СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Impact of Artificial Intelligence on Engineering: Past, Present and Future

Категория: Технология

Нажмите, чтобы узнать подробности

Recent advancements in cloud computing and software technology have resulted in the development of powerful Artificial Intelligence (AI) tools for engineering applications. However, the impact of AI in future engineering jobs remains ambiguous. This paper discusses recent AI developments, AI applications, the influence of AI on the Engineering profession, and the productivity of engineers. In addition, ethics, and professional impacts to be considered with the introduction of AI are addressed ...

Просмотр содержимого документа
«Impact of Artificial Intelligence on Engineering: Past, Present and Future»

Mavzu: Yevropa mintaqasining xalqaro turistik bozor yetakchisi sifatidagi xususiyatlari

Reja:

  1. Xalqaro turizm yagona turizm sifatida asosiy tushunchalar.

  2. Yevropa mintaqasining xalqaro turistik statistikalari.

  3. Xalqaro turizm bozori transmilliy kompaniyalar.

  4. Yevropa mintaqasining xalqaro turistik bozor yetakchisi sifatidagi xususiyatlari.





























KIRISH

Mavzuning dolzarbligi.Turizm o‘zining ko‘p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta’sir o‘tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko‘pgina jabhalarini rivojlantirishga imkon tug‘diradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yo‘l qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kammunal xo‘jaligi, maishiy xizmat ko‘rsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari va h.k. Turizmni rivojlantirish bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos dam olish, hordiq chiqarish, ko‘ngil ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, o‘z o‘rnida sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bir qator sohalarni qamrab olgandir. Turizm o‘zida jahon iqtisodiyotining murakkab va majmuaviy sohalarini mujassam etganki, bu butun jahon xo‘jaligiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Aloxida mamlakatlar xo‘jaligiga ham, xududlarga ham u birday tegishli.

Ayrim mamlakatlarda xalqaro turizm valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi. Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori darajasi va xalq turmush farovonligi qo‘llab –quvvatlanib turiladi. Xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining eng muhim, barqaror va dinamik holda rivojlanib borayotgan sohasiga aylanib bormoqda. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, 2006 yilda butun dunyo bo‘yicha turizmning umumiy o‘sish darajasi 4,5 % ni tashkil qilgan. Xalqaro turistlarning kelishi esa 820 mln. (2006 y.) kishiga yetib, keluvchi turistlardan olinadigan umumiy daromadlar miqdori 650 mlrd. dollardan ortdi. Xalqaro turistik xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasi tarkibi ham tubdan o‘zgardi. Jahon turizm bozori borgan sari xilma-xillashib, aholining ijtimoiy sohasida turistik mahsulotlarga bo‘lgan talabi va ehtiyoji ortib bormoqda. Turizmning ommaviy uyushgan holdagi shakli kengayib, turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati borgan sari rivojlana bordi.

___________________________________________________ 1.O'zbekiston Respublikasi "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PF-6199-farmoni 2021 yil 6-aprel. //www.lex.uz

Xilma-xil turistik mahsulotlarni taklif etuvchi maxsus turistik tashkilotlar (firmalar) soni ko‘paya bordi. Jahon tovarlar va xizmatlar eksportida hozirgi paytda turizm ulushiga butun jahon eksportining 8%ga yaqini, jahon xizmatlar savdosining 30%, jahon yalpi mahsulotining 11%, jahon kapital quyilmalarining 9%, jahon iste’mol harajatlarining 11%, butun dunyo soliq tushumlarining 5% to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, turizm aholining bandligiga anchagina ta’sir o‘tkazmoqda. Mutaxassislar bahosicha, hozirgi zamon turizmi va uning bilan bog‘liq sohalarida jahondagi har sakkizinchi xodim band. Turizm industriyasi jahon iqtisodiyotining uch yetakchi eksport sohalari qatoriga kiradi. U faqatgina neft qazib olish va qayta ishlash hamda avtomobilsozlik sanoatlaridangina keyin turadi. Turizm jahonning ko‘pchilik davlatlarida yagona tizim sifatida rivojlanmoqda va mamlakatlar byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek juda ko‘pchilik turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq jismoniy va huquqiy shaxslarga yordam ko‘rsatadi.

Turizm na faqat eng yirik, balki jahon iqtisodiyotining eng dinamik holatda rivojlanayotgan sektorlaridan biridir. U tez suratlarda o‘sishi bilan yuz yillikning iqtisodiy fenomeni sifatida tan olingan. XX asr ikkinchi yarmi davomida xalqaro turistlar soni sal kam 28 marta ko‘paydi. Bu xizmat turidan tushumlar esa 237 martaga ortdi. 4 Butun dunyo bo‘yicha turistik xizmatlarga o‘sib borayotgan talab eng avvalo ijtimoiy–iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi (umumiy daromadlar o‘sishi va bo‘sh vaqtning ko‘payishi, haq to‘lanadigan ta’tillar muddati ko‘payishi, nafaqa ta’minotining yetarli darajasi oila tarkibini bolalar kamayishi evaziga o‘zgarishi va h.k).

Shuningdek transport taraqqiyotidagi o‘sish, uni arzonlashishi va hammaning qurbi yetishi, valyuta cheklovlarining kamaytirilishi yoki bekor qilinishi, viza rejimining liberallashtirilishi kabilar. Xalqaro turizm juda ko‘pgina mamlakatlarda to‘lov balansiga amal qilishda muhim omil bo‘lib sanaladi. So‘nggi yillarda turizm dunyoda aholi bandligining muhim generatoriga aylanib bormoqda va jahon infratuzilmasiga juda katta miqdorda sarmoyalarni jalb etmoqda. Bu esa mahalliy aholini ham, tashrif buyuruvchi turistlarning ham turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi. Turizm sohasida juda ko‘p ish o‘rinlari turistik korxonalar rivojlanayotgan hududlarda paydo bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy imkoniyatlarni muvozanatlantirish, qishloq aholisini barcha qulaylikka ega shaharlarga qarab oqishining oldini olishga yordam beradi. Mamlakatlararo xususiyatlarni anglash va ko‘ra bilish hamda shaxsiy aloqalarni o‘rnatish turizm sohasi tufayli shakllanadi. Xalqaro turizm har bir davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy sohalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Turizm ulkan madaniy va ma’naviy mazmunga ega bo‘lib, hamfikrlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda, hududiy va mahalliy majarolarni bartaraf qilishda, baraqaror tinchlikni mustahkamlashda keng ufqlar ochadi.

Ulkan xilma-xil sayohatlar ma’lum guruhlari orasidan zarurlarini ajratish shundan iboratki, turizmning konkret turi ko‘p jihatdan tur bo‘yicha xizmatlar to‘plamini, narx belgilanishini taqozo etadi. Safar tashkilotchisi faoliyati harakteri, qabul qiluvchi mintaqa xususiyati, marketing va turistik biznesni boshqarish bo‘yicha yetakchi faoliyat o‘rnini egallovchi boshqa ko‘plab parametrlarni belgilaydi

Birinchi jahon urushidan keyin, ya’ni 1920 yillardan boshlab xalqaro turizm yangi rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Urush davrida ko‘pgina turistlar Italiya va Shveysariya mamlakatlariga borgan bo‘lsalar, urushdan so‘ngi yillarda esa ularning 36 safari butun Yevropa mamlakatlarini qamrab oldilar. 1928 yilda Rossiya turistik jamiyati qaytadan tashkil bo‘ldi va uning o‘rniga Proletarlar turizmi jamiyati tuzildi. 1929 yilda Butun ittifoq aksionerlar jamoasi «Inturist» tashkil etildi. Horijiy turistlarni qabul qilib oluvchi Butun ittifoq aksionerlar tashkiloti «Otel» tashkil etildi. Uning tarkibiga 17 ta otellar kirgan bo‘lib, ular turli shaharlarda joylashgan edi. Yirik shaharlarda esa birinchi toifali mehmonxonalar qurila boshlandi. Jumladan Moskva shahrida – «Natsional», «Metropol», Sankt – Peterburgda – «Astoriya», «Yevropa» va hokazolar kabi. 1930 yillar xalqaro turizmning rivojlanishida pasayish davri bo‘lib hisoblanadi. Buning asosiy sababi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi (krizis) ning kuchayishi Yevropada siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, Germaniyada davlat xokimiyatiga Gitler boshchiligidagi natsistlar partiyasining kelishi bilan bog‘liq bo‘ldi. 1939 yilga kelib mamlakatda kurort industriyasi tashkil topadi. Uning tarkibida 1828 sanatoriyalar va 1270 dam olish uylari mavjud edi. 1941 yilga kelib hammasi bo‘lib, 100 mingga yaqin xorijiy turistlar qabul qilingan.

