СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Geometrik masalalarni yechishda dasturlashdan foydalanish.

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Geometrik masalalarni yechishda C# dasturidan foydalanib dastur tuzish

Просмотр содержимого документа
«Geometrik masalalarni yechishda dasturlashdan foydalanish.»

Nusxa olish , ko‘chirish ta‘qiqlanadi! FarDU, Amaliy M.I yo‘nalishi talabasi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


FAR`ONA DAVLAT UNIVERSITETI



AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA

KAFEDRASI


Dasturlash asoslari fanidan

KURS ISHI


Mavzu:”Geometrik masalalarni yechishda dasturlashdan foydalanish ”




Bajardi: Amaliy matematika va informatika yo`nalishi 19.08A guruh talabasi X.Rahmonov


Rahbar: Sh.Ulikov



Farg`ona-2021


Mundarija:


Kirish...................................................................................................................................3

ASOSIY QISM

1. C# dasturlash tili haqida..................................................................................................9

2. C# dasturlash tilining strukturasi.Consol rejimi............................................................13

3. C# tilida literallar turlari................................................................................................17

4. C# dasturlash tilida malumotlar turlari..........................................................................18

4.1. O`zgaruvchilar……………………………………………………………………….19

4.2. O`zgaruvchilarni aniqlash……………………………………………………………20


DASTURIY QISM

C# dasturlash tilida geometric masalalar ishlash

5. C# dasturlash tilida to`g`ri burchakli uchburchakning yuzini hisoblash…………….…22

6. C# dasturida kubning qirrasi, yuzasi va hajmini aniqlash……………………………..25

7. C# dasturida aylanaga tashqi chizilgan muntazam n-burchakning perimetrini topish...26 8.1. C# dasturida teng yonli trapetsiyaning balandligini topish....................................................28

8.2. C# dasturida trapetsiyaning yuzini topish dasturini tuzish.........................................30

Xulosa.................................................................................................................................33

Foydalanilgan adabiyotlar..................................................................................................34

Elektron saytlar..................................................................................................................35

Ilovalar...............................................................................................................................36




















KIRISH


hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi , mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va baxtli bo`lishi uchun davlatimizning va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz

Sh.M.Mirziyoyev

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti.




Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish maqsadida 2018 yil 19 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida‖ gi PF-5349-sonli farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmonda, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda o’quv jarayonining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sur’atlari bilan uzluksiz aloqasini ta’minlashni hisobga olgan holda mustaqil ravishda o’quv rejalar va dasturlar, bitiruvchilar uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash, hamda professor o’qituvchilar tarkibi mehnatini o’qitishning kredit tizimi shartlaridan kelib chiqib faqat ta’limga xos tadbirlar asosida ish vaqti hisobga olinishiga asoslangan holda mustaqil normalashni amalga oshirish, shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy- tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini rag’batlantirish huquqi berish to’g’risida ta’kidlab o’tilgan..

Ushbu farmonga ko’ra kadrlar tayyorlash sohasini takomillashtirish orqali mamlakatning intellektual salohiyatini oshirish O’zbekistonda demokratik davlat, bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli fuqarolik jamiyat qurishning muhim shartlaridan biri sifatida belgilanadi.

Kundalik turmushda turli ko’rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig’ish, saqlash va h.k.) uchun turli tex- nik xarakteristikalarga ega bo’lgan axborot qurilmalari kerak bo’ladi.

Hozirgi kunda ta’lim sohasida o’qitishni kompyuterlashtirishga katta

e`tibor berilmoqda, chunki zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan foydalanish juda katta ijobiy natijalar, yutuqlar,malakali kadrlarni ko`payishiga imkon beradi, (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanishdasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:

ta’lim tizimining barcha pog’onalarida axborotlashtirishni yetakchi bo’g’inligini ta’minlash;

barcha sohalar bo’yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring);

axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish (ilmiy-metodik birlashmalar va h.k.);

texnik ta’minot – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari, ularga xizmat ko’rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;

telekommunikatsiya tarmoqlari;

ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h. k.).

Axborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o’z ichiga qator vazifalarni oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat ob’ektlari haqida so’z yuritamiz.

Bunday ob’ektlarga sonlar (o’lchash va modellashtirish natijalari), matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, rasmlar, chizmalar va animatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa) va boshqalar kiradi.

Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradigan faoliyatiga faoliyatiga axborot ob’ektlarini yaratish, zarur axborot ob’ektlarini izlash, axborotlarni yig’ish, tahlil qilish va ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko’rinishda tasvirlash, axborot ob’ektlarini (matn, suhbat, rasm, o’yin va boshqa ko’rinishda) uzatish, modellashtirish, loyihalash, ob’ektlarni rejalashtirish va boshqalar kiradi.

Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o’zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o’z ichiga oladi:

kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;


uskunaviy dasturiy ta’minot; virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar va h.k.;

axborotlar majmui — ma’lumotnomalar, entsiklopediyalar, virtual muzeylar va h.k.;

texnik ko’nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o’zlashtirish va

h. k.).

Taraqqiy etgan xorijiy davlatlar va respublikamizdagi yetakchi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalari asosida o’qitish dasturlari tahlili sifat jihatidan yangi o’qitish vositalari bo’lib, ular an’anaviy o’qitish metodlaridan tubdan farq qilishini ko’rsatmoqda. Bunday yondashishning asosiy vositalaridan biri sifatida, kompyuterda modellashtirish nazariyasini ko’rsatish mumkin.

Multimedia vositalari asosida o’qitish jarayonida aniq fanlarni kompyuter asosida to’liq o’qitish, ma’ruza matnlarini tahrir qilish, talabalar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma’ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, o’quvchi-talabalar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animatsiya elementlarini dars jarayonida ko’rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo’ladi.

Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari bilan ishlaydigan o’qituvchilar quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari kerak:

ma’ruza matnlari, amaliyot bilan bog’liq topshiriqlarni tayyorlash;

uslubiy ko’rsatmalarni, nazorat savollarini, to’g’ri javoblar variantini tuzish;

ishchi dastur va texnologik xaritani tuzish;

bilimni nazorat qilish natijasini tahlil etish;

ma’ruza matnlarini tahrir qilish;

har bir mavzu bo’yicha dinamik ko’rinishda aks etuvchi jarayonlarning animatsiyalarini tasavvur etish;

mustaqil ishlar bo’yicha o’quvchilarga nazariy va amaliy savollar yuzasidan maslahatlar berishni tashkil qilish;

o’zlashtirilishi murakkab bo’lgan mavzular bo’yicha o’quvchilar bilan murakkab darajadagi amallar bilan ham foydalaniladi.

.

Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari o’quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir:

differentsial va individual o’qitish jarayonini tashkil etilishi;

o’quv jarayonini baholash, teskari aloqa bog’lashi;

o’zini o’zi nazorat qilish va tuzatib borishi;

o’rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini ko’rsatishi;

fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishi;

o’quvchi-talabalarga fanni o’zlashtirish uchun muhim ko’nikmalar hosil qilishi va hokazo.

Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni, ulardan o’quv jarayonida foydalanish va kelgusida ta’lim tizimida o’quv jarayoni uchun

ma’lumotlar bazasini va animatsion taqdimotlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi.

O`zbekistonning iqtisodiy va siyosiy sohalariga qaratilgan hamda hozirgi paytdagi ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to`laqonli sheriklik o`rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko`lamlari qanday bo`lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o`ynashiga bog`liq. Keyingi yillarda mamlakatimiz ilm - fani ham axborotlashtirishning nazariy asoslariga katta hissa qo`shib kelmoqda, shu bilan birgalikda, hodisalar, jarayonlarni yagona axborot asosida tadqiq etishning ilmiy yo`nalishlarini tahlil va sintez qilish natijasi bo`lgan fan-informatikaning vujudga kelishiga boshlang`ich nuqta qo`yildi. Axborot, energiya, vazn, bo`shliq va vaqtni bir butun holda batafsil o`rganish hozirgi vaqtda inson hayotining barcha jabhalarida muhim axamiyatga ega bo`lib qolmoqda.

Kompyuter tillari oʻz-oʻzidan emas, balki oʻzaro bir-biriga bogʻliqlikda mavjud boʻladi. Har qanday yangi til u yoki bu shaklda oldingi yaratilgan tillarning xossalarini oʻziga meros qilib oladi, yaʼni ketma - ketlik prinsipi amalga oshiriladi. Natijada bitta tilning imkoniyatlari boshqalari tomonidan foydalaniladi (masalan, Yangi xususiyatlar mavjud kontekstga birlashtiriladi, tilning eski tuzilishlari esa oʻchirib yuboriladi) . Kompyuter tillarining evolyutsiyasi shunday tarzda roʻy beradi va dasturlash mahorati takomillashtiriladi.XX asrga kelib insoniyat qo’l mehnatinigina emas, balki aqliy mehnatni ham engillashtirish ustida anchagina izlanishlar olib bordi. Bu yo’lda ko’plab texnik qurilmalar yaratildi va amaliyotga tadbiq etildi. Xuddi shunday texnik qurilmalardan biri kompter-elektron hisoblash mashinalari (EHM)lar kiradi.

Kompyuterni joriy qilinishi xalq xo’jaligining turli sohalarida juda ko`p ishlab chiqarish texnologiyalarining tubdan o’zgarishini tobora orttirib, odamlarning ish sharoitlarini oshirishga olib kelmoqda. Ayni paytda, faol faoliyat ko’rsatish jarayonida insonda bir yo’la ko’plab sohalarga oid axborot va ma’lumotlarni yig’ish , hisoblash jarayonlarini tezlatish zaruriy extiyoji tug’ildi. EHMlar ana shunday juda katta aniqlikda qaror qabul qilish imkoniyatini beradi. Qolaversa, EHM larning juda uzun qo’li bor. Hozir, masalan kompyuterdan kosmik operatsiyalarni bajarishda foydalanilayotganini hamma biladi. Kompyuterning sabr- toqatiga qoyil qolmay ilojimiz yo’q. Kompyuter bir xil turdagi zerikarli hisoblarni xatosiz bajaradi, istalgancha takrorlay oladi.

Matematikada tipik matematik masalalarning echimlarini etarlicha aniqlikda hisoblash imkoniyatini beruvchi usullar yaratishga va shu maqsadda xozirgi zamon hisoblash vositalaridan foydalanish yo’llarini ishlab chiqishga bag’ishlangan soxa hisoblash matematikasi deyiladi. Xozirgi zamon hisoblash matematikasi jadal rivojlanib bormoqda. Hisoblash matematikasi qamragan masalalar turi esa juda ko’p. Tabiiyki bu masalalarni yechish usullari ham xilma-xildir. Xozirgi davrda fan-texnika, iqtisodiyot, tibbiyot, maorif, maishiy xizmat hamda inson faoliyatining boshqa sohalarida masalalarni yechishni EHM yordamida amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Albatta bu hollarni yaratish uchun avval har bir masalalar uchun uning matematik modelini qurish, so’ngra uni yechish to’g’risidabosh qotirish zarur.

Har qanday amaliy masalalarni yechishni bir necha taqribiy usullari mavjuddir. Taqribiy usullarni echimini baholash, sodda hollardagi aniq echimlar bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida murakkab amaliy masalalar yechimlariga xulosa chiqariladi.

