СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

An in-depth look at the Tesla Model X

Категория: Технология

Нажмите, чтобы узнать подробности

  1. An in-depth look at the Tesla Model X

Просмотр содержимого документа
«An in-depth look at the Tesla Model X»

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

ORIENTAL UNIVERSITETI




Himoyaga ruxsat etilsin”

Pedagogika fakulteti dekani

________ N.Ubaydullayev

«____» ________2024-y



Pedagogika” fakulteti

Pedagogika va psixologiya” yо‘nalishi

PP(s)-2/9 guruh talabasi Egamova Mehrubonning

Rivojlanish psixologiyasi fanidan

O‘smir shaxsining jamoa bilan o‘zaro munosabatining xususiyatlari”

KURS ISHI


Himoyaga tavsiya etilsin”

Uzluksiz ta`lim pedagogikasi” kafedra mudiri: p.f.n, dots.

_________ F. Egamberdiyeva

Ilmiy rahbar:

__________U.Mamanazarov










TOSHKENT-2024

Mundarija

Kirish 1

I BOB.O‘smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari 3

1.1.O‘smirlik yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlar 3

1.2.O‘smirlik davrida shaxsning shakllanishi 12

II BOB. O‘SMIR SHAXSINING JAMOA BILAN O‘ZARO MUNOSABATI......................................................................................................22

2.1.O‘smirlarning o‘quv jamoasidagi munosabatlari 22

2.2. O‘smirlik davrida shaxslararo munosabat 29

Xulosa 33

Foydalanilgan adabiyotlar 35


































Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Aynan o‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo‘ladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.

Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og‘zaki va yozma mavjud bo‘lishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi1.

O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida atrof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, inson nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi.O‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari – “«Qanday kilib to‘g‘ri yozish kerak?» «Qanday kilib yaxshiroq aytish mumkin?» , «Nima deyish kerak?», kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.

O‘smir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida Yosh bola singari emas, balki katta odamlardek so‘zlarni tanlab ishlatishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir uchun o‘qituvchi, albatta, namuna bo‘lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi2.

Kurs ishining maqsadi. O‘smir shaxsining jamoa bilan o‘zaro munosabatining xususiyatlariga oid ilmiy ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish , uning xususiyatlarini tushuntirish, tahlilida hayot bilan naqadar chambarchas aloqasini bayon etish, uning inson ruhiyatidagi holatini boshqa detallarga ko‘chirishdagi mahoratini yoritib berishdan iborat.

Kurs ishining obyekti. O‘smir shaxsining jamoa bilan o‘zaro munosabati.

Kurs ishining vazifalari. O‘smir shaxsining jamoa bilan o‘zaro munosabatining xususiyatlariga oid ilmiy ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish , uning xususiyatlarini tushuntirish.

Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishida bayon etilgan ilmiy-nazariy xulosalardan oliy o‘quv yurtlarining talabalari, o‘rta maxsus ta’lim tizimi uchun maxsuskurslar va seminarlarda foydalanish mumkin.

Kurs ishi tuzilishi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, ikkita bobdan va qilingan xulosalardan iborat. Ishda o‘rganilishi e’tiborga olingan ma’lumotlar tushunarli ravishda ifodalash uchun chizma jadvallar va rasmlar berildi.Ishga qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun to‘plangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.


I BOB.O‘smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari 1.1.O‘smirlik yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlar

O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy etilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmokda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik Yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi.

O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taallukli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi Bu Yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi.Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga karab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi.

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumdagi o‘zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o‘zgaradi. Bu o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘prok darajada sodir bo‘ladi. O‘g‘il bolalarning tovushi vazminrok bo‘lib qoladi, do‘rillaydi.

Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan o‘ssa ham, mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sish sur’ati orqada qoladi. O‘smirlarda bu xususiyat ularning beso‘naqay xatti-harakatlarida, yurish-turishlaridagi qo‘pollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab bo‘ladi.

Fiziologik o‘zgarish jinsiy etilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon bo‘ladi.Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga etish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo‘lishi) amalga oshadi. Ko‘krak qafasi ham gavdaning bo‘y o‘sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o‘smirlarning elkasi, ko‘kragi tor bo‘lib qoladi, bu esa o‘z navbatida kislorod etishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod etishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur etadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo‘g‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirda ba’zi qon bosimining ortishi ro‘y beradi3.

Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. O‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy etilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy etilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir.

O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. CHunki, bu Yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik Yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini ”bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi4.

Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta Yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining Yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘prok qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar.

O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat qilish quroli, Shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi. Bu davrga kelib uning harakatlari o‘zi bilan o‘rtoq bo‘lgan bir guruh tengdoshlariga bog‘liq bo‘lmay qoladi. O‘rtoqlari o‘smirga o‘zi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o‘ylab ko‘rishga uni majbur qilmoqchi bo‘lganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va o‘z fikrida qat’iy turib himoya qilishi mumkin. Bu davrda o‘zga kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan qarash va o‘z xatti-harakatlarini o‘zi tahlil qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning elementlarini yuzaga kelishi mana shu ikkinchi bosqichdagi o‘smirlar hayotiga xos xususiyatlardir. O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. O‘smirlar hayotda, ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini va erkinligini, ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahramonliklarini, atrofdagilar orasidagi obro‘larini ko‘radilar hamda havas qiladilar.O‘smirda katta Yoshli odam bo‘lishga yoki hech bo‘lmaganda katta Yoshli odam bo‘lib ko‘rinishga qiziqish, intilish paydo bo‘ladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bo‘lib ko‘rinadi. O‘smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o‘zaro mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari, o‘qituvchilari va boshqa murabbiylari o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi5. O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta Yoshli odamlar ega bo‘lgan ham­ma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, ko‘rqmas va epchil bo‘lishga inti­ladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bo‘lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday bo‘lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «kerak» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga kel­tiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» fakat «kerak»ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va «kerak» bo‘lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo‘lsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan bo‘lgan munosabat haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o‘z kattaligi darajasi haqidagi tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi6.O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. O‘smir katta odam, Shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, Shuningdek psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, Shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo‘ladi va o‘smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bo‘ladi. Bunday paytlarda u o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do‘sti o‘smirga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yo‘ldan urib, yomon ta’­sir qiladimi — bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq. O‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir o‘zining ehtiyojlari va istaklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish unga katta mamnunlik bag‘ishlasa, bunday hollarda uning ba’zi bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bo‘lgan tasodifiy qiziqishlari dastavval ishtiyoqga, undan keyin ehtiros yoki odatga aylanishi mumkin. Ana shunday yo‘l bilan o‘quvchilarda, masalan, matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi, ammo o‘quvchilar xuddi shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka, bezorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o‘rganib qolishlarn mumkin7.O‘smirlik davridagi barcha nomunosib harakatlar bir onda o‘tib ketadigan xohishlarning ko‘pligidan va kelib chiqadigan oqibatni nihoyatda yuza tarzda ko‘ra bilishlikdan kelib chiqadi. Deyarli barcha zararli xohishlar oldin zararsiz va engillik bilan amalga oshiriladigandek bo‘lib ko‘rinadigan ko‘ngil ochish tarzidagi ishlardan boshlanadi. Biroq, aslida esa bu ishlarni amalga oshirishga o‘smirlarning imkoniyatlari etmaydi. Bunga shaxs taraqqiyotining tabiiy ehtiyojlari ta’sir qiladi. Agarda o‘smir bolalar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi, ular o‘zlarining psixik xususiyatlarini rivojlantira olmagan bo‘lar edilar. O‘smirlar, o‘zlarining turli xil xohishlarini bevosita qondirishdan bo‘lak narsani ko‘ra olmaydilar va bunday xohishlar xatarli oqibatlarga tomon yo‘llaganda o‘zlarini vaqtida to‘xtatib qola olmasliklari ham mumkin. O‘quvchilarni o‘z xatti-harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘ra bilishga va o‘zlarini tuta bilishga o‘rgatish tarbiyachilarning asosiy vazifasidir.O‘smirlar haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon bo‘ladilar, ular uchun bekorchilik juda og‘irdir, bir xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan qiziqmay qo‘yadilar, bu esa ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta’sir qiladi. Binobarin, o‘smirlarga muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya berishda ularni turli faoliyatlarga qiziqtirish va har turli foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish ham­da, qiyinrok, lekin kuchlari etadigan ishlar bilan shug‘ullantirish nihoyatda muhimdir.