Xalqaro turizm ko‘pgina mamlakatlarda o‘ziga turli maxsus xizmat vakillarini jalb qila boshladi. Ya’ni turizm sohasi turli xil davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan axborotlarni to‘plashi va qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshiradigan manba bo‘lib qoldi. Misol, Ispaniyadagi grajdanlar urushi davrida Germaniya Tashviqot va Targ‘ibot vazirligida maxsus turizm bo‘limi tashkil etilgan edi. Uning asosiy vazifasi Ispaniyaga polyak askarlarini turist tarzida yuborishdan iborat edi. Ikkinchi jahon urushi xalqaro turizmning hajmini keskin kamaytirib yubordi. Urushdan keyin ko‘pgina Yevropa mamlakatlari shaharlari harobalikka aylanib qoldi. Hamma mamlakatlarda pul tanqisligi, yoqilg‘i-enegetika resurslari, oziq-ovqat va malakali kadrlarning yetishmasligi davlatlarning milliy iqtisodiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu borada dunyo mamlakatlaridagi siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, harbiy qurollanish poygasining to‘xtovsiz kuchayishi xalqaro turizm rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Millionlab ishchilar uchun tashqi dunyo qo‘rqinchli va xavfli manba bo‘lib qoldi.

Xalqaro ommaviy turizmning yuksalish davri

Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin Yevropaning ayrim mamlakatlarida, AQSH va Kanadada xalqaro turizm endi rivojlana boshladi. 1951 yilga kelib butun dunyo bo‘yicha qayd etilgan turistlarning umumiy soni urushgacha bo‘lgan darajaga yetdi va 25 mln. dan ortiq kishini tashkil qildi.

___________________________________________________ 1.O'zbekiston Respublikasi "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PF-6199-farmoni 2021 yil 6-aprel. //www.lex.uz

Urushdan keyingi yillarda turizm sohasi ommaviy jamiyatning barcha tabaqadagi a’zolari uchun xizmat shakli bo‘lib hisoblanadi. Kuchli dam olishning rivojlanish infrastrukturasi shakllanadi. Bu davr turistik firmalarning aktiv faollashuvi ommaviy qurilish mehmonxonalari, motellar, dam olish uylari va ko‘ngil ochar joylari bilan ifodalanadi.

Xalqaro miqyosda ayriboshlash keng ko‘lamda rivojlana boshladi. Turizm yakka tartibdan, uyushgan ommaviy holatga aylana boshladi. 1947 y. Parijda xalqaro turistik tashkilotlarning rasmiy Ittifoqi (MSOTO) tasdiqlandi. Uning haqiqiy a’zolari bo‘lib davlat va nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga 116 davlat kirgan. XX asr o‘rtalari xalqaro turizmning eng yuqori darajada yuksalishi bilan harakterlanadi. 1960 yilda chetga chiquvchi turistlar soni 71 mln. kishiga yetdi. 1971 37 yilga kelib, u 168 mln. kishini tashkil qildi. Xalqaro turizm jadallik bilan rivojlanishiga birinchi o‘rinda dunyoda siyosiy vaziyatning o‘zgarishi «sovuq urush» siyosatining susayishi va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sishi bilan belgilanadi. Turistlarning ijtimoiy kelib chiqish tarkibi anchagina o‘zgardi. G‘arb mamlakatlaridagi mehnatkash ommaning iqtisodiy, turmush tarzining ijobiy holga o‘zgarishi, ish haqining o‘sishi, ta’til kunlarining ko‘payishi kabilar katta ta’sir ko‘rsatdi.

Xalqaro turizm rivojlanishiga fan-texnika taraqqiyotning o‘sishi, ayniqsa havo transportida reaktiv passajir samolyotlarning yaratilishi katta imkoniyatlarni tug‘dirdi. Xalqaro turizm rolining ko‘tarilishida BMT tezkorlik bilan rivojlanib borayotgani xalqaro hamkorlikning ushbu sohasiga juda katta e’tibor berdi. 1963 y. Rimda (Italiya) BMT turizm va sayohatlar bo‘yicha I konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada «Vaqtinchalik keluvchi», «Turist», «Ekskursant», kabi turizmda maxsus tushunchalarga aniqlik kiritish konferensiyada statistik hisobotlarni bir xil qilish va ularni tahlil qilish, turizm rivojlanishi istiqbolini belgilash, chegaralarda turistlarni chiqarish va kiritishning rasmiyatchilik tartib qoidalarini soddalashtirish ko‘rib chiqildi. Xalqaro turizm masalasi BMT – savdo va taraqqiyot konferensiyaning faoliyati BMT mintaqaviy iqtisodiy komissiyasi doirasida, asosan Yevropa iqtisodiy komissiyasiga kiritilgan. 1969 yil BMT bosh Assambliyasi rezalyutsiyasiga muvofiq nodavlat xalqaro turistik tashkilotlarning maxsus ittifoqi (MSOTO) qaytadan tashkil etilib, BTTga aylantirildi. BTT 1975 yil 2 yanvarda o‘z ustavini qabul qildi. Uning tarkibiga 51 davlat a’zo bo‘lib kiritilgan. BTT tashkilotining asosiy maqsadi - turizm sohasida davlatlarning bir-birlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yilganini ta’min etish, turizm sohasida rivojlanishni rag‘batlantirish, tinchlik, taraqqiyot va inson haq-huquqlarini himoya qilish, jadal iqtisodiyot yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shishdan iboratdir. 1980 yillardan boshlab xalqaro turizm xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim doimiy, barqaror rivojlanib borayotgan sohasiga aylana boshladi. Turistik xizmatlar ko‘rsatish tarkibi o‘zgardi. Jahon turizmi bozori borgan sari xilma-xillasha bordi.

Aholining ijtimoiy sohasida turistik mahsulotlarga bo‘lgan talabi va ehtiyoji orta bordi. Turizmning ommaviy uyushgan holdagi shakli o‘sib bordi. Turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati (transport, joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish, hordiq chiqarish) borgan sari rivojlanaboradi. Xilma-xil turistik mahsulotlarni taklif etuvchi maxsus turistik firmalar (tashkilotlar) soni ko‘payabordi. XX asrning so‘nggi o‘n yilida xalqaro turizm eng yuqori texnologiyalar asosida rivojlanib boroyotgan jahon turizm industriyasiga aylandi. Yirik xalqaro Transmilliy kompaniyalar (TMK), mehmonxonalar zanjiri, zamonaviy ovqatlanish korxonalari, ko‘ngil ochar ob’ektlar - bular barchasi xalqaro turizmni rivojlantirishga juda qulay shart-sharoitlarni tug‘diradi. 1990 yillar boshida Fors qo‘ltig‘idagi (Iroq-Eron urushi), O‘rta yer dengizining Shimoliy-sharqiy qismi, Shimoliy Afrikadagi harbiy mojarolar xalqaro turizm taraqqiyotiga anchagina ta’sir ko‘rsatdi. Davlatlar o‘rtasidagi urushlar, kelishmovchiliklar, munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi. Bu borada xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar, qisman aviakompaniyalar juda katta 38 moddiy zarar ko‘ra boshladilar.

