СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Kompyuter texnikasi vositalari

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Qattiq disklarga axborotni yozish va o’qish magnitlash asosida bo’lganligi uchun qattiq magnit disk ham deb atashadi. Bu qurilma umumiy korpusga joylashtirilgan elektrodvigatel, magnit kallak (rus. головка), pozitsiyalash qurilmasi va magnit qatlamga ega bo’lgan bir nechta diskdan (shu bois, ko’potar miltiq nomiga moslab “vinchester” deb ham atashadi) iboratdir. Birinchi vinchester 1973 yil IBM firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Disk sirti nuqtalar majmui sifatida, nuqtalar esa, o‘z navbatida, alohida bit sifatida ko‘rilib, ularning har biriga 0 yoki 1 qiymat (magnitlangan yoki magnitlanmagan – “magnit ekvivalenti” deb ham yuritiladi) beriladi. Mazkur nuqtalarning joylashuvi oldindan aniq bo‘lma­ganligi bois, axborotni yozish uchun yozuv qurilmasi nishonlash usulidan foydalanadi. Nishon yozuvning holati va o‘rnini aniqlashga yordam beradi. Mazkur nishonlarning mavjudligi diskka axborot yozishning texnologiyasi asosini tashkil etadi, nishonlar hosil qilinishi uchun esa disk formatlashni talab etadi. Disk formatlanganda konsentrik aylanalar ko’rinishidagi yo‘llarga ajratiladi hamda yo’llarni sektorlarga bo’linadi. Axborot disk sektorlarining yo’llari bo’ylab yoziladi. Sektor va yo‘llar o‘z tartib raqamlariga egadir. Diskning har bir sektorida identifikatsiya qilish uchun adres maydoni deb ataladigan joy ajratiladi, qolgan joylariga esa ma’lumotlar yoziladi. Bu qurilma changdan, namlikdan va boshqa tashqi ta’sirlardan juda yaxshi himoyalanganligi sababli, boshqa disklarga nisbatan yozishning yuqori zichligiga erishiladi.

Просмотр содержимого документа
«Kompyuter texnikasi vositalari»

Informatika-8. 3 – dars.

Mavzu: Kompyuter texnikasi vositalari

Maqsad:

  1. ta’limiy: O`quvchilarga kompyuter texnikasi vositalari –magnit va kompakt disklar, sichqoncha, printer va boshqlar haqida ma’lumot berish;

  2. tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik va estetik tarbiya berish;

  3. rivojlantiruvchi: O`quvchilarning AKT dan foydalanish ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS: kompyuter texnikasi vositalarini va ularning vazifalarini bilish.


Kompetensiya:

(TK6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

(FK2) — O’quvchida axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanadi.

I. Tashkiliy qism

1) Salomlashish;

2) Davomatni aniqlash;

II. Takrorlash.

  1. Kompyuterning asosiy qurilmalari;

  2. Tezkor xotir va uning tarkibi;

  3. Videoxotira nima?

  4. Protsessornng vazifalari?

  5. Shina va uning turlari;

  6. Port nima uchum kerak?

III. Yangi mavzuni o`rganish

Zamonaviy kompyuterlarni xotiraning qattiq disk (ing. HDD, Hard – qattiq, Disk – disk, Drive – dvigatel) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu xotirani asosiy xotira qurilmasi deb ham atash mumkin. Chunki, birinchidan: qattiq disklar, odatda, kompyuterning sistema bloki ichiga joylashtirilib, asosiy platada shleyf orqali ulanadigan maxsus joyi bor (shuning uchun axborot almashinuvi juda tez); ikkinchidan: kompyuterga operatsion sistema o’rnatilayotganda shu kompyuterga mos parametrlar operatsion sistemaga bog’lab qattiq diskka yozib saqlanadi. Bundan tashqari shu kompyuter foydalanuvchilarining amaliy dasturlari, hujjatlari va boshqa turdagi ma’lumotlari ham shu diskda saqlanadi.

