqtisodiy tomondan afzalligiga qarab planli geodezik to’r triangulyatsiyani 2, 3, 4 sinflari shaklida barpo etilishi, ya’ni 1-sinfni to’ldirilishi mumkin. Triangulyatsiya yo’llari o’zidan yuqori sinfdagi triangulyatsiya punktlariga tayanishi mumkin.

Sinfi jihatidan o’ziga teng yoki kichik bo’lgan punktlarga tayangan holda mustaqil yo’l hosil qilinmaydi.

I.5. Triangulyatsiya belgi balandligini hisoblash

Triangulyatsiyani loyihalashda va joy rekognostsirovkasida punktlar orasida o’zaro ko’rinishni ta’minlash imkoniyati bo’lmaydi. Bunday holda triangulyatsiya punktiga o’rnatiladigan belgi balandligi hisoblab topiladi. Belgi balandligini analitik usulda hisoblab topishda V.N. SHishkin formulasidan foydalaniladi


(3.1)

N1 = h1 + a + f1

N2 = h2 + a + f2

Bunda, N1 va N2 –o’zaro ko’rish imkoniyatini beradigan belgi balandligi;

h1 va h2 - yo’nalish boshi va oxirida joylashgan punktlar asosidan, shu yo’nalishdagi to’siq uchigacha bo’lgan nisbiy balandlik;

a - vizir chizig’ini to’siqdan yuqori bo’lishi kerak bo’lgan balandligi;

f1 va f2 – punktdan to’siqgacha bo’lgan masofa uchun hisoblangan Yer egriligi va refraktsiya uchun tuzatmalar.

2-shaklda h/1 va h/2 – belgilar asosiga nisbatan to’siq yer sathlarni nisbiy balandliklari. ASV - yerning fizikaviy sathi, A va V - mo’ljallangan punktlar joyi, S - to’siqni o’rni, S1 – to’siqning eng baland nuqtasi, S1 va S2 –S to’siqdan A va V punktlargacha bo’lgan masofalar, h/1 va h/2 – kattaliklar topografik xaritadan aniqlanadi.

Agarda to’siqda o’rmon yoki boshqa biron bir predmetlar bo’lsa, u holda ularni yerdan balandligi aniqlanib h/1 va h/2 qiymatlariga qo’shiladi.


f1 va f2 – kattaliklari maxsus jadvaldan olinadi (metr o’lchamida) yoki quyidagi taqribiy formuladan foydalanib hisoblanadi:

f = 0,0674S2, (3.2)

f – metr, S – kilometr birligida.

Agarda to’siq ikki punkt o’rtasida joylashmagan holda bo’lsa (shakl 2) (3.1) formuladan foydalanib hisoblangan balandlikga tuzatish kiritiladi. Buning uchun to’siqdan o’zoqda joylashgan belgi balandligi pasaytirilib, yaqin belgi balandligi ko’tariladi. Hisoblash quyidagi formula bilan amalga oshiriladi.

(3.3)

bundan, , - belgilarning tuzatilgan balandliklari.

Masala. A va V punktlar uchun belgilar balanligini va tuzatmalarini aniqlang.

Kartadan asosiy A va V punktlarning balandligi va to’siq uchi balandligi aniqlanadi (shakl 3)

NA = 309,0 m; Nv = 305,0 m; Ns1 + 310,0+10,0=320,0 m;

S1 + 1,9 km; S2 6,0 km;

Ko’rsatma bo’yicha a= 2m teng.

Unda h1= Ns1 – N a = 320,0 – 309,0 = +11,0 m.

h2= Ns1 – N v = 320,0 – 305,0 = +15,0 m.

A punktining belgi balandligi:

N 1= h1 + a + v1 = 11,0 + 2,0 +0,2 = 13,2 m.

V punktining belgi balandligi :

N 2= h2 + a + v2 = 15,0 + 2,0 +2,4 = 19,4 m.

Belgilar balandligini yig’indisi:

13,2+19,4 =32,6m.

