СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

7- modul. Madaniyatdagi ma’naviy harakat

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

7- modul. Madaniyatdagi ma’naviy harakat

Просмотр содержимого документа
«7- modul. Madaniyatdagi ma’naviy harakat»

Jaxon musiqasi tarixi


7- modul. Madaniyatdagi ma’naviy harakat

Reja:


  1. Madaniyatdagi ma’naviy harakat sifatida Avstriya ekspressionizmining shakllanishi.

  2. Ekspressionizm vakili bо‘lgan buyuk simvolchi G.Maler.

  3. Yangi Vena maktabi va uning namoyandalari – A.Shonberg, A.Berg, A.Vebern. A.Shonbergning pedagogik faoliyati va qarashlari.


Tayanch so‘zlar: qadimgi musiqa, antik davr, Pifiya va Kapitoliy o'yinlari, Yunoniston, tragediya, qadimgi afsonalar, Rim musiqa madaniyati, pantomima teatri.


Adabiyotlar: .

  1. А.Х.TrigulоvаХоrijiy musiqаadabiyoti T. Ilimziе 2009

  2. А.Х.Trigulоvа CHеt el musiqа tаriхi. Rоmаntizm dаvri T.,Nizоmiy nоmli TDPU 2008

  3. «Muzikаlnаya entsiklоpеdiya» M. Muzikа 1978

  4. «Chet el musiqasi tarixi» dasturi. Toshkent, 1966 yil.

  5. B.V.Levik. «Chet el musiqasi tarixi». Toshkent «O’qituvchi», 1984 yil.

  6. Iz istorii zarubejnoy muziki 4. «Muzika» nashriyoti, M., 1980 yil.

  7. V.S.Galatskaya. «Muzikal’naya literatura zarubejnix stran». Izd. «Muzika». M., 1967 yil.

www.tdpu.uz/////www. ziyonet.uz/////// www.dsmi.uz///////www.conservatory.uz


XIX asrning 3-chi choragida Avstriya markazi oldingiday Yevropa musiqa madaniyatining uchogi edi. Hali Gaydn, Motsartni eslashardi. Kontsert estradalarida mashxur virtuozlar chiqishar, opera sahnalarida esa Rossiyaning operalari muvafaqqiyat bilan qoyilardi.

Shubert shu vaqtda romantik musiqa madaniyatini boshlab beruvchi kompozitordir.

Uning ijodida birinchi marta yangi kishining hayoti tasvirlanadi.

19 asrning 2-yarmida Venada san`at, teatr va estrada keng xalq ommasiga xizmat etadi. Bu vaqtda ayniqsa val’s janri juda rivojlanadi. Ayniqsa Lanner, Shtrauslar valslari juda keng tarqalgandi.

Venaning hamma restoranlarida, mehmonxonalarida, tavernalarida unchalik katta bo’lmagan orkestr bor edi. Alohida binolar raqs uchun ajratilgan: raqs kechalari shahar boglarida, jamiyat binolarida o’tkazilardi. Shubert, Bax, Gaydn, Motsartdan so’ng Avstriya musiqa madaniyatining, ayniqsa ashula san`atining rivojlanishida o’zining salmoqli hissasini qo’shadi.

Frants Shubert 1797 yil 31 yanvarda Vena shahri yaqinida (Lixtental) dehqon-hunarmand oilasida tug’ilgan. Uning otasi biroz o’qimishli kishi bo’lib qishloqda muallimlik qilardi. Otasi o’z vazifalarini chin yurakdan bajo etardi va o’zini oz maoshi bilan oilasini tebratib kelardi. Uning ikki katta o’g’li ota kasbini egalladi (Ignats va Ferdinand) lekin ular qalbida hayotga, dinga, cherkov va uning marosimlarida ancha ko’p qarshilik uyg’ongandi. Frantsning o’rtancha akasi Ferdinand maktab ishlaridan tashqari musiqa bilan shug’ullanar, maktab xorini boshqarar va musiqa ijod etar edi.

Faqat Frantsning yuksak musiqa qobiliyati uni oila a`zolari ichida o’tkir musiqachi bo’lib yetishiga yordam beradi. Frantslar oilasi musiqani sevishar, ular ijrosida Gaydn, Motsartning kamer asarlari va opera uvertyuralari ijro etilardi, bu kontsertlarda yosh Frants ham faol qatnashchi edi.