Qattiq disklarga axborotni yozish va o’qish magnitlash asosida bo’lganligi uchun qattiq magnit disk ham deb atashadi. Bu qurilma umumiy korpusga joylashtirilgan elektrodvigatel, magnit kallak (rus. головка), pozitsiyalash qurilmasi va magnit qatlamga ega bo’lgan bir nechta diskdan (shu bois, ko’potar miltiq nomiga moslab “vinchester” deb ham atashadi) iboratdir. Birinchi vinchester 1973 yil IBM firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Disk sirti nuqtalar majmui sifatida, nuqtalar esa, o‘z navbatida, alohida bit sifatida ko‘rilib, ularning har biriga 0 yoki 1 qiymat (magnitlangan yoki magnitlanmagan – “magnit ekvivalenti” deb ham yuritiladi) beriladi. Mazkur nuqtalarning joylashuvi oldindan aniq bo‘lma­ganligi bois, axborotni yozish uchun yozuv qurilmasi nishonlash usulidan foydalanadi. Nishon yozuvning holati va o‘rnini aniqlashga yordam beradi. Mazkur nishonlarning mavjudligi diskka axborot yozishning texnologiyasi asosini tashkil etadi, nishonlar hosil qilinishi uchun esa disk formatlashni talab etadi. Disk formatlanganda konsentrik aylanalar ko’rinishidagi yo‘llarga ajratiladi hamda yo’llarni sektorlarga bo’linadi. Axborot disk sektorlarining yo’llari bo’ylab yoziladi. Sektor va yo‘llar o‘z tartib raqamlariga egadir. Diskning har bir sektorida identifikatsiya qilish uchun adres maydoni deb ataladigan joy ajratiladi, qolgan joylariga esa ma’lumotlar yoziladi. Bu qurilma changdan, namlikdan va boshqa tashqi ta’sirlardan juda yaxshi himoyalanganligi sababli, boshqa disklarga nisbatan yozishning yuqori zichligiga erishiladi. Hozirgi kunlarda qattiq disklarning gigabayt va terabayt o’lchov birlikli sig’imdagi turlari ishlab chiqarilmoqda.

Kompyuterga turli sha­kl­dagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalarni ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari deb yuritiladi. Eng asosiy ma’lumot­larni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga monitor va klaviatura kiradi.

Kompyuterga ma’lumotlar va buyruqlarni kiritish usullaridan biri klaviaturada joylashgan klavishlardan foydalanishdir. Aniq bir klavishni yoki klavishlar birikmasini bosi­lishi aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga olib keladi. Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan mikrosxema ma’lum bir klavish bosilishida hosil bo‘ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi.

Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta’minlaydi. Monitor matn yoki grafik holatidada ishlaydi. Matn holatida ekran belgi o‘rinlari deb yuritiluvchi alohida qismlarga bo‘linadi. Grafik holatda ekran piksel deb ataluvchi nuqtalar to‘plamidan tashkil topadi. Ikkala holatda ham belgi yoki pikselning ranglari, fonning rangi, ravshanligi va boshqa parametrlar haqidagi ma’lumotlar videoxotirada saqlanadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori monitorning imkon darajasi, deb ataladi. Hozirgi davrda grafik adapteri VGA, SVGA, XGA turda bo’lgan monitorlar keng tarqalgan. Monitorlarni yana elektron nurli trubkali, suyuq kristalli (LCD) va plazmali turlarga bo’lishadi.

Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga axborot tashuvchi vositalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan strimer, diskyurituvchi, optik disk qurilmasi, USB-yig’uvchilar ham kiradi. Kompyuterdagi ma’lumotlarni biridan ikkinchisiga tashib o’tkazish va ma’lumotlarni kompyutersiz uzoq vaqt saqlab turish uchun maxsus xotira vositalari ishlab chiqarilgan bo’lib, ularni axborot tashuvchi vositalar yoki tashqi xotiralar deb atashadi. Axborot tashuvchi vositalarga axborot saqlanadigan muhitning fizik, kimyoviy va mexanik xossalarini o’zgartirish orqali yoziladi. Ular tuzulishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:


magnit tasma

egiluvchan magnit disk (EMD)

optik disklar

flash-xotira


Magnit tasmalardan, odatda, zaxiraga nusxalash va katta hajmli axborotlarni (arxivda) saqlash uchun foydalaniladi. Magnit tasma sirti magnitlanuvchan maxsus qatlam bilan qoplangan. Unga axborot yoshish va undan axborotni o’qish huddi magnitofonlardagi kabi magnit kallak yordamida amalga oshiriladi. Magnit tasmalarga axborot yozish va o’qish qurilmasi strimer deb ataladi.

