СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

11- modul. Rossiya musiqa madaniyatining boshlang‘ich davri

Категория: Искусство

Нажмите, чтобы узнать подробности

11- modul. Rossiya musiqa madaniyatining boshlang‘ich davri

Просмотр содержимого документа
«11- modul. Rossiya musiqa madaniyatining boshlang‘ich davri»

Jaxon musiqa tarixi


11- modul. Rossiya musiqa madaniyatining boshlang‘ich davri

Reja:

  1. Rus musiqasining boshlang‘ich davrlari.

  2. Kiyev rus madaniyatining birinchi markazi sifatida.

  3. Diniy musiqaning shakli bo‘lgan «znamennoye peniye». dostonchilik va uning musiqiy xususiyatlari.

  4. Rus musiqasining rivojida Novgorod shaxrining roli, qo‘shiqchilar, guslyarlar, skomoroxlar madaniyati.

  5. Qo‘shiqchilik an’analari va diniy musiqaga ko‘povozlilikni kiritilishi.

Tayanch so‘z va iboralar: A’kapella – cholg‛u jo‛rligisiz xor yoki yakkaxon kuylash jarayoni.Ansambl – ikki va undan ortiq ijrochilarning birgalikdagi kuylashi yoki turli cholg‛urlardagi ijrosi. Arietta - kuychan ohangi va bayonning oddiyliligi bilan ajralib turuvchi ikki qismli kichik ariya.


Adabiyotlar:

  1. A.Asafev. M.I.Glinka. L.1978.

  2. Belza. Aleksandr Nikolaevich Skryabin. M.: 1985.

  3. A.P.Borodin v vospominaniyax sovremennikov. M. 1985.

  4. V.A.Vasina – Grossman. Mixail Ivanovich Glinka M.1982.

  5. Vospominaniya o Raxmaninove. I, II toma, M. 1988.

  6. Vospominaniya o Chaykovskom M. 1973.

  7. M.I.Glinka. Chelovek. Sobo`tiya. Vremya. M. 1988.

  8. ye.M.Gordeeva. Kompozitoro` moguchey kuchki. M. 1986.

  9. A.P.Zorina. Aleksandr Porfirevich Borodin. M., 1987.

  10. Yu.V.Keldo`sh, T.V.Korjenyants, ye.M.Levashev, ye.Listova, M.Sokolova. Istoriya russkoy muziki. M. 1988.

  11. A.I.Soxor A.P. Borodin, L. 1980.

  12. S.I.Savenko. Sergey Ivanovich Taneev M. 1985.

  13. A.I.Soxor A.P. Borodin, L. 1980.

  14. O.I.Sokolova Sergey Vasilevich Raxmaninov. M. 1987.

  15. E.Frid. M.P.Musorgskiy. Problemo` tvorchestva M. 1981.



Rus musiqasi – slavyan xalqlari madaniyatining bir qismida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, bunda u yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. U o‘zga slavyan xalqlari madaniyati bilan chambarchas bog‘liq holda yuzaga kelgan bo‘lib, ko‘hna slavyan adabiyoti va musiqasi rivojiga salmoqli hissasi bilan ajralib turadi. Bu xususda taniqli olim M.N.Tixomirovning so‘zlari bir muncha mantiqli tuyuladi: «...Sharq tarixidan, G‘arbiy yevropa tarixidan, Vizantiya imperiyasi va O‘rta yer dengizi davlatlari tarixidan alohida holda o‘rganilgan slavyanlar va Rossiya tarixi doimo bir qadar noaniq va tasodifiy tasavvur etiladi»1.

Rus adabiyoti va musiqasi tarixini, rus musiqa madaniyati masalalarini u yoki bu tarixiy hodisalarning mohiyatini ochish, ularning jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni, vazifalari, musiqiy ma'rifat va ta'limning ahvoli, ijrochilik madaniyati, folklor, ilm-fan hamda falsafaning holatini hisobga olgan holda o‘rganish zarur bo‘ladi.

Rus musiqasi tarixiga murojaat qilganda, ilk muammolar uning ko‘hna Rusning professional san'ati sifatida paydo bo‘lish vaqtini aniqlash bilan bog‘liq. Bu borada, ye.Orlova rus musiqa san'ati tarixi taraqqiyotida dastlabki davr IX-X asrlar o‘rtalarida boshlanib, shartli ravishda ilk musiqiy o‘rta asrlar deb atash mumkin bo‘lgan XIV asr oxirlari, ya'ni qabilachilik tuzumidan quldorlik tuzumini chetlab o‘tib, feodalizmga o‘tish davriga qadar davom etganligini ta'kidlaydi.

Yu.Keldish ta'biri bilan aytganda: «...ko‘hna rus san'atining tarixini XI asrning birinchi yarmidan, Kiev Rusining kuchga to‘lgan va gullab-yashnagan davridan boshlab hisoblash lozim, chunki unga qadar o‘tgan yuz yilliklar bu tarixga faqat debochadur»2.

