СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Ёшларга оид давлат сиёсатини янги босқичга олиб чиқиш

Категория: Директору

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Ёшларга оид давлат сиёсатини янги босқичга олиб чиқиш»


Annotatsiya: Ushbu maqolada mahllarda yangi joriy etilgan Yoshlar yetakchisini faoliyati,uni vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar: Boshqaruv mehanizmlari, tarbiyaviy ishlar, Yoshlar daftari, ta’lim mujassasalari, ijtimoiy pedogogik reabilitatsiya.

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida:

Oʻzbekistondagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etiladi. Bu prezident imzolagan "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorda belgilangan.

Yetakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi. Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi.

Qonunan mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilangan:

• "Yoshlar balansi"ni shakllantirish, yoshlar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;

• mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʻyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;

• yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish;

• yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;

• huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga koʻmaklashish.

• Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi: • xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;

• xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida;

• xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida.

Bundan tashqari, har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishgan mamlakat boʻyicha eng ilgʻor 100 nafar yetakchi bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Boshqa hududlardan kelib oʻz faoliyatini olib borayotgan yetakchi uchun BHMning ikki baravarigacha boʻlgan miqdorda turar joy ijara toʻlovi qoplab beriladi.

Bu yil barcha mahallalarda tub oʻzgarishlar boʻlishi kerak - prezident

Shuningdek, yil yakuni boʻyicha yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya beriladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2022 yil "Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili" deb eʼlon qilingan. Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi yil nomini eʼlon qilayotib, mahalla obod boʻlsa, mamlakat obod boʻlishini taʼkidlagandi. Uning soʻzlariga koʻra, bundan buyon har bir mahallada samarali ish olib borish hukumat faoliyatining bosh mezoniga aylanadi degan edi.

Har bir davlatning barqaror taraqqiyotini ta’minlashda asosiy poydevor yoshlar va ularning intellektual salohiyati hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz aholisining katta qismi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yoshlardan iborat ekanini inobatga olgan holda, mazkur qatlamning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi manfaatini himoya qilish hamda kuzatilayotgan dolzarb masalalarning nazariy va amaliy jihatdan yechimini topish kun tartibidagi muhim vazifadir.

Yosh avlod kelajagi esa hamisha O‘zbekiston siyosatining markazida bo‘lgan. Bugun ham yurtimizda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, yoshlarning kamoloti va tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi shart-sharoit yaratish uchun barcha sohada keng ko‘lamli islohotlar jadallik bilan olib borilmoqda.

O‘zbekiston — haqiqiy ma’noda yoshlar mamlakati. Bu yurtda ulg‘ayayotgan yigit-qizlarning orzulari va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bisyor. Davlatimiz rahbarining tashabbusi va qo‘llab-quvvatlovi esa ularga bu maqsadlarni amalga oshirishda ko‘mak beradi. Prezidentimizning “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovasiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim”, degan so‘zlari yoshlar uchun katta marralar sari yo‘l ochdi. O‘tgan davrda yoshlarni har tomonlama qo‘llabquvvatlashmaqsadida qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Ular asosida yoshlarning intilish va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirishga oid rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha mustahkam tizim yaratildi. Ushbu sa’y-harakatlar davomi sifatida Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shahar va shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilishi belgilandi.

Yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbusini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish yetakchilarning asosiy vazifasi sifatida qayd etildi. Navqiron avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual jihatdan kamol topishi va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, yetakchilarning o‘ziga biriktirilgan mahallalarda maqom, baxshichilik va estrada bo‘yicha tanlovlar, “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazishi, shu bilan birga, mini futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarini tashkil etishi zarurligi ta’kidlandi.

Lavozimga nomzodlar esa tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinishi, yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinishi qayd etildi.

YUNISEF, Yoshlar ittifoqi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan o‘tkazilgan va “O‘zbekiston yoshlari: muammo va istiqbollar” deb nomlangan yirik tadqiqot natijalari asosida tayyorlangan hisobotda O‘zbekiston 15-20 yildan so‘ng noyob demografik dividendni qo‘lga kiritishi ta’kidlab o‘tilgan.

2048-yilga borib mamlakatda mehnatga layoqatli aholi soni tarixiy yuqori darajaga yetishi kutilmoqda. Tabiiyki, ularning salmoqli qismini yoshlar tashkil qiladi. Hozir davlat oldidagi asosiy vazifa demografik dividendni qo‘ldan boy bermaslik hamda undan maksimal foydalanishdan iborat. Boshqacha aytganda, hukumat inson kapitaliga, ya’ni yoshlarning sifatli ta’lim olishi va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga katta hajmda investisiya kiritishi zarur. Bu kelajakda nafaqat iqtisodiyotni yuksaltirish, balki ijtimoiy vaziyatni barqarorlashtirish — kambag‘allik va salohiyatli kadrlar migrasiyasini qisqartirish, ishsizlikni bartaraf etish, xalqning turmush darajasini oshirish imkonini beradi.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!