СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Конституция моддаларини шархлаш

Категория: Право

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Huquq normalarini sharxlash»

Huquq normalarini sharhlash





Reja:





  1. Huquq normalarini sharhlash tushunchasi

  2. Huquq normalarini sharhlash turlari











Huquq normalarini sharhlash

XX asrning so‘nggi 10 yilligi butun insoniyat tarixiga o‘zgarishlar davri sifatida kirdi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, mazlum xalqning erk uchun kurashi XX asrning g‘oyasiga aylanib, eng asosiy, eng muhim ijtimoiy-siyosiy tamoyil sifatida ajralib turadi. Dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi. Ular hozirgi til bilan aytganda, sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan, o‘z siyosiy mustaqilligini tinch yo‘l bilan ko‘lga kiritgan davlatlardir. Ular dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o‘z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda, jahon maydonining tarkibiy qismiga aylanishga harakat kilmoqda. Ular zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan, odamlarning munosib turmush tarzini ta’minlay oladigan, insonning huquq va erkinliklarini himoya qila oladigan chinakam demokratik jamiyat qurishdek murakkab vazifani hal qilishi zarur. O‘zbekiston ham shunday davlat jumlasiga kiradi.

O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni kurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida dadil borib, jahon ham jamiyatida mustahkam o‘rin egallamoqda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo‘lmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat kurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o‘zgartirish sohasida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilmoqda. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda. Davlatimizning taraqqiyoti va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan halqning huquqiy ongi hamda huquq normalariga o‘zining munosabatini bildira olishi darajasiga bog‘liqdir.

O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fukarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o‘rin egallamokda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo‘lmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o‘zgartirish sohasida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilmoqda. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda. Davlatimizning taraqqiyoti va islohotlarning muvaffakiyati ko‘p jihatdan halkning huquqiy ongi hamda huquq normalariga o‘zining munosabatini bildira olishi darajasiga bog‘liqdir. Islohotlarga maqsadlarga omilidir. Shu boisdan ham, mustakillikni kulga kiritgandan keyin O‘zbekiston yosh davlat sifatida o‘z xalqining manfaatlariga, jamiyatda ham, iktisodiy munosabatlarda ham demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish vazifalariga mos keladigan yangi qonunchilik asoslarini ishlab chikishi va qabul qilishi zarur edi.

Xozirgi kunda O‘zbekiston qonunchiligi o‘tish davri, o‘z o‘rnini o‘tab bo‘lgan eski tuzum o‘rnini yangi tuzum, demokratik institutlar, isloxotlar egallashi jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirmokda.

Yuksak shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik intiluvchanligi belgilangan tezroq erishishning muhim huquqiy madaniyat sohibi bo‘lgan, huquqiy normalarni sharhlay olish darajasidagi shaxslar-demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. Bunday shaxslari mavjud jamiyatdagi turli xil jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligini hamda batartibligi ta’minlovchi mustahkamlovchi omildir.

Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar har biri ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalaring muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.

Mening bu mavzuni tanlashimga sabab, hozirgi kunda aholining huquq normalariga bo‘lgan munosabati, dunyoqarashini ng o‘zgargani, jamoat tartibini saklashga, o‘z yaqinlariga nisbatan burchlarni ado etishga, qonunlarga, huquq idoralarning karorlariga ochik karshi chiqmasligi va bu o‘z navbatida qonunlarga hurmatsizligi oqibatini keltirib chiqarishga sabab bo‘layotgan masalalar bilan atroflicha tanishib chiqish va bu borada yakuniy xulosalar chikarishdir. Bizga ma’lumki, shark kishisiga "nodonga javob-sukut" tarzida yashash xos. U birovga, ayniqsa, davlat va huquq idoralariga biror e’tiroz bildirishdan oldin keyin o‘zimga, oilamga biror korixol bo‘lib qolmaydimi degan xayolga boradi. Bu esa uni oxir oqibat sukut saqlashga, ko‘rganini ko‘rmaganlikka olishga majbur etadi. Bunday kishilar "sen menga tegma, men senga tegmayman" qabilida ish tutadi-lar. Jamiyatdagi bu guruh kishilari o‘ta zararli hisoblanib, ular boshqalar ongida ham mavjud tuzum, xuquk-tartibot, huquqiy normalar haqida noto‘g‘ri karashlarni, fikrlarni uyg‘otishga olib keladi.