Ularning ayrimlari esa bankrot darajasiga tushib qoldilar. Umuman olganda, XX asrning 90 - yillarida xalqaro turizm biroz susayib, uning o‘sish sur’ati o‘rtacha 4 foiz atrofida kuzatiladi. Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri-bu xalqaro terrorizm va eksteremizm bo‘lib qolmoqda. 2001 yil 11 sentyabrda terroristik harakatlar birgina AQSH turizmga emas, balki butun jahon turizm rivojlanishiga berilgan qattiq zarba bo‘ldi. Terroristik harakatlar oqibati natijasida birgina AQShga kelib-ketuvchi turistlar soni 12,6% qisqardi. Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi juda ko‘pgina turistik kompaniyalar, firmalar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar bankrotlik darajasiga tushib qoldilar. 2001 yilda xorijga chiquvchi turistlar soni 2000 yilga nisbatan birdaniga 1,3 % ga qisqardi. Ya’ni chetga chiquvchi turistlar soni 2000 yilda 698 mln. kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2001 yilda 689 mln. kishini tashkil qildi. So‘ngi 20 yil ichida turistlar sonining keskin kamayishi birinchi marotaba kuzatildi. BTT ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda xalqaro turizm yana o‘z mavqiyeni saqlab qolishga qodir bo‘ldi. Uning evaziga butunjahon yalpi milliy mahsulotning 6 %, xalqaro investitsiyalarning 7 %, dunyo iste’mol harajatlarining 11 % va soliqlar tushumining 5 % to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ishlayotgan ishchilarning 13 tadan biri turizm industriyasida, Janubiy sharqiy Osiyo mamlakatlarida esa har bir 15 ishchidan biri turizm biznesi bilan banddir

BTT ma’lumotlariga ko‘ra eng ko‘p miqdordagi turistlarning kelishi Yevropa mamlakatlarida kuzatilmoqda (17 mln. kishidan ortiq). Osiyo va Tinch okeani mintaqasida 11 mln. kishi, Shimoliy va Janubiy Amerikada 8 mln. kishi, Afrika va Yaqin Sharq mintaqalarida har biri 3 mln. kishi kuzatildi. So‘ngi yillar (2005 y.) natijalari shuni ko‘rsatadiki, butun dunyo bo‘yicha turizmning umumiy o‘sish darajasi 5,3 % ni tashkil qildi. Turizmning dunyo bo‘yicha mintaqalarda eng yuqori o‘sish darajasi Afrika (+9%) mamlakatlarida kuzatilmoqda. Undan so‘ng Yaqin Sharq (+8%), Osiyo va Tinch okeani mintaqasi (+8%), Shimoliy va Janubiy Amerika (+ 6 %) va Yevropa (+ 4 %) mintaqasi egallaydi. Shu borada, Yaqin Sharqda turistlarning o‘rtacha yillik kelishi keyingi 5 yil ichida, eng yuqori ko‘rsatkichga erishildi. Xalqaro turizmda eng kam o‘sish esa Yevropa (2%), Shimoliy va Janubiy Amerikada boru-yo‘g‘i 1 % ga o‘sganligini kurishimiz mumkin.

Keyingi besh yilda turistlarning kelib-ketishi bo‘yicha deyarli o‘sish kutilmagan mintaqa bu hamon Shimoliy Amerika (-0,3 %) bo‘lib qolmoqda. 2005-2006 yillarda ko‘pgina xalqaro turistlarning kelishida sayyohlikning bo‘sh vaqtni o‘tkazish va sayr qilish - tomosha, dam olish, ta’tilni o‘tkazish sohasi (50 %) alohida o‘rnini egallaydi, ularning umumiy soni 402 mln. kishini tashkil qiladi (2005 y.). Ishga aloqador bo‘lgan turizmning salmog‘i 16 % bo‘lib, turistlarning umumiy soni 125 mln. kishiga yetgan. Tanish-bilishlar, qarindosh-urug‘lar bilan ko‘rishish, diniy maqsadlarda (haj safarlari, ziyoratchilik h.k.) keluvchilar salmog‘i 26 % bo‘lib, ularning umumiy soni 212 mln. kishiga yetgan. Qolgan keluvchi turistlar esa o‘z maqsad va vazifalarini bayon qilishmagan.

Xalqaro turizmda turistlar tashrifi. Hozirgi kunda turizm servisi dunyo bozorida neft mahsulotlari va avtomobil sotish bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Turizmdan keladigan umumiy daromad 680 mlrd. doll. yoki 547 mlrd. yevro (2005 y.) ni tashkil qiladi. Absolyut holda hisoblaganda xalqaro turizm sohasidan keladigan foydaning o‘sishi 47 mlrd. dollar bo‘lib, bu summa Ispaniya davlatining xalqaro turizmdan oladigan umumiy daromadiga tengdir yoki Karib dengizi havzasi, Markaziy Amerika, Janubiy Amerika va Janubiy Osiyo mintaqalari umumiy daromadiga tengdir. Ushbu daromadda har bir mintaqaning o‘ziga yarasha salmog‘i bo‘lib, unda Yevropa mamlakatlari qo‘shimcha 20 mlrd. dollar ishlab, umumiy daromadlar summasi 348 mlrd. dollarga yetdi. Bu esa butun jahon turizmidan kelib tushgan daromadning 51 % tashkil qiladi. Shimoliy va Janubiy



__________________________________________________ 1. Aleksandrova Yu.A. «Mejdunarodniy turizm» Ucheboye posobiye dlya vuzov. M:«Aspekt press» 2001yil. 68-bet 2. Balabanov. I.T. «Ekonomika turizma» M.,«Finansi i statistika»2000 yil. 12-24 betlar

Amerika mamlakatlari o‘z natijalarini yaxshilab 13 mlrd. dollarga umumiy daromad miqdorini 145 mlrd. (21 %) ga, Osiyo va Tinch okeani havzasi mintaqasi esa qo‘shimcha 11 mlrd. dollar olib, umumiy daromadlar miqdorini 139 mlrd. dollar (20 %) ga yetkazdi. Afrika mintaqasi o‘z qo‘shimcha foydasini 2 mlrd. dollarga ko‘paytirib, daromadning umumiy miqdorini 21 mlrd. dollarga ko‘tardi. Yaqin Sharq mamlakatlari ham qo‘shimcha 2 mlrd. dollar ishlab, umumiy daromadni 28 mlrd. dollarga olib bordi. Bu esa butun jahon turizmidan kelgan umumiy daromadiga mos ravishda 3 va 4 % ni tashkil etadi.

Yevropa turizmi. Yevropa sharqiy yarim sharda joylashgan bo‘lib, uning umumiy maydoni (orollar bilan birgalikda) 10,5 mln. kv.km. tashkil qiladi. Mintaqa turistik resurslarga juda boy bo‘lib yer shari bo‘yicha alohida ajralib to‘radi. Yevropa qirg‘oqlari Atlantika va Shimoliy muz okeani va uning 10 dan ortiq dengizlari bilan yuvilib turadi. Mintaqa hududida 20 ta dan ortiq daryolar, 15 ta katta kichik ko‘llari 25 taga yaqin orollari, 10 dan ziyod tog‘ tizmalari, takrorlanmas vulkanlari, xilma-xil (arktik, antraktik, subarktik, mu’tadil, subtropik) iqlim poyaslari, rang-barang tabiat zonalari azal-azaldan sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelgan. Yevropa insoniyat sivilizatsiyasining eng muhim, qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Yevropa xalqaro turizm oqimining ilk bor tashkil etilgan mintaqasidir.

