СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Актуальность предмета «Основы эстрадно-джазовых музыкальных стилей» в подготовке студентов музыкальных учебных заведений к прохождению практики в качестве педагогов музыки.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Эта статья написана на узбекском языке. Джаз — один из «легких» музыкальных пластов, возникший в США в 19-20 веках в результате слияния африканской и европейской музыкальных культур. Это синтез африканских ритмов и европейской гармонии. Курс «Основы эстрадно-джазовых музыкальных стилей» формирует у студентов осознанное отношение к музыкальным событиям и умение их понимать; играет важную роль в формировании и развитии музыкального мировоззрения и мышления учащихся, направленности и обогащении их музыкально-эстетического вкуса, развитии творческих способностей, подготовке учащихся к практической деятельности педагога музыкальной культуры. Эта статья дает вам краткий обзор основ поп-джазовой музыки.

Просмотр содержимого документа
«Актуальность предмета «Основы эстрадно-джазовых музыкальных стилей» в подготовке студентов музыкальных учебных заведений к прохождению практики в качестве педагогов музыки.»

Oliy ta’lim musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini musiqa ta’limi o‘qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlashda Estrada-Djaz musiqiy uslublar asoslari” fanining dolzarbligi.


Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi

San’atshunoslik fanlari dotsenti

(O’zbekiston)

mail: [email protected]


Annotatsiya: Jaz – bu XIX-XX asrlar mobaynida AQShda, Afrika va yevropa musiqa madaniyatlarining o‘zaro sintezi natijasida yuzaga kelgan “yengil” musiqa qatlamlaridan biridir. Bu afrikacha ritmlar va yevropacha garmoniya sintezidir.

“Estrada-Djaz musiqiy uslublar asoslari” kursi talabalarda musiqiy hodisalarga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash va ularni idrok etish qobiliyatni hosil qilish; talabalarning musiqiy dunyoqarashini, tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish, musiqiy-estetik didini to‘g‘ri yo‘naltirish va boyitish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish, talabalarni musiqa madaniyati o‘qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash kabi muhim o’rin egallaydi.

Ushbu maqolada “Estrada-Djaz musiqiy uslublar asoslari” fanining dolzarbligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.


Kalit so’zlar: jaz, musiqiy unsurlar, ansambl, kompozitor, saksofon, jaz musiqachilari, fleyta, musiqa qatlamlari, folklor, Jaz davri.


Kirish. Dunyo miqyosida jazga nisbatan ulkan qiziqish mavjud. Bunga trubachi Dizzi Gillespining dastlabki ishlari, uning 1940-yillarda jaz an'analarini qoratanli kubaliklar musiqasi bilan sintezlashi yoki pianinochi Deyv Brubek, shuningdek Afrika, Lotin Amerikasi va Uzoq Sharq musiqa merosini o‘zaro qorishtirgan yorqin kompozitor va jaz orkestri yetakchisi Dyuk Ellingtonlar ijodida mashhur bo‘lgan jazning keyinchalik Yapon, yevroosiyo va Yaqin Sharq musiqasi bilan uyg‘unlashtirilgani yaqqol misoldir. Jaz nafaqat g‘arbcha, balki sharqona musiqiy an'analarni ham o‘ziga singdirdi. Jumladan, jaz ustalarining Hindiston musiqiy unsurlarini qo‘llashga urinishlari bunga misol bo‘ladi. Bunday say'harakatlar fleytachi Pol Xornning Tojmahal saroyida magnit tasmasiga muhrlagan yozuvlarida va Oregon guruhi ijodida yoki Jon Makloglin ansamblining Shakti bilan hamkorlikda taqdim etgan “butunjahon musiqasi” oqimida namoyon bo‘ladi. Shakti bilan hamkorlik davomida asosan jazga tayangan J.Makloglin musiqasida gatama va tabla kabi hindcha cholg‘ular qo‘llanila boshlandi, aralash ritmlar yangrab, hindcha raga shakllaridan keng qamrovda foydalanila boshlandi. Chikago Badiiy Ansambli Afrika va jaz shakllarini uyg‘unlashtirgan birinchi pionerlardan edi. Sal keyinroq dunyo saksofonchi va kompozitor Jon Zorn va uning yahudiy musiqa madaniyati xususidagi tadqiqotlari bilan tanishdi. Bu ishlar boshqa jaz musiqachilarining butun boshli guruhlarini ilhomlantirdi. Jahon globallashuvi davom etar ekan, jazda doimo bo‘lajak tadqiqotlarga ozuqa bo‘ladigan va jazni haqiqatan jahon musiqasi ekanligini isbotlaydigan o‘zgacha musiqa madaniyatlarning o‘zaro ta'siri sezilib turadi.