Uning birinchi musiqa o’qituvchilari otasi va akalari bo’lib, unga skripkada, akasi Ignats fortepianoda chalishni o’rgatadi (1-necha oy). Ulardan keyin u Xoltserddan darslar ola boshlaydi va muallim uning qobiliyatiga hayron qoladi (shu xil shogirdi birinchi marta edi). 11 yoshda Cherkov xorida Soprano partiyasini kuylar, skripkada solo chalar, ashulalar, kvartetlar fortopiano p’esalari yozardi.

1808 yilda konviktda o’tkazilgan konkursda u g’olib keladi va saroy bolalar xori konviktiga qabul etiladi. Konvikt (maktab-internat) da Shubertning skripkada yaxshi chalgani uchun u maktab orkestriga qabul etildi. U oldin 2-chi, keyin 1-chi skripka partiyalarini ijro etadi, keyin esa dirijyorlik ham eta boshlaydi.

Kechalari Konvikt orkestri simfoniya yoki uvertyuralar ijro etardi. Betxovenning "Koriolan", "Leonora" uvertyuralari, Gaydn, Motsart kvartetlari, ballada, ashulalari tez-tez ijro etilar edi.

Betxoven, Gaydn, Motsart simfoniyalari Shubertda juda katta taasurot qoldiradi. U garmoniya boyicha Rujichkadan dars olganida ustozi: Men uni hech narsaga o’rgata olmayman unga xudoning o’zi o’rgatgan deydi. U konviktdagi davrida menuetlar yozib atrofidagilarni qoyil qoldirar, maqtovlariga sazovor bo’lardi. U o’z asarlarini ijod etayotganda fortepianoga yaqin kelmas, chunki agar fortepianodan foydalansa uning oylovlari tarqalishi mumkin edi. Otasi uning musiqa bilan butunlay shugullanishiga qarshi edi. 1812 yildan boshlab Shubert Sal’eri qo’l ostida o’qiy boshladi. O’z ustoziga bag’ishlab (50 yilligiga) kantata yozadi.

Sal’eri Shubertga eski italyan musiqa san`atchilarining partituralarini Motsart operalarini, Betxoven partituralarini o’rgatardi. Lekin Shubertni nemis ashulalari qiziqtirardi. Sal’eri esa bu ashulalarni sevmasdi. Shu tufayli 1816 yildan boshlab u Sal’eridan mashg’ulotlar olmay qoyadi.

Konviktda ijod etgan asarlari izsiz yo’q bo’lib ketadi. 1810 yilda uning birinchi katta asari 4 qo’lda fortepiano uchun fantaziya, undan so’ng ko’p miqdorda fortepiano uchun, ovoz, ansambllar, kvartetlar hamda 1-simfoniyani yozadi.

16-17 yoshidan boshlab dunyoga uning ajoyib ijodchilik san`ati tarqala boshlaydi. 1813 yilda konviktni tashlaydi. 1814 yilda otasining maktabida yordamchi o’qituvchi sifatida ishlaydi. 17-20 eshlarida uning ko’plab ashulalari orasida "Margarita charx oldida", "O’rmon shohi", "Forel’", "O’lim va qiz" nomli ashula janrida yozilgan asarlari ajralib turadi. 19 yoshida u 5 ta simfoniya, uvertyuralar yaratadi. Gohida bir-necha soat ichida Shubert bir necha ashulalar yaratgan u faqat 1815 yilda 144 ta ashula, 4 zingshpil, 2 messa 4 kvartet va boshqa asar yaratadi. Uning ashulalarini mashxur ashulachi Fogl ijro etardi. 1818 yilda Vengriyada bir necha oy Graf Estergazi qo’l ostida ishlaydi. U keyingi yillarda Gyote, Shiller she`rlariga ashulalar, kvartet, "Aka-uka" (Bratya bliznetsi) 1 aktli operani tugallaydi. 1822-23 yillar orasida o’zining tugallanmagan simfoniyasi, 20 ashuladan iborat bo’lgan "Go’zal tegirmonchi" nomli ashula tsikllarini yozadi. 1826 yilda u Myullerning "Qish yo’li" tsikliga musiqa bastalaydi. 1828 yil kompozitor hayotining oxirgi yili unga sharaf keltiradi. 1828 yil 19 noyabrda Shubert vafot etadi. Uning vasiyatiga binoan undan bir yil oldin ko’milgan Betxoven qabri yonida uning jasadi qoyiladi. Shubert 1500 ga yaqin qo’shiq, 9 simfoniya, 18 torli kvartet, 22 f-no sonatasi, 18 ta teatr uchun asar, 600 dan ortiq ashula, xor, vokal-cholg’u ansambllar yozgan. Shubert 31 yil yashagan.




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!