СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Doklad dissertatsiya

Категория: История

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Doklad dissertatsiya»

Sobirov Shohjahon Ochil o’g’li

Elastomer kompozitsiyalarni energiya tejamkor vulkanlash texnologiyalari.

Vulkanlashning umumiy muammosida atmosferaga zaharli gazlar ajralib chiqarilishini kamaytirishni va aralashtirish, saqlash bosqichlarida barvaqt vulkanlash xavfini oldini olishni ta’minlovchi energiyatejamkor va ekologik zararsiz texnologiyalar yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Nurlanish samaradorligini saqlagan holda iste’mol etiladigan elektr energiya quvvatini kamaytirish o’ta dolzarb hisoblanadi. Bu jihatdan elastomerlarni sopoldan yasalgan IQ-nurtarqatgichlar orqali ta’sir ko’rsatib vulkanizatsiya qilish, jarayonni etarlicha yuqori singib ketish qobiliyatini nisbatan past quvvatda (20-60 W) amalga oshirish imkonini beradi. Sopol IQ-nurtarqatgichlarni farqli belgilari–bu kompozitsiyaning tarkibi va strukturasining o’ziga xosligini ta’minlab beruvchi issiqlik, fizik va kimyoviy ko’rsatgichlarning turg’unligidir.

Magistrlik dissertatsiyasining ob’yekti va predmeti.

Magistrlik dissertatsiyasining ob’yekti bo’lib, sopol IQ-nurtarqatgichlar va SKI-3, SKMS-30ARKM-15 kauchuklar asosidagi standart rezinalar xizmat qildi. Vulkanizatsiyalangan rezinalarning fizik-kimyoviy va qayishqoq-mustahkamlik xossalarini tadqiq etishdan iborat.

Magistrlik dissertatsiyasida olib chiqilayotgan asosiy holatlar:

- Elastomer kompozitsiyalarni atmosfera bosimida vulkanizatsiya qilishning energiyatejamkor va ekologik bezarar texnologiyasini yaratish imkoniyati;

- Elastomer kompozitsiyalarni sopol IQ-nurtarqatgichlar ta’siri ostida strukturalash jarayonini tadqiq etish natijalari;

- IQ-nurlar ostida vulkanizatsiyalangan rezinalarning qayishqoq-mustahkamlik va dinamik xossalarini o’rganish natijalari;

- Vulkanizatsiyalangan to’rsimon tuzilish va sopol IQ-nurtarqatgichlar ta’sirining taxminiy mexanizmi borasidagi ma’lumotlar.

Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari.

Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi ekspluatastiya xossalari yaxshilangan kompozitsion elastomer materiallar olishni ta’minlovchi elastomer kompozitsiyalarni vulkanizatsiya qilishning energiya tejamkor va ekologik bezarar texnologiyalarga asoslangan samarador usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Shunga muvofiq, tadqiqot vazifalari quyidagi yo’nalishlarda olib borildi:

  • O’zbekistonda polimerlar fizikasi va kimyosining rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish;

  • Sopol IQ-nurtarqatgichlarning elastomer kompozitsiyalarini vulkanizatsiya qilish kinetikasi va mexanizmiga ta’sirini o’rganish;

  • Sopol IQ-nurtarqatgichlarning vulkanizatsiyalangan to’rsimon tuzilishga bo’lgan ta’sirini o’rganish;

  • Vulkanizatsiyalangan rezinalarning qayishqoq-mustahkamlik xossalarini tahlil etish;

  • Vulkanizatlarning dinamik xossalarini tahlil etish.

Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi.

  • -Elastomer kompozitsiyalarni sopol IQ-nurtaqatgichlar ta’siri ostida vulkanizatsiya qilish qonuniyatlarini o’rganish;

  • -Elastomer kompozitsiyalarni sopol IQ-nurtarqatgichlar ta’sirida chastotaning nisbatan tor oralig’ida vulkanizatsiyalashning taxminiy mexanizmi va kinetikasining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash;

  • -IQ-nurlantirish quvvati va vulkanlash to’rining asosiy parametrlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniqlash.

Magistrlik dissertatsiyasining amaliy ahamiyati.

Kompozitsion elastomer materiallarni vulkanlashning ishlab o’rganilgan texnologiyasi:

-Vulkanizatsiyalashni nisbatan yumshoq sharoitlarda, ya’ni atmosfera bosimida amalga oshirishga;

-Elektr energiyasini anchagina (15-20%) tejashga;

  • Sochiluvchan ingrediyentlarni quritish va elastomer kompozitsiyalarni vulkanlash samaradorligini oshirishga;

-Qoliplanmaydigan rezino-texnika buyumlarni vulkanlash texnologiyasini ixchamlashtirishga imkon beradi.

Magistrlik dissertatsiyasining muhokamasi (aprobatsiyasi).