To’siq A va V punktlar o’rtasidan uzoqda joylashgan, shuning uchun (3.3) formulaga asosan hisoblangan belgi balandliklari qiymatlariga tuzatmalar kiritamiz.

N2 - N/2=10,0m deb qabul qilamiz, ya’ni V punktning hisoblangan qiymatini belgi balandligi 10,0 m ga pasaytiramiz, unda A punktning belgi balandligi hisoblangan qiymatini kichikroq qiymatga oshiramiz:

SHuningdek N/1 =16,4m, N/2 = 9,4 m.

Tuzatmalar kiritilgandan keyingi belgi balandliklari yig’indisi:

16,4 +9,4 = 25,8 m

O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, ikkala belgi ham 32,6m emas balki 25,8 m umumiy balandlikda qurilgani iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.

Belgi balandligi hisobi va tuzatmalarini jadvalda quyidagi shaklda (jadval-2) joylashtirish mumkin:

2-jadval.

Punkt

lar

nomi

Dengiz

sathidan baland

ligi

(m)

To’siqgacha

masofa

(km)

h

(m)

V

(m)

Belgi balandlikla

ri

(m)

Tuzatma

dan keyingi

belgi baland

liklari

(m)

Grafik usul bilan aniqlan

gan belgi balandliklari

(m)

A (Daxbed)



S1

V (CHelak)

309,0



320,0

305,0



1,9



6,0



+11,0



+150



+0,2



+2,4

13,2





19,4

16,4





9,4

16,0





10,0

Yig’indisi





32,6

25,8






I.6. Belgilar balandliklarini grafik usulda aniqlash

Buning uchun topografik xaritadan punktlar va to’siq balandliklari shakl-3a, S1 va S2 masofalar aniqlanib, AV to’g’ri chiziqda S nuqtadan S1C1A1 va S2C1B1 masofalar tanlangan masshtabda qo’yiladi. f1 va f2 lar (3.2) formuladan foydalanib hisoblanadi.

A1 va V1 nuqtadan pastga, gorizontal masshtabga nisbatan yirik masshtabda qo’yiladi, natijada A2 va V2 nuqtalar hosil qilinadi. So’ngra A, V punktlar va to’siqning biron bir shartli gorizontga nisbatan Z1, Z2 va Z3 nisbiy balandliklari hisoblab topiladi, AV chiziq bo’yicha to’liq bo’lmagan profil chiziladi. To’liq bo’lmagan profilni hosil qilish uchun A2, V2 va S1, nuqtalardan vertikal bo’yicha Z1AA1 Z2VV2 va Z3SS1 qiymatlar qo’yiladi, hosil bo’lgan A, V va S nuqtalar Yer egriligi va refraktsiya tasirini hisobga olgan holda joyning to’liq bo’lmagan profili hosil qiladi.


SHakl 3 a

S nuqtadan vertikal bo’yicha masofada joylashgan nuqtaga chizg’ichni qo’yib, uni nuqta atrofida burib bizlarni, qanoatlantiradigan belgilar balandliklari va larga to’g’ri keladigan M1 va M2 nuqtalarni tanlaymiz. Ularning balandliklari chizmadan o’lchab olinadi. Ma’lumki, vizirlash tsilindri va o’lchash asbobi markazlari ustma-ust tushmaydi. Buni belgi balandligini hisoblashda inobatga olish kerak. Burchak o’lchash yerda turib bajarilsa, asbob balandligini taxminan 1,4 m deb olib, punktdagi belgi balandligi hisoblanadi.

Belgilar balandligini punktlar orasidagi joyning oddiylashgan profilini qurish yo’li bilan aniqlash mumkin. Odatda, grafik yo’l bilan analitik hisoblangan balandliklar nazorat qilinadi.