Yana shuni ta’kidlab o‘tishim mumkinki, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, xalqimiz oldida turgan ulkan maqsad va oliy niyat mustaqilligimizni barkaror va mustahkam bo‘lishini- ta’minlashdir. Buning uchun eng avvalo fukarolar ongida huquq normalariga bo‘lgan munosabatni mustahkamlash, istiqlol tushunchasi mohiyatini tushunib yetishga va o‘z vaqtida kadriga yetishga undash darkor. Bu yo‘lda ko‘yiladigan dastlabki qadam fuqarolarda huquqqa normasiga bo‘lgan munosabatni shakllantirish, ularni huquqiy madaniyatli insonlar qilib yetkazishdir. Shu boisdan ham men o‘z kurs ishimni yozishda "Huquqiy normalarni sharhlash-" mavzusini tanladim. Bundan maqsadim, huquqiy normalarni sharhlash tushunchasining mohiyatini imkon qadar ochib berish, huquqiy normalarni sharxlashning jamiyat va fukarolar hayotida tutgan o‘rni, taraqqiyotga erishuvidagi ahamiyati qay darajada ekanligini aniqlab berishga harakat qilishdir.

Huquq normalarini sharhlash tushunchasi

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda tub o‘zgarishlar o‘tkazish, huquqiy demokratik davlat qurish davriga kirdi. O‘zgarib borayotgan shart-sharoitlarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi va shu asosda huquqiy islohot o‘tkazilib, ko‘pgina yangi qonunlar kabul kilinmoqda. Bu hakda Respublika Prezidenti I. A. Karimov shunday deydi: "Qabul qilingan bu muhim qonunlar milliy davlatchilikni barpo etishga, erkin bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga, jahon hamjamiyatidagi davlatlar bilan faol hamkorlik kilishga qaratilgandir". Bu qonun va boshqa normativ-huquqiy aktlarni, har bir normani hayotga tatbiq qilish, qo‘llash, ya’ni ular bilan jamiyatda, kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish muhimdir. Buning uchun xar bir tatbiq etiladigan normaning mohiyati va mazmunini to‘g‘ri tushunib, anglab olish va sharhlash juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.

Huquqiy normalar hayotda to‘g‘ri ko‘llanib, ular orqali davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fukarolar o‘rtasida turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Shuning uchun huquqiy normani hayotga tadbiq etishda shu huquqiy norma bilan hal qilinadigan ishni har taraflama o‘rganish va ishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish kerak. So‘ngra, fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasidagi tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarni sharhlash lozim.

"Norma" so‘zi lotincha bulib, u o‘zbekchada "me’yor", "qoida", "namuna"1 degan ma’nolarni anglatadi. Xaqiqatan ham har bir norma o‘zida biron bir harakatni, yurish-turish qoidasini, modelini ifodalaydi.

Qonun va boshka huquqiy aktlar matnidagi so‘z va iboralarni grammatik, mantiqiy va yuridik jihatdan talqin etish, tushunib olish muhimdir. Bunda tatbiq etilayotgan normaning, har bir moddasining ta’sir etish doirasini belgilash, bular bilan tegishli munosabatlarni tartibga solish uchun siyosiy va yuridik malaka talab etiladi.

Amaliyotda huquqiy normalar ko‘llanib hal qilinadigan ishlar sud, prokuratura, tergov va surishtiruv organlari tomonidan ko‘rilayotganda, yo‘l ko‘yiladigan xatolarning ko‘pchiligi-huquqiy normalarni noto‘g‘ri tatbiq etish va sharhlash natijasi bo‘lib chiqadi. Shu bois, hayotda tatbiq etilayotgan huquqiy normalar bilan tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun birinchi navbatda bu huquqiy normaning ma’nosi va mazmunini aniqlash nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Huquqiy normalarni sharhlash masalasi kuyidagi uch masalani o‘z ichiga oladi:

  • Tatbiq etiladigan huquqiy normalarni sharhlovchi subyektlarni

  • aniqlash (bular davlat organlari-davlat hokimiyatining oliy va mahalliy vakillik organlari, ijro etuvchi organlar Prezident, Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari, turli vazirliklar va davlat qo‘mitalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar-sud, prokuratura, adliya, ichki ishlar idoralari va boshqalar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar);

  • Tatbiq qilinadigan huquqiy normalarning mazmunini aniqlash uchun

  • mantiqiy, grammatik, tarixiy, va sistematik usullar ko‘llaniladi;

  • Tatbiq etilayotgan normalarning hajmi bo‘yicha va yuridik kuchiga qarab sharxlash.