Magistrlik dissertatsiyasining asosiy mohiyati quyidagi anjumanlarda ma’ruza sifatida taqdim etilgan:

«X1 Global science and innernations 2020 : central Asia» (Qozog’iston-2021), «International scientific-online conference on innovation in the modern education system» (Amerika-2021) nomli Xalqaro konferensiyada, «Eurasian journal of academic research» nomli Respublika ilmiy jurnalida (O’zbekiston-2021), «Tafakkur va talqin» BDU magistrantlarining ilmiy maqolalar to'plami.

Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va hajmi.

Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 ta bob, 8 ta bo’lim, xotima va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.

Dissertatsiyaning asosiy mazmuni

  • Magistrlik dissertatsiyasining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, olib borilgan tadqiqotlarning maqsad va vazifalari aniqlangan, ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati ko’rsatilgan.

  • Birinchi bob adabiyotlar tahliliga bag’ishlangan bo’lib, bu yerda elastomerlarni ko’zga ko’rinadigan va ko’rinmaydigan nurlar ta’sirida vulkanizatsiyalash masalasining tahlili berilgan va bu sohadagi istiqbolli yo’nalishlar aniqlangan.

  • Magistrlik dissertatsiyasining ikkinchi bobida ingrediyentlarni quritish va elastomer kompozitsiyalarni sopol IQ-nurtarqatgichlar ta’sirida vulkanlash bo’yicha tadqiqot natijalarini tahlil qilishga bag’ishlangan, shuningdek, vulkanizatsiyalangan rezinalarning texnik xossalari ko’rib chiqilgan

  • Magistrlik dissertatsiyasining uchinchi bobida yupqa devorli rezina materiallarni sopol IQ-nurtarqatgichlar ta’siri ostida uzluksiz vulkanizatsiya qilishning laboratoriya qurilmasining sxemasini o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, shuningdek ingredientlarni quritish va elastomer kompozitsiyalarni vulkanlashda sopol IQ-nurtarqatgichdan foydalanishning texnik-iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqilgan.

Ilmiy-texnik taraqqiyotning hozirgi bosqichi ko’pincha ekspluatastiya xossalari yaxshilangan kompozitsion polimer va elastomer materiallar olishning energiyatejamkor va ekologik xavfsiz samarador texnologiyalarini yaratish bilan tavsiflanadi. Turli-tuman kompozitsion materiallar orasida qurilishda, tog’-konchilik sanoatida va xalq xo’jaligining qator boshqa tarmoqlarida talab juda katta bo’lgan rezinalangan matolar, transporter tasmalari va shunga o’xshash buyumlarning ahamiyati oshib bormoqda. Rezinotexnika buyumlarning ko’rsatib o’tilgan turlarini ishlab chiqarishning oxirgi asosiy bosqichi vulkanizatsiya jarayoni bo’lib, olinayotgan kompozitsion elastomer materiallarning xossalari bevosita unga bog’liq.

Kimyoviy moddalarning reaksion qobiliyatiga o’ta yuqori chastotali yo’rug’lik, ya’ni infraqizil, ultrabinafsha nurlar, shuningdek, radioaktivlik, bosim, harorat, mexanik kuchlar va boshqalar ta’sir etadi.

Ko’zga ko’rinmaydigan yorug’lik nurining (infraqizil, ultrabinafsha) turli moddalarga ta’sir etib kimyoviy jarayonlarni yuzaga keltirishi moddalarning parchalanib ionlar, molekulalar va radikallar hosil bo’lishi bilan bog’liq. Vodorod xloridning hosil bo’lishi, yonish, oksidlanish, zanjir reaksiyalari fotokimyoviy jarayonlarda katta ahamiyatga ega. Fotografiya, fotosezgir elementlar, polimer moddalar, yangi kimyoviy materiallar fotokimyoviy jarayonlarning amaliy ahamiyati benihoyaligini ko’rsatadi.

Sopol IQ-nurtarqatgichlarning ta’sir ko’rsatishining o’ziga xosligini hisobga olib, materiallarni bir tekis qizdirishi, elektr energiyasini nisbatan kam iste’mol qilishi va quritish jarayonini uzluksiz usulda amalga oshirish imkoniyatlari eng muhim xususiyatlari bo’lganligi tufaylidan sochiluvchan ingrediyentlarni IQ-nurlar ta’sirida quritishni o’rganish katta qiziqish uyg’otadi.

1-rasm. Ingrediyentlarni IQ-nurtarqatgichlar ta’sirida quritishning texnologik sxemasi. 1-sochiluvchan ingrediyent uchun sarf xampasi; 2-dozalovchi qurilma; 3-sopol IQ-nurtarqatgichlar; 4-transportyor tasmasi; 5-quritilgan ingrediyent uchun idish.