Jaz – bu XIX-XX asrlar mobaynida AQShda, Afrika va yevropa musiqa madaniyatlarining o‘zaro sintezi natijasida yuzaga kelgan “yengil” musiqa qatlamlaridan biridir. Bu afrikacha ritmlar va yevropacha garmoniya sintezidir. Jaz musiqiy tilining o‘ziga xos qirralari – bu improvizatsiya (badiha), sinkopalangan ritmika va ritmik faktura ijrosi usullarining ajoyib majmuasi – svingdir.

Jaz negrityancha folklor: sperichuel, gospel, blyuz, soul, oq qishloq va shahar folklori: kantri, jiga, regtaym, bugi-vugining uyg‘unlashuvi asosida yuzaga kelgan. Jaz negizini afrikalik qullarning Amerika mintaqasiga olib kelingan davrlardan izlash lozim. Asta-sekin nafaqat Afrika xalqlari orasida, balki Amerikaning oq tanli aholisi (ispan, ingliz, fransuz va h.k.) o‘rtasida ham madaniyatlar aralashuvi yuz berdi. Bu aralashuv afroamerikacha madaniyatning, xususan musiqa madaniyatining paydo bo‘lishiga olib keldi. Afrika va yevropa musiqa madaniyatlarining aralashuv jarayoni “protojaz”ning, keyinchalik esa umumiy tushunchadagi jazning paydo bo‘lishiga olib keldi. Musiqiy ijrochilikning yangi uslubi dastlab “Jass” deb, keyin esa “Jasz” tarzida yoziladi va 1918 yildan boshlabgina o‘zining hozirgi “Jazz” ko‘rinishiga ega bo‘ladi.

Jazning beshigi Yangi Orleandir. Shunisi ajablanarliki, ilk bor tan olingan jaz musiqachilari oq tanlilar edi. 1917 yilning 26 fevralida “Viktor” firmasining Nyu-Yorkdagi studiyasida Yangi Orleanlik beshta oq tanli musiqachi o‘zlarining birinchi jaz gramplastinkasini yozadilar. Ushbu audioyozuv paydo bo‘lguniga qadar jaz musiqa folklori bo‘lib qolavergan. Magnit tasma chiqarilgach esa u bir necha hafta ichida butun Amerikani hayratga solgan. Audioyozuv afsonaviy “Original diksilend jaz bend” nomli jaz guruhiga tegishli edi.

Odatda “yangiorleancha jaz” deb, 1900 va 1917-yillar orasida Yangi Orleanda jaz ijro etgan musiqachilar uslubiga aytilgan. Jaz tarixining bu bosqichi “Jaz davri” sifatida mashhur bo‘ldi. Bu tushunchadan Yangi Orlean Uyg‘onish davri namoyandalari tomonidan turli tarixiy davrlarda ijro etilgan musiqani ta'riflash uchun ham foydalaniladi. Ular jazni aynan Yangiorlean maktabi musiqachilari uslubida ijroga etishga intilganlar.

Yangi Orleanning ko‘ngilochar dahasi yopilgach, jaz mintaqa masshtabidagi mintaqaviy folklordan umummilliy musiqiy yo‘nalishga aylana boshlaydi va AQShning shimoliy hamda shamoliy-sharqiy hududlarida keng tarqaladi. Ammo uning keng tarqalishiga faqatgina ko‘ngilochar dahasining yopilgani sabab bo‘lolmasdi. Jazning rivojlanishida Yangi Orlean bilan bir qatorda Sent-Luis, Kanzas-siti va Memfis kabi shaharlar ham katta ahamiyat kasb etdi. Regtaym XIX asrda aynan Memfisda paydo bo‘ladi va shu yerdan 1890-1903 yillar davomida butun Shimoliy Amerika mintaqasiga tarqaladi.

Shuningdek, jiga va regtaym kabi afro-amerika folklori musiqiy oqimlarining o‘tkir mozaikali menestrellari namoyishi barcha joylarga tez tarqalib, jazning kirib kelishiga zamin yaratdi. Jazning ko‘plab mashhurlari o‘z yo‘llarini aynan menestrel shoudan boshlaganlar.

Missisipi bo‘ylab yuqoriga harakatlanuvchi sayr paroxodlarida chaluvchi orkestrlar ham jaz ta'siri natijasida hududni sezilarli ravishda kengaytirdilar. XIX asrning oxirlaridanoq Yangi Orleandan Sent-Polga qatnaydigan kema safarlari ham ommalashib bordi, ularning dastlab dam olish kunlarida, keyinchalik esa butun hafta davomida qatnashi yo‘lga qo‘yildi. 1900 yildan e'tiboran bu sayr kemalarida Yangi Orlean orkestrlari chiqishlar qila boshladilarki, ularning musiqasi passajirlar uchun birmuncha yoqimli ko‘ngil yozish turi bo‘lib qoldi. Shunday orkestrlarning birida Lui Armstrongning bo‘lajak rafiqasi, birinchi jaz pianinochisi – Lil Xardin o‘z faoliyatini boshlagan.