«O‘smirlik Yoshining mohiyati shundan iboratki, o‘smir birmuncha faolroq ijtimoiy muhitga etilgan bo‘lib, bolalik chog‘ida vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib, ana shu muhit uchun kurasha boshlaydi». Har bir o‘smir muvaffaqiyatli ishlar bilan tevarak-atrofdagi odamlar o‘rtasida o‘z shaxsini tasdiqlashga intiladi. Kattalar o‘smirlarning foydali jamoa ishlarida muvaffaqiyatga erishishlarida yordam berishlari va bu bilan ularning o‘z qadr-qimmatlarini namoyon qilishlariga imkon berishlari lozim. Aks holda ular boshqalarning oldida o‘zlarini yuqori qo‘yishlari, bepisandlik qilishlari mumkin. Buni ular o‘zlarining qadr-qimmatlari tan olinmaganligi yoki kamsitilganligiga qarshi chiqib, salbiy ishlar va xatti-harakatlar orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.O‘smirlar nihoyatda taqlidchan bo‘lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo‘ladi. Ular tashqi ta’sirlarga va hissiyotlarga juda beriluvchan bo‘ladilar. Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning, ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishlariga qaramay, o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar. O‘smirlarga farosatlilik, tejamkorlik, ehtiyotkorlik va uzoqni ko‘ra bilishlik kabi psixik xususiyatlar hali etishmaydi. Tengdoshlari, Shuningdek, sinfdoshlari guruhida o‘smir o‘zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo‘ladi. O‘smir o‘z guruhiga bog‘liq va qaram bo‘lgani holda shu guruhning umumiy fikriga qo‘shilishiga va uning qarorini doimo bajarishga tayyor bo‘ladi. Guruh ko‘pincha o‘smirda «biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi. O‘smir Yoshdagi bola uchun do‘st tanlash juda katta ahamiyatga ega. O‘smirlik davrida do‘stlik juda qadrli hisoblanadi. Do‘stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo‘lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o‘smir do‘stlarning hol-ahvol so‘rashishi va ko‘rishishlarida (qo‘l berib, quchoq ochib ko‘rishish) birga o‘tirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko‘rinadi. Ko‘pgana ana shunday juda yaqin munosabatlar, o‘smirlarning shaxs bo‘lib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining izi inson qalbi va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.

O‘smir Yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida ba’zan o‘zlarining kuchlari etmaydigan qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi. Asosiy qarama-qarshilik juda ko‘p orzu-tilaklarni vujudga keltiruvchi, jadal ortib borayotgan jismoniy, ma’naviy va moddiy ehtiyojlar bilan ularni qondirish uchun nihoyatda cheklangan hamda ko‘p jihatdan etarli bo‘lmagan imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilikdir.O‘smirning o‘z kuchiga to‘la ishonmasligi uni butun vositalar bilan shunchaki o‘zini katta kishi bo‘lib qolganligini ta’kidlashga majbur qilibgina qolmay, shu bilan birga bu tuyg‘uni etarli baholay olmaslik holatini ham vujudga keltiradi. Bu o‘z navbatida kattalarga qo‘pol munosabatda bo‘lish va agressivlikni hamda ota-onalar bilan o‘qituvchilarning maslahat va talablarini pisand qilmaslik kabi xulq-atvor alomatlarini ham keltirib chiqaradi8. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi, unda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi xolatlar bo‘ladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, Shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo‘ladi va o‘smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy munosabatlarning yuzaga kelishi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, Shuningdek, psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bunday paytlarda u o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do‘sti o‘smirga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yo‘ldan urib, yomon ta’­sir kiladimi — bu narsa uning ahlokiy qiyofasi bilan bog‘liq9.

































1.2. O‘smirlik davrida shaxsning shakllanishi

O‘smirlik Yoshi dunyokarash, e’tikod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘smir ulg‘aygan sari unda “Ideal Men”, “Axloqiy Men” va “Haqiqiy Men” singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi.

O‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai -nazari asosida tashkil kila boshlaydi.

