СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Internetda ishlovchi dasturkar haqida

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

O’quvchilarga Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar mavzusida tushuncha berish;

Просмотр содержимого документа
«Internetda ishlovchi dasturkar haqida»




Buxoro viloyati Qorako’l tumani

2-umumiy o’rta ta’lim maktabi

matematika va informatika fani o’qituvchisi

Shodiyeva Habiba Qodirqulovnananing

7-”a” sinfda

Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar ”

mavzusida 1 soatlik



Mavzu:Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar


Dars maqsadi:


Ta’limiy:
O’quvchilarga Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar mavzusida tushuncha berish;


Tarbiyaviy:
O’quvchilarga vatanparvarlik, komillik,insonparvarlik tuyg’ularini singdirish;


Rivojlantiruvchi:O’quvchilar olgan bilim,ko’nikmava malakalarni hayotda qo’llay olishni o’rgatish.

Dars turi: Yangi tushuncha berish.


Dars metodi:
Guruh bilan ishlash, zakovat, aqliy hujum, yakka tartibda ishlash


Darsda foydalaniladigan jihozlar:
7-sinf darslik,kompyuter, elektron doska,mavzuga mos slaydlar,test va tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.

Dars turi: amaliy mashg’ulot



Darsning borishi

Tashkiliy qism

Salomlashish

Davomatni aniqlash

O’tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifalarni tekshirish


O’quvchilar bilan salomlashaman. Xona ozodaligi va gullar parvarishiga e’tibor beraman. Navbatchiga tegishli ko’rsatmalar beraman. O’quvchilarga ekologik tarbiya beraman. Sinf o’quvchilari davomatini olaman va sinf jurnaliga qayd qilaman. O’quvchilardan oyga oid muhim sanalarni so’rayman va qo’shimchalar kiritaman.

Prezidentimiz tomonidan bu yil ko’kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va atrof-muhit tozaligi hamda musaffoligiga alohida e’tibor qaratilyapti. Shu munosabat bilan bu yil ”Yashil makon” loyihasi yo’lga qo’yilgan. Unga ko’ra har bir shaxs qo’lidan kelgancha nihol va gullar ekib yurt obodonligiga o’z hissalarini qo’shishlari shart.

Biz ham darsimizni shu loyihaga asoslangan holda tashkil qilganmiz. Unga ko’ra hozir biz sinfimizni 2 guruhga bo’lib olganmiz.

1-guruh: BILIMDONLAR.

2-guruh: ZUKKOLAR.

Men ularga yashil maydonchalarimizni taqdim qilaman.Ular esa dars davomida o’zlarining faol ishtiroklari bilan maydonchamizni o’zlarining baholari bilan to’ldirib borishlari kerak. Dars oxirida kim ko’p ball yig’gan bo’lsa o’sha guruh g’olib hosoblanadi.

O’quvchilarni har bir faol harakatlari ham rag’batlantiriladi.

O’tilgan mavzu: Axborotli olam muammolari va internet mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulot.

O’tilgan mavzuga oid savollar asosida zakovat o’yini tayyorlab olingan. Shu asosda bilimlarni tekshirib olinadi.

Yangi mavzu bayoni:


Internet cheksiz axborotlar ummoni. Undan siz istalgan mavzuga oid xohlagancha ma’lumot olishingiz mumkin.

Lekin internetga kirish, undan kerakli ma’lumotlarni olish qanday amalga oshiriladi? Ushbu darsda internetda ishlash imkonini beruvchi dasturiy vositalar bilan tanishasiz.

Internet - dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoq qa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi.

Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP —TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL/INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.








1992-93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan


World Wide Web ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qoldi.

Internet deganda ko'pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi.

Aslida World Wide Web Internetning bir qismi bo'lib, xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini anglatadi.


World Wide Web multimedia (multimedia - rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo'lgani uchun foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi.