Kurs ishining maqsadi va vazifasi. Hozirgi kunda dasturlash tillari ko`paymoqda. Dasturlash tillarining qulayligi shundan iboratki, masalan, murakkab hisoblanadigan misol va masalalarni ishlashda ham dasturlash tillaridan foydalanish mumkin. Ushbu Kurs ishida C# dasturida geometrik masalalarni ishlashdan iborat. Bu dasturda masalani qisqa vaqtlarda ishlash mumkin. Undan tashqari geomatrik masalalarni ishlash bilan birga C# dasturini yanada chuqurroq o`rganib oladi.

Mavzuning predmeti. Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda ularning individual qobiliyatlarini va o’rgatuvchi elektron dasturiy mahsulot hususiyatlarini e’tiborga olgan holda o’quv – uslubiy materiallardan foydalanish bo’yicha usullar hamda tavsiyalar ishlab chiqish, ularni amalda qo’llashdan iborat.

Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati shundaki olingan ma’lumotlar, xulosa va amaliy tavsiyalardan murakkab masalalarni ishlashda ancha bilim va malaka oshirilishi bilan birga dasturni amliy jihatdan ham, nazariy jihatdan ham, ya`ni dastur tuzish jarayonida C# dasturini kalit so`zlarini ham , mukammal o`rganib oladi va dasturlash tilini strukturalarini bilib olish mumkin.

Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish,asosiy qism, dasturiy qism, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlardan ro’yxatidan iborat.



ASOSIY QISM

1.C# dasturlash tili haqida


C# dasturi 90 yillarning oxirida ishlab chiqilib Microsoft .NET ning bir
qismiga aylandi. Al`fa versiya sifatida 2000 yildan boshlab ishlatila boshladi .C #
bosh arxitektori butun dunyo dasturchilari ichida birinchilar qatorida turgan va
butun dunyo tomonidan tan olingan Anders Hejlsberg bo`ldi. Uning 1980 yillarda
chiqarilgan Turbo Paskal dasturi orqali ham tanishimiz mumkin.
C# bevosita C, C++ va Java bilan bog`liq. Chunki bu uchta til dasturlash
olamida eng mashhur tillardir. Bundan tashqari profisanal dasturchilar C va C++ ni
va juda ko`pchilik Java tilida ish yuritadi С# tili 1972 yilda Nyu-Djersi shtatining Myurrey-xill shahrida Bell Laboratoriya kompaniyasining tizimli dastur tuzuvchisi Dennis Richie tomonidan yaratilgan. Bu til o‘zini shunchalik yaxshi ko‘rsatdiki, oxir oqibatda unda Unixoperatsion tizimlarining 90% yadro kodlari yozildi. (oldin quyi assamberlarda
yozilgan). C# ning vujudga kelishidan oldinroq yaratilgan tillardan yetarli darajada
foydalanilgan.
C# tili dasturlashning zamonaviy davri boshlanishini belgilab berdi.
1960-yillarda dasturlash texnologiyalaridagi struktaraviy dasturlashning paydo
bo‘lishiga olib kelib kelgan inqilobiy o‘zgarishlar C# tilining yaratilishiga asosiy
imkonyatlarni belgilab berdi.C# tili kuch, elegantik va ma‘nodorlikni o‘zida
muvaffiqiyatli birlashtirgan birinchi strukturaviy til bo‘ldi. Uning bo‘lishi mumkin
bo‘lgan xatolar ma‘sulyatini tilga emas dastur tuzuvchi zimmasiga yuklaydigan
prinsiplar bilan inobatga olgan holda sintaksisdan foydalanishdagi qisqalik va
osonlik kabi xususiyatlaribilan juda tezda ko‘plab tarafdorlarni va shu kabilarni topdi C#.Kompilyator-har bir dasturlash tili uchun alohida bo'ladigan kompilyator mavjud. Bas, asosiy VB.Net til, alohida bo'ladi VB.Net kompilyator. Xuddi shunday, C # uchun siz boshqa kompilyatorga ega bo'lasiz.Common Language Interpreter-bu har qanday dasturlash tilida ishlab chiqilgan.net dasturini ishlatish uchun ishlatiladi. Net yakuniy qatlam hisoblanadi. Shunday qilib, keyingi kompilyator. Net dasturini ishga tushirish uchun dasturni CLI qatlamiga yuboradi.

