СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Конституция ва конуннинг устунлиги

Категория: Право

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«1545030807_73335»

Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi















Reja:













  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ta’lim va tarbiya jarayonlarining asosiy qonun xujjati sifatida.



Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi

Konstitutsiya va qonunlar ustunligining ta’minlanishi huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo‘lib, u O‘zbekistonda davlat-huquqiy qurilishining eng asosiy prinsipi hamdir. "Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, - deydi Prezidentimiz I.A.Karimov, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq bo‘lishi talab etiladi".

Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur aytganidek: "Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi". O‘zbekiston Konstitutsiyasida Konstitutsiya davlatimizning eng Asosiy Qonuni ekanligi, u boshqa barcha qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlardan yuqori turishi quyidagicha belgilangan: "O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar" (15-modda).

O‘zbekistonda Konstitutsiya va qonunlar oldida hamma teng darajada masuliyatga ega bo‘lib, qonunlar ham o‘z navbatida barchaga barobardir.

Konstitutsiyaning 15-moddasi ikkinchi qismida davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar, deb ko‘rsatilgan. Davlat, uning organlari, jamoat birlashmalari Konstitutsiya va tegishli maxsus qonunlar asosida tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi. Ular Konstitutsiya va maxsus qonunlarda belgilangan vakolatlarnigina amalga oshiradilar. Mansabdor shaxslar va fuqarolar ham Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Yuqoridagilarning birontasi ham Konstitutsiya va qonunlardan tashqari ish ko‘rishga haqli emas. Zero, Konstitutsiya va qonunlardan chetlab o‘tish, ularning talablarini buzish g‘ayriqonuniy xatti-harakat hisoblanadi. Bunday harakatlar uchun esa maxsus qonunlarda tegishlicha javobgarliklar o‘rnatilgan, sanksiyalar belgilangan.

Demokratik huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay amal qilish talabi bilan bir qatorda Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emasligi ham o‘rnatilgan bo‘ladi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.

Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda).

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy asoslari va prinsiplari.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari Konstitutsiyaning 17-moddasida o‘zining qonuniy aksini topgan.

Asosiy Qonunimizning 17-moddasida shunday deyilgan: "O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin."

Tashqi siyosat tushunchasi davlatning xalqaro ishlardagi umumiy yo‘nalishi o‘z ichiga oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarini o‘z ichiga oluvchi maqsad va vositalarini qamrab oladi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston 120 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi. Toshkentda 35ta davlat elchixonasi ochildi, 19ta davlat elchilari esa O‘zbekiston Respublikasida o‘rindoshlik asosida faoliyat yurgizadi. Respublikada 88 ta xorijiy vakolatxonalar akreditatsiyadan o‘tgan, 24 ta hukumatlararo va 13 ta hukumatlarga tegishli bo‘lmagan tashkilotlar faoliyat olib boradi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar.

Bizga ma’lumki, 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida shunday deyilgan edi: “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-modda 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan almashtirilsin”. Konstitutsiyaviy qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag‘ishlangan bo‘lsa endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag‘ishlangan.

Konstitutsiyaning 117-modda 2-qismida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisininng qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning Konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda-dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar” degan qoida mavjud.

O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasiga, 93moddaning 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismga o‘zgartirish kiritilgan. Unga ko‘ra O‘zR Qonunchilik palatasining deputatlari soni qonunga muvofiq 150 nafar etib belgilandi. O‘zbekistan Respublikasinin Qonunchilik palatasi tomonidan 2011yil 4 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma’qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2011 yil 18 aprelda № URK – 284 imzolangan O‘zbekistan Respublikasi Qonunining 78, 80, 93, 96 va 98moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat xokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig‘i — Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy isloxotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirish maqsadida kiritilmoqda.

2011 yil 18 aprel kuni qabul qilingan Konstitutsiyaviy qonunga ko‘ra Konstitutsiyasining quyidagi: 78-modda birinchi qismining 15-bandi, 80moddaning 6-bandiga, 93-modda birinchi kismiga, 8-bandiga, 12-bandiga, 15- bandiga, 96-moddaga, 98-moddaga tuzatish va qo‘shimchalar kiritildi,

