СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Jahon tarixi 7- sinf 5-11 asrlarda xitoy

Категория: История

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Jahon tarixi 7- sinf 5-11 asrlarda xitoy»

Sana “ ”_____________________201___-yil.

Mavzu: V-XI asrlarda Xitoy.

Darsning maqsadi:

  • o‘quvchilarni 7-sinfdagi “Jahon tarixi” kursi vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi va joylashtirilish tamoyillari, darslikdagi materiallami o‘rganish uslubiyati va usullari bilan tanishtirish;

  • o‘quvchilarga o‘rta asrlar tarixini davrlashtirish va o'rta asrlar tarixi voqealari haqida tushuntirib berish.

Dars materiallari va jihozlari:

  1. Jahon tarixi darsligi,

  2. Xarita, yozuvsiz xarita.

  3. Doska, bo‘r, daftar.

Tarqatma material:

  • darsda o‘rganiladigan asosiy atama va tushunchalar yozilgan kartochkalar.

Darsning borishi

I. Tashkiliy ishlar.

  1. 0‘qituvchining salomlashishi, jurnalga yo'qlamani qilishi.

  2. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

  3. Dunyoda yuz bergan muhim yangiliklardan xabarlar.

II. Yangi mavzuning bayoni: Suy imperiyasining tashkil topishi. V-VI asrlarda Xitoy mayda-mayda davlatlarga bo`linib ketgandi. Bu ko`chmanchi qabilalar hujumining oqibati edi. VI asrning ikkinchi yarmida Xitoyni Buyuk Turk xoqonligi bosib olishi xavfi tug`ildi. Shu xavf Xitoyning birlashuvini tezlashtirdi. Bu tarixiy hodisa 589- yilda o`z davrining yetakchi lashkarboshilaridan biri Vendi tomonidan amalga oshirildi. Vendi Xitoyda suy sulolasi hukmronligini o`rnatdi. Birlashgan davlat Suy imperiyasi nomi bilan tarixga kirdi. Suy sulolasi mustahkam markaziy hokimiyat barpo eta olmadi. Hokimiyat amalda mahalliy hukmdorlar qo`lida to`planganicha qola berdi. Buning ustiga ko`chmanchi turkiy qabilalarning uzluksiz hujumlari imperiyaning ahvolini yanada og`irlashtirdi. Va nihoyat, imperiyaning istilochilik urushlari uni butunlay holdan toydirdi. Yuqorida qayd etilgan omillar natijasida suy sulolasi barham topdi. Tan imperiyasi. Xitoydagi og`ir ichki vaziyatdan foydalangan mahalliy hukmdorlardan biri Li Yuan 618- yilda hokimiyatni bosib oldi. U yangi sulola - tan sulolasi hukmronligiga asos soldi. Tan sulolasi Xitoyda 907- yilgacha hukmronlik qildi. Bu davrda Xitoy ulkan imperiyaga aylandi. Imperiya amaldorlarning juda katta guruhi tomonidan idora etilardi. Markaziy boshqaruv olti vazirlik: amallar, soliq, harbiy, sud, jamoat ishlari, marosim ishlari vazirliklari tomonidan amalga oshirilgan. Imperiya viloyatlarga, viloyatlar okruglarga, okruglar uyezdlarga, uyezdlar bo`lislarga, bo`lislar o`z navbatida qishloqlarga bo`linib boshqarilgan. Qishloqlar esa har bir kishi bir-biriga kafil bo`ladigan 5 xonadon birlashmasiga bo`lingan. Tan sulolasi hukmronligining barham topishi. Imperiyaning istilochilik urushlari haddan tashqari katta xarajatlar evaziga amalga oshirilgan. Bu esa soliqlarning tobora ortib borishiga olib kelgan. Og`ir soliqlar dehqonlarning tinka-madorini quritar edi. To`yib ovqat yemaslik, ocharchilik ularning yo`ldoshi edi. Natijada dehqonlar qo`zg`olon ko`tarishga majbur bo`lganlar. Dehqonlar qo`zg`olonining eng yirigi 875-884- yillarda bo`lib o`tgan. Qo`zg`olonga sobiq harbiy xizmatchi Xuan Chao rahbarlik qilgan. Qo`zg`olon imperiyani larzaga solgan. 