O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, ahloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida axlokiy ideallar yuzaga kela boshlaydi10.Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning «men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati, qizikishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi.O‘smir Yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga xaqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki men endi “katta bo‘lib qoldim” deb o‘ylaydi. Shuning uchun xam psixologlar “katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi”ni shaxsning o‘smirlik Yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.O‘smirlik Yoshida psixologik jihatdan eng muhim hislat - voyaga etish yoki kattalik hissining paydo bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-ahloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, ko‘ngil olish jarayonida, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z ifodasini topadi. O‘smirlik Yoshiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo‘llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy etilish o‘smirning bu Yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita sifatida ta’sir o‘tkazadi. Lekin bu bevosita ta’sirdir. Kichik o‘smir psixologik "mexanizmi" sxematik ravishda quyidagicha baholanadi. Endokrin garmonlarini paydo bo‘lishi va ularning markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jinsiy etilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psixologik imkoniyatlarini oshiradi hamda ularning o‘zlarini kattalardek his etish, mustaqil bo‘lish tuyg‘ularini tuyushlari uchun qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanishning bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga to‘la tayyor bo‘lmaydi. Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik maktab Yoshidan o‘rta maktabga o‘tish, ya’ni yakka o‘qituvchi rahbarligidan ko‘pchilik o‘qituvchilar tasarrufiga o‘tish va muloqotdagi o‘zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib borish, mustaqil va amaliy ishlarni ko‘proq bajarish, shu bilan birga bolaning oiladagi o‘rnining ham o‘zgarishidir. Katta o‘smirlarga nisbatan kichik o‘smirlarda paydo bo‘ladigan kelisha olmaslikni ulardagi jinsiy etilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoitlar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-ko‘y, ya’ni ijtimoiy sharoitlar ta’siri bilan bog‘lash zarur11.Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlimni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish, yomon xulq-atvor, o‘jarlik, kamchiliklarini tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin. Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi. O‘smir o‘zining qobiliyati va kuchini to‘g‘ri baholamay turib, murakkab hayotiy masalalarni hal kilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki bo‘lganligi sababli kundalik hayotida qator kamchiliklarga yo‘l ko‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan ko‘ra kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni yoqtirmaydi, har bir tanqid go‘yoki uni mensimaslik belgisi, atayin kilinayotgan ish bo‘lib ko‘rinadi. U mustaqil, o‘zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e’tibor bermaydi. Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini namoyish kilish uchun turli xil salbiy odatlarga o‘rgana boshlaydilar. O‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar o‘qituvchi va ota-onalarni qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun esa kattalardan psixologik bilim va tajribani talab etadi. Bu Yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish uni "katta bo‘lib qolganlik” tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bo‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson deb biladi. Ota-onalar va pedagoglar o‘smirlar bilan alohida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti –harakatlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga solishlari lozim. Ba’zi o‘qituvchilar kichik o‘smirdagi bu o‘zgarishlar - salbiy alomatlar, urushqoqlik, o‘jarliklarining ildizlari qaerdan kelib chiqqani va nima bilan bog‘langanligi, nimaning ta’siri ekanligini bilmay turib, noto‘g‘ri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat holda fojiaga olib kelishi mumkin. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri o‘smirning o‘z mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baholashidir. O‘z imkoniyatlarini ortiqcha baholash bilan kichik o‘smirning psixik imkoniyatlari o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi. Kattalarning irodasiga bo‘ysinmaslik, maktab, sinf faollari va boshqalarning qarorlarini bajarmaslik- bu mazkur sharoitga etarli darajada baho bera olmaslikning yagona reaksiyasi bo‘libgina qolmay, shu bilan birga bu o‘smir, uning shaxsi nuqtai nazaridan o‘zini boshqalarga tanitish yo‘li sifatida ham xizmat qiladi. Bu yo‘l orqali bola o‘z shaxsining ahamiyatini, uning ta’sirchanligini hamda tevarak -atrofdagi kishilarga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini ham ta’kidlab ko‘rsatishga erishmoqchi bo‘ladi. Demak, bu o‘smirni to‘laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy bir hislat ekanligini bilgan holda shu bilan bog‘liq salbiy ishlarni psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, aksincha ularning bunday hatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi kerak.O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq kiziktiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga tarbiyalashga harakat kiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum tenghuquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi12.O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat kilish quroli, Shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi.

O‘z-o‘zini anglash hissini tarkib topishi, o‘ziga nisbatan go‘yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vujudga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan tepmerament tipidagi o‘smirlar uchun muhim xususiyatlardir. O‘smir o‘g‘il-qizlar shaxsining kamol topishida, o‘zini anglash jarayonida o‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bular esa o‘smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo‘la boshlaydi.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalarning ijtimoiy rollari turlicha bo‘lishi to‘g‘risidagi jamiyatda tarkib topgan tushunchalar bilan bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan tasavvurlar o‘smir Yoshidagi shaxsning shakllanish yo‘llarini belgilab beradi. O‘smir o‘z kuchi va quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi.

O‘smirlar ustanovkalari muhim funksional axamiyatga ega bo‘lib, uning ma’lum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorligi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy vazifalari:

1) faoliyat amalga oshirilishining qatiy xarakterini belgilab beradi.

2) o‘smir shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin xolda nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi13.

O‘smirlik davri xususiyatlarini talqin kilgan olimlarning ta’kidlashicha, o‘g‘il va qizlarning bu Yoshda o‘rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar ta’sirida bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o‘sib borish munosabati bilan o‘zlariga ko‘proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy muammolar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar.

Aslida o‘smir Yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psixik rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, psixik muammolarini erkin va to‘g‘ri echishlari uchun yordam berish, ularga psixologik yondashish zarur. Kichik o‘smir Yoshdagilar bilan ishlayotganda o‘quvchining har bir tashqi va ichki reaksiyasi ortida uning o‘z psixologik sabablari borligini bilish muhimdir. Bu "madaniyatsiz", "zararli", "tushunib bo‘lmaydigan” deb nom olgan xatti-harakatlar bir qarashda shunday baholanadi, lekin bu xatti-harakatlar shaxs qaror topishining maxsus bosqichi uchun xos xususiyatdir. Kichik o‘smirda o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘zini anglashni shakllantirishning bir qancha yo‘llari mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada o‘z hurmatini talab qilish, o‘z so‘zini o‘tkazish, o‘zini hurmatli, obro‘li katta Yoshli kishini obraziga o‘xshatib rivojlantirish kuchli bo‘ladi. Ularga biror so‘z yoki tanbeh bilan murojaat qilsangiz, u o‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan chiqa oladigandek ko‘rsatadi. Vaholanki, hali o‘smirni psixologik imkoniyatlari etarli emas yoki rivojlanmagan bo‘lishi mumkin. Kattalar, o‘qituvchilar o‘smirdagi bu jarayonni psixologik nuqtai nazardan baholay olishlari, unga soxta, yuzaki yondashmay, aksincha, unga o‘z imkoniyatlarini o‘stirishga o‘z ichki va tashqi qobiliyatlarini to‘g‘ri rivojlantirishga yo‘naltirishlari muhim xisoblanadi. O‘smirlar uchun o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. U endi salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urg‘u bermagan holda o‘zi xohlagan kishisi bilan do‘st bo‘lish xuquqini talab etadi. O‘smirlar orasida sodiqlik va to‘g‘rilik kabi xislatlar yuqori baholanib, sotqinlik o‘z so‘ziga bevafolik, egoizm, qizg‘anchiqlik qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan urishish, kaltaklash unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolg‘izlatib qo‘yish shaklida bo‘lishi mumkin. O‘smirlar o‘zini hurmat qilishini, o‘z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan tengdoshlariga juda past baho beradilar14.5-6 sinf o‘quvchilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6 sinfdan boshlab, o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, Shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar.

7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy xislatlar paydo bo‘ladi.

Ma’lumki, har bir bolaning munosabatlari aniq ishlarda ko‘rinadi, mustahkamlanadi va qayd etiladi. Bola o‘zidagi mustaqillikni shakllantirish uchun o‘zi mustaqil ishlarni bajarishiga to‘g‘ri keladi.

Lekin, ikkinchi tomondan bir marta mustaqil ish bajarish uchun mavjud shart-sharoitlardan holi bo‘lishga harakat qiladi. Bola boshqa mexanizmlarga ega emas. Bular o‘smirning o‘z kuchiga ichki bir ishonchni mavjud emasligini bildiradi. Bu belgilar mana shu Yoshda kishini mustaqil harakat qilishga qodir bo‘lishga, ayni hollarda tevarak atrofdagi kishilarga qarshi borib, o‘zini haq ekanligini qattiq turib himoya qilishga, boshqa hollarda esa vaziyatni vazminlik bilan qabul qilishga dav’at etadi, Kichik o‘smirda o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘zini anglashni shakllantirishning bir qancha yo‘llari mavjud.

Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada o‘z hurmatini talab qilish, o‘z so‘zini o‘tkazish, o‘zini hurmatli, obro‘li katta Yoshli kishini obraziga o‘xshatib rivojlantirish kuchli bo‘ladi. Ularga biror so‘z yoki tanbeh bilan murojaat qilsangiz,u o‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan chiqa oladigandek ko‘rsatadi. Vaholanki, hali o‘smirni psixologik imkoniyatlari etarli emas yoki rivojlanmagan bo‘lishi mumkin.Kattalar, o‘qituvchilar o‘smirdagi bu jarayonni psixologik nuqtai nazaridan baholay olishlari, unga soxta pedagogik, yuzaki yondashmay, aksincha, unga o‘z imkoniyatlarini o‘stirishga o‘z ichki va tashqi qobiliyatlarini to‘g‘ri rivojlantirishga yo‘naltirishlari muhim hisoblanadi. O‘smir Yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iborat. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki men endi “katta bo‘lib qoldim” deb o‘ylaydi.

Shuning uchun ham psixologlar “katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi” shaxsning o‘smirlik Yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar. Bu Yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish uni "katta bo‘lib qolganlik”' tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bo‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur.

Demak, bu o‘smirni to‘laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bog‘liq salbiy ishlarni psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, aksincha ularning bunday xatti harakatlarini ijobiy baholashga intilishi kerak. O‘smirlarni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir.

U endi salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urg‘u bermagan holda o‘zi xohlagan kishisi bilan do‘st bo‘lish huquqini talab etadi. O‘smirlar orasida sodiqlik va to‘g‘rilik kabi xislatlar yuqori baholanib, sotqinlik o‘z so‘ziga bevafolik, egoizm, qizg‘anchiqlik qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan urishish, kaltaklash unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolg‘izlatib qo‘yish shaklida bo‘lishi mumkin. O‘smirlar o‘zini hurmat qilishini, o‘z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan tengdoshlariga juda past baho beradilar.

O‘smirlarning psixik rivojlanishida yangi xislatlarning paydo bo‘lishi

O‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu yillarda o‘smirlar uchun hayot davomida kerak bo‘ladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko‘rina boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga ko‘tariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy darajasida rivojlanadi. O‘smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga o‘rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.O‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar xos. Maktab dasturini o‘zlashtirish va boshqa ishlar bilan bog‘liq turli masalalarni echishda ko‘zga tashlanadigan o‘smirlarning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bo‘yicha fikrlashga undaydi, o‘smirlarning o‘zlari ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, o‘z majburiyatlariga mas’ullik kabi muammolar muhokamasida infantillik (Yosh bolalarga xos jismoniy va psixologik holat)ni kuzatish mumkin.5-6 sinf o‘quvchilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6 sinfdan boshlab, o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, Shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar.

7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy xislatlarni yuqori baholashadi. O‘smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirishi mumkin.O‘smirlik davrida o‘quv fanlarini turli o‘qituvchilar o‘qitishlari bilan kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari ham shakllana boshlaydi. O‘smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan etkaza oladigan, o‘quvchilarni ajratmaydigan, o‘qituvchilarni ko‘proq hurmat qiladilar va yaxshi ko‘radilar. Ular o‘qituvchi bilan munosabatlariga ham katta z’tibor beradilar.

10-15 Yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar amalga oshadi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo‘la boshlaydi.

O‘smir yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va ularda ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqish o‘sishi tufayli axloqiy hislar o‘smirlarhayotida katta o‘rin oladigan bo‘lib qoladi , ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo‘ladi. SHu Yoshda organizmda fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi sababli emotsional qo‘zg‘alishlarning xarakterida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Hislar kuchli ravishda namoyon bo‘laveradi, lekin ko‘pincha bu hislar barqaror bo‘lmaydi. Boshqa Yoshdagi bolalarga qaraganda o‘smirlarda injiqlik va arazlash ko‘p bo‘ladi15.











II BOB.O‘SMIR SHAXSINING JAMOA BILAN O‘ZARO MUNOSABATI 2.1.O‘smirlarning o‘quv jamoasidagi munosabatlari

Zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotlarda jamoa tushunchasining ikkita ma'nosi qo‘llaniladi. Birinchidan, jamoa deganda har qanday tashkilot, odamlar guruhi tushuniladi (zavodda, sexda, brigadada, kasb-hunar bilim yurtida, o‘quvchilar jamoasida va hokazo); Ikkinchidan, jamoani guruhning yuqori darajadagi rivojlanish darajasi tushuniladi. Bunday holda, biz uning sifat xususiyatlari haqida gapiramiz: maqsadga muvofiqlik, birdamlik, ma'naviy birlik.

Kollektiv” atamasi lotin tilida “birlashgan” sifatida mustahkamlangan. 

Ma'lumki, odamlarni birlashtirishning manbai umumiy maqsadning mavjudligi bo‘lib, unga erishish uchun birgalikdagi faoliyat tashkil etiladi va maqsadlar birligi yangi qarashlar, jamoaviy, axloqiy baholarning shakllanishiga yordam beradi. Biroq, barcha maqsadlar jamoani tavsiflovchi munosabatlarni shakllantirishga bunday ta'sir ko‘rsatmaydi. Hatto haqiqiy aloqalar, ba'zi umumiy maqsadlar va tajribalarning mavjudligi jamoaning asosi emas 16.

O‘z tajribasini tahlil qilish asosida A.S. Makarenkoning ta'kidlashicha, "jamoa - bu ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsadlar va ularga erishish uchun tashkil etilgan birgalikdagi faoliyat bilan birlashtirilgan bolalar guruhi".

Bolalar jamoasi bolalar tomonidan ijobiy ijtimoiy tajriba to‘plashning asosiy bazasi hisoblanadi. Tajriba o‘quvchi tomonidan oilada, maktabdan tashqari tashkillashtirilmagan sharoitda tengdoshlari bilan muloqot qilish, ommaviy axborot vositalari, kitoblarni o‘qish va boshqa manbalar orqali to‘planadi.

Biroq, faqat jamoada uning rivojlanishi maxsus rejalashtirilgan va professional o‘qituvchilar tomonidan boshqariladi. Bola maktabga kirgach, u ko‘plab guruhlarning a'zosi bo‘lib, ulardan ba'zilarini o‘zi tanlaydi (doiralar, bo‘limlar va h.k.) va u ma'lum sabablarga ko‘ra boshqalarga va birinchi navbatda sinf guruhining a'zosiga aylanadi.

Jamiyat va jamoa a'zosi sifatida o‘quvchi muayyan jamoaga xos bo‘lgan munosabatlar qoidalari va normalarini qabul qilishga majbur bo‘ladi. U ularni e'tiborsiz qoldirolmaydi yoki e'tiborsiz qoldirolmaydi, chunki u jamoa tomonidan qabul qilinishini xohlaydi, uni qanoatlantiradigan pozitsiyani egallash va faoliyatini samarali amalga oshirish. Bu umuman talaba o‘rnatilgan yoki paydo bo‘lgan munosabatlarga passiv moslashishi kerak degani emas.