Daryo bo‘ylab reyslarni amalga oshiruvchi paroxodlar to‘xtash joylarida tez-tez to‘xtar edilar, u yerda orkestrlar mahalliy tomoshabinlar uchun konsertlar uyushtirar edilar. Aynan mana shunday konsertlar Biks Beyderbek, Jess Steysi va boshqa ko‘plab jaz musiqachilari uchun ijodiy debyut bo‘lib qoldi. Yana bir mashhur marshrut Missuridan Kanzas-Sitigacha borar edi. Afro-amerika folklorining mustahkam ildizlari tufayli bu shaharda blyuz rasmiylashtirildi, va yangiorleanlik jazchilarning virtuoz ijrosi o‘ziga rivojlanish uchun juda yaxshi muhit topdi. 1920-yillar boshiga kelib Chikago jaz musiqasining rivojlanish markaziga aylandiki, unda AQShning turli joylaridan kelgan ko‘plab musiqachilarning say'harakatlari bilan “chikagocha jaz” nomini olgan uslub yaratildi.

Garchi jaz tarixi XX asr kirib kelishi bilan Yangi Orleanda boshlangan bo‘lsa-da, bu musiqa faqat 1920-yilda, trubachi Lui Armstrong yangi inqilobiy musiqani Chikagoda yaratish uchun Yangi Orleanni tark etgachgina haqiqiy parvoz cho‘qqisiga erishadi. Shundan so‘ng yangiorleanlik jaz ustalarining Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tishlari jaz musiqachilarining Janubdan Shimol tomon doimiy harakati tendensiyasini belgilab berdi. Chikago Yangi Orlean musiqasini qabul qildi va uning bosimini L.Armstrongning mashhur “Qaynoq beshlik” va “Qaynoq yettilik” kabi ansambllari, shuningdek, Eddi Kondon va Jimmi Mak Partlanddek ustalarning jamoalari orqali yanada qaynoqroq, kuchliroq etdi. Eddi Kondon va Jimmi Mak Partlandlarning jamoalari esa Yangi Orlean maktabini qayta tiklashga yordam berdi. Yangi Orlean mumtoz jaz uslubi sarhadlarini kengaytiruvchi boshqa mashhur chikagoliklar qatoriga pianinochi Art Xodes, barabanchi Barrett Dims va klarnetchi Benni Gudmanlarni kiritish mumkin. Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tgan L.Armstrong va B.Gudman u yerda jahonning haqiqiy jaz poytaxtini yaratdilar. Bu paytda Chikago asosiy ovoz yozish markazi bo‘lib qoldi, NyuYork esa “Minton Pleyxaus”, “Kotton Klab”, “Savoy” va “Villij Venjuard” kabi afsonaviy klublar, shuningdek, “Karnegi Xoll”dek arenaga ega bo‘lib jazning bosh konsert maydoniga aylandi.

Sving. Big-bendning joriy bo‘lgan mumtoz shakli jazda 1920-yilning boshlaridan ma'lum. Bu shakl o‘z dolzarbligini 1940-yilning oxirlariga qadar saqlab qolgan. Big-bend yo‘liga kirgan musiqachilar qoidaga ko‘ra o‘smirlik yoshidanoq mashg‘ulotlarda yoki notaga qarab o‘rganilgan to‘laqonli partiyalarni ijro etganlar. Mis va yog‘och damli cholg‘ular seksiyasi orqali puxta orkestrlash boy jaz garmoniyasini yuzaga keltiradi va “big-bend tovushlari“ sifatida mashhur bo‘lgan olamshumul qattiq jarangni yaratib beradi. Big-bend o‘z davrining ommaviy musiqasi bo‘lib, 1930 yilning o‘rtalarida o‘zining shuhrat cho‘qqisiga erishadi. Bu musiqa sving raqslari bilan yoppasiga shug‘ullanishda asosiy manbaga aylandi. Jaz-orkestrlarining mashhur rahbarlari: Dyuk Ellington, Benni Gudman, Arti Shou, Glen Miller, Charli Barnet va b. nafaqat radio orqali, balki barcha joylardagi raqs zallarida yangragan asl xit-parad kuylarini yaratib, ularga sayqal berib (aranjirovkalab), gramplastinkalarga yozdirdilar. Ko‘plab big-bendchilar o‘z badihachi-yakkaxon (improvizator-solist)larini “orkestrlar jangiga” aylanadigan konsertlarda namoyish etardilar. Garchi big-bendlarning mashhurligi Ikkinchi jahon urushidan keyin sezilarli darajada pasaygan bo‘lsa-da, D.Ellington, V.German, S.Kenton va boshqa ko‘plab jaz rahbarlari boshchiligidagi orkestrlar tez-tez gastrollar uyushtirib, keyingi bir necha o‘n yilliklar davomida o‘zlarining gramplastinkalarini chiqarishga muvaffaq bo‘ldilar. Ularning musiqasi asta-sekin yangi oqim va yo‘nalishlar ta'sirida o‘zgarib bordi. B.Raybern, S.Ra, O.Nelson, Ch.Mingus va b. rahbarligidagi ansambllar garmoniya, cholg‘ulashtirish va improvizatsion erkinlik borasida yangi tushunchalarni tadqiq etdilar. Bugun big-bendlar jaz hosil qilishdagi standart bo‘lib qoldi. “Linkoln Sentr” nomli Jaz Orkestri, “Karnegi Xoll”dek Jaz Orkestri va Chikago Jaz Ansambli toifasidagi repertuarli orkestrlar big-bendcha kompozitsiyalarning original aranjementlarini muntazam ravishda ijro etadilar.