Huquqiy normalarni sharhlash ilmiy tomondan ishlab chiqilgan va hayotda sinab ko‘rilgan bir qator maxsus usullar orqali amalga oshiriladi. Bu usullar huquqiy normalarning ma’nosi va mazmunini ochishga yordam beradi.

Huquqiy normalarning mazmunini aniqlash uchun quyidagi usullar ishlatiladi:

  1. grammatik usul (Filologik) ;

  2. mantiqiy usul;

  3. tarixiy-siyosiy usul;

  4. sistematik usul. (Tizimiylik)

  5. Maxsus yuridik;

  6. Teologik (Maqsadli);

  7. Funksional.

Бу usullar orqali huquqiy normalarning barcha xususiyatlari aniqlanadi:

  • huquqiy normaning turlari va uning m az m u n i ;

  • huquqiy normaning yozilgan tili;

  • huquqiy normaning huquq tizimida tutgan o‘rni va hokazo1.

Grammatik usulda ko‘llaniladigan huquqiy norma mazmuni uning matni grammatik-filologiya, til qoidalariga asosan tahlil qilib beriladi. Huquqiy norma matnidagi so‘z va iboralarning, masalan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidagi «yomon oqibatlar», «igvo qilish», «jinoyat tarkibi» va boshqalarning mazmuni aniqpanadi. Bunda huquq normasi matnidagi har bir so‘z va jumlaning mazmuni grammatik jihatdan to‘g‘ri va noto‘g‘riligi tahlil qilinadi. Grammatik usulda tatbiq qilinadigan huquqiy norma turli joylarda uchraydigan so‘z va iboralarning to‘g‘riligiga, ularning o‘xshashlik va bog‘liklik tomonlariga e’tibor berib, huquqiy normalarning mazmunini aniqlab, keyin ular sharhlanadi.

Mantiqiy usulda-tatbiq etiladigan huquqiy normalarning mazmuni mantiq fanining qonuniyatlariga asosan aniqlanadi. Bunda huquqiy norma matnidagi ifodalar, tushunchalar bir-biri bilan ichki va uzviy mantikiy jihatdan bog‘langanligiga e’tibor berilib, huquqiy normaning mazmuni aniqlanadi. Masalan, O‘zR FKning 15-modsasida «Ruhiy kasalligi yoki akli zaifligi sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila olmaydigan fuqaro sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, deb topilishi mumkin», deyilgan. Demak, voyaga yetgan fuqaro ruhiy kasal bo‘lsa ham, to sud tomonidan «muomalaga layoqatsiz», deb qaror chiqarilib, tan olinguncha mantiqan muomalaga layoqatli, deb faraz kdlinadi.

Tarixiy-siyosiy usulda tatbik etilayotgan huquqiy normaning mazmuni qaysi tarixiy sharoitda, davlatning qaysi organi tomonidan, qanday maqsadda chiqarilganligi aniqlanadi. Hozirgi harakatdagi, 1994 yilda qabul qilingan O‘zR JKning 227-moddasi 1-qismida bezorilik jinoyatiga quyidagacha ta’rif berilib, unda yuqoridagi so‘zlar olib tashlangan: «Bezorilik, ya’ni jamoat joylarida tartib-qoidalarga qasddan hurmatsizlik bildirish, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zga-ning mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish jiddiy zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa - eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha mikdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi».

Tarixiy-siyosiy usulda har bir huquqiy normaning qanday sharoitda, qanday maqsadda chiqarilganligiga e’tibor beriladi.

Bu usul tergov, prokuratura va sud organlarida huquqiy normalar bilan tegishli ishlarni ko‘rib hal etishda muhim rol o‘ynaydi.