Jamoa jamoaviy xatti-harakatlar tajribasini nafaqat bo‘ysunish, balki faol qarshilik va etakchilik lavozimlarida to‘plash imkoniyatini ochadi. Bu pirovardida fuqarolik, insonparvarlik, tashabbuskorlik, mas’uliyat, ijtimoiy adolat va boshqalar kabi ijtimoiy qimmatli fazilatlarning shakllanishiga olib keladi. o‘zini shaxs sifatida qabul qilish yoki rad etish 17.

Har xil turdagi jamoalar mavjud: har xil turdagi ta'lim muassasalarini o‘qitish va tarbiyalash; talabalarning qiziqishlariga ko‘ra, erkin muloqot qilish; maxsus muassasalarda qayta o‘qitish. Qoida tariqasida, talaba bir vaqtning o‘zida bir nechta jamoalar faoliyatida ishtirok etadi; u ham ma’lum bir guruhdagi talaba, ham kasaba uyushmasi a’zosi, ham to‘garak a’zosi, ham klub a’zosi va hokazo. Tabiiyki, turli jamoalarda talaba turli vazifalarni bajaradi, turli sohalarda ishlaydi, shu orqali hayotiy tajribaga ega bo‘ladi va shaxs sifatida shakllanadi . O‘quv-tarbiyaviy jamoa organlarining ta'lim faoliyatining asosi uning ichki tashkil etilishiga, ya'ni pedagogik maqsadlar uchun maxsus tashkil etilgan kuchli boshlang'ich jamoalarga tayanishdir.Boshlang'ich jamoada jamoatchilik fikri eng jadal shakllanadi; Zero, boshlang‘ich jamoaning har bir a’zosining barcha yaxshi va nomaqbul ishlari o‘rtoqlar ko‘z o‘ngida sodir bo‘ladi va jamoani to‘g‘ri tashkil etish bilan beixtiyor o‘rtoqlarning adekvat javobini, bahosini uyg‘otadi.

Boshlang'ich jamoa umumiy texnik maktab jamoasining unga kiritilgan har bir o‘quvchiga ta'sirining dirijyori hisoblanadi. A.S. Makarenko boshlang'ich guruhlarni o‘quvchi shaxsiga teginish vositasi sifatida ko‘rib chiqdi va bu aloqa zarurligini har tomonlama ta'kidladi. Uni buzish, A.S. Makarenko, asosiy jamoani tor manfaatlar doirasiga yopish, bu jamoani oddiy do‘stona kompaniyaga aylantirish xavfini tug'diradi. Shunday qilib, boshlang’ich jamoalar va umumtexnika maktabi jamoasi o‘zining saylanadigan organlari orqali bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo‘lib, jamoaviy munosabatlar tizimining barqarorligi uchun tashkiliy asos bo‘lib xizmat qiladigan yagona jamoa tuzilmasini tashkil etadi.

Jamoaning o‘quvchi shaxsiga ta'sirining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘quvchi va sinf o‘rtasida shakllanadigan munosabatlar bilan belgilanadi. O‘smirlik ta'lim va tarbiya uchun eng qiyin hisoblanadi. Ko‘rinishidan, bolani kattalarga aylantirish jarayoni juda qiyin, chunki bu psixikani jiddiy qayta qurish va odamlar bilan munosabatlarning eski, o‘rnatilgan shakllarini buzish, hayot va faoliyat sharoitlarini o‘zgartirish bilan bog'liq. Agar yaqin vaqtgacha o‘quvchi o‘qituvchining batafsil tushuntirishlarini bajonidil tinglab kelgan bo‘lsa, endi yangi material bilan tanishishning bunday shakli ko‘pincha o‘quvchida zerikish, loqaydlikni keltirib chiqaradi, uni aniq og‘irlashtiradi. Ilgari o‘quv materialini so‘zma-so‘z takrorlashga moyil bo‘lgan, endi u materialni "o‘z so‘zlari bilan" taqdim etishga intiladi va o‘qituvchi undan formulani, qonunni, ta'rifni aniq takrorlashni talab qilganda e'tiroz bildiradi18. Ilgari kattalarning ko‘rsatmalari va talablarini so‘zsiz qabul qilgan u endi ularga tanlab - tanqidiy munosabatda bo‘ladi, deb hisoblaydi. bu ko‘rsatmalar va talablar etarli darajada asosli va mantiqiy jihatdan ishonchli bo‘lishi kerak (uning nuqtai nazaridan). U o‘z fikriga ega (o‘qituvchining hayrati va g'azabi uchun, ko‘pincha umumiy qabul qilingan narsalarga zid keladi), o‘zining qadr-qimmati haqida bo‘rttirilgan g'oya, tushunarsiz ta'sirchanlik. Bularning barchasi tajribasiz o‘qituvchini asabiylashtiradi, ko‘pincha uni bezovta qiladi, o‘smir talabalar bilan nizolarga olib keladi.Yangi ijtimoiy hodisa - rivojlanishning o‘smirlik davriga birinchilardan bo‘lib e'tiborni jalb qilganlardan biri J.J. Russo. U o‘smirlik davrini "ikkinchi tug'ilish" deb ta'riflagan, bu vaqtda inson "o‘zi hayotda tug'iladi". Shu bilan birga, Russo bu davrning muhim xususiyatini - o‘z-o‘zini bilishning o‘sishini ta'kidladi. N. Levitov o‘smirlik davrini bolaning jamiyatdagi o‘z o‘rniga ega bo‘lgan "marginal" davri deb hisoblaydi; kattalarning ijtimoiy hayotiga kirib kelganida .

O‘zini jamoa, jamiyat a'zosi sifatida idrok etish qobiliyatining etishmasligi, asosan, o‘smirlik davrida aniq ta'sir qiladi, chunki o‘smirlar odatda ba'zi ijtimoiy aloqalarni buzadilar, o‘zini o‘zi tasdiqlashning yangi usullarini shakllantiradilar va boshqalar bilan munosabatlarni yomonlashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadilar. O`smirning o`z-o`zini anglashining o`sishi, tengdoshlar guruhida obro`li o`rinni egallashga intilishi tarbiyachi oldiga murakkab vazifalarni qo`yadi.