Hozirgi vaqtda uning siyosiy haritasida 40 tadan ortiq davlatlar mavjud bo‘lib, ulardan 27 tasi Yevropa Ittifoqi tashkilotiga birlashgan. Bu davlatlarning aksariyat qismi resupublika va 12 tasi esa monarxiya davlat boshqaruviga egadir. Yevropada dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan qudratli «sakkizlik» davlatlari (Germaniya, Buyukbritaniya, Fransiya, Italiya va Rossiya Federatsiyasi) joylashgan. Ushbu mintaqada ko‘p kam aholi soniga ega bo‘lmagan juda kichik «mitti davlatlar» (Andorra, Monako, San-Marino, Lixtenshteyn, Vatikan) ham o‘rnashgan. Xorijiy Yevropa (MDH davlatlaridan tashqari) dunyo aholisining eng zich joylashgan mintaqalaridan biri bo‘lib, uning hududida yer shari aholsinining 8 foizdan ortiq qismi yashaydi. Yevropa dunyoda eng yirik, qadimiy shaharlari, ibodatxonalari, sport inshootlari, ko‘ngil ochar o‘yingohlari, san’at markazlari (teatrlar, muzeylar, san’at galareyalari),

dam olish maskanlari, kurortlar, shifobaxsh mineral suvlari, dengiz plyajlari, mehmonxonalar, restoranlar, zamonaviy transport kommunikatsiyalari (aeroportlar, dengiz, daryo portlari, temir yo‘l, avtomobil vokzallari, yuqori sifatli avtomobil yo‘llari, tezyurar poyezdlari va havo kemalari, yuqori klasli dengiz va okean passajir kemalari), rivojlangan bank-moliya tashkilotlari, xilma-xil servis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalari barchasi xalqaro turizmning rivojlanishiga juda katta imkoniyatlar tug‘diradi. Yevropa mintaqasi tabiiy geografik va siyosiy jihatdan G‘arbiy Yevropa, Markaziy (Sharqiy) Yevropa, Shimoliy Yevropa va Janubiy (O‘rta Yer dengizi bo‘yi) Yevropa qismlariga bo‘linadi. Yevropa xalqaro turizmda egallagan salmog‘ining pastligiga qarmasdan, hamon u dunyo turizmning eng asosiy mintaqalaridan bir bo‘lib qolmoqda (54,8%).

Buning asosiy sabablari birinchidan mintaqada xilma-xil rekratsion (tabiiy, madaniy-tarixiy) resurslarning mavjudligi, ikkinchidan turizmning rivojlanishi uchun qo‘lay ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmalar omillari (yuqori 42 darajadagi turmush tarkibi, shahar aholisi salmog‘ining yuqoriligi, transport tarmoqlarining ser qatnovligi) dir. Yana mintaqaning geografik joylashish omili, ya’ni ko‘pgina dunyo mamlakatlariga quruqlik, suv yo‘llari bilan chiqish imkoniyatlarining mavjudligidir. Ushbu mintaqaning eng muhim xususiyatlaridan biri ichki mintaqaviy turistik oqimning ustunligidir.

Yevropa bo‘ylab sayohat qilayotgan turistlarning qariyib 9/10 qismi yevropalik aholidir. Yevropada xalqaro turizmning rivojlanishi bo‘yicha Shimoliy Yevropa mintqasi, undan so‘ng Janubiy (O‘rta Yer dengizi bo‘yi) mamlakatlari (Ispaniya, Italiya, Gresiya va Fransiya) yetakchilik qilib kelmoqda. Bu mintaqada turizmning o‘rtacha yillik o‘sish darajasi 2005-2006 yillarda 6-6,5 foizni tashkil qildi. Turizmning eng past o‘sish darajasi (1-1,4 %) Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari (Polsha, Chexiya, Belgiya, Lyuksemburg, Avstriya)da kuzatildi. Umuman olganda, Yevropa mamlakatlarida xalqaro turizm sohasiga aknchagina to‘sqinlik qilgan omillardan biri bu mintaqada iqtisodiy konyukturaning o‘zgarishi, ya’ni yevro pul birligiga o‘tishi bilan ifojalanadi.

Fransiya hozirgi kunda Yevropada eng ko‘p turistlar kelib ketuvchi mamlakat bo‘lib hisoblanadi. 2006 yilda Fransiyaga tashrif buyurgan turistlarning umumiy soni 43 76 mln. kishidan ortiqdir. Eng ko‘p kelib-ketuvchi turistlar Germaniya, Buyukbritaniya, Belgiya, Lyuksemburg mamlakatlari fuqarolaridir. Fransiyaga kelibketuvchi turistlarni jalb etuvchi asosiy turistik resurslar mamlakatning xilma-xil, boy tabiiy resurslari (Alp tog‘lari, Yassi tog‘lar, karst platolari, past tekisliklar, daryo vodiylari, yam-yashil o‘rmonlaridir. Fransiyaning asosiy g‘ururi bo‘lgan takrorlanmas dengiz qirg‘oqlari 3 ming km masofaga cho‘zilib ketgan. Mamlakatning granit qoyalari (Britaniya), Atlantika okeani qirg‘oqlaridagi uzundan-uzoq qumli tepalar tizmasi, baxmalsimon Mayin qumli cho‘milish plyaj (joy)lari va o‘rtayer dengizining moviy rangli qo‘ltiq (ko‘rfaz)lari hamda Fransiyani son-sanoqsiz madaniy, tarixiy, arxitektura yodgorliklari tashrif buyurishgan sayyohlarni o‘ziga rom qoldiradi. Parij shahri mamlakatda turistlarning kelishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Shaharda dunyoga mashhur bo‘lgan Eyfel minorasi, Notr-Dam ibodatxonasi, eng yirik Luvr muzeyi, Napolyon Bonapart qabri, Lyuksemburg va Tyuirli bog‘lari, Disleylend ko‘ngil ochar, dam olish manzilgohlari, ilm – fan markazi Lya Vilett shahri kabilar beqiyos, son-sanoqsiz sayyohlarni o‘ziga chorlaydi. Yevropada xalqaro tashrif buyuruvchi turistlarning umumiy soni bo‘yicha Fransiyadan keyingi o‘rinni Ispaniya va Italiya davlatlari egallaydi. 2005 yilda birgina Ispaniyaga keluvchi turistlarning umumiy soni qariyib 56 mln. kishiga yetdi. Ispaniyaga tashrif buyuruvchi turistlarning aksariyat qismi G‘arbiy Yevropa jumladan, Germaniya, Buyukbritaniya, Islandiya, Irlandiya mamlakatlari fuqarolaridir. Ispaniya xorijiy sayyohlarga plyajlari dam olishdan tashqari keng ko‘lami ekskursiya dasturlarini taklif qilib kelmoqdalar. Mamlakatdagi asosiy turistlar oqimi Salvador Dali teatr muzeyi (Fregeyros sh.), Prado muzeyi (Madrid sh.), Ispaniya qiroli rezidensiyasi (Ekskorial sh.), ochiq osmon shahar – muzeyi (Toledo sh.)lariga yo‘naltirilgan. Keluvchi turistlar umumiy soni bo‘yicha Yevropada Italiya davlati uchinchi o‘rinni egallaydi. 2005 yilda Italiyaga keluvchi turistlar soni 36,5 mln. kishini tashkil qildi. Italiya o‘zining xilma-xil arxitektura yodgorliklari, madaniyati, rassomlik, haykaltaroshlik san’ati bilan dong taratgan mamlakatdir. Italiyaga ko‘proq Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Harvatiya, Sloveniya, Serbiya va Chernogoriya mamlakatlari fuqarolari tashrif buyurishadilar. Mamlakatda turistlar ko‘proq Venesiya, Florensiya, Pizu, albatta Rim shaharlariga borishga intiladilar. Turistlarning to‘xtovsiz oqimi Vatikanga borib ziyorat amallarini bajo keltirish uchun harakat qiladilar. Yevropada xorijiy sayohatga chiquvchi davlatlar o‘rtasida Germaniya alohida o‘rin egallaydi. Bu yerda chet ellarga chiquvchi turistlar soni yiliga o‘rtacha 5 % ga o‘smoqda. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya turistlarning xorijiy sayyohatga chiqishi 2020 yilga borganda ikki barobarga o‘sishi kutilmoqda va uning umumiy soni 163,5 mln. kishi (chiqishi)ga teng bo‘lishi mo‘ljallangan. So‘ngi yillarda turistlarning chet ellarga sayohatga chiqishi bo‘yicha Chexiya davlati, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya kabi mamlakatlarni orqada qoldirib ketdi. Turizm bozori Yevropaning Polsha, Vengriya, Ruminiya, Sloveniya kabi mamlakatlarida ham tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. 44 Osiyo turizmi. Osiyo yer sharining eng katta qit’asi bo‘lib, uning maydoni atrofidagi orollar bilan birga 43,5 mln. kv. km. ga yaqin. Aholisi 3,8 mlrd. kishi atrofida Osiyo va Yevropa qit’alari orasidagi quruqlik chegaralari shartlidir.

