СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Статья:O’QUVCHILARDA KASBLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI TO’G’RISIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH

Нажмите, чтобы узнать подробности

O’QUVCHILARDA  KASBLAR VA ULARNING  KLASSIFIKATSIYASI  TO’G’RISIDAGI  TASAVVURLARNI  SHAKLLANTIRISH

Hasanova Noila Namozovna

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi

Hozirgi  kunda  yoshlarni   kasbga  yo’naltirishdan  maqsad  o’sib  kelayotgan barkamol avlodni  o’zining  hayot  yo’lini  to’gri  belgilashlarida,  o’zining qobiliyat,  qiziqish va moyilligini  hamda  ijtimoiy  ehtiyojini  hisobga olgan holda  kasb  tanlashlarida  ko’maklashishdan  iboratdir.  Bizning  jamiyatimiz har  bir  shaxsning  qobiliyatlari  to’lik  namoyon  bo’ladigan,  yuqori  samara bilan  ishlay  oladigan  faoliyat  va  shart-sharoitlar  bilan  band  bo’lishiga katta  e’tibor  bermoqda.

Просмотр содержимого документа
«Статья:O’QUVCHILARDA KASBLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI TO’G’RISIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH»

O’QUVCHILARDA KASBLAR VA ULARNING KLASIFIKATSIYASI TO’G’RISIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH

Hasanova Noila Namozovna

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi

Hozirgi kunda yoshlarni kasbga yo’naltirishdan maqsad o’sib kelayotgan barkamol avlodni o’zining hayot yo’lini to’gri belgilashlarida, o’zining qobiliyat, qiziqish va moyilligini hamda ijtimoiy ehtiyojini hisobga olgan holda kasb tanlashlarida ko’maklashishdan iboratdir. Bizning jamiyatimiz har bir shaxsning qobiliyatlari to’lik namoyon bo’ladigan, yuqori samara bilan ishlay oladigan faoliyat va shart-sharoitlar bilan band bo’lishiga katta e’tibor bermoqda. Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirish yoshlarning kasbni erkin va mustahkam tanlashlari uchun mustaqil zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu shaxsning ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya’ni barchasi birgalikda ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayonda i uzviylikda amalga oshiriladi.

O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda birinchi navbatda ularning kasblar klassifikatsiyasi, kasblarning tiplari to’g’risidagi bilimlarini shakllantirish kerak bo’ladi . Kasb o’zi nima? degan savol tugiladi.

Kasb so’zining ma’nosi – insonlarning hunari, faoliyat turi va hayot kechirishlari uchun manba xizmatini o’taydigan mashg’ulotni bildiradi.

Kasbma’lum darajadagi tayyorgarlikni talab etadigan,davlatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan,bajaruvchiga iqtisodiy foyda keltirishi imkoniyati mavjud bo‘lgan alohida faoliyat turidir.Har qanday shaxs hayotining xotirjamligiva moddiy farovonligining asosi unung kasbidir.Har qanday inson o‘z hayotida muvaffaqiyatga erishishni xohlasa u to‘gri tanlangan o‘z kasbining egasi bo‘lishi kerak.Faqat muvaffaqiyatni xohlamagan befarqlar uchungina kasb tanlash muhim tuyulmaydi.Har qanday muvaffaqiyatga erishganlar o‘zining kasbidan faxrlanishlari shart.Buning uchun nima ekanligini yuzaki emas,chuqur his qilgan holda tushunib olish talab etiladi.



1- rasm. Kasblar klassifikatsiyasini ko`rsatuvchi sxema



Mehnat predmetiga qarab barcha kasblar beshta tipga bo’linadi.

1. «Odam — tabiat». Tabiat bilan munosabatda bo’lish talab etiladigan faoliyat turlari. Bu yerda mehnatning asosiy, etakchi predmeti jonli tabiatdir. Bu tipga, masalan, quyidagi kasblar kiradi: urug’shunos, meva-sabzavotshunos, davlat urug’chilik inspektsiyasining laboranti, chorvador-usta, ximik-bakteriologik analiz laboranti, zootexnik, agronom.