U o‘smir qaysi norasmiy mikroguruhlarga (sinfda, maktabdan tashqarida) kiritilganligini, qanday yo‘nalish (ijtimoiy salbiy, ijtimoiy ijobiy) va bu guruh qanday qadriyatlarga ega ekanligini, qaysi guruh o‘smir uchun havola ekanligini bilishi kerak. u boshqaradigan model), guruh rahbari kim va unda u qanday rol o‘ynaydi.19 O‘smirlik davrida muloqotning selektivligi kuchayadi, bu bolalar jamoasining tarkibiy tabaqalanishining kuchayishiga olib keladi va yillar davomida sinfdagi pozitsiyasi noqulay bo‘lgan maktab o‘quvchilari ko‘payib bormoqda. Sinfdagi past maqomning salbiy oqibatlari ko‘pchilikka ma'lum: bu sinfga murojaat qilishning kamayishi, bu asotsial ta'sirlarga yo‘l ochadi, o‘quvchining nevrotiklashishi, shubhalilik, xavotirlik, tajovuzkorlik va hokazolarning paydo bo‘lishi. hisobga olib, o`smirning sinfdagi mavqeini belgilovchi sabablarni aniqlash ilmiy ahamiyatga ega.-amaliy vazifa. Guruhdagi mavqeni tavsiflovchi asosiy parametrlardan biri an'anaviy ravishda mashhurlikning sotsiometrik holati bilan tavsiflanadigan yoqtirishlar va yoqtirmasliklar tarkibidagi shaxsning egallagan o‘rnidir.

Shaxslararo munosabatlarning vositachilik darajasi guruhning rivojlanish darajasiga bog'liq bo‘lib, jamoadagi munosabatlarning hatto sirt qatlamiga xos xususiyatlar tarqoq guruhlardagidan farq qiladi. 

Guruhning rivojlanish darajasining oshishi bilan sotsiometrik tanlov determinantlarining tabiati o‘zgaradi; ta'lim faoliyatini tashkil etish shakli (individual yoki birgalikda taqsimlangan) ekstremal holat toifalariga mansub o‘smirlar sonini belgilaydi; guruhning qadriyat yo‘nalishlari va undagi munosabatlar o‘rtasida yaqin bog‘liqlik mavjud. An'anaga ko‘ra, ijtimoiy psixologiyada simpatiya ko‘rsatkichi sifatida shaxslararo jalb qilish ko‘rsatkichi qo‘llaniladi .Joziba va maqom shaxslararo xususiyatlar sifatida bir-birini yaxshi to‘ldiradi. Shunday qilib, agar maqom o‘rnatilgan shaxsiy va ish munosabatlari vositasida umumlashtirilgan xususiyat bo‘lsa, unda jalb qilish chuqur individuallashtirilgan munosabatni ifodalaydi; Bundan tashqari, sotsiometrik maqom faqat o‘zaro ta'sirga yo‘nalishni ochib beradi, jalb qilish esa chuqur hissiy aloqani nazarda tutadi. Bu xususiyatlar ham umumiy jihatlarga ega. Shaxslararo joziba ko‘pchilik mualliflar tomonidan boshqa shaxsga munosabat sifatida o‘lchanadi, sotsiometrik tanlovlarda guruh a'zolarining bir-biriga munosabati ham namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, ikkala holatda ham biz ijobiy munosabat haqida gapiramiz20.Shunday qilib, sinfdagi o‘smirning holatini aniqlash uchun, birinchidan, birgalikdagi faoliyatning xususiyatlarini, rivojlanish darajasini va ushbu guruhning asosiy me'yorlari va qadriyatlarini hisobga olish kerak, ikkinchidan, sotsiometriyani talabalarning bir-biriga, ayniqsa, sotsiometrik "yulduzlarga" (ko‘p sinfdoshlar tomonidan tanlanganlar) va "izolyatsiya qilingan" (hech kim tanlamaydigan) shaxslararo jalb qilishni aniqlashga qaratilgan metodologiya bilan to‘ldirish21. O‘rtacha maqomga ega o‘smirlar, qutb maqomlari toifalari vakillariga qaraganda, sinfda o‘z munosabatlarini qurishda tengdoshlarining maqomiga yo‘naltirilgan. Guruhdagi hokimiyatning norasmiy tuzilishini va tengdoshlarining shaxsiy xususiyatlarini hissiy va munosabatlar nuqtai nazaridan etarlicha baholagan holda, sinfning birlashishiga eng faol hissa qo‘shishga moyil bo‘lgan o‘rtacha maqomli o‘smirlardir. Shu bilan birga, yuqori va past maqomli maktab o‘quvchilarining o‘zlari o‘rta darajadagi sinfdoshlari bilan guruh ichida identifikatsiyalashga intiladi.

O‘rta darajadagi o‘smirlar sotsiometrik jihatdan faol tanlangan toifadir. Ular barcha maqom toifalaridan (bu ularning guruhdagi doimiy qulay mavqeini ko‘rsatadi) va birinchi navbatda, o‘z qatlamidan saylovlarni oladi. Liderlar ham ko‘p sonli sotsiometrik tanlovlarni oladilar, past maqomli o‘smirlar esa o‘z sinfdoshlari uchun hissiy jihatdan jozibador emas.Sotsiometrik tanlovlarning eng katta o‘zaro munosabati o‘rtacha maqomli talabalar va yetakchilarda ham kuzatiladi .

Chet elliklar, birinchi navbatda, rahbarlar tufayli, rejada kam saylanadilar. Yuqori maqomli talabalar tomonidan past maqomli talabalarga to‘liq e'tibor bermaslik hissiy rad etish, tarqoqlik va ba'zan ikki qutbli toifalar o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida gapiradi22. Shunday qilib, o‘rtada bo‘lganlarning status qatlami guruhdagi autsayderlar uchun hissiy jihatdan toqat qilinadigan pozitsiyani ta'minlaydi, bu o‘rta maqomli talabalar past maqomli talabalarga beradigan ma'lum miqdordagi sotsiometrik imtiyozlar mavjudligini aks ettiradi. Bunday holda, maktab sinfidagi o‘rta darajadagi o‘smirlar o‘quvchilar jamoasining guruh ichidagi hayotida integratsiya qiluvchi rol o‘ynaydi, deb aytishimiz mumkin.

Umuman olganda, sinfdagi hissiy imtiyozlarning haqiqiy manzarasi talabalar guruhining o‘rtacha maqomi a'zolari va etakchilar tomonidan eng munosib tarzda aks ettirilgan. Katta yoshdagi o‘smirlar uchun ochiq turdagi talabalar jamoalarida sinfdoshini baholashda uning maqom xususiyatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Turli maqomdagi o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini va o‘rtacha maqomli o‘quvchilarning guruhlar ichidagi shaxslararo munosabatlar tizimidagi o‘rnini tushunish uchun ham rahbarlar, ham tashqi shaxslar o‘rtacha maqomga ega bo‘lganlar bilan tanishishga ko‘proq tayyor bo‘lishlari muhimdir. qarama-qarshi qutb holati toifasi vakillariga qaraganda. O‘rtacha ijtimoiy-psixologik maqomga ega bo‘lgan talabalar guruhdagi eng faol saylangan va tanlangan toifadagi shaxslarni tashkil qiladi23.