Bi-bop – XX asrning 40-yillarida joriy etilgan jaz uslubi bo‘lib, u o‘zining tezkor sur'ati va kuy o‘rniga garmoniya o‘yinlariga asoslangan murakkab badiha (improvizatsiya)lari bilan ta'riflanadi. Bi-bop jazda inqilob yasadi. Bu uslub asoschilari: saksofonchi Charli Parker, trubachi Dizzi Gillespi, pianinochilar Bad Pauell va Telonius Monk, barabanchi Maks Rouchlardir. Bi-bop bosqichi jazdagi urg‘uning sezilarli ravishdagi aralashuvi bo‘lib qoldi: bu ommaviy raqsbop musiqadan birmuncha yuksak, badiiy intellektual musiqa tomon yurishdir, biroq u musiqachilar uchun “kamroq ommalashgan musiqa” edi. Bop-musiqachilar kuy o‘rniga haddan ziyod ko‘p miqdordagi akkordlarga asoslangan murakkab badiha

(improvizatsiya)larni afzal ko‘rishgan. Bop tezkor, keskin, “tinglovchiga nisbatan shafqatsiz” edi.

Yangi uslubning asosiy farqi murakkablashtirilgan va o‘zgacha tamoyillar asosida qurilgan garmoniya edi. Ijroning o‘ta tezkor sur'ati Ch.Parker va D.Gillespi tomonidan professional bo‘lmaganlarning ular yaratgan yangi improvizatsiyalarga “tishi o‘tmasligi” uchun kiritilgan. Musiqiy ibora (fraza)lar tuzilishining svingga nisbatan murakkabligi avvalo, boshlang‘ich hissadadir. Bi-bopdagi improvizatsion fraza sinkopalangan hissadan, yoki ikkinchi hissadan boshlanishi mumkin; ko‘pincha fraza mashhur mavzu yoki garmonik panjaradan ustun kelgan. Bularning barchasidan tashqari bibopchilarning asosiy o‘ziga xos qirrasi xulqatvorlarining epataj hatti-harakati edi. D.Gillespining bukilgan “Dizzi” nomli trubasi, Ch.Parkerning hulqi, T.Monkning bema'ni shlyapalari va h.k. Pirovardida, bi-bop o‘tkazgan o‘sha inqilob boy bo‘lib chiqdi. O‘z ijodining dastlabki bosqichida E.Garner, O.Piterson, R.Braun, J.Shiring va boshqa ko‘plab musiqachilar boper sanalganlar. Bi-bop asoschilaridan faqat D.Gillespi taqdiri omadli bo‘ldi. U o‘z eksperimentlarini davom ettirib, kubano uslubiga asos soldi, lotincha jazni ommalashtirib, Lotinamerika jazining yulduzlari – A.Sandoval, P.De.Rivero, Ch.Valdes va boshqa ko‘plab musiqachilarni jahonga tanitdi.

Bi-bop uslubi musiqachidan virtuozlilik va murakkab garmoniyalarni bilishni talab etgan. Jaz sozandalari tez shuhrat qozonganlar. Ular yuqori murakkablikka ega bo‘lgan akkordlarning o‘zgarishiga mos ravishda “zigzag” va “aylanmalar”ni yakunlab beruvchi kuylarni yaratganlar. Yakkanavozlar o‘z improvizatsiyalarida birmuncha keskin jarangli ekzotik musiqani yaratgan holda tonallik jihatdan dissonans (noohangdosh) notalarni qo‘llaganlar. Bi-bop kvartet va kvintet toifasidagi kichik formatli guruhlar ijrosiga ko‘proq mos keladi, chunki ular ham iqtisodiy, ham artistizm sabablari nuqtai nazaridan mukammal bo‘lib chiqdi. Musiqa, tinglovchi-tomoshabinlar har qanday xitga raqsga tushish uchun emas, balki kashfiyotchi yakkaxonlarni tinglash uchun keladigan shahar jaz-klublarida gullab-yashnadi. Bi-bop musiqachilari jazni badiiy shaklga aylantirdilar, bu shakl nafaqat tuyg‘ularga, balki intellektga ham murojaat etdi.