2. «Odam-texnika». Texnik sistemalar bilan munosabatda bo’lish talab qilinadigan kasblar. Bunday kasblar tipida mehnatning asosiy etakchi predmeti texnika ob`ektlari (mashinalar, mexanizmlar va boshqa shunga o’xshashlar), materiallar, energiya turlaridan iborat bo’ladi. Jonsiz tabiat ob`ektlari (Er osti boyliklari, tuproq, suv, o’rmon va qishloq xo’jaligi mahsulotlari) ham ko’p jihatdan shularga o’xshagan bo’ladi.

3. «Odam-odam». Bu yerda asosiy mehnat predmeti odamlardir. Mazkur mehnat sohasida mayllar, kiziqishlar qay darajada ekanini aniqlashda o’quv predmetlaridan tashqari, siz shaxsan o’zingiz jamoa bo’lib o’tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etib orttirgan tajribangiz ham yordam beradi. Makzur tipga kiradigan quyidagi kasblarni ajratib ko’rsatish mumkin: - Radioelektron apparatlar va asboblar montajchisi elektr va radiotexnika sohasida chuqur bilimga ega bo’lmog’i kerak.

4. «Odam-belgilar tizim». Kasblarning bu tipida shartli belgilar, raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun`iy tillar asosiy etakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi belgilar va belgi tizimlari dunyosida tekstlar, chizmalar, sxemalar, kartalar,  jadvallar, formulalar, yo’l belgilari ichida yashaydi. Binobarin, bularning hammasini biladigan tegishli mutaxassislar ham zarur.

«Odam-belgilar tizimi» tipidagi kasblar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

hujjatlarni (ona tilida yoki chet tilida) rasmiylashtirish, ish yuritish, matnlar va ularning qayta yozilishi, qayta kodlashtirilishi bilan bog’liq bo’lgan kasblar: tarjimon, sekretar-mashinistka, telegrafchi, texnik redaktor va boshqalar;

5.Odam badiiy obraz». Kasblarning bu tipida badiiy obrazlar, ularning tuzilish usullari etakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Bu yerda quyidagi kasblarni ajratib ko’rsatish mumkin: tasviriy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan kasblar; badiiy mebellar ishlab chiqarish boyicha duradgor, toshga oyib gul soluvchi, yoritish elektrotexnigi (teatrda), poyabzal kanstruktor-modeleri, dizayner-rassom va boshqalar















Mehnat predmetlari bo’yicha kasblarning tasniflari (klassifikatsiyasi)















Odam-texnika

Odam-tabiat

Odam-odam

Odam-belgilar

Odam-badiiy obraz









Asbobsoz-chilangar, radio-texnik, avtomobillarni sinash,ta’mirlovchi chilangar va h.k.z

Uzumchi, asalarichi, paxtakor,zootexnik va h.k.z

Programist, hisobchi, poligrafiyada harf teruvchi, bosma bosuvchi va h.k.z

Rassom, kashtachi, dizayner, raqqosa va h,k,z



Tarbiyachi, o’qituvchi, to’garak rahbari, psixolog va h.k.z





















2-rasm. Mehnat predmetlari bo’yicha kasblarning tasniflari

O’quvchilarga kasblar turkumlari va kasblarning mehnat vositalariga qarab guruhlanishi to’g’risida ham ma’lumotlar berish kerak bo’ladi.

Kasblarning turkumlari. Mehnatning maqsadi odam faoliyati mazmunining muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Mehnatning maqsadlari xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ularni uchta katta gruppaga: bilish, o’zgartirish, oylab topish gruppalariga bo’lish mumkin. Mehnatning maqsadiga qarab kasblarni uch turkumga ajratib ko’rsatish mumkin.