O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90- moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi”.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 12 aprelda qabul qilingan qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Eng so‘nggi o‘zgartirishlar esa 2017 yil mart, may va avgust oylarida kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar hokimiyat va boshqaruv tizimini yanada demokratlashtirish, “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipi bosqichmabosqich amalga oshirilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat hokimiyati organlari tizimidagi rolini, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini amalga oshirishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar Mahkamasi hamda ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan qonun chiqaruvchi oliy organning, hokimiyat vakillik organlarining nazorat funksiyalarini kuchaytirish, shuningdek hukumatning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi masuliyatini oshirish maqsadida kiritilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipi asosida, davlat organlari tizimi va ularning tashkil etilish tamoyillari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisi Palatalari vakolatlari majburiyatlari, vazifalarini va buning barobarida boshqa davlat organlari tizimidagi faoliyat yo‘nalishlarini o‘zida belgilab bergan alohida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi va undan keyin Konstitutsiya va tegishli qonunlarni qabul qilish yoki o‘zgartirish, tuzatishlar kiritish masalalarini hal etish tartibining belgilanganligi, Oliy Majlis oldida turgan maqsadni reja asosda mukammalligini ta’minlangan holda, amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Shunday qilib, Konstitutsiyaga o‘zgartirish hamda tuzatishlar kiritish zaruriyatining paydo bo‘lishi davlat va jamiyatning rivojlanishida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasidagi huquqiy islohotlarning amaliy natijasi bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari xamisha ustivor, birlamchi kuchga egadir. Boshqa qonunlarning barchasi u yoki bu tarzda konstitutsiyaviy me’yorlar asosida yaratiladi, uni rivojlantiradi va ro‘yobga chiqaradi. Uning asosida me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasi kuchli axloqiy zaminga egadir. Unda avvalo insonparvarlik, adolat g‘oyalari mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning “insonga qaratilganligi” xususiyatini alohida ajratib ko‘rsatish lozim. Konstitutsiyaning markazida inson, fuqaro, uning huquqlari va qonuniy manfaatlari turadi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Endilikda inson, uning hayoti, erki, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq xamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi”.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z maqomi, tuzilishi, yo‘nalishi hamda asosiy tamoyillari, yaxlit mundarijasiga, ya’ni muqaddimasidan boshlab so‘nggi moddasiga qadar mustaqillik va istiqlol ruxi, demokratik tamaddun mazmuni bilan ajralib turadi. Shu o‘rinda aytish o‘rinliki, demokratik huquqiy davlat qurish xamda jamiyatni umuminsoniy qadriyatlar asosida tashkil etishda shubhasiz Konstitutsiyaning tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanligini e’tibordan qoldirmaslik zarur. Mazmun mohiyati bilan huquqiy demokratik davlatda hech bir fuqaro, hech bir odam o‘z ijtimoiy-shaxsiy hayotini, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiyasiz tasavvur qila olmaydi. Shuning uchun ham biz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini chuqur bilishimiz, oldimizda turgan muammolarni yechishda davlatning Asosiy qonunidan javob topishga intilishimiz lozim.

Mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasi kelajagi buyuk davlatning ishonchli huquqiy kafolatlarini mustahkamlaydi. U bizga inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik va taraqqiyot tamoyillari yig‘indisini ifodalaydigan huquqiy va adolatli davlat qurish yo‘llarini aniq ifoda etgan va xalq manfaatlarini himoya qiluvchi eng oliy qonun sifatida doimiy yo‘lchi yulduz bo‘lib xalqimiz borayotgan yo‘lni yoritib boradi.

Asosiy Qonunimizning oldingi qonunlardan va boshqa davlatlarning Konstitutsiyalaridan ajralib turadigan o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:

birinchidan, 1992 yilgi Konstitutsiya o‘zining tub mohiyati va falsafasi, maqsadlari va g‘oyalariga ko‘ra yangi hujjatdir;

ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘zining ichki tuzilishi va yangi konstitutsiyaviy institutlari bilan ajralib turadi;

uchinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi boshqa konstitutsiyalardan farqli o‘laroq, o‘ta mafkuralashtirish va siyosatlashtirish ruhi bilan sug‘orilmagan.

Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo‘q; to‘rtinchidan, Konstitutsiyamiz jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquq talab va qoidalariga javob beradigan tarzda tayyorlangan; beshinchidan, Konstitutsiyamiz jahon konstitutsiyaviy tajribasiga keng tayanishi va ijobiy tomonlardan atroflicha foydalanganligi bilan ham ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan mamlakatlar, xususan, AQSH, Turkiya, Fransiya, Germaniya Shvetsiya, Italiya kabi Farb davlatlari, ruhiyati va etnik jihatlardan bizga yaqin bo‘lgan Yaponiya, Misr, Hindiston va boshqa Sharq davlatlarining boy tajribasidan eng demokratik jihatlarini, insonparvarlik g‘oyalarini tarannum etuvchi xalqaro hujjatlarning talablarini o‘zida jamlagan; oltinchidan, Konstitutsiyamizni mustaqil davlatimiz ravnaqining huquqiy kafolati darajasiga ko‘taruvchi eng muhim belgi unda jahonning ilg‘or konstitutsiyaviy tajribasini milliy-ma’naviy va huquqiy qadriyatlarimizga, o‘zbek xalqining boy tarixiga uyg‘unlashtirilib qo‘llanilganidadir.