.
Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida
eng samarali dasturlash tillaridan hisoblanadi. C# dasturlash tilida dastur tuzish
uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalanamiz. C# dasturlash tili obektga
mo’ljallanga ndasturlash tili hisoblanadi. C# dasturlash tili va uning operatorlari haqida
ma’lumotlar keltirilgan. Bilamizki ma’lumotlarni oqish va yozish turli xil
oqimlar orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni fayl oqimlari orqali o’qish va
yozish juda katta ahamiyatga ega. Sababi agar bir ma’lumotlarni ekran orqali
o’qisak va yozsak unda har safar dasturni ishga tushurganda ma’lumotlarni
qaytadan kiritishga to’g’ri keladi bu esa ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Bundan
tashqali natijalarni tahlil qilishda, ularni solishtirishda ham fayl oqimi bilan
ishlash juda ko’p qulayliklarni olib keladi. Birinchi bobda konsol rejimda
ma’lumotlarni ekran orqali kiritish va chiqarish amallari ko’rib chiqilgan. C#
tilining sintaksisi, ma’lumotlar tiplari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Har bir
operatorning funksional imkoniyatlari misollar orqali tushuntirib berilgan. C#
tilida ifoda, intruksiya va operatorlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Tarmoqlash, takrorlash operatorlari va ularni har xil variantlari misollar orqali
tushuntirib berilgan. Bundan tashqari har bir operatorning funksional
imkoniyatlari misollar orqali tushuntirib berilgan.obyektga mo’ljallangan
dasturlash tillarining asosini sinf tashkil qiladi.
C# dasturlash tili .Net platformasining qadrdon tili hosoblanadi. Tilni
yaratishning asosiy maqsadi uni .Net platformasiga integrallashuvi hisoblanadi.
Net platformasiga turli dasturlash tilida dasturlash mumkin bo`lsada eng yaxshisi
C# dasturlash tilida dastur tuzishni maslaxat beramiz, chunki bu til muhitni barcha
imkoniyatlarini maksimal ishlatadi. Shunday ekan C# tili imkoniyatlarini bilish
orqali muhit imkoniyatlarini ham bilib olamiz. Bu til to`liq ob`ektga yo`naltirilgan
dasturlash tili bo`lib, xatolarga bardoshli va chidamli dasturlarni tuzish
imkoniyatin iberadi. C# dasturlash tili o`zining soddaligi, barqarorligi va mantiqiyligi bilan faqr qiladi. Unda xatolarni toppish noqulay ko`rinmaydi. C# tili tiplarga nisbatan
xavfsiz hisoblanadi. U initsializatsiyalanmagan o`zgaruvchilarni ishlatishdan,
tiplarni xavfsiz bo`lmagan o`tkazishdan va boshqa ko`p tarqalgan xatoliklardan
himoyalaydi.
C# dasturlash tilida dastur tuzish vaqt va moddiy sarf jihatdan yutuqli
hisoblanadi. Nihoyat C# .Net platformasining barcha imkoniyatlari xususan
umumiy va maxsus masalalarni yyechish uchun ko`pgina kutubxonalarni ishlatadi.
Net platformasining ikkita asosiy tashkil etuvchisi umumiy tildagi bajarilish
muhiti (CLR-Common Language Runtime) va sinflar kutubxonasi (FCLFramework Class Library). Umumiy tildagi bajarilish muhiti dasturni ishlashi
vaqtida kodni boshqarishni bajaradi va xotirani boshqarish, oqimlarni boshqarish
hamda uzoqlashgan o`zarota`sir singari asosiy xizmatlarni ko`rsatadi. Bunda
qattiqqo`l tiplashtirish va kod mavjudliligi tekshiruvlarini amalaga oshiradi,
qaysiki bu xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlaydi. Net platformasining boshqa
tashkil etuvchisi – sinflar kutubxonasi bo`lib, kop` holatda ishlatiladigan tiplar
kollektsiyasiga ob`ektga yo`naltirilgan murojaatni taqdim etadi, bu esa turli
darajadagi dasturlarni oson yaratish imkoniyatini beradi to oddiy buyruqli
interfeysdan tortib toki Net platformasining eng katta yutuqlarini ishlatishgacha
masalan: XML web xizmatlar, ASP.Net imkoniyatlari va hokazo.
Net platformasini qisqa ko`rib chiqgandan keyin ham C# dasturlash tili
to`g`risida quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Xulosa qilib shuni aytish kerakki
dasturlash tillarini quyidagi ketma-ketlikda o`rganishni maslahat berar edik:
Dasturlash tili boshlang`ich tushunchalarini o`rganish uchun C dasturlash
tilini o`rganish: til sintaksisi, algoritmlari, konstruktsiyalar, konsol dasturlarini
yaratish.
1.C# tili – turli tipdagi dasturlarni yaratish uchun kuchli va qulay dasturlash
tilihisoblanadi.
2.”Kompyuter tarmoqlari”, “Internet va multimediya” kurslari doirasida web
dasturlarini yaratish uchun C# dasturlash tilini ishlatish.
Dasturlash tillarini o`qitishning bunday yondashuvi mutaxassislarni yangi
darajaga chiqaradi. Microsoft Visual Studio 2010 muhitida C# dasturlash tili yordamida fayllar bilan ishlash,ular ustida bajariladigan amallarga bag’ishlangan. Bunda fayl va kataloglar ro’yxati ustida bajariladigan barcha metodlar o’rganib chiqilgan. Bunda fayl va kataloglar ustida
bajariladigan metodlar o’rganilib misollar orqali tushuntirib berilgan.
Ma’lumotlarni faylda yozish va o’qish oqimlari bo’yicha mavjud metodlar
o’rganilib misollar orqali tushuntirib berilgan. Har bir operatorning funksional
imkoniyatlari misollar orqali tushuntirib berilgan.

Visual Studio.NET sistemasida dasturni kompilyatsiya qilish va
bajarishning bir necha usuli bor. Ko’p hollarda dasturchilar dasturni alohida
kompilyatsiya qilib bir nechta klavishalar kombinatsiyalari orqali ishlatishga
o’rganishgan.

Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida
eng samarali dasturlash tillaridan hisoblanadi. C# dasturlash tilida dastur tuzish
uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalanamiz. C# dasturlash tili obektga
mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi.

Dasturlash tillarida buyruqlar va amallar ma’lum kodlar (raqamlar) bilan
ifodalangan bo’lib, ular ShK qurilmalari adreslari bilan bevosita ishlashga
mo’ljallangan va mashina tili deb ham yuritiladi. Dasturlash tillarida ko’rsatmalar
inson tiliga yaqin bo’lgan so’zlar va dastur tuzish uchun juda qulay.
Dasturlashda o’zgaruvchilardan foydalanmasdan dastur ishlash mumkin
emas. O’zgaruvchilar o’zida qiymatlarni saqlaydi, bu qiymatlar vaqtinchalik
operativ xotirada saqlanib turadi. O’zgaruvchilarning nomlari bo’ladi, nomlar lotin
alifbosining a dan z gacha bo’lgan oraliqdagi harflar bilan belgilanadi. Bundan
tashqari o’zgaruvchi nomlarini faqat bitta harf emas bir necha harflar ketma-ketligi
bilan ya’ni so’zlar bilan belgilash mumkin.