Umumrus madaniyati taxminan XVII asrga qadar sinkretik xarakterga ega bo‘lib, rus musiqasi, adabiyoti va tasviriy san'ati birgalikda rivojlanib kelgan edi. Shuning uch n rus slavyan madaniyatini rivojlanish jarayonining boshlang‘ich davridagi yozma adabiyoti, musiqasi va tasviriy san'atini yangi qabul qilingan xristian provaslav dinidan ajratib olib qarash qiyin. Ular bosib o‘tgan bosqichlar bir-biriga yaqin bo‘lganligini guvohi bo‘lamiz.

Ko‘hna rus adabiyotining dastlabki namunalari aynan ana shu davrda yaratilib, uning asosiy janrlari va bayon etish usullari ham shu vaqtda shakllandi, ichki devori rasm va mozaikalar bilan bezatilgan ajoyib me'morlik inshootlari qurildi, notalar yozuvi tizimiga va ishlab chiqilgan ohangdorlik tafakkurining muayyan me'yor va tamoyillariga ega bo‘lgan qo‘shiqchilik san'atining professional ko‘rinishlari yuzaga keldi. Kiev Rusining badiiy an'analari rus san'atining butun qadimgi davri mobaynida o‘z kuchini saqlab qoldi va uning eng umumiy va turg‘un belgilarini aniqlab berdi.

«Kiev Rusi, – deb yozadi akademik M.N.Tixomirov, – faqat IX-X asrlarga kelib xristian davlatiga aylandi va o‘sha vaqtda uning yozuvi tanazzulga yuz tutgan kechki Vizantiya yozuvi bilan bog‘liq edi. Bu davrga kelib Vizantiyaning o‘zi antik davrdan ancha uzoqlashgandi. Keyinroq unga o‘rta asrlar xristianligi o‘zining sovuq soyasini soldi»3.

1037 yilgi Ko‘hna Rus solnomasi – «O‘tgan yillar qissasi» Yaroslav Mudriyning kitob ishqibozi bo‘lganligi va ularni avaylab-asraganligi, hattotlarni «ko‘p kitob»larni ko‘chirish va tarjima qilishga da'vat etganligidan dalolat beradi. Solnomada keltirilgan mazkur ma'lumot haqiqatga yaqin, XI asrning birinchi yarmiga kelibRusda Bolgariyaning Vizantiya haqidagi ko‘pgina adabiy manbalari paydo bo‘ldi. Ko‘chirilayotgan va tarjima qilinayotgan diniy matn va manbalarda xristianlik dunyoqarashi va ma'naviyatining asoslaridan iborat matn va manbalar ustuvorligi tabiiy hol edi.

Payg‘ambarlik kitoblaridan Rusda, ayniqsa, payg‘ambar Isayya, Ieremiy va Iezeklilning kitoblari mashhur bo‘lib, boshqa kitoblar odatda kichik payg‘ambarlar kitoblari deb nomlangan. 150 ta psalomdan (duolar, madhiyalar) iborat Psaltir ham keng tarqalgan. Cherkov an'anasira ko‘pa shoh Dovud psalomlar muallifi sanalsa ham, biroq

ular amalda uzoq davr mobaynida yaratilganlar. Demak, turli mualliflar qalamiga mansub ba'zi adabiyotlarning ildizi hatto xalq og‘zaki ijodidan boshlangan. «Sulaymon afsonalari», «Sulaymon donoliklari», «Sirax o‘g‘li Isoning donoliklari» kitoblarida

tarbiyaviy ibora va nasihatlar to‘plangan. Payg‘ambar Doniyolning kitobi asa dunyoning halokatga yuz tutishi va adolat saltanatining kirib kelishi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Yangi o‘gitdan to‘rt Injil, «Xavoriylarning xizmatlari», «Xavoriylarning nomalari» va «Qiyomat qoyim» kitoblari joy olgan.

Rusda Tavrot faqat XV asrga kelib to‘laligicha rus tiliga o‘girib bo‘lindi, biroq shunga qaramay, Tavrot tarkibidagi ba'zi kitoblar slavyanchada bolgar tili vositasida Kiev Rusi davridayoq ma'lum edi. Bu vaqtga kelib Yangi o‘git va Psaltir juda keng tarqaldi.

Rus (yoki «buyuk Rus») tili – qadimiy nasroniy tillariga asoslangan bo‘lib, turli mahalliy shevalarni hamda mahalliy, biroq nasroniy bo‘lmagan qabilalar tillarini o‘z ichiga olgan. Bu til Shimoli-sharqiy Rus chegaralarida yashaydigan xalqlarni o‘ziga bo‘ysundirib, yagona ko‘rinish hosil etgan. Bu tilni hayotning o‘zi, qolaversa, odamlarning o‘zaro munosabatlari yuzaga keltirgan. Tilning rivojlanib borishi bilan bir vaqtda uning adabiy ko‘rinishi ustida ham ish olib borilgan. Bu jihatdan so‘zlarga, badiiy nutqning stilistikasiga XIV, XV asrlarda paydo bo‘lgan tillarga suyangan holda ishlov berilgan.








1 Тихомиров М.Н. Русская культура X-XVIII веков. –М., 1968. –С. 395-396.

2 История русской музыки. Т. 1. –М., Музыка, 1983. –С. 23.

3 Тихомиров М.Н. Русская культура X-XVIII веков. –М., 1968. –С. 101.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!