СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

"Bo’lim yuzasidan takrorlash"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«4-синф ўкиш бўлим юзасидан такрорлаш»

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI



Surxondaryo viloyati

Termiz shahar

xalq ta`limi bo’limi

18-umumiy o’rta ta’lim maktabining

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Qodirova Sayyoraning

4-sinflar uchun o`qish fanidan

«Bo’lim yuzasidan takrorlash»

mavzusida

tayyorlagan bir soatlik




Dars ishlanmasi

Sana:29.10.2019 Sinf:4 b

Fan nomi: O`qish

Dars mavzusi: Bo’lim yuzasidan takrorlash


Maqsad va vazifalari

Ta`limiy: O`quvchilarga mavzu haqida ma’lumot berish va mantiqiy fikrlash, o’z fikrini bayon qila olishga o’rgatish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarga axloqiy fazilatlarini singdirish va ularni tejamkorlikka, tadbirkorlikka, iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatlarida qo’llashga o’rgatish.Kasbga qiziqtirish.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish va chiroyli yozuv ko’nikmalarini hosil qilish, amaliy, og’zaki va yozma malakalarini rivojlantirish.

Vazifalari: O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish va kengaytirish; – mavzuga oid tarqatmalar va matnlar ustida mustaqil ishlashga undash.

Kompetensiya: Muvjud bilim,ko’nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo’llay olish qobiliyati

O`quv jarayonining mavzusi

Yangi mavzu haqida tushuncha berish, bilim, ko`nikma va malakalarini hosil qilish.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Tipi: Yangi bilm beruvchi, mustahkamlovchi, sinovchi, umumlashtiruvchi.

Usul: An’anaviy, noan’anaviy.

Uslub:Yozma, og`zaki, suhbat, savol-javob, ko`rgazmali, amaliy, bahs-munozara, mustaqil ish.

Jihoz: Darslik, rasmlar, o`quv qurollari rag`batlantiruvchi kartochkalar, darsga oid ko`rgazmalar, test varaqalari, plakatlar.

Baholash: 5 balli tizimda.

Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilarning o`zlashtirishiga erishadi. O`quvchida darsga nisbatan qiziqish o`yg`otadi. Oldiga qo`yilgan muammolarni yechishni o`rgatadi. O`z ustiga mustaqil ishlaydi.

Kelgusi reja

O`quvchi: Yangi mavzuni o`zlashtiradi. Nutqi rivojlanadi, o`z-o`zini nazorat qiladi, mavzular ustida ishlaydi. Mavzuni o`zlashtirish orqali bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladi.

O`qituvchi: Yangi metod va usullarni tadbiq etadi. O`z mahoratini oshiradi.

O`quvchi: Shu ma’lumotlar yuzasidan qo`shimcha ma’lumotlar to`playdi. Xulosa chiqarib, malakasini oshiradi.

Darsning blok - chizmasi


Dars bosqichlari

Vaqt taqsimoti

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

3

Bo’lim yuzasidan o‘rganilgan mavzu va tushunchalar yuzasidan qisqa savol-javob. Tarqatma materiallar bilan ishlash

10 daqiqa

4

Ijodiy ish

15 daqiqa

5

Dars yakuni: baholash

2 daqiqa

6

Uyga vazifa

3 daqiqa


Darsning borishi


  1. Tashkiliy qism (salomlashish, tozalikka qarash, davomatni aniqlash).

     Darsning tashkiliy qismi o‘tgach, o‘qituvchi o‘quvchilarga:

          Bolajonlar, omonmisiz,

          Bugun darsga tayyormisiz, - deya aytadi.

    O‘qituvchiga javoban o‘quvchilar:

          Ustoz, bizlar omonmiz,

          Bugun darsga tayyormiz.

O‘qituvchi darsni boshlashdan oldin, bugun darsni biroz o‘zgacha, noan’anaviy tarzda o‘tkazilishi haqida tushuntiradi.

O‘quvchilar uch guruhga bo‘lib olinadi.

1-guruh: "Zukkolar”; 2-guruh: "Yulduzchalar”; 3-guruh: "Chaqqonlar”. Guruh sardori guruh nomini va guruh shiorini tanishtiradi:

"Zukkolar” guruhi shiori:

Quvnoq, zukko bolamiz,

Ochilgan gul-lolamiz.