2. Console rejimi. C# tilining sintaksisi

Visual Studio.NET sistemasida dasturni kompilyatsiya qilish va bajarishning bir necha usuli bor. Ko’p hollarda dasturchilar dasturni alohida kompilyatsiya qilib bir nechta klavishalar kombinatsiyalari orqali ishlatishga o’rganishgan.

“F 5” tugmasini bosish orqali yoki menyuning “Debug” qismini tanlab u yerdagi “Run” tugmasi orqali dasturni kompilyatsiya qilish mumkin.


using System;

namespace Mening_dasturim
{
    classProgram
    {
        publicstaticvoidMain(string[] args)
        {
            Console.WriteLine("Hello World!");
            
            Console.ReadKey(true);
        }
    }
}

C# tilida yozilgan dasturni ishlatish uchun

1. Kodni fayllar sistemasida biror nom bilan saqlash lozim(hello.cs)

2. Kommandalar satrida csc /debug hello.cs buyrug’ini bajarish lozim.


Ushbu buyruq bajarilgach, natijaviy *.exe kengaytmali fayl hosil bo’ladi. Agar kompilyatsiya jarayonida xatolik yuzaga kelsa, ma’lumot chiqariladi. /debug parametri bajariluvchi faylga maxsus simvollarni joylashtiradi. Natijada *.exe faylni qayta ishlovchi dasturda taxlil qilinayotganda stekni kuzatib borishlari mumkin.

3. Dasturni ishlatish natijasida, ekranga natija namoyon bo`ladi.


C# dasturlash tilida Consol rejimda dastur tuzish uchun yangi loyiha yaratamiz (File/New Project/Visual C#/ Console Application). Ushbu loyihamizning nomini masalan “Mening dasturim” deb nomlaymiz. Bizga C# kodini yozish uchun yangi oyna ochiladi.


Consol rejimida ishlash uchun .NET da Console sinfi ishlatiladi. Bu sinfning afzalligi 2 ta qismdan iborat bo’lib, uning barcha metodlari o’zgarmas, sanoqli bo’ladi. Uni ishlatish uchun nusxalash shart emas. U kiritish, chiqarish va xatoliklarni chiqarishni o’z ichiga oladi. Odatda kiritish, chiqarish standart Consol-da amalga oshiriladi (agar u bo’lmasa, masalan oynali masalalarda chiqarish amalga oshirilmaydi), lekin kiritish va chiqarish oqimlarini o’zgartirish mumkin. Consol bilan ishlashda asosan 3 metod ishlatiladi: ReadLine, Write, WriteLine, birinchisi kiritish, qolgani chiqarish metodlari hisoblanadi.


ReadLine metodi. ReadLine metodi kiritish qurilmalaridan matnning satrini qabul qiladi (uning qiymati keyingi satrga o’tish belgisi bilan tugaydi ). U string tipidagi qiymat yoki nol (agar kiritish amalga oshmagan bo’lsa) qiymatini qaytaradi. Masalan:


using System;

namespace Mening_dasturim
{
    classProgram
7    

{
        publicstaticvoidMain(string[] args)
        {
            string s=Console.ReadLine();
            Console.WriteLine("kiritilgan satr:"+s);
                                
            Console.ReadKey(true);
        }
    }
}


Dastur ishlatilganda ekranda hosil bo’lgan natija:




Write va WriteLine metodlari. Write metodi unga yuborilgan o’zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarish vazifasini bajaradi. U string tipini qabul qiladi. U barcha bazali tiplar uchun ishlaydi. Shuning uchun uni parametr sifatida chaqirish mumkin.

Writeline metodining farqi shundaki, u keyingi (yangi) satrdan boshlab o’ziga yuborilgan o’zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarib beradi.


C# dasturlash tilining alfaviti quyidagilardan iborat. Alfavit (yoki lite-rallar yig’indisi) C# tilida ASCII kodlar jadvali bilan birgalikda quyidagi belgilarni o’z ichiga oladi:

- Lotin harflari;

- 0 dan 9 gacha raqamlar;

- “_” belgisi (harf sifatida ham ishlatiladi);

- maxsus belgilar to’plami : {}, 1 [] + - % / \ ; : ^ ? = ! & # ~ *;

- boshqa belgilar.


C# alfaviti so’zlarni tuzishda xizmat qiladi, ya’ni leksemalarni tuzishda. Leksemalarning 5 turi bor:

- Identifikator

- Kalit so’z

- Amallar belgilari

- Literallar

- Ajratuvchilar

Kalit so’zlar va nomlar. Quyidagi ro’yxatda C# tilining kalit so’zlari va nomlari berilgan bo’lib, dastur tuzilishi paytida ularni boshqa maqsadda ishlatish (masalan o’zgaruvchi nomini inisializatsiya qilishda) mumkin emas.

1.1-jadval.Kalit so’zlar va nomlar.