Siz avvalgi sinflarda bir nechta amaliy dasturlar bilan tanishdingiz.

Masalan :

  • Kalkulyator - hisob kitob ishlarini bajarishga mo’ljallangan dastur edi.

  • Word –matn yozish va uni tahrirlashishlarini bajarishga mo’ljallangan dastur bo’lsa,

  • Paint-grafik ko’rinishdagi axborotlar bilan ishlashga mo’ljallangan dastur hisoblanadi.


Xuddi shunday Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular Web brauzerlar (Browser) deb ataladi.

Browser inglizcha so’z bo’lib, ko’rishni ta’minlash, ko’rsatish ma’nosini anglatadi

Birinchi web brauzer 1990-yil CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Bernes li tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi kungacha juda ko’p Web brauzerlar ishlab chiqarilgan.

Hozirgi kunda juda ko’p brauzerlar ishlab chiqarilgan.

Microsoft Internet Explorer va Power Browser, Netscape Communicator, Netscape Navigator, Mosaic, Opera, Adwiber shular jumlasidandir.

Shulardan eng ko’p foydalanilgani Netscape Comunicator va Microsoft Internet Explorerdir.

Microsoft firmasining Internet Explorer dasturini Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo’ldi.

Shuning uchun Microsoft firmasining Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishasiz.

Web brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • WWWdagi adresi bo’yicha Web sahifani chaqirish

  • Web sahifalarni xotiraga yuklash

  • Web sahifani diskka yozib qo’yish

Windows Internet Explorer (sobiq Microsoft Internet Explorer, qisqartmasi IE yoki MSIE) Microsoft tomonidan yaratilgan grafik veb brauzeri boʻlib, 1995-yildan boshlab Microsoft Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritilgandir.

Internet Explorer 1999-yildan boshlab eng keng tarqalgan veb-brauzeridir;

2002 va 2003-yillarda 95% ishlatilish choʻqqisiga yetdi.

Internet Explorer 7.0 brauzerning joriy versiyasi boʻlib, uni 2006 yil 18 oktabridan boshlab Microsoft saytidan olish mumkin. Internet Explorer 7.0 Windows Vista

tarkibiga kiritilgan.

Internet Explorer bepul, ammo uni oʻrnatish uchun mijoz Microsoft Windows yoki Windows NT oilasiga kiruvchi operatsion sistemani sotib olishi yoki uning qoniniy litsenziya egasi boʻlishi shart.

Google Chrome----Google tomonidan ishlab chiqarilgan ochiq manbalik veb brauzer. 2008-yil 2-sentabrda keng ommaga beta relizi taqdim etildi.

Hozirgi kunda eng ommalashgan veb-brauzerlardan biri hisoblanadi.


Darsni mustahkamlash


Mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilar kitobdagi 1-4 mashqlarni bajaradilar.

Krosvord va “O’z o’rniga qo’y” o’yinlari o’tkaziladi.

XULOSA.

Mana bugun biz hozirgi kunda judayam keng qo’llaniladigan internet mavzusi bilan tanishyapmiz. Internet hozir bizga har bir sohada zarur, chunki u bizga turgan joyimizdan kerakli manbalardan foydalanishga, tarix, muzeylarga sayohat qilishga, dunyoning g’aroyib joylarini tomosha qilishga,do’stlar orttirishga, biznes va tadbirkorlik bilan shug’ullanishga yordam beradi.

Demak internet ham aslida dastur ekan. Faqat biz uni boshqa dasturlardan farqlash uchun VEB-BRAUZER deb nomlaymiz.

Internet bizga cheksiz imkoniyatlar berar ekan, biz undan har doim oqilona va to’g’ri foydalanishimiz zaruz.

Hali keyingi darslarimizda internetning ishlash texnologiyasi, boshqa qulayliklari haqida tushunchalarga ega bo’lib boramiz.

Uyga vazifa berish

Mavzuni o’qib, shu asosda 5 ta test tuzib kelish.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!