Egiluvchan magnit disklar – (yoki, qisqacha) disketlar, asosan, ikki xil bo‘lib, himoya g’ilofi ichidagi egiluvchan doira shaklidagi plastinka – disk diametrlari bilan farqlanadilar (3,5 dyumli– 89 mm, 5,25 dyumli – 133 mm). Ularning sig’imini uning g‘ilofida ko‘rsatilgan maxsus belgilari orqali bilib olish mumkin. Odatda, 3,5 dyumli disketning axborot sig‘imi 1,44 Mbayt ni, 5,25 dyumli disket uchun esa 1,2 Mbayt ni tashkil etadi. Disk yuzasi temir ikki oksidli (Fe2O3) magnitlanuvchan qatlam bilan qoplangan. Disketda axborot magnit tasma kabi magnit kallak yordamida yoziladi va o’qiladi. Himoya g’ilofida yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo’lsa undagi axborotni faqat o’qish mumkin bo’lib, u disketdagi axborotni o’chirish va o’zgartirishdan saqlaydi.

Egiluvchan magnit disk bilan ishlash qurilmasi FDDni (Floppy – egiluvchan) qisqacha diskyurituvchi deb atashadi. Diskyurituvchiga qo’yilgan disketga murojaat qilish uchun A: nom o’zlashtiriladi. Diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta’minlangan. Ularning biri himoya g’ilofi ichidagi plastinkani markaz atorofida, ikkinchisi esa, o’qish-yozish kallagini disk yuzasi ustida radius yo’nalishida harakatlantiradi.

Optik disklar yuzasiga yupqa qatlam maxsus kimyoviy vosita sepilgan bo’lib, ularga axborot CD-ROM yoki DVD-ROM qurilmalari orqali yoziladi va o’qiladi. CD (ing. Compact – zich) kompakt disk, DVD (ing. Digital Versatile Disk) – raqamli universal disk deb o’qiladi.

Optik disklar spiralsimon bitta yo’lga ega. Axborot alohida sektorlarga lazer nuri orqali disk yuzasini kuydirib baland-past iz hosil qilish orqali yoziladi. Axborotni o’qish jarayonida balandliklar lazer nurini akslantirgani uchun “1”, pastliklar nurni yutgani uchun “0” kabi qabul qilinadi. DVD-ROM qurilmasining lazer nuri to’lqin uzunligi CD-ROM qurilmasiga nisbatan qisqaroq. Shu sababli DVD diskka zichroq, ya’ni ko’proq, axborot yoziladi.

Optik disklar 120 mm yoki 80 mm diametrli o’lchamda bo’ladi. CD disklar axborot sig’imi 1 Gbaytdan kichik (odatda, 680-720 Mbayt), DVD disklar axborot sig’imi bir necha Gbayt (odatda, 4,7 Gbaytdan 17 Gbaytgacha) bo’ladi. Agar optik disk yorlig’ida “R”, ya’ni Recordable yozuvi bo’lsa – bir marta yozish va ko’p marta o’qish mumkin, “RW”, ya’ni ReWritable yozuvi bo’lsa – ko’p marta yozish va ko’p marta o’qish mumkin.

DVD lar bir yoki ikki ishchi tomonli bo’lishi mumkin. Har bir tomonida esa yana bir yoki ikki ishchi qatlam bo’lishi mumkin. Ikki ishchi qatlamli disklarda birinchi qatlam yarim shaffof bo’ladi. Ikkinchi ishchi qatlamdagi ma’lumotlar birinchi qatlamni “ichidan o’tib” o’qiladi.

Birinchi CD-ROM standarti 1984 yil Sony va Philips kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Birinchi CD-RW texnologiyasi esa 1996 yilda shu va boshqa bir nechta kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan. Shu o’rinda CD disklarning ishlab chiqarilishi bilan bog’liq kompyuterlarning imkoniyati haqida aytmay iloji yo’q.