Olib borilgan kinetik tahlillar vulkanlashning optimal rejimlarini yaratishga asos bo’ldi. Bu boradagi tadqiqotlar 20 W dan 60 W gacha bo’lgan quvvatda olib borildi. Natijada IQ-nurlanish quvvati oshishi bilan vulkanlash tezligi oshishi va vulkanlashning eng yuqori darajasiga erishish vaqti qisqarishi ko’rsatildi (2-rasm).

2-rasm. SKMS-30ARKM-15 (a) va SKI-3 (b) kauchuk asosidagi elastomer kompozitsiyalarni vulkanlashning kinetik egri chiziqlari (nurlantirish quvvati 60 W) I–indukstiya davri; II–vulkanlash davri; III–vulkanlashning eng yuqori darajasi; IV–vulkanlashning o’tib ketishi.


Magistrlik dissertatsiyasining ikkinchi bobida ingrediyentlarni quritish va elastomer kompozitsiyalarni sopol IQ-nurtarqatgichlar ta’sirida vulkanlash natijalarini tahlil qilishga bag’ishlangan, shuningdek, vulkanlangan rezinalarning texnik xossalari ko’rib chiqilgan va yupqa devorli rezina buyumlarni sopol IQ-nur tarqatgichlar ta’sirida uzluksiz vulkanlovchi laboratoriya qurilmasini yaratish borasidagi tahlil natijalari keltirilgan.

Sochiluvchan ingrediyentlarni quritish va elastomer kompozitsiyalarini vulkanizatsiya qilishning impuls ta’sir ko’rsatishga asoslangan, elektr quvvatini tejashni va rezinaning foydalanilgandagi xossalari kompleksi yaxshilanishini ta’minlaydigan samarador texnologiya o’rganildi.

Yupqa devorli rezinalarni sopol IQ-nurtarqatgichlar ta’siri ostida vulkanlashning laboratoriya qurilmasi.

3-rasm. Rezinalashtirilgan matolarni IQ-nurlar ta’siri ostida uzluksiz vulkanlash qurilmasi: 1-vulkanizatsiya kamerasi; 2-himoya ekrani; 3-IQ-nur tarqatgichlar; 4- rezinalashtirilgan matoning to’pi.

XOTIMA:

1. O’zbekistonda polimerlar fizikasi va kimyosining rivojlanish istiqbollari, elastomer kompozitsiyalarni atmosfera bosimida vulkanizatsiya qilishning energiyatejamkor va ekologik bezarar texnologiyasini yaratish imkoniyatlari, elastomer kompozitsiyalarni infraqizil va ultrabinafsha nurtaqatgichlar ta’siri ostida vulkanizatsiya qilish qonuniyati o’rganildi.

2. Kristallanish va kristallanmaslik xususiyatiga ega bo’lgan kauchuklar asosidagi elastomer kompozitsiyalarni sopol IQ-nurtarqatgichlar ta’siri ostida vulkanizatsiya qilishning asosiy qonuniyatlari o’rganildi va ular ta’sirining o’ziga xos jihatlari, ya’ni funksional sopolning tarkibi va strukturasi bilan belgilanadigan tor diapazondagi spektral xususiyati, chuqur singib borish qobiliyati aniqlandi.

3. Turli xil tabiatga ega bo’lgan elastomer kompozitsiyalarni sopol IQ-nurtarqatgichlar ta’siri ostida vulkanizatsiya qilishning optimal ko’rsatgichlari ishlab chiqildi va rezinalarning qayishqoqlik-mustahkamlik va dinamik xossalarining vulkanizatsiyalash rejimiga o’zaro bog’liqligi aniqlandi.

4. Elastomerlarni IQ-nurlar ta’siri ostida vulkanizatsiya qilish sharoitlarining vulkanizatlarning strukturalanish darajasiga ta’siri tadqiq etildi va vulkanizatsiyalangan struktura shakllanish jarayonida IQ-nurlanish quvvatining etakchi rol o’ynashi qayd etildi.

5. Sopol IQ-nurtarqatgichlar sochiluvchan ingrediyentlarni quritish va elastomer kompozitsiyalarni vulkanizatsiya qilish bo’yicha «Rezinotexnika» OAJ da sinovdan o’tkazilgan va ularning elektr quvvatini tejash (15-20%), texnologiyani ixchamlashtirish, qurilmaning oddiyligi va jarayonni to’xtovsiz olib borish imkoniyati tufayli yuksak samaraga ega ekanligi ko’rsatildi.

6. Yupqa devorli rezina materiallarni sopol IQ-nurtarqatgichlar ta’siri ostida uzluksiz vulkanizatsiya qilishning laboratoriya qurilmasining sxemasi o’rganildi, shuningdek, IQ-nurtarqatgichlar ta’siri ostida sochiluvchan ingrediyentlarni quritish tajriba ishlab chiqarishning texnologik reglamenti ishlab chiqildi.






Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!