2.2. O‘smirlik davrida shaxslararo munosabat

O‘smirlik davrida etakchi faoliyat - bu o‘qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi - bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir.O‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi. O‘smirlarni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. O‘smirlar do‘stlik,o‘rtoqlik va o‘zaro yordamlashyni hamma narsadan yuqori qo‘yadilar: ana shunday o‘zaro munosabatlar, o‘spirinlik yillarida ham davom eta beradi. Bunda o‘smirlar va ilk Yoshdagi o‘spirin o‘quvchilarniig xulq-atvorlariga do‘stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta kuchlirok ta’sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, o‘smir bolaning etilmaganligi va tajrnbasizlngi uni tevarak-atrofdagi kimsalardan madad axtarishga majbur kiladi. O‘smir bolaga uning istaklarini tushunadngan va ularni amalga oshirishga yordam beradigai do‘st kerak. O‘smirning do‘stlari bilan muloqoti ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.Tengdosh bolalar bilan prinsipial tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o‘smirda alohida qiziqish bo‘ladi. Bu hol o‘smirda yuzaga keladigan shaxsiy kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan muloqotda bo‘lish tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqotning o‘rnini bosa olmaydi.O‘smir uchun tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqot u mustaqil harakat qiladigan o‘zining shaxsiy munosabatlari muhitiga ajraladi. U bunga haqqim bor, deb o‘ylaydi, o‘z huquqlarini himoya qiladi va aynan Shuning uchun ham o‘rtoqlari bilan bo‘lgan munosabatga kattalarning o‘rinsiz, qo‘pol aralashuvi o‘smirning xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi. O‘smirda tengdoshlar bilan muloqot qilish va hamkorlikdagi faoliyatga intilish yaqqol namoyon bo‘ladi. Jamoa hayoti bilan yashash, yaqin o‘rtoqlar, do‘stga ega bo‘lish xohishi – do‘stlar tomonidan qabul qilingan, tan olingan, hurmat qilingan bo‘lishdek kuchli xohishdir. Bu o‘smirning muhim talabiga aylanib boradi24.O‘smir uchun eng yoqimsiz vaziyat – jamoa va o‘rtoqlarining noroziligi, muloqot qilishni istamaslik, eng og‘ir jazo esa – ochiq yoki nooshkor aloqa uzish, gaplashmaslikdir.O‘smirlar do‘stlik kodeksining muhim me’yorlari – sha’nini hurmat qilish, tenglik, sodiqlik, do‘stga yordam, to‘g‘ri so‘zlik. Do‘stlik me’yorlarini egallash bolaning o‘smirlikdagi muhim yutug‘idir. Agarda u bunday do‘stni qarindoshlari vz pedagoglari orasidan topa olmasa, unday paytda u o‘z qizikishlari va intilishlarini ko‘llab-kuvvatlaydigan hamda undagi kamchiliklarni nimalar bilandir to‘ldira oladngan odamni begona katta kishilar yoki o‘z tengqurlari orasidan albatta topadi.O‘z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan munosabat asosida o‘smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o‘taydi. O‘zaro qiziqishlar, atrof dunyoni, bir-birlarini o‘zligini anglashlari va tushunishlari ular uchun juda qimmatlidir. O‘smirlar uchun uy vazifalari, uy ishlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga qaraganda tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimrokdir. O‘z sirlarini bola endi ota-onasiga emas, balki tengdoshiga ko‘proq ishonadi. O‘z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jarayonida o‘z shaxsini erkinlik bilan to‘la namoyon eta oladi. Shaxsiy erkinlikni u katta bo‘lish xuquqi deb anglaydi.O‘smirning o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilgan tajribali o‘qituvchilar sinfda ham o‘quvchilarning ayrim kichik –kichik guruhlari orasida ijobiy ijtimoiy fikrni shakllantirishga katta e’tibor beradilar, o‘smirlarga ularning yaqin do‘stlari orqali ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladilar. Ayrim o‘quvchilarning (ayniqsa o‘qishda o‘rqada qoladigan va “tarbiyasi qiyin” bo‘lgan o‘quvchilarning) sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizimidan “tushib qolishlariga” yo‘l qo‘ymaydilar25.O‘smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti xarakteri ularning katta bo‘lganlik hissi asosida tuzilgan bo‘ladi. Kattalar tomonidan qilinadigan o‘smirlarning haq-huquqlarini cheklashlariga bildirgan qarshilik va e’tirozlariga o‘zlari ham qattik qayg‘uradilar. Ular muloqotda kattalarning qo‘llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o‘smirga kattalarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. O‘smir o‘zida bo‘layotgan o‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar haqida kattalar bilan bo‘lishishga katta ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo‘lib o‘zi boshlamaydi. O‘smir o‘ziga nisbatan Yosh bolalardek qilinadigan muomala-munosabatiga qattiq norozilik bildiradi, o‘smirlar muloqoti nihoyatda o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi.O‘zini kattalardek his qilish tuyg‘usi bolaning shaxsan o‘ziga bo‘lgan munosabatini muayyan darajada o‘zgartiradi va har qanday ichki munosabat singari bu ham tashqi munosabatlarning ta’siri ostida, mazkur shaxsga nisbatan boshqa odamlarning munosabatlari tashkil topadi.Shuning uchun o‘smir o‘zi haqida atrofdagi kishilar qanday fikrga kelishi to‘g‘risida ko‘p o‘ylaydi hamda buning uchun qulay muhit yaratish yo‘llarini faollik bilan izlaydi.Bu shunday muhit bo‘lmog‘i kerakki, undagi munosabatlar endi o‘smirning katta kishi, mustaqil odam bo‘lib qolganligini yaqqol namoyon bo‘lishini istaydi. Har bir o‘smir bilan muloqotda uning shaxsidagi eng yaxshi tomonlarni topa bilish, nimaga qobiliyati bor ekanligini aniqlab olish hamda ularga tayangan holda o‘smirning o‘ziga bo‘lgan ishonchini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash g‘oyat muhimdir. Aks holda tarbiya sohasida katta qiyinchiliklar kelib chiqishi muqarrar. O‘smir o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilarning ko‘z o‘ngida o‘z shaxsining mustaqilligini tasdiqlash, o‘zligini bildirib, o‘z “men” ini anglatish maqsadida u yoki bu darajadagi o‘z imkoniyatidan tashqari ishlarga qo‘l urishga va shu orqali o‘z shaxsining ta’sirini atrofdagi kishilarga o‘tkazishga harakat qilib ko‘rishga majbur bo‘ladi. Basharti, bola o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatishning ilojini topa olmasa, u holda psixologik ehtiyoj tufayli u salbiy ishlarda o‘zini ko‘rsatishi, o‘z kamchiliklarini oshirib ko‘rsatishi, qilish mumkin bo‘lmagan ishlarni atayin qilishi, ko‘proq o‘jarlik va qaysarlik qilishi va boshqa salbiy ishlarni qilishi mumkin.Ushbu Yoshdagi bolalarning o‘z-o‘zini hurmat qilish tuyg‘usini shakllantirish uning shaxsi rivojida muhim hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi bolaning sinf va maktab jamoasi oldidagi obro‘sini ko‘tarish yo‘llarini izlashi turli sohalardagi yutuqlarini ko‘pchilikka ma’lum qilib, xato va kamchiliklarini yo‘qotishda donolik bilan harakat qilishi uning o‘z kuch va imkoniyatlariga ishonishiga zamin yaratadi.Bu bilan o‘smirda shakllanib kelayotgan “katta kishi” bo‘lib qolish tuyg‘usini hurmat qilishini bildiradi, o‘qituvchi o‘smirning zarur munosabatlarini yo‘lga qo‘yishida unga zarur kishiga aylanadi. O‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, serzarda bo‘lib qoladi. O‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar tajribasiz o‘qituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga soladi. Xo‘sh, o‘smirlarning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch nima? O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch - uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni o‘smirning psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish, uning shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish orqali asta-sekin yo‘qotish mumkin.Ota-onalarning o‘smirga shu erkinlikni bermasligi yoki o‘smirning shunday deb bilishi natijasida, ular ota-onaga qarshi pozitsiyada bo‘ladilar. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, ana shu muloqot va munosabat asosida o‘smirlarda g‘urur hissi shakllana boshlaydi. Albatta, g‘urur me’yor va qoidalari kattalardan o‘rganiladi, lekin o‘z g‘ururini qanday himoya qilishi o‘smirlarning alohida nazoratida bo‘ladi26.









