СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Advance for soft robotics manufacturing, design

Категория: Технология

Нажмите, чтобы узнать подробности

Advance for soft robotics manufacturing, design

Просмотр содержимого документа
«Advance for soft robotics manufacturing, design»

Shaxsning emotsional soxasining yosh va jins xususiyatlari.



Reja:



Kirish



1. Hissiyot va emotsiya xaqida tushuncha

2. Hissiy holatlarning ifodalanishi

3. Emotsional his-kechinmalarning xulq-atvorga nisbatan ikkilamchi ta’siri



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar





























































Kirish.



Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish dolzarblik kasb etmoqda. Ilm-fanni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909- son qarori qabul qilindi. Pedagogika va psixologiya iod bilimlarni egallash insonni o‘ziga xos xususiyatlar haqidagi tasavvurlarni yaxlit shakllantirish, mustaqil fikrlash va shaxsiy hatti-harakatlari oqibatlarini oldindan sezish, mustaqil o‘qish va o‘z imkoniyatlarini aynan baholash, maqsadga erishish va hayotiy qiyinchiliklarni bartaraf etishning maqbul yo‘llarini mustaqil topish bo‘yicha pedagogik va psixologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Prezident Sh.M.Mirziyoev ham “Oldimizga yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi”, deya jamiyatimiz hayotida ro‘y berayotgan barcha o‘zgarishlarning pedagogik-psixologik mohiyatini bo‘lg‘usi mutaxassislar tomonidan o‘zlashtirilishiga ko‘mak beruvchi ilmiy manbalarning ahamiyatini yana bir marotaba ta’kidlab o‘tdi. Psixologiya asosan shaxs va uning indvidual xususiyatlarini o‘rganadigan bo‘lsa, uning emotsional irodaviy holatlari ham psixologiyaning asosiy tayanch mavzusi hisoblanadi.

1. Hissiyot tushunchasiga adabiyotlarda turlicha ta’riflar uchraydi jumladan; A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida hissiyot – kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik munosabatdir. M.Vohidovning «Bolalar psixologiyasi» o‘quv qo‘llanmasida hissiyot deb – tashqi olamdagi narsa va hodisalarga bo‘lgan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishga aytiladi. Q.Turg‘unov muallifligidagi lug‘atda hissiyot-shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida kelib chiqadigan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardan iborat. Professor E.G‘oziyev muallifligidagi «Umumiy psixologiya» darsligida hissiyot odamda, tirik mavjudotlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi obyektlarga nisbatan uning munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi. Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi. Odamning hissiyotlari uning mazmuni hamda shakllari, ijtimoiy- tarixiy sharoit bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davrida odamning ehtiyojlari o‘zgarib boradi. Natijada odamda borgan sari yangi, yangi hissiyotlar, chunonchi, ma’naviy, intellektual va estetik hissiyotlar paydo bo‘ladi.

2. Hissiy holatlarning ifodalanishi birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo‘l, oyoq harakatlari), ikkinchidan organizmdagi turli hodisalarni, ya’ni ichki a’zolar faoliyatining va holatining o‘zgarishida, uchinchidan tabiatda, ya’ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o‘zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘z tarkibiga oladi. His-tuyg‘ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo-ishora, vajohat va qaddu-qomatning o‘zgarishi, ayiruv, tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (so‘lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o‘zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning faol o‘zgarishlari, «ovoz mimikasi» va gaplar tarkibining sintaksis o‘zgarishi, «tutilmasdan gapirish», yoki alohida «silliqlik» hamda «ifodalilik»ning yuzaga kelishi nihoyat hissiyot o‘zining to‘la qisman ifodasini topadigan xattiharakatlarga taalluqlidir. Kishining emotsional kechinmalari vaqtida nutqining tezligi o‘zgaradi. Ko‘pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ahamiyati o‘zgaradi. O‘tkazilgan tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, g‘amginlik va ma’yuslik hislarini ifodalovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, so‘zlashgan kishining tovushi ham bo‘linib-bo‘linib chiqadi.

Hissiyot kechinmalari turli holatlarda turlicha tezlik bilan paydo bo‘ladi. Ba’zan hissiyot to‘satdan, darhol paydo bo‘ladi. Masalan, kishi birdan xursand bo‘lib ketadi, darhol g‘azabga keladi, achchiqlanadi va hokozo. Lekin ba’zan shu hissiyotlar o‘zi dafa’tan qo‘zg‘almaydi, balki asta-sekin tug‘ila boshlaydi. Shunday hissiy kechinmalarning qay darajada tez paydo bo‘lmasligini belgilash qiyin yoki butunlay bilib bo‘lmaydi. Emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo‘lishi mumkin. Hissiyotlarni kuchi avvalo yoqimli va yoqimsiz tuyg‘ularning naqadar kuchli bo‘lishidadir. Hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros bilan kechirilganligi bilan belgilanadi. Hissiyotning qo‘zg‘alish xususiyatlari paydo bo‘lish yo‘lini kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga bog‘liqdir. Atrof-muhitning holati shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi shu xislat tuzilishiga sabab bo‘lgan hodisalarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda paydo bo‘lishi va o‘tmishi hamda shaxsning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez kuchli va barqaror bo‘lishiga ko‘ra histuyg‘ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, stress, kayfiyat va boshqalar.