Osiyo tabiati nihoyatda xilma-xilligi bilangina emas, balki keskin tafovutlari bilan ham ajralib turadi. Yer sharidagi eng baland tog‘ cho‘qqisi – Jomolungma (8848 m) va quruqlikdagi eng chuqur botiq O‘lik dengizi (-395 m) shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbi (Oymakonda) va Mesopotamiyaning jazirama issiq o‘lkalari shu yerdadir. Qit’aning shimolida Arktika sovuq sahrolari joylashgan bo‘lsa, janubidanam ekvatorial o‘rmonlar joylashgan. Osiyoda yer yuzasining 3/4 qismi yassi tog‘liklardan, tog‘liklardan va tog‘ tizmalaridan iborat bo‘lib, tez-tez zilzilalar takrorlanib turadi. Xalqaro turizm bozorida Osiyo – Tinch okeani turizmi juda tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan mintaqalardan hisoblanadi. Birgina 2005 yilda keluvchi turistlar soni mintaqa bo‘yicha 154,3 mln. kishiga yetdi va uning salmog‘i 19,2 % ga ko‘paydi. Mintaqada so‘ngi 15 yil ichida (1990-2005 yillar) keluvchi turistlar soni 2,6 barobarga oshdi. 2005-2006 yillarda mintaqaga keluvchi turistlarning o‘sish darajasi 7,6 % ni tashkil qildi. Ayniqsa, yuqori darajadagi o‘sish Shimoliy-sharqiy Osiyo (10,3 %), Janubiy Osiyo (10,1 %) va Janubiy-sharqiy Osiyo (9,0 %) mintaqalarida kuzatildi. Shuni ta’kidlash joizki, Osiyo va Tinch okeani mintaqasining ayrim hududlarida keyingi yillarda parranda gripining tarqalishi (2003 y.) turistlar oqimining qisqarishga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi o‘zining takrorlanmas rekratsiya resurslari va tabiat manzaralari bilangina emas, balki yuqori darajadagi servis xizmati bilan ham alohida ajralib turadi.

Mintaqada turizmga sarflanadigan harajatlar miqdori Yevropa va Amerikaga nisbatan anchagina kamligi bilan haraterlanadi. Xalqaro turistlar soni mintaqada 1970 yilga nisbatan 17 barobarga, turizm sohasidan keladigan daromadlar esa 75 barobarga ko‘payganligi bilan ifodalanadi. Yani ushbu mintaqa uchun harakterli bo‘lgan alomat Yevropa singari ichki turizmning ustunligidir

Shuni qayd qilish zarurki, Osiyo – Tinch okeani mintaqasi, Amerikadagidek turistlar kelishi bo‘yicha asosan bir sub mintaqada o‘rnashgan. Ammo biroq turistlar kelishi darajasi anchagina past. Ularning tarqalishi Sharqiy, Janubiy – sharqiy Osiyo va Okeaniya hududlarida bir tekisda tarqalgan. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida asosiy turistlar oqimi Sharqiy Osiyo ya’ni Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy (3/5 qismi) mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda esa Janubiy–sharqiy Osiyo (1/3) mamlakatlari egallaydi. Avstraliya va Okeaniya hududlariga qariyib 10 % keluvchi turistlar soni to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda Tinch okeani mintaqasi xalqaro turizm bozorida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) alohida o‘rinni egallaydi. Uning evaziga butun mintaqaga keluvchi turistlarning 1/3 qismi, Syangan (Gonkong) va Tayvanni birgalikda qo‘shib hisoblaganda esa 50 % to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, hozirgi kundagi Xitoy turizmi o‘tgan asrning 70- nchi yillaridan boshlab rivojlana boshladi, Qaysikim Xitoyda iqtisodiy islohatlar ya’ni «ochiq eshik» siyosati amalga oshirilishi bilan tub o‘zgarishlar ruy berdi. Birgina 1988 yilda Xitoyga tashrif buyuruvchi turistlar umumiy soni 1979 yilga nisbatan 37 barobarga oshdi. Shu davrda Xitoyga keluvchi turistlarning aksariyat qismi Yaponiya va AQSH mamlakatlaridan tashkil topdi. Ya’ni Xitoyga keluvchilarning har uch kishidan biri-yaponlar, har besh nafar keluvchi sayyohlardan biri esa amerikaliklar edi. Undan keyingi o‘rinlarni G‘arbiy Yevropa (Fransiya, Buyukbritaniya, Germaniya), Janubiy-Sharqiy Osiyo (Singapur, Tailand, Filippin), Avstraliya va Kanada davlatlari egallaydi. So‘nggi yillarda Xitoy turizm bozorida ishtirok etishda Malayziya, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Mongoliya va Rossiya davlatlari faollik ko‘rsatmoqda. Xitoyga tashrif buyurgan sayyohlarda an’anaviy Pekin-Shanxay-Sian-Guilen yo‘nalishlarini chetlab o‘tib, Syangan (Gonkong) va Guandjou kabi o‘lkalarni borib ko‘rishga qiziqish o‘smoqda. Ayniqsa turistlar uchun Xuanxe daryosida sayr tamosho qilish, Yanszi daryosi bo‘ylab daralarni ko‘rish yoki qadimgi Xitoy devorlari va kanallarini kuzatish, xitoyliklar taomlarini tatib ko‘rish, qadimgi xitoy, tabobat ilmi usullari bilan yaqindan tanishish, ommaviy xalq sayillarida («qog‘oz ilonlar» festivalida) ishtirok etishga muyassar bo‘lishadi. 46 Shuni ta’kidlash joizki, so‘nggi o‘n yilliklarda xalqaro turizmda Xitoy shonshuhrati tobora ortib bormoqda.