Profil millimetrli qog’ozda tuziladi. A1 V1 to’g’ri chiziq o’tkaziladi va taxminan o’rtada S1 nuqta belgilanadi hamda uni to’siq uchi qilib qabul qilinadi shakl-4. Keyin (1:100 000) karta masshtabida A va V tomonlarga S1 nuqtadan to’g’ri chiziq bo’ylab S1 va S2 masofalar qo’yiladi va S1 to’siqlar A va V punktlargacha A1 V1 nuqtalar aniqlanadi. A1 va V1 nuqtalardan vertikal bo’yicha h1 + V1, h2 + V2 qiymatlar qo’yib chiqiladi va A va V belgi asoslari nuqtalari topiladi. Agar hi+ Vi, manfiy qiymatga ega, ya’ni uni vertikal bo’yicha yuqoriga qo’yiladi. Vertikal bo’yicha 1:1000 (yoki yirikroq) masshtab olish qulay.

Oddiy lineyka tusiq uchiga quyiladi - S1 nuqta va uni atrofidan aylantiriladi, shu tarzda A va V punktlar uchun minimal belgi balandliklarini eng qulayi tanlanadi.

Masala: h1 + V1 +4,1 m; h2 + V2 +7,9 m;

S1=2,0 km; S2=4,0 km.

TRIANGULYaTSIYa ANIQLIGINI HISOBI.

II.1. SHakl shartlari uchun, triangulyatsiya ozod qatori elementlari aniqligini hisobi.

Ikkita tomon orasidagi to’liq to’rdan triangulyatsiya qatori ajratiladi (1-ilovaga qarang) va bu qatorni ozod qator deb tahmin qilamiz, ya’ni, faqat bitta berilgan ya’ni bazis tomonga ega.

Ajratilgan triangulyatsiya qatori to’liq to’rdan alohida chizib olinadi (2-ilovaga qarang). Azimutni uzatish chizig’i belgilanadi (azimut, odatda, bog’lovchi tomonlar bo’yicha uzatiladi) va transportir yordamida qator bog’lovchi burchaklari gradusgacha aniqlikda o’lchanadi. Bog’lovchi burchak va R qiymatlari jadvali tuziladi. R-uchburchaklarning geometrik bog’lash xatoligi, uchburchaklarni burchaklarini bog’lash argumentlari bo’yicha maxsus jadvaldan tanlanadi.(Spravochnik geodezista 1 kitobining 345 bet, va Durnev A.I. Vыsshaya geodeziya, 90 bet qarang)

3-jadval

Uchburchaklar

qatori raqami

Qatorni bog’lovchi burchaklar

R (6-chi logarifli qiymati birligida)

A

V

1

2

3

4

5

6

640

480

470

870

530

890

740

820

760

450

740

410

2,0

4,4

5,5

4,8

3,4

5,6




n R =25, 7

Qator elementlari aniqliq hisobi uchun berilgan ma’lumotlar qo’yidagilardan iboratdir.

1. Berilgan tomon o’rta kvadratik nisbiy xatoligi (nom berish kerak, masalan, bizning berilgan to’r misolimizda A-V Daxbet-CHelak tomonlaridir):

2. Daxbet-CHelak tomon azimutining o’rta kvadratik xatoligi:

3. Burchak o’lchash o’rta kvadratik xatoligi:

Keyin triangulyatsiya qatori elementlari hisobiga kirishiladi:

a) Qator tomonlarini bog’lovchi logarifimli o’rta kvadratik xatoligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.

(4)

bu yerda

6-chi Logarifim belgi birligida.

- berilgan tomon logorifimi o’rta kvadratik xatoligi.

- o’lchangan burchak o’rta kvadratik xatoligi.

- uchburchaklar geometrik bog’lanishlari xatoliklari yig’indisi
(3-jadvaldan olinadi).

Bog’lovchi tomonlar Juma-CHarxin uchun (4) ga asosan

b) Bog’lovchi tomonlar o’rta kvadratik nisbiy xatoligi:

(5)

Juma-CHarxin bog’lovchi tomonlar uchun

v) Bog’lovchi tomonlar azimuti o’rta kvadratik xatoligi:

(6)

bu yerda: - berilgan tomon azimutining o’rta kvadratik xatoligi.

n- qatordagi uchburchaklar soni.

m- o’lchangan tomon o’rta kvadratik xatoligi.