880- yilda Xuan Chao o`zini hatto imperator deb ham e'lon qilgan. Tan sulolasi ko`chmanchilarning yordami bilan 884- yildagina qo`zg`olonni bostirishga erishgan. Qo`zg`olon tan sulolasi hokimiyatini zaiflashtirgan. Bundan viloyat hukmdorlari foydalanganlar. Ularda separatchilik kayfiyati kuchaygan. Oxir-oqibat 907- yilga kelib Tan imperiyasi qulagan. Bu hodisadan so`ng Xitoyda bir necha o`n yillar siyosiy tarqoqlik hukm surdi. Dehqonlar qo`zg`oloni izsiz ketmadi. Uning oqibatida dehqonlarni holdan toydiruvchi o`ta og`ir soliq tizimi barham topdi. Yer egaligi munosabatlari. Xitoyda butun yer rasman davlat mulki hisoblangan. Davlat uni aholiga taqsimlab berardi. 624- yilda qabul qilingan qonunga ko`ra, har bir xo`jalik 100 mu dan yer olish huquqiga ega bo`lgan. Uning 80 mu sidan davlatga soliq to`langan. 20 mu si esa meros qoldirish huquqi bilan berilgan. Uy-joy hamda bog` egallagan yer maydoni 20 mu tarkibiga kiritilgan. Bog`da mevali daraxtlar bilan birga, albatta tut ko`chati parvarish qilinishi shart bo`lgan. Bu tartib Xitoyda ipak qurti boqish zaruratidan kelib chiqqan. Aholi davlatdan olgan yerlarini sotish huquqiga ega bo`lmagan. Ular faqat uy va bog`larini garovga qo`yishi yoki sotishi mumkin edi, xolos. Davlatdan olingan yer uchun har yili soliq to`langan. Dehqonlar yiliga 30 kungacha davlat uchun turli majburiyatlarni o`taganlar. Davlat lashkarboshilarga, turli darajadagi amaldorlarga hamda zodagonlarga katta-katta yer maydonlarini in'om qilgan. In'om hajmi 300 mu dan 10 ming mu ni tashkil etgan. In'om yerlar soliqdan ozod etilgan. Tan imperiyasi davrida amaldorlar 9 darajaga bo`lindi. Xitoy madaniyati. VI-XI asrlarda Xitoyda madaniyat yuksalgan. Ilm-fan havas qilsa arzigulik darajada rivojlangan. Ayniqsa, matematika, astronomiya, geografiya va tarix ilmida katta yutuqlarga erishilgan. Chunonchi, VIII asrda Xitoyda dunyoda birinchi Fanlar akademiyasi tashkil etilgan. Ayni shu asrda dunyoda birinchi gazeta ham Xitoyda nashr etilgan. Birinchi gazeta „Poytaxt axboroti" nomi bilan chiqarilgan. Bu gazeta XX asr boshlariga qadar chop etib kelingan. Dunyoda birinchi yozuv qog`ozi va kitob nashri ham Xitoyda ixtiro etilgan. Xitoyda me'morchilik va tasviriy san'at ham yuksak darajada rivojlangan. 1 mu - olti sotix yer maydoni. Kompas - turgan joyni aniqlab beruvchi asbob. Uning magnitli strelkasi doimo shimolni ko`rsatib turadi.

III. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash.

  1. 0‘qituvchi sinf o‘quvchilarini 4 guruhlarga bo‘lib, savollar beradi:

  2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqaradi.

IV. Dars yakunlarini chiqarish:

O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo'yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

Uyga vazifa: O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash

O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ___________


Скачать

© 2019, 1467 0

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!