Abstract

Do

in

protected

true

As

double

int

public

try

Base

else

interface

readonly

typeof

Bool

enum

internal

ref

uint

Break

event

is

return

ulong

Byte

explicit

lock

sbyte

unchecked

Case

extern

long

sealed

unsafe

Catch

false

namespace

short

ushort

9

Char

finally

new

sizeof

using

Checked

fixed

null

stackalloc

virtual

Class

float

object

static

void

Const

for

operator

string

volatile

Continue

foreach

out

struct

while

Decimal

goto

override

switch


Default

if

params

this


Delegate

implicit

private

throw



C# tilida boshqa tillarda bo’lgani kabi dasturning har bir qismiga izoh yozish mumkin. Bu izohlar dastur kompilatsiyasida ishtirok etmaydi va dastur ishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. C# da izoh yozish uchun /*… */, // belgilaridan foydalanish mumkin. // belgisi shu belgidan keyin to shu satr oxirigacha bo’lgan barcha belgilarni izoh sifatida qabul qiladi. /*… */ bu orqali istalgan qismni izohga olish mumkin.


3. C# dasturlash tilida Literallar.

C# tilida 5 xil literal mavjud ;

- Butun tipli literal

- Haqiqiy tipli literal

- Belgili literal

- Satr tipli literal

- Mantiqiy tipli literal


Literallar – bu tilning maxsus tushunchasidir. Har bir literallar to’plami uchun alohida yozilish qoidasi mavjud.


Masalan:

- Haqiqiy tipli literallar: 3.6, -56.8, 0.9

- Belgili literallar: ‘a’, ‘b’, ‘?’,

- Satr tipli literallar: “salom”, “aka”, “abcd”

- Mantiqiy tipli literallar: true, false.

4.1.C# tilida ma’lumotlar turlari.


C# tili juda tiplashgan til hisoblanadi. Uni ishlatish paytida har bir o’zgaruv-chi obyektning tipini alohida e‘lon qilish kerak (masalan, butun son, satr, oyna, tugma va h.z). Huddi C++ va Java tillari kabi C# tilida ham 2 xil ma’lumotlar tipi mavjud:

- aniqlangan va xotirada til tomonidan avtomatik joylashtirilgan;

- dasturchi – foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni xotirada joylashtirishidir.

O’lchamli tip o’zining aniq qiymatini stekka yozib qo’yadi, yo’nalishli tip esa bu stekka faqat qaysidir (o’zi aniqlaydigan) obyekt manzilini yozib qo’yadi, obyektning o’zi esa Heap(Heap-bu ma’lumotlarni uyumi yoki uyum shaklida saqlash)da saqlanadi. Heapdastur saqlanadigan asosiy xotira bo’lib, unga murojaat qilish dastur tezligini biroz pasaytiradi. Lekin agar siz juda katta obyektlar bilan ishlayotgan bo’lsangiz, unda bu

obyektni heapda saqlashning bir muncha afzallik tomonlari bor.

Nomi

Qiymat oralig’i

O’lchami

Sbyte

-127 dan 128 gacha

Belgili 8 bit

Byte

0 dan 255 gacha

Belgili 8bit

Char

U+0000 dan U+0000gacha

16 bitli Unicod


Bool

True yoki false

1 bayt

Short

-32768 dan 32767 gacha

Belgili 16 bit butun

Ushort

0 dan 65535 gacha

Belgisiz 16 bit butun

Int

-2147483648 dan 2747483647 gacha

Belgili 32 bit butun

Uint

0 dan 4294967295 gacha

Belgisiz 32 bit butun

Long

-9223372036854775808 dan 9223372036854775807 gacha

Belgili 32 bit butun

Ulong

0 dan 18446744073709551615 gacha

Belgisiz 32 bit butun

Float

-3,4*1038 dan 3,4*1038 gacha

4 bayt, aniqlik - 7razryad

Double

8 bayt, aniqlik – 16 razryad

Decimal

12 bayt, aniqlik – 28 razryad




4.2.O’zgaruvchilar.


O’zgaruvchi – xotiraning ma’lum bir qismini biror bir tipli axborot uchun ajratishdir. Quyida e’lon qilingan x va y lar o’zgaruvchilardir. O’zgaruvchilar inisializatsiya paytida (qiymat qabul qilish paytida) yoki dastur yordamida o’zgartirilishi mumkin.




Short x;

Int y;

x=(short) y; // to’la

4.3. O’zgaruvchilar qiymatini aniqlash.

O’zgaruvchini hosil qilish uchun siz o’zgaruvchining tipini, keyin esa uning nomini berishingiz kerak.Uning qiymatini e’lon qilish paytida yoki dastur davomida berishingiz mumkin. Masalan: a va b sonlarning yig’indisini c ga o’zlashtirish dasturini ko’ramiz.



using System;

namespace O’zgaruvchi
{
    classProgram
    {
        publicstaticvoidMain(string[] args)
        {
            Console.Write("a sonni kiriting: a=");
            int a,b,c;
            a=int.Parse(Console.ReadLine());
            Console.Write("b sonni kiriting: b=");
            b=int.Parse(Console.ReadLine());
            c=a+b;
            Console.Write("Natija: c="+c);
            Console.ReadKey(true);
        }
    }
}


Dasturning ekranda hosil qilgan natijasi:




DASTURIY QISM

C# tilida geometrik masalalar ishlash


5. C# dasturlash tilida to`g`ri burchakli uchburchakni yuzini hisoblash

Uchburchak deb, fazoda ixtiyoriy 3 ta nuqtaning kesishmasidan hosil bo`lgan shaklga aytiladi.

.

. .

To`g`ri burchakli uchbukchak deb bir burchagi 900 ni tashkil etgan uchburchakka aytiladi.



a


b

b



S= ½(a*b)


C2=a2+b2, ya`ni, to`g`ri burchakli uchburchakning katetlarining kvadratlarini yig`indisi gipotenuzasining kvadratiga teng.

Uchburchakning yuzini h balandligi orqali topish mumkin .