Juma-CHarxin bog’lovchi tomonlari uchun:

Bo’ylama va ko’ndalang siljishlar o’rta kvadratik xatoliklari va berilgan punktga nisbatan oxirgi punkt holatini aniqlash uchun qator diagonali tanlanadi. Odatda, berilan punktdan oxirgi punktga koordinatalar oraliq tomonlar bo’yicha uzatiladi, shuning uchun diagonal sifatida qatorning oraliq tomonlarining chap yoki o’ng yig’indisi belgilanadi.

g) Qatorni diagonali bo’ylama siljish o’rta kvadratik xatoligi:

(7)

d) Qatorni diagonali ko’ndalang siljishi o’rta kvadratik xatoligi:

uchburchaklar soni juft bo’lganida

(8)

uchburchaklar soni toq bo’lganida

(9)

e) Berilgan punktga nisbatan oxirgi punkt joylashuvi o’rta kvadratik xatoligi (umumiy siljish):

(10)

(7), (8) va (9) formulalarda qo’yidagi belgilashlar kiritilgan:

L – qator diagonalining uzunligi.

- berilgan tomonning nisbiy o’rta kvadratik xatoligi.

m// – o’lchangan burchakning o’rta kvadratik xatoligi.

mQ// - berilgan tomon azimutining o’rta kvadratik xatoligi.

k - diagonalga kiruvchi, oraliq tomonlar soni.

(7) formuladagi 3 K oldidagi musbat ishora, agar qator juft sonli uchburchaklardan tashkil topgan hollarda qabul qilinadi, manfiy ishora-ularning soni toq bo’lganda qabul qilinadi.

Bizning to’r uchun quyidagiga egamiz: diagonal sifatida Daxbet-CHelak oraliq tomonlari yig’indisini oralik tomonlar sonini tanlaymiz, shuningdek, diagonalga kiruvchi K=3 ga va diagonal uzunligi L=21000m ga teng.

unda, (7) formula bo’yicha quyidagiga ega bo’lamiz

(8) formula bo’yicha

(10) formula bo’yicha

II.2. Azimut va bazis, shakl shartlari uchun tenglashtirilgan, ozod bo’lmagan triangulyatsiya qatori elementlari aniqligini hisobi.

Hisob aniqligi uchun tanlangan triangulyatsiya qatoridan foydalaniladi, u ikkita berilgan tomon orasida joylashgan deb qaraladi. Qator bog’lovchi tomonlarning eng zaif joyi belgilanadi (bizning misolimizda Loyish-Mani tomoni, u qator o’rtasida joylashgan).

a) eng zaif tomon logorifimining o’rta kvadratik xatoligi .

(11)

bu yerda: mlgb-berilgan tomon logorifimining o’rta kvadratik xatoligi.

N- berilgan tomonlar qator orasidagi uchburchaklar umumiy soni.

n -aniqlanadigan tomonlarga uchburchaklar soni.

m// - o’lchangan burchakning o’rta kvadratik xatoligi.

Eng zaif tomon o’rta kvadratik xatoligini nazorat qilish uchun, ikkala bazisdan foydalanish mumkin va ulardan o’rta vaznli qiymatini formula bo’yicha qabul qilinadi:

(12)

bu yerda (13)

b) Baholanadigan tomonning nisbiy o’rta kvadratik xatoligi (5) formula bo’yicha aniqlanadi.

Bizning triangulyatsiya qatorimiz uchun quyidagiga egamiz:

N=6 ; n=3;

unda, (11) formulaga asosan

Nazorat uchun quyidagi hisoblashni bajaramiz. Daxbet-CHelak bazisidan
(4 formula) bo’yicha:

Daxbet-CHelak bazisidan:

O’rtacha vazni qiymati:

Nazorat natijasida biz ikkinchi marta eng zaif tomonni logorifimini o’rta kvadratik xatolik qiymatini hosil qildik (1.8 va 1.9.6 qiymat log. birligida), va bu biz tomonimizdan hisoblashlarimizni tug’rligini tasdiqlaydi.