Bi-bop erasi bilan birga yangi jaz yulduzlari ham san'at olamiga kirib keldilar, ular orasida Klifford Braun, Freddi Xabbard va Maylz Devis kabi trubachilar, Dekster Gordon, Art Pepper, Jonni Griffin, Pepper Adams, Sonni Stitt va Jon Koltreyn singari saksofonchilar va Jey Jey Jonsondek trombonchi bor edi.

1950- va 1960-yillarda bi-bop bir nechta mutatsiyadan o‘tdiki, ular orasida xard-bop, sovuq jaz va soul-jaz kabi uslublar bor edi. Bir yoki bir nechta (odatda uchtadan oshmagan) damli cholg‘ular, fortepiano, kontrabas va barabanlardan iborat kichik musiqiy guruh (kombo) formati hozirgi kunga qadar standart jaz tarkibi bo‘lib qolmoqda.

Jazning butun tarixi davomida doimiy ravishdagi bosqichlar almashinuvi yuz beradiki, ular o‘z ifoda vositalari bilan jazning birmuncha qaynoq (xot) yoki birqadar sovuq (kul) tomonlariga tortilar edi. 1940yillarning oxiriga kelib bi-bopcha portlash yangi davr bilan almashinadi, u hatto o‘z nomlanishi bilan ham dekoratsiyalar almashinuviga mos tushgan. Mohiyatan kul (sovuq) uslubi musiqiy energetikaning sovushiga faqat rasmiyatchilik yuzasidan mos kelgan. Aslida esa faol ifoda vositalarining o‘zgarini bu energetikani yangi shaklga o‘tkazdi, u tashqi effekt holatidan teran tarkibiy effekt holatiga o‘tdi. Bi-bopda musiqiy ijrochilik shakli birmuncha murakkab ritmo-garmonik sharoitlarda amalga oshiriladigan yakkaxon improvizatsiyalarga asoslangan. 1940-yillar oxiriga mansub musiqachilarning yangi avlodini yagona murakkab sayqal (aranjirovka)lar va ular asosidagi jamoaviy improvizatsiyaga asoslangan o‘zgacha yondashuv qiziqtirib qoldi.

Kul alomatlarini 1945-yillardayoq M.Deyvis ijro uslubida kuzatish mumkin edi, o‘shanda u Ch.Parker ansamblining qatnashchisi edi. D.Gillespining asabiy va virtuozona ijrosiga taqlid qilishning ilojsizligi o‘z tilini izlab topishiga sabab bo‘ldi. D.Gillespi orkestrida paydo bo‘lgan yosh pianinochi Jon Lyuis ijrosida ham shunga o‘xshash tendensiyalar seziladi. Shu kabi izlanishlar pianinochi Ted Dameron tomonidan uning orkestr va kichik tarkiblar uchun ishlagan aranjirovkalarida qo‘llanilgan edi. Sovuq konsepsiya yanada oldinroq, yangi uslub paydo bo‘lishidan o‘n yil avval tenor–saksofonchi Lester Yangning “salqin” sololarida amal oshirilgan edi. Kulning nazariy asoslari pianinochi Lenni Tristano tomonidan ishlab chiqilgan. Kuy yo‘llarini tuzishda kashfiyotchidek bo‘lgan L.Tristano erkinlikning alohida saviyasida improvizatsiya qilar edi.

Yangi musiqada diqqat-e'tibor yangi ifoda vositalarini izlab topishga qaratilgan: bu tembrlar mutanosibligi, turli cholg‘ular muvozanati, iboralar xarakteri, musiqiy faktura umumiy harakatining yagonaligidir. Orkestrlash sohasiga akademik musiqa ishlanmalari jalb etildi. Orkestr tarkibiga an'anaviy jazga xos bo‘lmagan valtorna, fleyta, rojok, tuba singari cholg‘ular kiritildi. Bunday ansambllar tarkibida musiqachilar soni 7-9 tagacha yetdi, shunga o‘xshash kombinatsiyalar esa kombo nomini oldi. Ushbu tarkiblar tomonidan ijro etiladigan musiqa tabiiyki, ko‘ngilochar emas, balki ko‘proq filarmonik xarakter kasb etar edi. Shu tariqa, jazning popmusiqa muhitidan, ko‘ngilocharlikdan uzoqlashuv jarayoni davom etardi.

Shu kabi dastlabki ansambllardan biri 1949 yilda M.Deyvis nomi ostida “Kapitol” kompaniyasining studiyasida musiqalar yozish uchun yig‘ilgan edi. Bu ansambl “Kulning tug‘ilishi” nomli tarixiy magnit tasmalarini yozdi. Yangi musiqaning sezilarli effekti tarkibning bosh qatnashchisi – pianinochi, aranjirovkachi va bo‘lajak yetakchi Gil Evans tomonidan ishlangan o‘ziga xos aranjirovkalar tufayli edi, bu musiqachi fransuz impressionistlarining kuchli ta'siri ostida ijod qildi.