Xulosa

O`qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o`smirlik davri psixologiyasini bilish psixologik nuqtai nazaridan ham pеdagogik nuqtai nazaridan ham muximdir. Bu davrni biz yana o`tish davri ham dеb ataymiz.

O`smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o`z ichiga qamrab oladi, ya’ni 5-8 sinf o`quvchilarini. O`smir o`quvchilarni ta’lim va tarbiya bеrish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba’zan еtarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kеlib chiqadi. Kichik va katta yoshdagi maktab o`quvchilariga qaraganda o`smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko`p qiyinchiliklar bo`ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda kiyin kеchadi.

Bu jarayon o`smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo`lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o`zgarishi, hamda hayot sharoitining o`zgarishi bilan bog`liqdir.

Bu davrda o`smirlarning o`z shaxsiy fikrlari paydo bo`ladi. Ularda o`z qadr-qimmatlari haqidagi tushuncha kеngayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo`yicha o`smirlarningpsixik taraqqiyotini xarakatga kеltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug`iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o`rtasidagi dialеktik qarama-qarshiliklarni yuzaga kеlishi va bartaraf qilinishidan iboratdir.

Qarama-qarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik taraqqiyotini, ancha murakkab shakldagi faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi psixologik hususiyatlarini tarkib toptirish orqali bartaraf qilishdan iboratdar.Shundan kеyin psixik taraqqiyotning yuksakroq bosqichiga o`tiladi.sana shu nuqtai nazardan o`smirlik yoshini yanada oydinroq qarab chiqaylik. Bola boshlang`ich sinfni tugatadi. Bolaning o`rta maktabda o`qishga o`tishi uning hayotida burilish davri hisoblanadi.O`smirlarning yangi ijtimoiy jixatdan tashkil topgan va rang-baranglantirilgan faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning tarkib topishiga asos, sharoit va vosita xizmat qiladi.

Shunday qilib, o`smirlarga ta’lim-tarbiya bеrishning yangi to`g`ri usullari hamda vositalarni topishi uchun o`smirlik yoshining o`ziga xos hususiyatlarini jismoniy va psixologik taraqqiyotini yaxshi bilishimiz kеrak. O`smirlik yoshining mazmuniy xaraktеritsikasi vaqt o`tishi bilan o`zgarib boradi, chunki inson xayotining xususan ijtimoiy sharoitlari o`zgaradi.

Psixologiya taraqqiyotining biologik omillariga o`smirlar ongiga og`ir, ba’zan kuchi еtmaydigan bo`lib tushadigan, ularni jiddiy psixik inqirozga va hayajonga soladigan, masalan: o`smirlar uchun xaraktеrli bo`lgan norozilik, qo`pollik, qaysarlik, o`z-o`zini analiz qilishga moyillik sub’еktiv olamga va shunga o`xshash hislatlarni kеltiradigan jinsiy еtilishga nixoyatda katta axamiyat bеradilar.

Xulosa qilib aytganda o‘smirlar o‘rtasida nizolarni kelib chiqishi va ularni
bartaraf etish fikrimizcha ota-ona, maktab, mahalla hamkorligiga bog’liq. Hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, mahallalarda inspektorlar va maktab rahbariyati tomonidan profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar, suhbatlar ko‘proq tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
















Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To‘ychieva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya” T. TDPU, 2009

  2. Dusmuxamedova SH.A., Tillashayxova X.A., Baykunusova G.Yu.,Ziyavitdinova G.Z., «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» - Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2020y.

  3. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11

  4. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.

  5. Mirziyoyev SH.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017.

  6. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. 7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF49-47 sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2017 yil, 7 fevral.

  7. Nazirova L.V., Raximova I.G., Kamalova Z.X., Xolmuratova D.A., «Oбщaя психология» - Uchebnoe posobie T. TGPU. 2020g

  8. Safaev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti”:– T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.

  9. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

  10. Yugay A.X., Mirashirova . N.A. «Oбщaя психология» T. TGPU, 2014.

  11. G’oziev.E.G’. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi) T:O‘qituvchi. 1994 y.

1 Nazirova L.V., Raximova I.G., Kamalova Z.X., Xolmuratova D.A., «Oбщaя психология» - Uchebnoe posobie T. TGPU. 2020g

2 Yugay A.X., Mirashirova . N.A. «Oбщaя психология» T. TGPU, 2014.

3 Dusmuxamedova SH.A., Tillashayxova X.A., BaykunusovaG.Yu.,Ziyavitdinova G.Z., «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» - Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2020y.

4 Nazirova L.V., Raximova I.G., Kamalova Z.X., Xolmuratova D.A., «Oбщaя психология» - Uchebnoe posobie T. TGPU. 2020g

5 Dusmuxamedova SH.A., Tillashayxova X.A., BaykunusovaG.Yu.,Ziyavitdinova G.Z., «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» - Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2020y.

6 Dusmuxamedova SH.A., Tillashayxova X.A., BaykunusovaG.Yu.,Ziyavitdinova G.Z., «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» - Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2020y.

7 Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

8 Dusmuxamedova SH.A., Tillashayxova X.A., BaykunusovaG.Yu.,Ziyavitdinova G.Z., «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» - Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2020y.

9 Dusmuxamedova SH.A., Tillashayxova X.A., BaykunusovaG.Yu.,Ziyavitdinova G.Z., «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» - Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2020y.

10 Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

11 Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

12 Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

13 Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

14 Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

15 Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

16 Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

17 Yugay A.X., Mirashirova . N.A. «Oбщaя психология» T. TGPU, 2014.

18 Dusmuxamedova SH.A., Tillashayxova X.A., BaykunusovaG.Yu.,Ziyavitdinova G.Z., «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» - Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2020y.

19 Dusmuxamedova SH.A., Tillashayxova X.A., BaykunusovaG.Yu.,Ziyavitdinova G.Z., «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» - Darslik Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2020y.

20 Yugay A.X., Mirashirova . N.A. «Oбщaя психология» T. TGPU, 2014.

21 Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

22 Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

23 Safaev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti”:– T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.

24 Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.

25 Safaev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti”:– T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.

26 G’oziev.E.G’. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi) T:O’qituvchi. 1994 y.




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!