Agar 1990 yilda Xitoy mamlakatga turistlar kelishi bo‘yicha dunyoda 12 o‘rinni egallagan bo‘lsa, 1995 yilga kelib 8 o‘rin, 2000 yilda esa beshlik davlatlari qatoriga ko‘tarildi. 2005 yilda Xitoyga keluvchi turistlarning umumiy soni qariyib 47 mln. kishiga yetdi. BTT prognozlariga ko‘ra 2020 yilda Xitoyga (Syangan bilan birgalikda) keluvchi turistlar umumiy soni 196 mln. kishiga yetishi kutilmoqda. Ya’ni bu degani Xitoyga keluvchilar soni AQSH va Fransiyaga nisbatan 2 barobarga, Ispaniyaga -3 barobar, Italiya va Buyukbritaniyaga esa 4 barobarga ortadi demakdir. Osiyo va Tinch okeani mintaqasida xalqaro turistlar tashrifi bo‘yicha Xitoydan tashqari yangi industrlashgan (sanoatlashgan) mamlakatlar, jumladan: Syangan (Gonkong), Malayziya, Singapur, Tailand, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Tailand kabilar ham faollik ko‘rsatmoqdalar. Hozirgi kunda bu mamlakatlarda xalqaro turizmning ishga aloqador sohasi tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. Ayniqsa Tailand o‘zining ekzotik tabiati bilan ko‘p mingli turistlar guruhini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Koreya Respublikasi, Tayvan, Syangan (Gonkong), Singapur kabilar o‘zining ko‘ngil ochar turizm sohasi bilan mashhur bo‘lib bormoqda. Yaponiya mintaqadagi eng rivojlangan turistik davlatlardan biridir. Bu yerga tashrif buyuruvchi turistlar turli xil maqsadlar bilan kelishadi. Ularning ko‘pchiligi dam olish, ko‘ngil ochishni ma’qul ko‘rishadi. Yaponiya ko‘ngil ochish turizmi bo‘yicha dunyoda AQShdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan bir qator mamlakatlar, jumladan, V’etnam, Laos, Kambodja, Mongoliya kabilar ham xalqaro turizm biznesida o‘z o‘rnini tompoqda. BTT ekspertlari xulosalariga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Sharqiy, Janubiy-sharqiy Osiyo va Okeaniya hududlari yaqin kelajakda xalqaro turizmda keluvchi turistlar soni bo‘yicha o‘z mavqeini yanada saqlab qoladi. Amerika turizmi. Ikki materik – Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika Amerika degan umumiy nom bilan ataladigan bitta qit’ani tashkil etadi. Uning maydoni 42,1 mln. kv. km. bo‘lib, aholisi 850 mln. kishiga yaqin. Amerika Shimoliy Amerika, Markaziy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat bo‘lib xilma-xil tabiat zonalari va iqlim poyaslariga bo‘linadi. Keyingi yillarda Amerika xalqaro turizm bozorida (turistlar kelishi-ketishi va daromad miqdori sohasida) biroz o‘z mavqiyeni pasaytirgan bo‘lsada, hamon u turizm uchun o‘zining jozibadorligini yo‘qotgan emas. Amerika qit’asining xalqaro turizmda tutgan salmog‘i 16,6 % ni tashkil etadi. 2005 yilda Amerikaga tashrif buyuruvchi turistlarning umumiy soni 133,5 mln. kishini tashkil qildi. Amerika turizmning rivojlanishiga 2001 yil 11 sentyabrda AQShda terroristik harakatlarning ruy berganligi katta ta’sir ko‘rsatdi. Natijada mintaqaga keluvchi turistlar sonining o‘sishi 2001 yilda 4 % dan, 2002 yilda o‘sish 0,6 % ga tushib ketdi. Bunday hol 2003 yilda (-1 %) ham qaytadan takrorlandi. Karib dengizi havzasi va Janubiy Amerika hududlar keyingi 2-3 yillik salbiy ko‘rsatkichlardan so‘ng yana yuksalish (+8 va +12 %) pog‘onasiga o‘tdi. Argentina, Braziliya kabi mamlakatlarda ichki mintaqaviy turizmning rivojlanishi kuchaya borganligi bilan harakterlanadi. Umuman, Amerika ham Yevropa singari ichki turizm sohasida uchta yirik turistik Markazga (AQSH, Kanada, Meksika) ega. Mintaqada 47 xalqaro turizm hajmining qisqarishiga qaramasdan Shimoliy Amerika mintaqasi hamon jahon turizm bozorida o‘zining tutgan o‘rnini (15,7 %) pasaytirgani yo‘q. Amerika mintaqasi uchun turizmning guruhlashgan shakli harakterlidir. So‘nggi yillarda Amerikaning Karib havzasi, Markaziy Amerika va asosan Janubiy Amerika turizmining mavqei tobora ko‘tarilib bormoqda. Janubiy Amerika xalqaro turistlarning tashrifi bilan alohida ajralib turadi. Chunki ushbu mintaqa o‘zining xilma-xil, takrorlanmas tabiiy resurslari, tarixiy yodgorliklari, madaniyati, etnik turmush-tarzi bilan harakterlanadi.

Janubiy Amerika quruqligida dunyodagi eng baland Anxel (Venesuela) sharsharasi, ser suv Amazonka (Braziliya) daryosi, qo‘l tekkizilmagan keng maydondagi namlik o‘rmonzorlar, eng yuqori (And tog‘lari) cho‘qqisi joylashgan. Bizgacha yetib kelgan qadimgi ink qabilalari sivilizatsiyasining diqqatga sazovor diniy shaharlari Mantu-Pikchu va Kusko, Naska plotasi, kolonizatsiya qilish 48 davri shaharlari. Bu materikning eng yirik va ulkan turistik imkoniyatlaridir. Hozirgi kunda ulardan juda kam foydalanilmoqda. Moboda materikning mavjud turistik resurslari to‘liq ishga solinsa, Janubiy Amerikaning xalqaro turistlar tashrifida uning salmog‘i so‘zsiz ravishda ortadi. Amerikada, xuddi Yevropadagidek singari turistlar oqimining eng ko‘p qismi mintaqa ichki turizmiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, intensiv turistik oqim Shimoliy Amerikada: AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlari o‘rtasida kuzatilinadi. Qaysikim, eng ko‘p turistik oqim BTT ma’lumtlariga ko‘ra, AQShdan Meksikaga kelishadi. Bu esa dunyodagi eng ko‘p turistlar tashrifi oqimi bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda o‘rtacha yillik keluvchi va ketuvchi turistlar soni 46-47 mln. kishini tashkil qiladi. AQShga tashrif buyuruvchi turistlarni ko‘proq mamlakatning yovvoyi tabiat resurslari, takrorlanmas go‘zal landshaft manzaralari, harakatdagi geyzer buloqlar vodiysi, «Tirik geologik» milliy bog‘lari (Yellouston), gigant stalagmitli g‘orlari (Karlsbad), katta ponaramali (Grand-Kanon) tog‘ daralari, Mayin qumli (Kaliforniya) plyajlari maftun etadi. Horijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarni AQShning nafaqat tabiiy boy resurlari balki, uning osmon o‘par ma’muriy, savdo-sotiq binolari (Manxetten), banklar markazi (Uoll-strit), mashhur ko‘priklari (Bruklin), oliygohlar (Kolumbiya universiteti), prezident qarorgohi (Oq uy), opera teatri (Metropoliten), Kinostudiyalari (Gollivud), ko‘ngil ochar, dam olish parklari (Disneylend) kabilar o‘ziga chorlaydi. Har yili AQSH da 1 mlrd. dan ortiq turistik kelishlar va ketishlar (ichki va tashqi) ruyxatga olinadi. Mamlakatda ichki turizm salmog‘i katta bo‘lib, uning asosiy marshrutlari dam olish sog‘lomlashtirish, ko‘ngil ochar, tabiat ob’ektlari, tarixiy va madaniy markazlarga, qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlarga tashrif buyurishdan iboratdir. Amerikalik sayyohlar horijiy safar qilishda ko‘proq qo‘shni Meksika va Kanada mamlakatlariga sayr qilishni xush ko‘rishadi. Dunyoning uzoq mamlakatlaridan Yevropaning Buyukbritaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlari sayohatga borishni tanlashadi. Keyingi paytlarda amerikalik sayyohlarning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (Xitoy, Yaponiya, Syangan, sobiq Gonkong, Janubiy Koreya, Singapur kabilar) ga borish istagi ortib bormoqda. Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo (Hindiston, Pokiston, Shri Lanka)ning turistik mintaqalari amerikalik sayyohlar tomonidan juda kam o‘zlashtirilgan. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, kelajakda amerikalik turistlarning Yevropa, OsiyoTinch okeani va Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari bilan ikki tomonlama sayyohlik aloqalari kuchaya borishi ko‘zda tutilgan. Afrika turizmi. Afrika qit’asi umumiy maydoni orollari bilan birgalikda 30,3 mln. kv.kmga teng. Aholisining umumiy soni 900 mln. kishiga yaqin.

Mintaqa siyosiy haritasida hammasi bo‘lib 56 ta endi rivojlanayotgan davlatlar bor. Afrika xalqaro turizm sohasi bo‘yicha unchalik yuqori o‘rinni egallamaydi. Uning xalqaro turistlar tashrifi bo‘yicha boru-yo‘g‘i 4,6 % ni egallaydi. Agar 1990 yilda butun Afrika mamlakatlariga keluvchi turistlar soni 15,2 mln. kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib ularning umumiy soni 36,7 mln. kishiga yetdi yoki tashrif buyuruvchi turistlar soni 2,4 barobarga ko‘paydi.