S=1/2*(c*h)





Yuzasini bilgan holda endi shu yuzani hisoblaydigan dasturni tuzib chiqamiz. Dastur tuzishda biz Visual studio 2013 dasturida ishlaymiz.




using System;

using System.Collections.Generic;

using System.Linq;

using System.Text;

using System.Threading.Tasks;


namespace ConsoleApplication25

{

class Program

{

static void Main(string[] args)

{

Double a, b, c, S;

Console.WriteLine("a katet");

a = double.Parse(Console.ReadLine());

Console.WriteLine("b katet");

b = double.Parse(Console.ReadLine());

c=Math.Sqrt(Math.Pow(a,2)+Math.Pow(b,2));

S=(a*b)/2;

Console.WriteLine("Gipotenuzasi"+c+"Yuzasi"+S);

Console.ReadKey();


}

}

Natija



Dasturni tuzib oldik , endi esa qiymat berib natijasini ekranga chiqaramiz.







6.C# dasturi asosida kubning qirrasi, yuzasi va hajmini topish.

Hamma qirralari teng bo`lgan to`g`ri burchakli parallelopiped kub deyiladi. Kubning hamma yoqlari teng kvadratlardan iborat. Kub 9 ta simmetrik tekisligiga ega.

a=b=c, Sasos=a2 , Kub sirtining yuzi S=6a2

Vhajm=a3


a






Kubning ta`riflaridan foydalanib , yuzasi va hajmini topish dasturini tuzamiz.




using System;

using System.Collections.Generic;

using System.Linq;

using System.Text;

using System.Threading.Tasks;


namespace ConsoleApplication25

{

class Program

{

static void Main(string[] args)

{

double a, S, V;

Console.WriteLine("Kubni qirrasi");

a = double.Parse(Console.ReadLine());

S = 4 * (Math.Pow(a, 2));

V = Math.Pow(a, 3);

Console.WriteLine("Yuza" + S + "Hajm" + V);

Console.ReadKey();


}

}

}

Natija









7. C# dasturida aylanaga tashqi chizilgan muntazam n-burchakning perimetrini topish.








Bu masalada aylanaga tashqi chizilgan muntazam qandaydir n – burchakning perimetrini topish dasturi tuziladi. Perimetrini topish P= n*a formula orqali topiladi. Bu yerda a- muntazam n-burchakning tomonini uzunligi, n- esa burchakning soni.

Endi esa perimetrini qanday topishni bilib oldik, va dasturini tuzamiz.



using System;

using System.Collections.Generic;

using System.Linq;

using System.Text;

using System.Threading.Tasks;


namespace ConsoleApplication27

{

class Program

{

static void Main(string[] args)

{

double r, n, P;

Console.WriteLine("radiusi:");

r = double.Parse(Console.ReadLine());

Console.WriteLine("tomoni:");

n = double.Parse(Console.ReadLine());

P = 2 * n * r * Math.Tan(Math.PI / n);

Console.WriteLine("Perimetri:" +P);

Console.ReadKey();

}

}

}


Natija





Natijada esa n bilan a ga qiymat berib, perimetri topiladi.







8.1. C# dasturida teng yonli trapetsiyaning balandligini topish.


İkki tomoni parallel, qolgan ikki tomoni parallel bo`lmagan to`rtburchak trapetsiya deb ataladi.


Yon tomonlari teng bo`lgan trapetsiya teng yonli trapetsiya deyiladi.



B C



c

A D

DC, ya`ni teng yonli trapetsiya



C=(a+b)/2, S=c*h - teng yonli trapetsiyani yuzini topish formulasi

H =(a2-b2)/2 - trapetsiyaning balandligini topish formulasi

Balandini topish formulasidan foydalanib, balandlikni topish dasturini tuzamiz.



using System;

using System.Collections.Generic;

using System.Linq;

using System.Text;

using System.Threading.Tasks;


namespace ConsoleApplication29

{

class Program

{

static void Main(string[] args)

{

double a, b, h;

Console.WriteLine("a asos:");

a = double.Parse(Console.ReadLine());

Console.WriteLine("b asosi:");

b = double.Parse(Console.ReadLine());

h = Math.Sqrt((Math.Pow(a, 2)) - (Math.Pow(b, 2))) / 2;

Console.WriteLine("Balandligi:" + h);

Console.ReadKey();

}

}

}

Natija





8.2. C# dasturida trapetsiyaning yuzini topish dasturini tuzish


Bunda endi bizga trapetsiyaning tomonlari va balandligi berilgan bo`lsin. Ya`ni, a va b tomonlari, h balandlik berilgan bo`lsin.

b






S = (a+b)/2*h – trapetsiyaning yuzini topish formulasi .


Bundan foydalanib biz yuzani topish dasturini tuzamiz.


using System;

using System.Collections.Generic;

using System.Linq;

using System.Text;

using System.Threading.Tasks;


namespace ConsoleApplication29

{

class Program

{

static void Main(string[] args)

{

double a, b, h, S;

Console.WriteLine("a asos:");

a = double.Parse(Console.ReadLine());

Console.WriteLine("b asos:");

b = double.Parse(Console.ReadLine());

Console.WriteLine("h balandlik:");

h = double.Parse(Console.ReadLine());

S = ((a + b) / 2 * h);

Console.WriteLine("Yuzasi:" + S);

Console.ReadKey();


}

}

}


Natija























Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, ushbu kurs ishida , hozirgi kunda kompyuter texnologiyalariga bo`lgan e`tibor va ehtiyoj yuqori bo`lganligi uchun hozirgi kunda dasturlash tillari borgan sari ko`paymoqda va yanada mukammallashmoqda. Dasturlash tillarining hozirgi kundagi axamiyati shundan iboratki, masalan, dasturlar ham ko`p sohalarga mujjassamlashgan. Shunday dasturlash tillaridan biri C# dasturi hisoblanadi. Uning tarixi, kelib chiqishi haqida ham qisqacha to’xtalib o’tilgan.