1950-yillarda kul uslubining tarkiblari asta-sekin kvartet va kvintet darajasida kamayib bordi va yorqin ifodalangan individual uslublar yo‘nalishida taqsimlandi. Ularda aranjirovkachining roli ahamiyatli bo‘lib qolaverdi, garmonik vositalar takomillashtirilib, polifoniyadan keng qamrovda foydalanila boshlandi. Sving, ijrochilik xususiyati sifatida improvizatsiyaning alohida yengilligida va ijro erkinligida o‘z ifodasini topdi. yengil, to‘xtovsiz harakatga alohida e'tibor berilar edi. Cholg‘ularning jarangi vibratsiya ishlatilmagan sof musiqiy tovush bilan tavsiflangan. Kul uchun yorqin mavzuiylik (tematizm) va kamyob ladlardan foydalanish xos edi. Kulning yetakchi musiqachilari (Mayls Deyvis orkestrining qatnashchilaridan tashqari) – saksofonchilar Pol Dezmond, Sten Gets, trubachilar Chet Beyker, Shorti Rodjers, trombonchi Bob Brukmayer, pianinochilar Lenni Tristano, Deyv Brubek, zarbli cholg‘ular ijrochilaridan Jo Morello, Shelli Mann va boshqalar edilar.

Bi-bopning yuzaga kelishi bilan parallel ravishda jaz muhitida yana bir yangi uslub – progressiv jaz rivojlanadi. Mazkur uslubning asosiy farqi big-bendlarning qotib qolgan qolipidan va 1920 yillarda Pol Uaytmen tomonidan kiritilgan simfojaz kabi eskirgan usullardan chiqib ketishga intilish edi. Bopperlardan farqli o‘laroq progressiv ijodkorlari o‘sha davrda joriy bo‘lgan jaz an'analarini keskin tarzda rad etishga intilmaganlar. Ular ko‘proq kompozitsiya amaliyotiga yevropacha simfonizmning tonallik va garmoniya sohasidagi so‘nggi yutuqlarini kiritgan holda, sving fraza-modellarini yangilash va takomillashtirishga intilganlar. “Progressiv” konsepsiyasining rivojiga pianinochi va dirijyor Sten Kenton katta hissa qo‘shdi. 1940-yillar boshiga mansub progressiv jaz aynan uning dastlabki ishlaridan boshlanadi. S.Kenton rahbarligidagi birinchi orkestr tomonidan ijro etilgan musiqa S.Raxmaninovga yaqin bo‘lsa, uning kompozitsiyasi esa kechki romantizm qirralarini o‘zida mujassam etgan edi. Biroq u, janr jihatdan simfojazga yaqin edi. Keyinchalik, uning mashhur albomlar seriyasi yaratilgan yillarda jaz unsurlari (elementlari) kolorit yaratuvchi rolini o‘ynamay, balki mohir aranjirovkachi Pit Rugolo sabab musiqiy materialga silliq singdirilib yuborilardi. Yangi simfonik jarang, saksofonlar ijrosidagi stakkatoning spetsifik texnikasi, dadil garmoniyalar, politonallik va jazning ritmik pulsatsiyasi bilan bir qatorda, tez-tez uchraydigan sekundalar va bloklar – bu musiqaning farqli qirralari mana shular edi. S.Kenton shu musiqasi orqali yevropa simfonik madaniyati va bibop unsurlari uchun umumiy platforma topgan novator sifatida jaz tarixida uzoq yillar qoldi. Bu umumiylik ayniqsa yakkanavozlar orkestrning boshqa ovozlariga go‘yoki qarshi chiqayotgandek bo‘lgan pesalarda seziladi.

S.Kenton o‘z kompozitsiyalarida barabanchi Shelli Meyn, kontrabaschi Ed Safranskiy, trombonchi Key Uinding kabi yakkanavozlar, o‘sha davrning eng mohir vokal ijrochisi Jun Kristining improvizatsion partiyalariga katta e'tibor berar edi. S.Kenton o‘zi tanlagan janrga butun ijodiy faoliyati davomida sodiq qoldi. S.Kentondan tashqari B.Raybern va G.Evans kabi ajoyib aranjirovkachi va cholg‘uchilar ham progressiv-jaz uslubining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