1. Gnostik kasblar (G). Bu kasblarning nomi lotincha «gnozis»—bilim, bilish degan ma`noni anglatuvchi so’zdan olingan. Agar siz aqliy mehnat (ya`ni bilib olish, gnostik mehnat) bilan faqat ish stolida, xonada shug’ullanish mumkin deb o’zingizga odat bo’lib qolgan tarzda oylaydigan bo’lsangiz, u holda bunday fikrdan voz kechishga to’g’ri keladi. Bilish, o’rganish mehnati bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina kasblar mavjud bo’lib, ular bilan bevosita moddiy ishlab chiqarish jarayonida shug’ullanishga to’g’ri keladi. Masalan, nazoratchilar, sortga ajratuvchilar, pirometristlar ana shunday kasbdagi kishilardir.

2. O’zgartiruvchi kasblar (P). Juda ko’p kasblar mehnat predmetlarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’ladi. Odamning o’zgartiruvchi faoliyati faqat buyumlargagina qaratilib qolmay, shu bilan birga energiya turlariga, axborotlarga, jarayonlarga, ijtimoiy hayotning tuzilishiga qaratilgan bo’lishi ham mumkin. Mana, bunga faqat birgina misol keltiramiz. Etakchi o’quvchilarni uyushtirdi va ular ko’chat o’tqazishda faol ishtirok etdilar. Mana shu misolda faqat tabiatning o’zgarganligi to’g’risida gapirish kifoya qilmaydi. Bu yerda eng muhimi bolalarning mehnatga, bir-birlariga bo’lgan munosabatlari o’zgaradi va hokazo.

3. Tadqiqotchilik kasblari (I). Mazkur turkumning nomi izoh berishni talab qiladi. Bu nomga qarab, mazkur kasb qidiruv ishlari bilan (masalan, geologik qidiruv ishlari bilan) yoki ilmiy tadkiqotlar bilan, albatta, bog’liq kasb bo’lsa kerak, deb oylamaslik kerak. Bu yerda o’zgartiruvchi turkumga yaqin bo’lgan kasblar to’g’risida gap boradi. Mazkur turkumdagi kasbda qilinadigan mehnatning maqsadi — qandaydir bir noma`lum narsani, buning ustiga ko’pincha cheklangan bir vaqt sharoitida qidirishdan iborat bo’ladi.

Mehnat vositalariga qarab kasblar bo’limlarga bo’linadi.

1. Qo’l mehnatidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar (Q). Mazkur kasbda ishlovchi kishilar qo’l mehnatidan va mexanizatsiyalashtirilgan mehnat qurollaridan foydalanadilar. Masalan, otvyortka, skalpel (jarrohlik pichog’i), shtixel (yog’ochga yoki metallga oyib gul solish asbobi), reysfeder, tortsovka (boyoqchilar cho’tkasining bir xili), elektr drel, buyoq purkagich, pnevmatik otboyka bolg’asi va hokazolar ana shunday ish quroli hisoblanadi.

2. Qo’lda boshqariladigan mashinalardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar (M). Boshqacha qilib aytganda, ularni ham mashinada, ham qo’lda ish bajariladigan kasblar deyish mumkin — tokar, frezerchi, kran mashinisti, keng profildagi traktorchi-mashinist, elektrovoz mashinisti va boshqalar ana shunday ham qo’l mehnati, ham mashinadan foydalaniladigan kasblar qatoriga kiradi. Bunday kasblarda ishlaydigan kishilardan faqat texnologik bilimlarga ega bo’lish talab qilinmasdan, shu bilan birga ulardan qo’l mehnati malakasiga ega bo’lish ham talab qilinadi.

3. Avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalardan, apparatlardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar (A). Avtomatlashtirish darajasiga qarab ishlayotgan kishining zimmasiga har xil vazifa tushishi mumkin. Bu vazifa umuman agregatni va uning ta`miri bilan bog’liq bo’lgan ishlarni boshqarishdan tortib o’sha agregat ishini kuzatib turish va agar zarurat tug’ilsa, kerakli mutaxassisni chaqirishgacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga oladi. Mazkur kasb bo’limining vakillari prokat stanining operatori, energosistema dispetcheri, kimyo ishlab chiqarishi apparatchisi, avtomatik liniyalar operatori, po’lat quyuvchi va boshqalardir.

4. Funktsional vositalar, mehnat qurollari ko’proq talab qilinadigan kasblar (F). Bu yerda odam xulq-atvoridagi funktsional vositalar va uning nutqidagi ana shunday vositalar, ya`ni imo-ishoralar, tovushlar, so’zlar, jumlalarning talaffuz qilinishi, ma`no tashuvchi va emotsional intonatsiyalar, pauzalar, yuz mimikasi mehnat quroli rolini bajaradi. Bu bo’limga: o’qituvchi, tarbiyachi, san`atkor, aktyor, xor yoki orkestr dirijyori singari kasblar kiradi.

Mana shu kasblarni egallagan kishilar uchun o’z xotirasida juda ko’p qoidalarni, ma`lumotlarni saqlab qolish qobiliyati, o’z-o’zini nazorat qilish va o’z-o’zini boshqarish qobiliyati xarakterli bo’ladi.

Nihoyat, piramidaning oxiridan oldingi qavati —mehnat sharoitlari boyicha kasblar klassifikatsiyasiga to’xtalib o’tamiz. Kasblar to’rtta guruhga bo’linadi:

1. Odatdagi («maishiy») mikroiqlim sharoitidagi mehnat (Mt). Hisobchi, iqtisodchi, chizmachi, o’qituvchi va boshqalarni mana shu kasb gruppasiga kiritish mumkin.

2. Harorat, namlik keskin o’zgarib turuvchi ochiq havoda ishlash bilan bog’liq bo’lgan mehnat (O). Quyidagi kasblar bunga misol bo’la oladi: quruvchi, o’t o’chiruvchi, sug’oruvchi va boshqalar.

3. Odatdan tashqari mehnat: yer ostida, suv ostida, balandlikda, havoda, qaynoq tsexlarda, sog’liq uchun muqarrar zararli ta`siri bo’lgan tsexlarda ishlash (G`). Bunday kasbga misollar: uchuvchi, shaxtyor, g’avvos va hokazo.

4. Odamlarning sog’ligi, hayoti uchun, katta-katta jamoat boyliklari, moddiy ne`matlar uchun oshirilgan ma`naviy mas`uliyat bilan bog’liq bo’lgan mehnat (M). O’qituvchi, shifokor, militsiya noziri, texnika xavfsizligi muxandisi va boshqa kasblarni mana shu mehnat guruhiga kiritish mumkin.



YAXSHI HAYOTGA ERISHISH MODELI





Farovon hayot,

Mustaqillik,

hurmat, obro’- e’tibor, mamnunlik, qanoatlanish, yaratuvchanlik



Bilimga chanqoqlik, mehnatsevarlik, tirishqoqlik







YAXSHI KASB

















3-rasm. Yaxshi hayotga erishish modeli

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

1. Muslimov N.A, SHaripov SH.S. v.b. Mehnat ta`limi, kasb tanlashga yo’llashni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. –T.: 2009. 427 b.

2. Davlatov K. Mehnat va kasb ta`limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi va metodikasi. – T.: «O’qituvchi», 1992. 319 b.

3. Qo’ysinov O.A., Sattorov.V.N., YAkubova H.S. Mehnatta`limi, kasb tanlashga yo’llashdan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi. (Metodik qo’llanma). T.: Nizomiy nomli TDPU, 2011. 79 b.

4. www.ziyonet.uz

5. www.pedagog.uz
















Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!