СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

6-sinf Fizika fanidan

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

50-MAVZU  YORUG‘LIKNING TEZLIGI. YORUG‘LIKNING QAYTISHI VA SINISHI Aristotel, yorug‘lik nuri bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga bir zumda boradi, deb hisoblagan edi. Yorug‘lik tezligini tajribada aniqlashga Galiley uringan. Bir-biridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashtirilgan ikkita odamning biriga fonus berilgan. Fonusni bir minutga berkitib ochgan odam vaqtni belgilagan. Ikkinchi kuzatuvchi ko‘rgan vaqtini belgilagan. 

Просмотр содержимого презентации
«32-§.pptx 7-sinf fizika»

32-§. ISHQALANISH KUCHI.  TINCHLIKDAGI ISHQALANISH

32-§. ISHQALANISH KUCHI. TINCHLIKDAGI ISHQALANISH

Mavzu rejasi Ishqalanish kuchi Tinchlikdagi ishqalanish Tayanch tushunchalar: ishqalanish kuchi, tinchlikdagi ishqalanish, tinchlikdagi ishqalanish kuchi.

Mavzu rejasi

  • Ishqalanish kuchi
  • Tinchlikdagi ishqalanish

Tayanch tushunchalar:

ishqalanish kuchi,

tinchlikdagi ishqalanish,

tinchlikdagi ishqalanish kuchi.

Ishqalanish kuchi Tez ketayotgan avtomobilni to‘xtatish uchun tormoz bosiladi. Tepadan sirpanib tushgan chana yo‘lning gorizontal qismida biroz sirpanib borib to‘xtaydi. Bu hodisalarda tezlik o‘zgarishi, ya’ni kamayishi namoyon bo‘lmoqda. Ma’lumki, har qanday tezlik o‘zgarishining sababchisi kuchdir. Endi mexanikada o‘rganiladigan yana bir kuch – ishqalanish kuchi aqida gaplashamiz. Yerda turgan yukni sudrash uchun unga harakat yo‘nalishida F kuch bilan ta’sir etish kerak (103-rasm).

Ishqalanish kuchi

Tez ketayotgan avtomobilni to‘xtatish uchun tormoz bosiladi. Tepadan sirpanib tushgan chana yo‘lning gorizontal qismida biroz sirpanib borib to‘xtaydi. Bu hodisalarda tezlik o‘zgarishi, ya’ni kamayishi namoyon bo‘lmoqda. Ma’lumki, har qanday tezlik o‘zgarishining sababchisi kuchdir. Endi mexanikada o‘rganiladigan yana bir kuch – ishqalanish kuchi aqida gaplashamiz. Yerda turgan yukni sudrash uchun unga harakat yo‘nalishida F kuch bilan ta’sir etish kerak (103-rasm).

 

 

Jismning boshqa jism yuzasi bo‘ylab harakatlanishida paydo bo‘ladigan va harakatga qarshi yo‘nalgan kuch ishqalanish kuchi deb ataladi.

Jismning boshqa jism yuzasi bo‘ylab harakatlanishida paydo bo‘ladigan va harakatga qarshi yo‘nalgan kuch ishqalanish kuchi deb ataladi.

Ishqalanish hech qanday harakatni yuzaga keltirmaydi. Lekin nima uchun u kuch deb ataladi, degan savol tug‘iladi. Bunga sabab, ishqalanish kuchi harakatni sekinlashtiradi. Demak, kuch faqat harakatni yuzaga keltirmasdan, uni sekinlashtirishi ham mumkin ekan. Stol ustida taxlanib turgan kitoblarni surish uchun kuch bilan ta’sir etib, ishqalanish kuchini yengishimiz kerak. Avtomobilga tormoz berilsa, u tezda to‘xtaydi. Tasmali uzatma ham ishqalanish tufayli shkivlarni aylantiradi (104-rasm).

Ishqalanish hech qanday harakatni yuzaga keltirmaydi. Lekin nima uchun u kuch deb ataladi, degan savol tug‘iladi. Bunga sabab, ishqalanish kuchi harakatni sekinlashtiradi.

Demak, kuch faqat harakatni yuzaga keltirmasdan, uni sekinlashtirishi ham mumkin ekan. Stol ustida taxlanib turgan kitoblarni surish uchun kuch bilan ta’sir etib, ishqalanish

kuchini yengishimiz kerak. Avtomobilga tormoz berilsa, u tezda to‘xtaydi. Tasmali uzatma ham ishqalanish tufayli shkivlarni aylantiradi (104-rasm).

Ishqalanish kuchi hosil bo‘lishining birinchi sababi bir-biriga tegib turadigan jismlar sirtining notekisligidir.

Ishqalanish kuchi hosil bo‘lishining birinchi sababi bir-biriga tegib turadigan jismlar sirtining notekisligidir.