1950-yillar oxiridan boshlab trubachi M.Devis va tenor-saksofonchi D.Koltreyn kuy va improvizatsiyaga yondashuv sohasida bevosita mumtoz musiqadan o‘zlashtirilgan ladlar qiyofasida novatorlik eksperimentlarini amalga oshirdilar. Bu musiqachilar kuyni shakllantirish uchun akkordlar o‘rniga kichik miqdordagi spetsifik ladlardan foydalana boshladilar. Natijada barqaror garmoniya va deyarli butkul kuyga qurilgan jaz shakli yuzaga keldi. Ba'zan yakkanavozlar berilgan tonallikdan chetlashib tavakkal qilar edilar, biroq aynan shu harakat taranglik va erkinlikni keskin his etish imkonini yaratar edi. Vazmindan tezkorgacha bo‘lgan sur'atlar qo‘llanilar, ammo musiqa o‘zgaruvchan, beqaror xarakterga ega bo‘lib, uni shoshmaslik hissi ajratib turar edi. Birmuncha ekzotik effekt yaratish uchun ijrochilar o‘z musiqalariga “modal” asos sifatida ba'zan noovro‘pacha gammalardan (masalan, hindcha, arabcha, afrikacha) foydalanganlar. Modal jazning noaniq tonal markazi jaz tarixining keyingi bosqichida faoliyat yurita boshlagan eksperimentchilar, xususan tenor-saksofonchi Faro Sandersning fri-jaz parvozlari uchun boshlang‘ich poydevor bo‘lib qoldi. Modal jaz uslubining mumtoz namunalari – bu M.Devisning “Muhim davrlar”, “Shunday ekan” va “Flamenko eskizlari” nomli repertuaridagi pesalardir.

Soul-jaz. Xardbopning yaqin qarindoshi bo‘lgan soul jaz 1950-yillarning o‘rtalarida shakllanib, 1970-yillarda ham o‘z faoliyatini davom ettirgan kichik, asosan organ cholg‘usi jo‘rligida ijro etuvchi mini-tarkiblar tomonidan namoyish etilgan. Blyuz va gospelga asoslangan soul-jaz musiqasi afro-amerikacha ruh bilan yo‘g‘rilgan. Buyuk organchilarning ko‘pchiligi sahnaga aynan soul-jaz davrida kirib kelgan. Bular: Jimmi Makrgriff, Charlz Erland, Les Mak-Keyn va b. Ularning barchasi 1960-yillarda trio tarkibida kichik binolarda tez-tez chiqishlar qilib, o‘z guruhlarini ham tashkil etgan edilar. Tenor-saksofon bunday ansambllarda ham gospellardagi yetakchi ovoziga monand holda, o‘z ovozini umumiy masalliqqa qo‘shib, muhim o‘rniga ega bo‘ldi. Jin Emmons, Eddi Xarris, Stenli Terrentayn, Charlz Mingus, shuningdek, Rey Charlz ansamblining a'zolari ham 1950- va 1960-yillarda soul-jaz uslubining namoyandalari sifatida baholanadilar. Soul-jazning shiddat bilan buralgan kuylari ostinatoli bas figuralari va takrorlanuvchi ritmik chizmalar sabab, keng tinglovchilar ommasi tinglaydigan holga keldi. Soul-jazni hozirgi kunda ma'lum bo‘lgan “soul musiqa” bilan chalkashtirmaslik kerak. Qisman gospelning ta'siri bo‘lishiga qaramasdan, soul jaz bibopdan unib chiqdi, soul-musiqa ildizlari esa bevosita 1960-yillar boshida mashhur bo‘lgan end-blyuz ritmiga borib taqaladi.

Fri-jaz. Ehtimol jaz tarixidagi eng bahsli harakat erkin jazning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgandir. Zero, erkin jaz unsurlari jaz musiqiy strukturasi tashqarisida atamaning o‘zi paydo bo‘lmasdan avval mavjud bo‘lib, Koulmen Xokins, Pi Vi Rassell va Lenni Tristano kabi novatorlarning “eksperimentlari”da birmuncha original ko‘rinish oladi, ammo 1950-yillar oxiriga kelibgina saksofonchi Ornett Koulman va pianinochi Sesil Teylorlarning say'-harakatlari bilan bu yo‘nalish mustaqil uslub sifatida rasmiylashtiriladi.

Tasavvurlar va katta musiqiylik orqali kiritilgan yangiliklar orasida akkordlar ketma-ketligidan voz kechish ham bor edi, bu esa musiqaga har qanday yo‘nalishda harakatlanish imkonini berardi. Boshqa fundamental o‘zgarish ritmika sohasida kuzatildi, unda “sving” yo qayta ko‘rilgan, yoki bo‘lmasa umuman e'tiborsiz qoldirilgan edi. Boshqacha qilib aytganda, pulsatsiya, metr va gruv endilikda jazni o‘qishdagi ahamiyatli unsur hisoblanmas edi. Yana bir hal qiluvchi komponent atonallik bilan bog‘liq edi. Endilikda musiqiy ibora odatiy tonal tizimda qurilmas edi. Chinqiroq notalar bu yangi tovush olamini to‘liq egalladi. Erkin jaz bugungi kunda ham ifodaning hayotbaxsh shakli sifatida yashashda davom etmoqda, va hozirda u avvalgidek bahs-munozarali uslub sanalmaydi.