Sistematik usulda – tatbiq etilayotgan huquqiy normaning mazmunini boshqa huquqiy normalar bilan solishtirib, uning tegishli huquq sohasi normalari tizimidagi o‘rnini aniqlash kerak. Bu usulda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning yangisi bilan almashtirilganligi, qo‘llashda qoidadan istisno bor-yo‘qligi aniqlanadi. Masalan, O‘zR FKning 321-moddasida mulkni ijaraga oluvchi tomonidan yomonlashtirilgan holda yetkazilgan zararlarning ijaraga beruvchiga to‘lanishi to‘g‘risida aytiladi. Zararning to‘la-nishi to‘g‘risida O‘zR FKning 479-modsasida ham aytiladi. Bu yerda zarar yetkazilishi, shartnoma bo‘yicha olingan majburiyatning buzilishi uchun bu moddalar bir-biri bilan solishtirilib, yetkazilgan zararning undirilishi masalasi o‘zR FKning 479-moddasi bilan emas, balki 321-moddasi bilan hal etiladi.

Maxsus yuridik usul – yuridik fan va qonunchilikda maxsus terminlar va tushunchalar mavjudligi bilan belgilanadi. Ko‘pchilik fuqarolar uchun “ subyektiv huquq, gipoteza, davo muddati, prezumsiya, akspt kabi tushunchalar notanish bo‘ladi. Shu Bilan birga mutaxasis yuristlar ham o‘zlari uchun qonunlardagi yetarli bo‘lmagan iboralarni aniqlash lozim bo‘ladi. M: “Yirik” va “Yirik bo‘lmagan” o‘zlashtirish tushunchaoari o‘rtasida aniq farq yo‘q.

Teologik (Maqsadli) usul - muayyan normativ huquqiy aktni qabul qilishda qonun chiqavchi nazarda tutgan maqsadlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi. Ko‘pincha bu maqsadlar qonunning o‘zida ko‘pincha, muqaddimada ko‘rsatiladi.

Funksional usul – Huquqiy normalarning funksional vazifalari-ni e’tiborga olgan holda sharhlanadi. Normaning asl mazmuni Bilan uning matn ifodasi o‘rtasidagi o‘zaro nisbat masalasi muhim hisoblanadi.

Huquqiy normalar mazmuni yuqoridagi usullar bilan sharhlanadi.

Huquqni sharhlash aktlari amaliyotda mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmasalarda, biroq ular huquqiy tartibga solish mexanizmida muhim o‘rin egallaydi.

Huquqni sharhlash aktlari normativ huquqiy aktlar bilan quyidagi o‘xshashliklarga ega:

  • Huquqiy aktlar hisoblanadi;

  • Umummajburiy xarakterga ega;

  • Kompitentli davlat organlari tomonidan chiqariladi;

  • Shakliy aniqlikka ega;

  • Bajarilishi davlat tomonidan ta’minlanadi;

  • Farmonlar, qarorlar, yo‘riqnomalar ko‘rinishida ifodalanadi.

Sharhlash aktlarining normativ huquqiy aktlardan farq qiluvchi belgilari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

    • Ularda huquq normalari mavjud bo‘lmaydi;

    • Huquq manbai va shakli hisoblanmaydi;

    • Qoida bo‘yicha mansabdor shaxsga qaraltirilgan bo‘ladi;

    • Qonun osti xarakteriga ega;

    • Ularning maqsadi huquqni yaratish emas, balki sharhlashdan iboratdir;

    • Normativ huquqiy akt mustaqil holda mavjud bo‘la oladi, sharhlash akti esa o‘z obyektidan mustaqil emas;

    • Normativ huquqiy akt bekor bo‘lsa, sharhlash kti ham o‘z-o‘zidan bekor bo‘ladi;

Normativ huquqiy aktni g‘uquq ijodkorligi subyekti bo‘lgan organ qabul qiladi. Sharhlashni esa muayyan vakolatli organ amalga oshiradi.

Turmushda huquqiy normalar qo‘llanib, tegishli ishlar hal qilinayotgan vaqtda, huquq va qonunlarimiz qanchalik mukammal bo‘lmasin, ba’zan ular Bilan ba’zi ishlarni hal qilib bo‘lmaydi. Chunki hayot turli voqealarga boy bo‘lib, turmush birlamchi, huquq ikkilamchichidir. Bu holda huquqda bo‘shliq paydo bo‘ladi. Anna shunday vaqtda turmushdagi ijtimoiy munosabatlarni hal qilish huquq o‘xshashligi – analogiyasi prinsipi Bilan tartibga solinadi. Yuridik fanda huquq o‘xshashligi va qonun o‘xshash-ligi tushunchalari mavjud.