Mustaqil davlatimizning 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi avvalgi Konstitutsiyalardan o‘zining yuridik mazmun va mohiyati jihatidan farq qilib, bu Konstitutsiyada davlatning mustaqilligi mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy mohiyati – uning xalq manfaatlari uchun xizmat qiladigan, huquqiy demokratik davlat qurish asoslari belgilab berilganligidadir.

  1. Konstitutsiya me’yoriy-huquqiy aktlar jumlasiga kirib, qonunlarga xos bo‘lgan hamma belgilarga ega bo‘ladi. Konstitutsiya bu Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan va hamma uchun umummajburiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy-huquqiy akt bo‘lib, jamiyat qurilishi xalq hokimiyatchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

  2. Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega, ya’ni barcha oddiy qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy aktlarga nisbatan ustunlikka ega, chunki qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy aktlar Konstitutsiya normalariga muvofiq bo‘lishi shart.

  3. Konstitutsiya joriy qonunchilik uchun asos bo‘lib hisoblanadi va ularning xarakterini belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ta’lim va tarbiya jarayonlarining asosiy qonun xujjati sifatida.

O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun xarakat qilar ekan, har tomonlama rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb biladi. Ta’lim sohasida maqsadga yo‘naltirilgan davlat siyosatini olib borish bu vazifani yechishda asosiy vositalardan biridir.

Ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasiga (1948 yil) asoslanib berilgan huquqni amalga oshirishning faoliyat ko‘rsatayotgan mexanizmini yaratdi.

Ta’lim olish huquqiga tegishli halqaro hujjatlar (1960 yil 14 dekabrdagi Ta’lim soxasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya) shuni e’tirof etadiki, “ta’lim” iborasi o‘qitishning barcha turlarini va bosqichlarini qamrab oladi, hamda ta’lim olish imkoniga ega bo‘lish, ta’limning darajasi va sifati, shuningdek, ta’lim berish sharoitlarini o‘z ichiga oladi.

Xalqaro huquq normalari boshlang‘ich ta’limni majburiy va bepul qilishni, o‘rta ta’limni uning barcha turlarida umum erishadigan qilishni va undan hammaning foydalanishini ta’minlashni, oliy ta’limni to‘la tenglik asosida va har bir kishining qobiliyatidan kelib chiqib barcha erisha oladigan qilishni, qonunda belgilangan o‘qishning majburiyligini ta’minlashni tavsiya etadi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zi olgan majburiyatlarga amal qilib uzluksiz ta’limning barqaror tizimini yaratdi, shaxsning ta’lim olish huquqini amalga oshirish mexanizmini mustaxkamlab qo‘ydi.

Ta’lim olish huquqining mazmuni shundan iboratki, u O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun ta’lim va tarbiyaning barcha shakllaridan teng foydalanish imkoniyatini beradi.

Ta’lim olish huquqini amalga oshirish quyidagilar orqali ta’minlanadi:

  • ta’lim olish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish;

  • davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining tarmog‘ini yaratish;

  • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning barcha uchun imkoniyati borligi;

  • davlat ta’lim muassasalaridagi ta’limning bepulligi;

  • tayanch ma’lumoti olishning majburiyligi;

  • ta’limning turli shakllarini qo‘llash;

  • ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy xarakatlarga qaram emasligi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb ko‘rsatilgan.

Davlat faqat ta’lim olish huquqini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratibgina qolmay, mamlakatdagi maktab ishlarini nazorat ham qilib turadi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda har bir kishining ehtiyojiga ko‘ra ta’lim olish huquqini ta’minlashning ishchan mexanizmi shakllangan bo‘lib, u tegishli moddiy - texnik shart - sharoitlar bilan mustahkamlangan. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muxofaza qilishga bag‘ishlangan barcha qonunlar va huquqiy hujjatlar negizida Konstitutsiyada nazarda tutilgan demokratik rux bilan sug‘orilgan asosiy g‘oya va qoidalar yotadi. Konstitutsiya asosida ishlab chiqilgan va qabul qilingan barcha qonunlar Konstitutsiyaviy tamoyillarni ijtimoiy hayotning turli sohalarida joriy etilishi uchun muhim vosita vazifasini bajaradi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari: shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga bo‘lib belgilab berilgan bo‘lib, 37-modda mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini, 38- modda yollanib ishlayotgan xodimlarning dam olish huquqlarining kafolatlanganligini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida esa mehnat qiluvchining mehnatga aloqadaor barcha huquqiy munosabatlari tartibga solingan.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. 2016 yil 15 sentabr Xalq so‘zi gazetasi.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. 2016 yil 9 sentabr

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi Qonuni. 2017 yil 4 yanvar Xalq so‘zi gazetasi.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-son Farmoni.




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!