Multimedia – matn, tovushli ma’lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasidir. Multimedia uchun zamonaviy CD–ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987-yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD – ROM Conference) bo‘lib o‘tdi va bu sana video va audioaxborotli to‘laqonli multimedia paydo bo‘lishining boshlanishi deb hisoblanadi.

Hozirgi kunda axborotlarni tashish va saqlashning juda qulay vositalaridan biri USB-yig’uvchilar bo’lib flash-xotira va flash-disklar xizmat qilmoqda. USB-yig’uvchilar – ko’p marta yoziladigan yarim o’tkazgichli xotiradir. Ular integral mikrosxemalar asosiga qurilgan bo’lib, mexanik harakatla­nuvchi qismlardan holidir. Flash-xotiraning axborot sig’imi 16 Mbaytdan bir necha o’n Gbaytgacha bo’lgan turlari mavjud. Flash-xotira va flash disklarning kun sayin axborot sig’imi kattalari ishlab chiqarilmoqda.

Printer – ma’lumotlarni qog‘ozga chiqarish qurilmasi. Hozirgi kunda printerlarning uch turi mavjud: bosma (matritsa-o‘yma qolipli), purkovchi, lazerli. Printerlarning bosma turi hozirgi kunda deyarli foydalanilmaydi.

Purkovchi printer qog‘ozga chiqariladigan ma’lumotlarni, maxsus idishdagi suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo‘li bilan hosil qiladi.

Lazer printeri ma’lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga elektr maydonini ta’sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va soz ishlaydi, qog‘ozga chiqariladigan axborotning sifati yuqoridir. Bosma yoki purkovchi printer bir minutda bir bet ma‘lumot chop etsa, lazer printerining bu ko‘rsatkichi o‘n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda ma‘lumotlarni turli rangli qilib chop etish imkoniyati mavjud.

Plotter (grafyasagich) – chizmalarni qog‘ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Qog‘ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar 300300 sm o‘lchamgacha bo‘lgan katta qog‘ozlarga ham chiqarilishi mumkin.

Skaner – fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiri­tish uchun ishlatiladi. Hozirgi kunda stol usti skanerlari va qo‘l skanerlari keng tarqalgan.

Web-kamera eng zamonaviy vositalardan biri bo’lib, “ko’zchasi” qamrovidagi harakatli video axborotlarni kompyuter xotirasiga o’tkazish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida jonli telekonferensiyalar o’tkazish mumkin.

Yurgichni boshqarish va qo‘shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: sichqoncha, trekbol, joystik. Sichqonchaning sharchali va optik turlari mavjud. Ular biror sirt bo‘ylab surib yurgizilganda sharcha harakatiga yoki qaytgan nurga mos signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda sichqoncha ko’rsatkichining mos harakatlari yuzaga keladi. Sichqonchada o‘rnatilgan tugmalar ko‘magida boshqaruvchi buyruqlarni jo‘natish mumkin. Trekbol – “sichqoncha”ning to‘nkarib qo‘yilgan holatiga o‘xshaydi, undan asosan notebook xilidagi ko‘chma kompyuterlarda foydalaniladi. Joystik – tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat o‘yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo‘llanadi.

IV. MustahkamlashSavol va topshiriglar
  1. Qattiq disklar haqida ma’lumot bering.

  2. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarishning qanday qurilmalarini bilasiz?

  3. Тashqi xotiraning qanday turlarini bilasiz?

  4. Egiluvchan magnit disklar haqida ma’lumot bering.

  5. Optik disklarning turi va sig’imi haqida so‘zlab bering.

  6. USB-yig’uvchilar haqida so’zlab bering.

  7. Multimedia texnologiyasini qo’llash uchun qanday vositalar kerak?

Masqlar

1. Agar CD-diskning sig’imi 680 Mb bo’lsa, u holda unga Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch iborasidan nechta yozish mumkinligini aniqlang (yo’llanma: 1 ta belgi 1 bayt).

2. Agar kompyuter 4 Gb sig’imli flash-xotiraga 480 Mb/s tezlikda yozsa, uni to’ldirish uchun qancha vaqt zarurligi hisoblang (yo’llanma: sig’im=tezlik · vaqt).

V. Uyga vazifa.

Mavzuni o`rganish(16-21-bet). 1-7-savollar



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!