"Yulduzchalar” guruhi shiori:

Yulduzchalar porlaymiz,

G‘alabaga chorlaymiz.

"Chaqqonlar” guruhi shiori:

Chaqmoq kabi chaqnaymiz,

Ilm olishga shaymiz.

II.  O‘qituvchi o‘quvchilardan o‘tilgan mavzuni aniqlab oladi, so‘ngra qisqa savol-javob o‘tkazadi, uyga berilgan topshiriq so‘raladi. To‘g‘ri va aniq javob bergan o‘quvchilar "rangli kartochkalar” bilan rag‘batlantirib boriladi.

Tarqatma materiallar bilan ishlash. Har bir guruhning sardorlari kelib, tarqatma materiallar savollarini tanlab oladilar va javob beradilar. Savollar o‘tilgan mavzulardan tayyorlangani uchun o‘ylash uchun vaqt berilmaydi.  Savollar:

I guruh

1.O`zbekiston respublikasi prezidenti kim? J: Shavkat Miromonivich Mirziyoyevich

2.O’zbekiston respublikasi bayrog’i qachon qabul qilingan? J: 1991-yil 18—Noyabr

3.Bayrog’imiz nechta rangdan iborat va qaysi ranglar? J: 4ta. Ko’k, yashil, qizil va oq

4.O’zbek lotin alifbosi nechta harfdan iborat? J: 29 ta

5.Siz qachon tu’gilgansiz?

II guruh

1.Xalq ta’limi vaziri kim? J: Sherzod Xotamovich Shermatov.

2.O’zbekiston respublikasi gerbi qachon qabul qilingan? J: 1992-yil 4-iyun

3.Gerbimiz timsoli sifatida qaysi qush tasvirlangan? J: Xumo qushi

4.Alifbomizda nechta undosh harf bor? 23 ta

5.Onangiz tug’ilgan sana?

III guruh

1.Maktabiz direktori kim? J: Oybek Baxromovich Baxromov

2.O’zbekiston respublikasi madhiyasi qachon qabul qilingan? J: 1992-yil 10-dekabr.

3. O’zbekiston respublikasi madhiyasini birinchi 4 qatorini ayting.

4.Alifbomizda nechta unli harf bor? 6 ta.

5.Otangizni tug’ilgan sanasini ayting.



III.Jadvallarni to‘ldirish musobaqasi:

Ertak qahromonlarining yaxshi va yomon xislarini ta’riflab jadvalni to’ldiridi.Buning uchun o’qituvchi tayyorlab qo’ygan Ertak qahromonlarni guruh ishtirokchilaridan biri tanlab oladi.


1

Tulki va ko’zacha ertagidagi tulkining xislatlari

Ilm afzal ertagidagi otaxon va qizing xislari

2

Ayyor

Dono

3

Yomon

Mehribon

4

Yolg’onchi

Mehmondo’st

5

Hiylagar

Ilmli

6


Rostgo’y

7



8






IV.  Rasm asosida kichik hikoya tuzish. Guruh sardori yoki guruhdagi biron bir o‘quvchi berilgan rasmlarni tanlab oladi va o‘sha rasm asosida kichik hikoya tuzish topshiriladi. O‘quvchilar o‘z hikoyalariga sarlavha ham topishlari kerak.5ta gapdan iborat bo’lishi lozim.



V. Krossvord  yechish.Klaster

ERTAK



CHO’PCHAK



AFSONA





XALQ O’G’ZAKI IJODI





LAPAR

MAQOL









DOSTON

TOPISHMOQ









  1. Darsni yakuni: O`quvchilarni uy vazifalari, doskada yoki mustaqil ravishda ishlashiga qarab baholash.

O`quvchilarni rag`batlantirish, g`olib guruhni aniqlash, uyga vazifani

aytish.


  1. Uyga vazifa: Bo’lim yuzasidan o’tilgan mavzular asosida takrorlash.







Yaxshi

Yomon


















Hislatlar






























Mavzuga oid ko`rgazmalar




































DARS JARAYONIDAN FOTOLAVHALAR












Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!