Huquq analogiyasi – hayotda uchraydigan tegishli ijtimoiy munosabat-larni huquqning umumiy prinsiplariga asosan tartibga solishdir. Qonun analogiyasi esa tegishli ishlarni shu ishga o‘xshash bo‘lgan qonun bilan hal qilishdir. O‘xshashlik bo‘yicha huquqiy normalar juda kam xollarda qo‘llaniladi. Faqat davlat, jamiyat va fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish uchun o‘xshashlik qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishlarini ko‘rish uchun amaldagi jinoyat qonunchiligiga asosan normalariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bu holatni huquq normasiga nisbatan oladigan bo‘lsak, bunda tiplashtirish ma’lum sharoitlarda huquqiy holat yoki subyekt xatti-harakatidagi muxim, belgilovchi, sifatiy jixatlarni ajratib ko‘rsatishda ifodalanadi. Shu tarika konkretlikdan mavhumlikka o‘tish jarayoni yuz beradi. Shu bois qonunlarda huquq normalarida erkinlik - shaxs o‘zboshimchaligiga boglik bulmagan, nomuayyan nazariy mavjudlik kasb etadi.

Analogiya (o‘xshashlik) faqat fuqarolik ishlari bo‘yicha qo‘llanilishi mumkin. Bu haqda O‘zR FKning 4-moddasida fuqarolik huquqlari va burchlari qonunlarda nazarda tutilgan asoslardan, shuninngdek, fuqarolar va tashkilotlarning qonunda nazarda tutilmagan bo‘lsada, lekin umumiy asoslari va fuqarolik qonunlarining mazmuni tufayli fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltiradigan harakatlar-dan kelib chiqadi, deb ko‘rsatilgan. Xuddi shunday modda O‘zR FKning boshqa moddasida ham ko‘rsatilib, unda shunday deyiladi:

"Nizoli munosabatni tartibga soladigan qonun bo‘lmagan taqdirda, sud shu munosabatlarga o‘xshash munosabatni tartibga soladigan qonunni tatbiq etadi, bunday qonun ham bo‘lmagan takdirda esa sud qonunlarning umumiy asoslari va ma’nosiga tayanadi".

O‘xshashlik bo‘yicha huquqiy normalarni ko‘llash va hayotda sodir bo‘ladigan tegishli ishlarni hal qilishning majburiy shartlari quyidagicha:

1. Tegishli ijtimoiy munosabatlarni ko‘rib, ishni hal qilayotganda, shu masalaga oid huquqiy normaning yo‘qligi;

2. Paydo bo‘lgan hodisani – ya’ni ijtimoiy munosabatlarni tegishli huquqiy tartibga solishni talab qilishligi;

3. Hayotdagi shu hodisaning yoki ijtimoiy munosabatlarning hal etilishi jamiyat, davlat va fuqaro manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan obyektiv zaruriyat ekanligi.

Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa ijtimoiy normalardan farqli o‘larok, huquqiy normalarda modellashtiriladigan ijtimoiy munosabatlarning majburiyligi davlat ta’sir kuchi bilan, xususan davlat majburlovi orqali ta’minlanadi.

Huquq normalarini sharhlash turlari

Huquq normalarini sharhlash masalasi huquqning mazmunini ochish, tushuntirish va huquqiy hujjatlar yuridik mohiyatini huquqini subyektlar yoritishga qaratilgan faoliyatdir. Buni amalga oshirishda huquqiy normalarni sharhlovchi subyektlarning roli katta.

O‘zbekiston Respublikasida normalarni sharhlaydigan quyidagilardan iborat:

  • davlat organlari–davlat hokimiyatining oliy va mahalliy
    vakillik organlari,

  • ijro etuvchi organlar – Prezident, Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, tumanlar,shaharlar hokimlari, turli vazirliklar va davlat ko‘mitalari,

  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar – sud, prokuratura, adliya, ichki ishlar idoralari va boshqalar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar.