___________________________________________________ 1.O'zbekiston Respublikasi "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PF-6199-farmoni 2021 yil 6-aprel. //www.lex.uz

Afrika mintaqasi tashrif buyuruvchi turistlarning o‘sish darajasi bo‘yicha eng oldingi o‘ringa chiqib oldi. 2005 yil ma’lumotiga ko‘ra ularning o‘sish darajasi 9 % atrofida kuzatildi. Eng ko‘p tashrif buyuruvchi turistlar Jazoirga (17%), Marokko (7 49 %) va Tunisga (6 %) to‘g‘ri keladi. Afrikaning janubiy qismidagi mamlakatlarda, jumladan Kongo Demokratik Respublikasi (+103 %), Svazilend (+83 %), Gambiya (+23 %), Senegaya (+15 %) kabilar yuqori natijalarga erishdilar. Afrikadagi xalqaro turizmning eng muhim rivojlangan markazlaridagi Janubiy Afrika Respublikasi (+6%) ham o‘z natijalarini yaxshiladilar. Keniyada ham xalqaro turizm borgan sari rivojlanib bormoqda va keyingi paytlarda yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdi. Afrika turizmining tahlili shuni ko‘rsatadiki, mintaqaga tashrif buyuruvchi turistlar bo‘yicha birinchi o‘rinni Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) egallaydi. Afrikada turizmga bo‘lgan qiziqish borgan sari ortib bormoqda. Turistik servisni takomillashtirish va uning xilma-xilligini oshirshga e’tibor kuchayib bormoqda. Xorijiy mamlakatlardan kelayotgan sarmoyalarning bir qismi turizm industriyasini rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 2005 yilda mamlakatga keluvchi turistlar soni 7,5 mln. kishidan ortiq bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarni Tunis (6,4 mln.), Marokko (5,8 mln.), Zimbabe (1,6 mln.), Jazoir (1,4 mln.) kabi mamlakatlar egallaydi. Xalqaro turizmdan keladigan tushum (daromad) bo‘yicha ham birinchi o‘rinni JAR (7,3 mlrd. doll.) egallaydi. Keyingi o‘rinlarni Marokko (4,6 mlrd. doll), Tunis (2,1 mlrd. doll), Mavrikiy (871 mln. doll), Tanzaniya (796 mln. doll), Keniya (579 mln. doll), Botsvana (562 mln. doll) kabi davlatlar egallaydi.

Yaqin Sharq turizmi. BTT Yaqin Sharq mintaqasiga asosan Misr, Iordaniya, Livan, Isroil, Oman Saudiya Arabistoni, Suriya Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Respublikasi mamlakatlari kiradi. Yaqin Sharq mamlakatlariga 2005 yilda kelgan turistlar soni qariyib 39,1 mln. kishini tashkil qildi. Bu mintaqa xalqaro turizmda turistlar tashrifi bo‘yicha 5 % ni tashkil qiladi. 1990-2005 yillar davomida Yaqin Sharq mamlakatlariga xorijiy turistlar kelib - ketishi tezkorlik bilan rivojlanib borgan. Tashrif buyuruvchi turistlarning o‘sish darajasi yiliga o‘rtacha 10 % ni tashkil qilgan. Ularning asosiy qismi Misr (8,2 mln.kishi), Saudiya Arabistoni (9,1 mln. kishi), Suriya (3,4 mln. kishi), Iordaniya (3 mln. kishi), Livan (1,1 mln. kishi)ga tashrif buyurganlar.

Turistik oqimlarni hisobga olish statistikasiga XX asrning birinchi yarimida asos solingan. 1929 yilda Avstriyaga 2 mln. ga yaqin, Shvesariga -1,5 mln., Italiyaga – 1 mln. dan ziyod kishi tashrif buyurgan. Bir qator Yevropa mamlakatlarida erkin turistik harakatning sayohat statistikasi yuritila boshlaydi. Biroq, ular hali mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash milliy xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib, soliq to‘lash qonunchiligi va migratsiya ustidan nazorat qilish orqali amalga oshirilgan. Turistik maqsadlar orqali rejaga kiritilgan turistlar boshqa sayohatchilar qatorida alohida toifa sifatida ajratilmagan. Xalqaro turizm statistikasi taraqqiyoti yangi bosqichiga XX asrning 40 - yillari oxiri, 50- yillar boshida qadam quyildi. Urushdan keyin Yevropa mamlkatlari juda ko‘p xo‘jalik muammolariga duch keldilar: vayronagarchilik, boshqaruvning izdan chiqqanligi, moliya va tovar ishlab chiqarish tizimining buzilishi shular jumlasidandir.

Vaziyatni barqarorlashtirish butun bir koordinatsiyalashgan kompleks harakatlarni talab qilardi. Ana shunday sharoitda hukumatlar katta umid bilan xalqaro turizmga e’tibor qildilar. Bunda to‘lov balansini faolllashtirish, moliyaviy muvozanatga erishish, bu bilan uzoq muddatli iqtisodiy yuksalishga o‘tishni ko‘zda tutilgandi. 1960-yillarga kelib g‘arb industrial mamlakatlari xukumatlari va xalqaro tashkilotlar diqqati rivojlanayotgan mamlakatlar ahvoliga qaratiladi. BMT Bosh Assamblyasi mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish (1960 y.) to‘g‘risida Dekloratsiya qabul qildi. Joriy o‘n yillik «Rivojlanish («o‘n yilligi») dekadasi» deb e’lon qilindi. Uchinchi Dune mamlakatlari uchun konsultantlar iqtisodiy qoloqlikni bartaraf etish dasturini ishlab chiqdilar. Ushbu dasturda esa turizmga muhim o‘rin berildi. Turizmning iqtisodiy ahamiyati va hajmi o‘sishi bilan turizm statistikasi ham rivojlanib bordi. Asta-sekin oddiy hisob-kitob operatsiyalari murakkablashib, unga turistik migratsiya tahlillari ham qo‘shildi. Hozirgi paytda turizm statistikasi katta doiradagi savollarni qamrab olgan holda, mamlakatlar iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini baholash maqsadida yuritilmoqda.