3. Emotsional his-kechinmalarning xulq-atvorga nisbatan ikkilamchi ta’sirini Dj.S.Mill o’rgangan, uning fikriga ko’ra, rohatlanish, baxt emotsiyasini his qilish uchun ushbu his tuyg’ularni uyg’otadigan maqsadlarga erishishga harakat qilish kerak. Emotsiyalarni tushunishning qiyin jihati quyidagilardan iborat: mualliflar ushbu tushunchaga ta’rif berib, bir ularni emotsiya reaksiyalarning barcha sinfiga aloqadorligini aytishadi (emotsional tonga, kayfiyatga, affektga), bir faqatgina bitta sinfga mansubligini ta’kidlab, emotsional hodisalar sinfidan ajratib alohida “emotsiyalar” deb atashadi. Ya.Reykovskiy barcha emotsional hodislarni alohida emotsiyalarga ajratib chiqadi : hayajonlanish, affekt va his. A.L.Leontev (1971) – affekt va ehtiros, emotsiya va hislarga ajratadi. Emotsiyalar haqida yana ko’plab fikrlar bildirilib, ularning murakkabligi haqida ta’kidlar ham kam emas – ijobiy (xursandchilik, zavq va boshqalar) va salbiy (g’azab, qayg’u, qo’rquv va boshqalar), shu bilan birga ularni oddiy emotsiyalarga – emotsional hislar toniga qarshi qilib qo’yadi. Ko’plab mualliflarning fikriga ko’ra emotsiyalar uchun quyidagi xususiyatlar xos:

1) intensivlik (jadallikning) yorqin namoyon bo’lishi;

2) chegaralangan davomiylik (emotsiyaning davomiyligi bevosita harakatning sababi yoki u haqida eslash vaqti bilan chegaralanadi);

3) uning paydo bo’lish sababini yaxshi anglash;

4) aniq ob’yekt, vaziyat bilan bog’liqligi; emotsiya kayfiyatga xos bo’lgan diffuzlik xususiyatiga;

5) qarama-qarshilik.

E.L.Ilyinning fikriga ko’ra, yuqorida keltirilgan barcha belgilar hissiyotlar emotsional toni uchun ham xos bo’lishi mumkin. U faqatgina emotsiyalar uchun xos bo’lgan belgilarni ajratib chiqishni taklif qiladi:

1) emotsiyalar – alohida qo’zg’atuvchiga emas, vaziyatga nisbatan javob reaksiyasidir; inson qo’zg’atuvchining o’ziga emas, ushbu qo’zg’atuvchi orqali yaralgan vaziyatni baholaydi, va ushbu vaziyatga nisbatan paydo bo’ladigan emotsiyalarga nisbatan reaksiya bildiradi;

2) emotsiyalar – odatda vaziyatga nisbatan vaqtinchalik reaksiya va unga bo’lgan bahodir, shunday tarzda emotsiyalar u yoki bu vaziyatning ahamiyatlilik darajasini aniqlaydigan mexanizm sifatida keladi;

3) emotsiyalar – turli xildagi vaziyatlarning differensiyalashgan bahosi ( umumlashgan tipdagi baho beradigan «yoqyapti - yoqmayapti» emotsional topdan farq qiladi);

4) emotsiyalar – bu nafaqat kutilayotgan vaziyatni baholash usuli, balki unga vaqtidan oldin va psixik-fizik energiyani mobilizatsiyash hisobiga adekvat tayyorgarlik ko’rishdir;

5) emotsiyalar - emotsional ton kabi – ijobiy va salbiy tajribani mustahkamlash mexanizmidir.

Emotsional hodisalarning funksiyalari ilmiy psixologiyaga asos solingan davrning boshidanoq tadqiqot predmetiga aylangan. Djon Dyui emotsiyaning ma’nosini adaptatsiya doirasida o’rgangan. Uning fikriga ko’ra, emotsiyaning spetsifik funksiyasi – ichki signalizatsiyadir, u organizmni o’zini-o’zi boshqarishi bilan bir qatorda unga ta’sir ko’rsatayotgan ob’yektning ahamiyatlilik darajasini aniqlaydi. Dyui ketidan emotsiyalar borasida E.Klaiared, U.Pilzbari, D.Rapaport, R.Shefer va boshqalar o’z fikrlarini bildirishgan. V.Vilyunasning fikriga ko’ra, emotsional hodisalarning umumiy qabul qilingan funksiyalaridan biri baholash funksiyasidir, G.Breslav « psixologik adabiyotlarda keltirilgan emotsiyalarning barcha funksiyalar ( va disfunksiyalari ) o’zo’zini boshqarish va boshqa insonlarning xulq-atvorini boshqarishning turli-xil jihatlari bilan bog’liqligini » ta’kidlaydi.



































Xulosa:

Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’ limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir.





























Foydalanilgan adabiyotlar:

1.D.A. Mamatkulov “Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari” Toshkent 2017 y 17 c

2. E. G`. G`oziyev “Psixologiya” kasb xunar kollejlari uchun darslik birinchi nashr Toshkent 2012

3. G`. B. Shoumarov “Oila psixologiyasi” Toshkent 2010 y

4. N.Islomova D. Andullayeva “Ijtimoiy psixologiya” Toshkent 2013

5. Кеворкова, К.И. Эмоциональное развитие дошкольников [Текст] / К.И. Кеворкова, Ю.В. Пистун, Г.П. Ковачева // Педагогическое мастерство. - М.: БукиВеди, 2015. - С. 82-85


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!