Shu subyektlar huquqiy normalarni sharhlaganda ularning mazmunini to‘g‘ri tushunib, huquqiy normalarni qo‘llab, turmushdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa ijtimoiy normalardan farqli o‘larok, huquqiy normalarda modellashtiriladigan ijtimoiy munosabatlarning majburiyligi davlat ta’sir kuchi bilan, xususan davlat majburlovi orqali ta’minlanadi.

Huquq normasi huquq subyektiga muayyan huquqlarni bergani holida ham davlatning amr-irodasi saqlanib kolaveradi, chunki u huquq subyektining huquqi kafili sifatida, ya’ni shu huquqning kurikchisi va bajarilishini ta’minlovchi kafil tarikasida o‘zini namoyon etadi.

Huquq normasi mazmunan va ijtimoiy ahamiyati bois davlat amri-irodasini ifodalaydi. Uning bu moxiyatiy jixati, o‘z navbatida shakl masalasiga, ya’ni huquqiy normaning ifodalanish shakliga va uslubiga qat’iy talab kuyadi. Shu bois, huquqiy normalar shaklan aniqlik, ya’ni ma’lum bir shaklda mustaxkamlangan bo‘ladi.

Huquq normalarini sharhlash ularni qo‘llaydigan subyektiga qarab, ikki guruhga: rasmiy va norasmiy sharhlashga bo‘linadi.

Rasmiy sharhlash – turmushda ko‘llaniladigan huquqiy normalarni rasmiy sharhlash vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu sharh barcha subyektlar uchun majburiy bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida huquqiy normalarni sharhlash bilan o‘z vakolati doirasida quyidagi davlat organlari shug‘ullanadi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident, Vazirlar Mahkamasi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi.

Rasmiy sharhlash ikkiga bo‘linadi:

■ autentik sharhlash

■ normativ sharhlash

Autentik sharhlash – davlat hududida huquq normalarini bir xilda qo‘llash maqsadida, kaysi davlat organi chiqargan bo‘lsa, shu organning‘ o‘zi sharhlaydi. Bu sharhlashni yuridik adabiyotda autentik (muallif tomoni-dan sharhlash) deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasida autentik sharhlash huquqi Prezidentga, Vazirlar Mahkamasiga, vazirliklarga, davlat qo‘mitalariga, xalk deputatlari mahalliy Kengashlariga, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlariga o‘zlari chiqargan huquqiy hujjatlar bo‘yicha berilgan. Bu sharhlashning vazifasi: O‘zbekiston Respublikasining hududida huquqiy normalarni to‘g‘ri ko‘llash uchun ummummajburiylik kuchiga qarab, bir xilda sharhlashdir.

Normativ sharhlash O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiya va qonun normalarni yuridik kuchiga qarab sharhlaydigan yagona organdir. Bu sharhlash barcha davlat organlari, korxonalar tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.

Huquqiy normalarni kazual sharhlashda sud organlari har bir fuqarolik jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko‘rayotganda tegishli huquqiy normalar bilan bu ishlarni ko‘rib, hal qilish chog‘ida xuqukiy normalarni sharhlaydi. Sudning xar bir fuqarolik ishi bo‘yicha chiqargan karori yoki jinoiy ishlar bo‘yicha chikargai hukmi huquqiy normani kazual (kazus) sharhlash asosida amalga oshadi. Bu norasmiy sharhlashdir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sud amaliyotini umumlashtirib ko‘rib chiqadi va qonun hujjatlarini ko‘llash masalalari bo‘yicha ularni sharhlab, dasturiy ko‘rsatmalar beradi. Yukoridagi belgilari bilan huquq normasi individual huquq normalaridan fark kiladi. Masalan, birorta shaxsni ishga tayinlash, yoki boshqa bir shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish, bironta firmani yuridik shaxs sifatida ruyxatdan utkazish kabi davlat organlari qarorlari huquq normasi bula olmaydi, chunki ular amaldagi huquq normasini aloxida shaxsga va holatga qo‘llashga karatilgan holos. Bu harakatlarning hammasi aniq, individual xarakterga egadir, chunki konkret shaxslarga taalukli, bir martagina amalga oshiriladi va shu bilan o‘z harakatini tuxtatadi. To‘g‘ri, ba’zi aniq qoidalar doimiy xarakterga ham ega bo‘ladi, masalan, tayinlangan nafaka (pensiya) ni tulash,berilgan ordenni takib yurish huquki va boshqalar, birok ular aniq bir shaxsga karatilganligi bois normativ xarakterga ega bo‘lolmaydi.