C# dasturlash tili ham C lar oilasiga mansub bo’lib, ishlash prinsiplari juda ham o’xshash. Birinchi EHM lar uchun dasturlarni dasturchilar mashina kodi tilida yozilgan. Bu juda qiyin va uzoq vaqt talab etadigan jarayon edi. Dastur tuzishni boshlash va ishlatib ko’rish orasida ancha vaqt o’tar edi. Bunday muammolarni yеchish faqatgina dasturlash jarayonini rivojlantirish, optimizatsiya qilish orqaligina bajarilishi mumkin edi. Dasturchilar mеhnatini iqtisod qiluvchi bunday “jixoz” o’rnini qism dasturlari egalladi. Kurs ishimda ham C# dasturlash tili haqida kengroq ma’lumotlar asosiy qismda keltirib o’tilgan.

Ushbu kurs ishida “Geometrik masalalarni dasturlash asosida ishlash “(C#dasturi asosida) mavzusida yozilganligi uchun, murakkab va oson masalalarni dasturlash tilida ishlash bilan birga ancha bilim va malaka oshirdim, undan tashqari C# dasturlash tili haqida nazariy va amaliy jihatlariga ham e`tibor qaratib , kalit so`zlari, Console strukturalari, C# dasturlash tili kompilyatorlari haqida yanada mukammalroq darajada o`zlashtirdim. Geometrik masalalarni ishlash jarayonida, ya`ni dasturda ishlash jarayonida e’tiborli bo’lish juda zarur, chunki kichik bir xato ham yaratayotgan dasturimizni ishlash jarayonida xatolik yuz berishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun xushyorlikni oshirish kerak. Buyruqlarni to`g`ri kiritish kerak bo`ladi. Har bir qilayotgan ya’ni tuzayotgan dasturimizni mukammal o’rganib, ma’lumotlardan to’g’ri va oqilona foydalanib , dasturimiz sifat darajasida qo’yilgan talablar darajasiga to’liq javob beradigan bo’ladi deb o’ylayman.

Foydalanilgan adabiyotlar


    1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yildagi ―Zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida‖gi PQ-1730 sonli qarori.

    2. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag`ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo`shma majlisidagi nutq / SH.M. Mirziyoev. – Toshkent : O`zbekiston, 2016. - 56 b.

    3. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruza. 2016 yil 7 dekabr /SH.M.Mirziyoev. – Toshkent: ―O`zbekiston‖, 2017. – 48 b.

    4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4 oktyabrdagi ―Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi PQ-3961-son qarori.

    5. Aripov M.M Informatika va hisoblash texnikasi asoslari:-Toshkent: O’zbekiston,2001y,-180b.


    1. Aripov M.M Informatika va hisoblash texnikasi asoslari: Toshkent,O’zbekiston,2001y,-100b.



    1. Qosimov S.S Axborot Texnologiyalari, Toshkent, Aloqachi,2006; 369 b.




    1. Секунов Н.Ю. Самоучитель C#. – SPb.: BXV-Peterburg, 2001. -576с Karli Watson, Jacob Vibe Hammer, John D. Reid, Morgan Skinner, Daniel
      Kemper, Christian Nagel. Beginning Visual C#® 2012 Programming.


    1. Павел Агуров. C# Сборник рецептов: -Москва: Санкт-Петербург,
      2008г. - 432 с.

    2. . Дейтел Х, Дейтел П, Листфилд Дж. C# Наиболее полное руководство
      В Подлиннике: -Москва: Санкт-Петербург, 2006г. -1056 с.


Elektron saytlar

  1. https://www.csharp.com

  2. https://www.referat.ru

  3. https://www.referat.uz

  4. https://www.ziyonet.uz

  5. https://www.intuit.ru



Kurs ishi muallifi telegrami (linkni faqat elektron shaklda ochish mumkin)






























Ilovalar
(C# dasturlash tilida tuzilgan dasturlar va ularning
natijalari)




using System;

using System.Collections.Generic;

using System.Linq;

using System.Text;

using System.Threading.Tasks;


namespace ConsoleApplication29

{

class Program

{

static void Main(string[] args)

{

double a, b, h, S;

Console.WriteLine("a asos:");

a = double.Parse(Console.ReadLine());

Console.WriteLine("b asos:");

b = double.Parse(Console.ReadLine());

Console.WriteLine("h balandlik:");

h = double.Parse(Console.ReadLine());

S = ((a + b) / 2 * h);

Console.WriteLine("Yuzasi:" + S);

Console.ReadKey();




using System;

using System.Collections.Generic;

using System.Linq;

using System.Text;

using System.Threading.Tasks;


namespace ConsoleApplication29

{

class Program

{

static void Main(string[] args)

{

double a, b, h;

Console.WriteLine("a asos:");

a = double.Parse(Console.ReadLine());

Console.WriteLine("b asosi:");

b = double.Parse(Console.ReadLine());

h = Math.Sqrt((Math.Pow(a, 2)) - (Math.Pow(b, 2))) / 2;

Console.WriteLine("Balandligi:" + h);

Console.ReadKey();

}



using System;

namespace Mening_dasturim
{
    classProgram
    {
        publicstaticvoidMain(string[] args)
        {
            Console.WriteLine("Hello World!");
            
            Console.ReadKey(true);






using System;

namespace Mening_dasturim
{
    classProgram
7    

{
        publicstaticvoidMain(string[] args)
        {
            string s=Console.ReadLine();
            Console.WriteLine("kiritilgan satr:"+s);
                                
            Console.ReadKey(true);
        }
    }
}















































































































































































26




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!