Fyujn. Jazning nafaqat pop-musiqa va 1960-yillar roki, balki soul, fank va end blyuz ritmi kabi sohalar musiqasining o‘zaro qo‘shilishidan boshlangan fyujn (qorishma), musiqiy uslub sifatida 1960-yillarning oxirida dastlab jaz-rok nomi ostila paydo bo‘ldi. Guruhlar, qolaversa gitarachi Larri Koriell, barabanchi Toni Uilyams, shuningdek, M.Devis kabi alohida faoliyat yurituvchi musiqachilar amaliyotga elektronika, rok-ritmlar va kengaytirilgan treklar kabi unsurlarni kiritgan holda, jaz “o‘rnashgan” narsalarning katta qismini yo‘qqa chiqarib, shu oqim boshida bordilar. Ular jazning boshidan, aynan svingcha bitdan boshladilar va blyuz musiqasiga asoslandilar. Blyuz musiqasining repertuari ham blyuz materialini, ham ommaviy standartlarni o‘z ichiga olgan edi.

Fyujn atamasi amaliyotga “Maxavishnu Orkestri”, “Ob-havo“ kabi rangbarang orkestrlar va Chik Korianing “Abadiy qaytish” nomli ansambli tashkil etilgandan so‘ng tez orada kirib keldi. Ushbu ansambllar musiqasida doimo improvizatsiya va ohangdorlikka urg‘u saqlanib qoldi, bu esa ularning amaliyotini jaz tarixi bilan bog‘ladi. 1970-yillar o‘rtalarida fyujn yengil tinglash uchun musiqa variantiga aylandi. Kompozitsion jihatdan u sezilarli ravishda oddiylashdi. 1980-yillarda jaz ijro etuvchi musiqachilar fyujn musiqiy shaklini asl ifoda vositasiga aylantirdilar. Barabanchi Ronald Shannon Jekson, gitarachilar Pat Meteni, Jon Skofild, shuningdek, saksofonchi va trubachi Ornett Koulmen kabi jaz ustalari ushbu musiqani turli o‘lchamlarda ijodiy o‘zlashtirdilar.

Xulosa. Ushbu “Estrada-Djaz musiqiy uslublar asoslari” fanining asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilab olindi:

- talabalarda musiqiy hodisalarga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash va ularni idrok etish qobuliyatni hosil qilish;

- talabalarning musiqiy dunyoqarashini, tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish, musiqiy-badiiy didini yo‘naltirish va boyitish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish;

“Estrada-Djaz musiqiy uslublar asoslari” fani bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar:

  • musiqa haqida tushunchaga ega bo`lishi;

  • musiqaning jaz musiqasi bilan aloqadorligi;

  • musiqa tarixi;

  • musiqa nazariyasi;

  • asarlarni mustaqil tahlil qila olishi haqida bilim, ko‘nikmaga va malakasiga ega bo‘lishi kerak.



Foydalangan adabiyotlar ro’yxati


  1. B. Zeydler. Vokalizi dlya mujskix i jenskix golosov. M., 2002. 3. M.Burxanov. Liricheskie pesni i romansы. T., 1961.

  2. F. Abt. Vokalizi, M., 1968.

  3. R. Pauls. Estradnыe pesni v soprovojdenii fortepiano. M., 1982. 5. «World of hits» - istoriya populyarnoy muzыki. Vыp. 1-3, M., «Megaservis», 1997.

  4. Sh.M. Mirziyoyеv. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. T.: “O’zbеkistоn”, 2017.

  5. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining “Mаdаniyat vа sаn’аt sоhаsini yanаdа rivоjlаntirish vа tаkоmillаshtirishgа dоir chоrа-tаdbirlаr to’g’risidа” gi Qаrоri. 2017 yil 31 mаy №PQ-3022 . “Хаlq so’zi” gаzеtаsi 1 iyun, 2017

  6. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvrаldаgi “O’zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo’yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to’g’risidа”gi PF-4947-sоn Fаrmоni.

  7. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining “2010-2020 yillаrdа nоmоddiy mаdаniy mеrоs оb’еktlаrini muhоfаzа qilish, аsrаsh, tаrg’ib qilish vа ulаrdаn fоydаlаnish Dаvlаt dаsturi”ni tаsdiqlаsh to’g’risidа 222 -sоnli Qаrоri. 2010 yil оktyabr.

  8. http://dic.academic.ru/dic.nsf/enc_music/7749/Uzbekskaya

  9. http://mytashkent.uz/2014/10/17/istoriya-uzbekskoj-muzyki/

  10. http://turkology.tk/library/354

  11. http://www.cultinfo.ru




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!