Ishqalanish kuchi hosil bo‘lishining ikkinchi sababi – bir-biriga tegib turadigan jismlar yuzasidagi molekulalarning o‘zaro ta’sirlashish kuchidir.

Ishqalanish kuchi hosil bo‘lishining ikkinchi sababi – bir-biriga tegib turadigan jismlar yuzasidagi molekulalarning o‘zaro ta’sirlashish kuchidir.

Jismlarning bir-biriga ishqalanish hodisalarini uch turga bo‘lish mumkin: tinchlikdagi ishqalanish, sirpanish ishqalanish va dumalanish ishqalanish.

Jismlarning bir-biriga ishqalanish hodisalarini uch turga bo‘lish mumkin:

tinchlikdagi ishqalanish,

sirpanish ishqalanish va

dumalanish ishqalanish.

Tinchlikdagi ishqalanish Jism nisbiy tinchlikda turganda ishqalanish kuchi uni bir joyda ushlab turadi va u jismning joyidan qo‘zg‘alishiga to‘sqinlik qiladi. Bu kuch tinchlikdagi (tinch holatdagi) ishqalanish kuchidir. Transportyor yordamida yuklarni qiyalik bo‘yicha yuqoriga olib chiqish mumkin. Bunda yuk sirti bilan transportyor tasmasi sirti orasidagi tinchlikdagi ishqalanish kuchi yukni ushlab turadi (106-rasm). Agar bu kuch bo‘lmaganida, yuk sirpanib pastga tushib ketar edi.

Tinchlikdagi ishqalanish

Jism nisbiy tinchlikda turganda ishqalanish kuchi

uni bir joyda ushlab turadi va u jismning joyidan

qo‘zg‘alishiga to‘sqinlik qiladi. Bu kuch tinchlikdagi

(tinch holatdagi) ishqalanish kuchidir.

Transportyor yordamida yuklarni qiyalik bo‘yicha

yuqoriga olib chiqish mumkin. Bunda yuk sirti bilan

transportyor tasmasi sirti orasidagi tinchlikdagi ishqalanish kuchi yukni ushlab turadi (106-rasm). Agar bu kuch bo‘lmaganida, yuk sirpanib pastga tushib ketar edi.

Yurganimizda oyoq kiyim tagsirti bilan yer sirti o‘rtasida tinchlikdagi ishqalanish kuchi hosil bo‘ladi. Ishqalanish kuchi bo‘lmaganida biz yura olmas edik, muz ustida yurgandek sirpanib ketardik. Biz yerni orqaga F kuch bilan itaramiz. Ishqalanish kuchi F i esa harakatimiz yo‘nalishida ta’sir etib, miqdor jihatdan F kuchga teng bo‘ladi (107-rasm). Yurganimizda yerni orqaga itarishimizni tasavvur qilish uchun sportchilar mashq qiladigan rolikli yo‘lkachani misol qilib keltirish mumkin (108-rasm). Bunda sportchi oldinga yugurmoqchi bo‘lsa, yo‘lka orqaga harakat qiladi.

Yurganimizda oyoq kiyim tagsirti bilan yer sirti o‘rtasida tinchlikdagi ishqalanish kuchi hosil bo‘ladi.

Ishqalanish kuchi bo‘lmaganida biz yura olmas edik, muz ustida yurgandek sirpanib ketardik. Biz yerni orqaga F kuch bilan itaramiz. Ishqalanish kuchi F i esa harakatimiz yo‘nalishida ta’sir etib, miqdor jihatdan F kuchga teng bo‘ladi (107-rasm). Yurganimizda yerni orqaga itarishimizni tasavvur qilish uchun sportchilar mashq qiladigan rolikli yo‘lkachani misol qilib keltirish mumkin (108-rasm). Bunda sportchi oldinga yugurmoqchi bo‘lsa, yo‘lka orqaga harakat qiladi.

Ishqalanish kuchi F i(t) ta’sir etayotgan kuch F ga proporsional ravishda o‘zgaradi: F i(t) = kF. Bunda k – ishqalanish koeffitsiyenti. Uning qiymati ta’sirlashayotgan jismlar materialiga, sirtlarining silliqligi va boshqalarga bog‘liq.
  • Ishqalanish kuchi F i(t) ta’sir etayotgan kuch F ga proporsional ravishda o‘zgaradi: F i(t) = kF.
  • Bunda k – ishqalanish koeffitsiyenti. Uning qiymati ta’sirlashayotgan jismlar materialiga, sirtlarining silliqligi va boshqalarga bog‘liq.
sirpanish tinch holatda

sirpanish

tinch

holatda

Jismning tinch holatidan harakatga kelish paytidagi ishqalanish kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchi deyiladi .

Jismning tinch holatidan harakatga kelish paytidagi ishqalanish kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchi deyiladi .


Скачать

© 2020, 1618 4

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!