Baholanayotgan tomonning nisbiy o’rta kvadratik xatoligi (5) asosan quyidagicha

bo’ladi.

v) eng zaif tomon azimutning o’rta kvadratik xatoligi:

(13)

bu yerda m” 0-berilgan tomon azimutining o’rta kvadratik xatoligi. Qolgan belgilar (11) formuladagidek xisoblanadi. Bizning to’rimizdagi eng zaif tomon Loyish-Mani uchun quyidagicha:

g) Bo’ylama siljish o’rta kvadratik xatoligi:

(14)

d) Ko’ndalang siljish o’rta kvadratik xatoligi:

(15)

e) Berilganga nisbatan oxirgi punkt joylashuvining o’rta kvadratik xatoligi – umumiy siljish (10) formula bo’yicha aniqlanadi.

(14) va (15) formulalardagi belgilashlar (7), (8) va (9) formulalardagidek bo’ladi.

Bizning triangulyatsiya tomonimiz uchun: (14) formula bo’yicha

(15) formula bo’yicha

(10) formula bo’yicha

4 va 5 paragraflar tugallangandan keyin ozod va ozod bo’lmagan triangulyatsiya qatorlari elementlari aniqligi taqqoslash tahlili beriladi (4-jadvalga qarang)


4-jadval

Triangulyatsiya qatorlari elementlari aniqligi tasnifi

Ozod qator

Ozod bo’lmagan qator

Bog’lovchi tomonlarning nisbiy o’rta kvadratik xatoligi.

1:140000

1:241000

Bog’lovchi tomonlar azimutining o’rta kvadratik xatoligi.

1,56”

0,85”

Bo’ylama siljish

0,115m

0,055m

Ko’ndalang siljish

0,108m

0,064m

Umumiy siljish

0,122m

0,084

Taqqoslash tahlilidan (4-jadval) ko’rinadiki, agar triangulyatsiya qatori ikki tomonidan berilgan tomonlar va Lanpas azimuti bilan ta’minlangan bo’lsa (ya’ni, qator ozod emas), unda qatordagi elementlar aniqligi oshadi.

IV. XULOSA

IV.1. Kurs ishini bajarish va rasmiylashtirishda umumiy muloxozalar

a) Kurs ishini bajarishdan oldin ushbu o’slubiy kursatma bilan diqqat bilan tanishib chiqish talab qilinadi, kerak bo’lgan o’quv qo’llanmalarini tanlab olib quyidagi savollarga javob izlash zarur.

1. Triangulyatsiya loyixasini tuzish.

2. Triangulyatsiya punktlarini rekognotsirovka qilish.

3. Belgilarni balandligini aniqlash.

4. Triangulyatsiya aniqligini xisobi.

Kerak bo’lgan o’quv qo’llanmalarini diqqat bilan o’qib chiqqandan keyin talaba topografik kartada joyning rel’efini o’rganadi va geodezik punktlarni o’rnatish joyini mo’ljallaydi.

Keyingi ishlarni osonlashtirish uchun ishchi chizmalarni kalьkaga chizib olish talab qilinadi.

Buning uchun topografik karta ulchamidagi kalьka kartani ustiga quyib loyixalashtirilgan punktlarni chizib oladilar. Xar bir punktga joyning geografik atamalaridan foydalanib nom berib chiqiladi. Ishchi chizmada xar bir yunalish buyicha eng baland tusiqlarni nisbiy balandligini ko’rsatadilar.

Ishchi chizmani qora tush bilan chizish tavsiya etiladi, kompyuter grafikasida chizish mumkin.

b) Keyin talaba analitik va grafik usullarda belgi balandligini aniqlaydilar. Zarur bo’lgan 4 ta boshlang’ich punktlarni eng baland tusiqga nisbatan xisoblab chiqadilar.

Belgi balandligini aniqlik xatosini bilish uchun grafik usul bilan usha punktlarni balandligini aniqlaydilar.