Davlat organlari va maxalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining individual huquqiy qoidalari ijro, sud va maxalliy o‘zini-o‘zi boshqarish funksiyalarini amalga oshirish uchun zarurdir. Birok ularning yordamida qonun yaratish, huquq ijodkorlik faoliyati amalga oshmaydi: bunday qoidalar huquqni vujudga keltira olmaydi, chunki huquqning bosh vazifasi jamiyatda va davlatda mavjud munosabatlarning yagona tartibini o‘rnatishdan iboratdir. Shu bois fakat umumiy, bir necha marta qo‘llaniladigan huquq normalarigina jamiyatning va xar bir insonning xayotining asosini tashkil etuvchi, doimo takrorlanib turadigan, turli xarakterdagi xatti-harakat, yurish-turish aktlarini tartibga solishga qodir.

Norasmiy sharhlash 3 ga bo‘linadi:

1) Kundalik (odatiy). Har bir shaxs tomonidan sharhlanadi.

2) Kasbiy (professional).

3) Ilmiy (doktrinal) Tatbiq etilayotgan huquqiy normalarni ilmiy sharhlash ilmiy hodimlar, olimlar, jamoat va davlat arbobolari tomonidan darsliklarda,ma’ruzalarda, kitoblarda va ilmiy maqola-larda amalga oshirilishi mumkin .

Huquq normalarini sharhlash hajmi bo‘yicha uch xil bo‘ladi :

  1. So‘zni tom ma’noda sharhlash – bunda turmushga tatbiq etilayotgan huquqiy normaning mazmuni yozilgan matniga qarab, hech narsa qo‘shmasdan qo‘llash tushuniladi.

2) Cheklangan sharhlash – bunda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning o‘z matnida cheklanganligi belgilab qo‘yiladi.

3) Keng ma’noda sharhlash – bunda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning mazmuni uning yozilgan matniga nisbatan kengroq qilib sharhlanadi.

O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan hozirgi zamonda kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlar huquq normalari bilan tartibga solinadi. Bunda huquq normalarini sharhlash-avvalo turli usullar bilan ularning mazmunini aniqlash va huquqiy normalarning hajmi, yuridik kuchiga qarab sharhlash katta yordam beradi. Bu esa aholining huquqiy normalarni yaxshiroq tushunib, ularga amal qilishlikka, xuqudiy tarbiya va huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishiga olib keladi. Turmushda huquqiy normalar ko‘llanib, tegishli ishlar hal etilinayotgan paytda, huquq va qonunlarimiz qanchalik mukammal bo‘lmasin, ba’zan ular bilan ba’zi ishlarni hal qilib bo‘lmaydi. Chunki hayot turli vokealarga boy bo‘lib, birlamchi, huquq ikkilamchidir. Huquq normasi - bu davlat tomonidan o‘rnatiladigan, muayyan shaklda mustaxkamlangan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga karatilgan umumajburiy yurish-turish qoidasidir. Huquq normasining asosiy vazifasi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish. Huquq normasi umummajburiy xususiyatga ega, u huquk tizimidagi birlamchi hujayradir.

Bu holda huquqda bo‘shliq paydo bo‘ladi. Ana shunday vaqtda turmushdagi ijtimoiy munosabatlarni hal qilish huquq o‘xshashligi - normalar prinsipi bilan tartibga solinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Karimov I.A.. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom, Toshkent, «O‘zbekiston», 1996.

  2. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. 4-tom, Toshkent, «O‘zbekiston», 1998.

  3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent, “O‘zbekiston” 2003.

  4. O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbekiston Respublikasining mustaqil-ligi asoslari to‘g‘risida"gi 1991yil 31 avgust konstitutsiyaviy qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 1991 yil. 11-son.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining O‘zbekiston Respublika-sining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida"gi 1991yil 31 avgust qarori // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 1991 yil. 11-son.

15



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!