Grafik usuli belgilarni balandligini aniqlash millimetrli qog’ozga bajariladi. Profil tuzish orqali qolgan punktlarni balandligini aniqlaydilar.

Tusiq balandligini xisobga olgan xolda, punktlarni qurish balandligi quyidagi turdagi belgilar bilan loyixalashtiriladi:

1. Qarama qarshi punktlar bir biriga yerdan kurinish bo’lsa u xolda piramida quriladi.

2. Agar belgi balandligi 10 metrdan past bo’lsa odddiy signallar quriladi.

3. Agar belgi balandligi 10 metrdan baland bo’lsa, murakkab signallar quriladi.

v) Loyixa kartadan kalkaga o’tkaziladi, triangulyatsiya punktlari quyidagi shartli belgilar bilan rasmiylashtiriladi:

- piramida (uchburchak tomonlari 5mm)

- oddiy signallar(turtburchak tomonlari 5mm)

- murakkab signallar(turtburchak tomonlari 5mm)

Karta ramqalari va trapetsiya tush bilan chiziladi. Belgining o’ng tomonida punktning nomi va nisbiy balandligi yoziladi. Berilgan tomonlar ikkita qizil chiziq bilan belgilanadi.

Triangulyatsiya qatori uchun aloxida kalka tuziladi.

g) Bundan keyin talaba triangulyatsiya aniqlik xisobini xisoblaydilar va triangulyayiya loyixasini matnlaraini rasmiylashtiradilar.

Rasmiylashtirishda quyidagilarga etibor berish kerak:

1. Triangulyatsi aniqlik xisobi ko’rsatmaga muvofiq bo’lishi.

2. Matn qismida xech qanday tug’irlashlar bulmasligi zarur, tushunarli va aniq yozish talab qilinadi.

3. Xisob-kitob ishlarida oldin formulani keltirish va undan keyin xisob ishlarni qiymatini quyish.

4. Bajarilgan ishlarni uslubiy kursatma bilan taqqoslash.

5. Triangulyatsiya loyixasini tuzish ishi xaqida qisqacha umumiy ma’lumot berib o’tish.

Grafik qismida talaba quydagilarni taqdim etishi talab qilinadi:

- topografik karta va loyixa ishchi plani;

- triangulyatsiya loyixasi (ilova-1);

- triangulyatsiya qator sxemasi (ilova-2;

- grafik usulida belgi balandligini aniqlash (millimetrovkada)

ADABIYOTLAR.

1. Assur. V. A. Kutuzov. M. N. Muravin M.M.. «Vыsshaya geodeziya»./
Moskva, Nedra, 1979-231 str.

2. Djuraev D. “Geodeziya”./ Toshkent, O’zbekiston, 2006 - 206 bet.

3. Durnev A.I. «Vыsshaya geodeziya»./ Moskva, «Nedra», 1987 -201 str

4. Suyunov A.S.” Oliy geodeziya”./ Sam DAQI bosma sexi,

Samarqand, 2006 - 131bet.

5. Suyunov A.S., Tashpulatov S.A. “Oliy geodeziya”./ O’quv qo’llanma, Sam DAQI, Samarqand, 2006-102 bet.

6. «Spravochnik geodezista»./ (Kniga -1,2) Moskva, Nedra, 1985. -324 str

7. Suyunov A.S. «Oliy geodeziya»./ O’quv qo’llanma, Sam DAQI,

Samarqand, 2006 -145 bet

8. Toshpulatov S.A., Avchiev SH.K., Kavalev N.V. «Oliy geodeziya»./ Toshkent, 2001-150 bet

9. Toshpulatov S. A., Avchiev SH. K. “Sferik geodeziya”./Toshkent,2002-73bet.

10. Toshpulatov S. “Oliy geodeziya”./ TAQI Toshkent, 2005- 120 bet.

11. Zakatov P.S. «Kurs vыsshiy geodezii»./ Moskva, Nedra. 1976 -165 str.

12. Yakovlev N.V. «Vыsshaya geodeziya»./ Moskva, Nedra, 1989 -326 str




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!