Xususan, uning to‘lov balansiga ta’siri, turizmni moddiy – texnik bazasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar va tendensiyalarni aniqlash, marketing tadqiqotlari o‘tkazish va turistik mahsulotlarni potensial iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Sanab o‘tilgan statistik kuzatuvlarning har biri zamirida axborotlardan aniq foydalanuvchilar mavjud. Bular – hukumat, milliy turistik ma’muriyatlar va turistik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda turli xil xizmatlardir. Ish jarayonida mijoz 53 ularning hammasi turizm haqida eng yangi axborotlarga ehtiyoj sezishadi. Uning mazmuni, hajmi, shakllari va taqdim etilishi davriyligi bilan qiziqishadilar. Xalqaro turizm statistikasi asosan ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, turistik oqimlar statistikasi va turistik daromadlar hamda harajatlar statistikasidan iborat. Ularning har biri uchun BTT asosiy ko‘rsatkichlar ruyxatini ishlab chiqqan. Bular ixcham axborotli va nisbatan oson o‘lchanadi. Turistik oqim ko‘rsatkichlarining eng muhimi kelish (ketish) va mazkur mamlakatda bo‘lishning davomiyligidir. Turistlarning kelish (ketish) soni deganda ma’lum muddat, odatda kalendar yilda bironta mamlakatga kelgan va ketgan, ruyxatda qayd etilgan turistlar soni tushuniladi. Turistning bir yilda bir necha mamlakatda bo‘lishi mumkinligi hisobga olingan holda, xatto bir safar chog‘ida bir necha davlatda bo‘lsa, haqiqiy turistlar soni kelaganlarga nisbatan kam bo‘ladi. Jahonda turistik oqimlar soni kelish (ketish) statistikasi yozuvida aks etadi. XX asrning 90-yillari oxirida xalqaro turistik safarlar soni 650 mln. dan oshib ketdi. Ayrim yillarda qisqa muddatli kamayish yoki ko‘payishlarga qaramasdan, turizm taraqqiyotida barqaror ko‘payish kuzatilmoqda. Turistlarning o‘rtacha yillik kelishining o‘sish sur’atlari 1950 yildan to 2001 yilga qadar 7 % ni tashkil qilgan. Kelishlar statistik ma’lumotlari sayohat maqsadlari bo‘yicha guruhlanadi. Ya’ni foydalanilgan transport turlari, kelish oylari, turistlarning qaysi hududlar va mamlakatlardan tashrif buyurilganidir. BTT jahonni oltita yirik turistik makroregionlarga ajratadi: 1. Yevropa – G‘arbiy, Shimoliy, Janubiy Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari. Ularga Sobiq SSSR respublikalari, shuningdek, Sharqiy O‘rta yer dengizi (Isroil, Kipr, Turkiya) ham qo‘shiladi. 2. Amerika – Shimoliy, Janubiy, Markaziy Amerika orol davlatlari va Karib havzasi hududlari. 3. Osiyo-Tinch okeani havzasi – Sharqiy va Janubiy – Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Avstraliya, Okeaniya. 4. Afrika – Afrika davlatlari, Misr va Liviyadan tashqari. 5. Janubiy Osiyo – Janubiy Osiyoning hamma mamlakatlari. 6. Yaqin Sharq – G‘arbiy va Janubiy – g‘arbiy Osiyo, Misr va Liviya. Xalqaro turistik oqimning hududiy taqsimlanishining asosiy qirralari avvaldan beliglangan. Jahon turizm bozorida, avval boshidan hozirgacha oilaviy turistik almashuvda Yevropa alohida ajralib turadi (2005 y. keluvchilar 442 mln.). Bu hudud Yevropaliklarning o‘zlarida ham mashhur. Shuningdek AQSH va Kanada aholisi o‘rtasida ishtiyoqmandlar talaygina. Ikkinchi o‘rinni uzoq yillar davomida Amerika mintaqasi mustahkam egallab kelmoqda (2005 y. Amerikaga keluvchilar 134 mln.). Yevropa va Amerika, eng avvalo Shimoliy, asosiy turistik hududlar hisoblanadi. Jahondagi barcha daromadlarning 4/5 ular hisobiga to‘g‘ri keladi. Xalqaro turizmning jahon hududlari bo‘yicha dinamikasi keyingi 45 yilda sezilarli farqi ko‘zga tashlanmoqda. Sayyoramizda umumiy turistik oqimlar 20 marta ko‘payishiga qaramay, Yevropa va Amerikada bu jahon o‘rtacha darajasi sur’atlarida (yiliga mos ravishda 6,6 va 5,9 %) o‘sdi. Yosh turistik hududlar – Osiyoning Tinch okeani, Yaqin Sharq va Afrikada tez rivojlanmoqda. Ularda ayrim yillarda turistik 54 kelishlarning sur’atlari ikki xil raqamlarda aks etadi. Biroq ular siyosiy – iqtisodiy omillar ta’siriga ham salbiy, ham ijobiy tomondan ko‘proq bardoshli turizmning o‘sish davri ularda yuksalish va pasayish bilan almashinib turadi. O‘tgan so‘nggi o‘n yillikda ko‘proq Osiyo-Tinch okeani hududlarida dinamik holat ko‘zga tashlanadi. Ko‘p yillik kelishlar sonining o‘sish sur’atlari jahon o‘rtacha darajasidan 9 martaga o‘sib ketadi. Sharqiy, Janubi-sharqiy Osiyo va Okeaniyada 1997-1998 yillarda turistik faoliyatning qisqarishi jahon moliya inqirozi bilan bog‘liqdir. Ammo hudud 1999 yilda turistlar kelishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatib, uning oqibatlarini bartaraf etdi va 94 mln. safar qayd etildi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistlarning kelishi 2005 yilda 155 mln. nafardan ortdi. Afrika qit’asi va Yaqin Sharqda keluvchilar soni nisbatan tez o‘sayotganiga qaramay mutloq past ko‘rsatkichlar jahon turizmi dinamikasi ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir o‘tkazaolmaydi. Hududlar taqsimlanishi bo‘yicha xalqaro turizm o‘sish sur’atlarining notekisligi 1950-1970 yillarga qaraganda 90-yillarda ularning hududiy tarkibining o‘zgarishiga olib keldi. Osiyo-Tinch Okeani hududlari va qolgan jahon hududlarida ahvolning barqarorlashuvi va turizm salmog‘ining oshishi Yevropa va Amerika ulushining kamayishiga sabab bo‘ldi. XXI asrda xalqaro turizmning hududiy tarkibi oldingi rivojlanish tendensiyalarini saqlagan holda o‘zgarishda davom etadi.

BTT ning 2020 yilgacha prognozlari bo‘yicha Yevropa turizm bozorida o‘z o‘rnini bo‘shashtirib qo‘yganiga qaramay, (717 mln. kelish mavqiyeni mustahkam ushlab turadi. Osiyoning Tinch okeani hududlari ikkinchi o‘ringa (438 mln. kelish) chiqadi. Bir pog‘ona pastga tushadigan Amerika esa yetakchi uchlik oxiridan (284 mln. kishi) joy oladi. Kelish (ketish) lar soni turistik harakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi. Kelish (ketish) u yoki bu vaqt oralig‘ida safarlarning mutloq soni hisobiga olingan holda aksini topadi. Ammo biroq turistik oqim mutloq ko‘rsatkichlari turist faollik darajasini aniqlashga imkon bermaydi. Chunki, ular aholining umumiy soniga bog‘liqdir. Shuning uchun ham turistik almashinuvlarning kelish (ketish) sonlari aholining 100 kishisi hisobiga hisoblanadi, ya’ni nisbatan kattalik ko‘rinishida aks etadi. BTT ma’lumotlariga qaraganda, 100 kishi hisobiga 10 safar to‘g‘ri keladi. Ayrim hududlar va subhududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar jahon o‘rtacha darajasidan ancha farq qiladi. Agar 1995 yil Janubiy Osiyo va Markaziy Afrikada 100 kishi hisobiga keluvchilar 0,5 ta ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Karib havzasi va Okeaniyada kamida 40 nafarga to‘g‘ri keladi. Eng yuqori turistik faollik Yevropada qayd etilmoqda. Barcha subhududlar – G‘arbiy, Shimoliy, Janubiy, Markaziy va Sharqiy Yevropada 100 kishi hisobiga kelayotganlar va chiqayotganlar soni jahon o‘rtacha darajasidan ko‘p bo‘layotir. Keluvchilarning maksimal ko‘rsatkichlari Janubiy va G‘arbiy Yevropada ayniqsa yuqori - 100 kishi hisobiga keluvchilar 60 dan yuqori, Shimoliy va G‘arbiy Yevropada xorijga safar qiluvchilar 100 kishi hisobiga 70 dan ko‘proq. Kelish (ketish) lar soni bilan bir qatorda turistik oqimlar statistkasida boshqa ko‘rsatkich – bo‘lishning davomiyligidan ham foydalaniladi. U yolg‘iz safarlar va bo‘lish davrida tunashlar uchun soat hisobida aks etadi. 55 Barcha turistlarning ma’lum vaqt ichida mamlkatda bo‘lish davomiyligi, ya’ni tunashlar umumiy soni, mamlakatga turistik kelishuvlarda bir turistning o‘rtacha bo‘lish davomiyligi kabi hisoblab chiqiladi. Tunashlarni hisobga olish bunday qaraganda oddiy va oson ishday tuyuladi. Lekin bunda eng tarjribali mutaxassislarni ham boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ygan hollar bo‘lganini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Sayyohatga chiqqan va motelda bir necha soat to‘xtagan avtomobilchining tunashiga, dush qabul qilishi, dam olishi, ovqatlanishi va o‘sha kuni yangi yo‘lga tushishiga sharoit yaratilganmi? Bir joyga qarindosh-urug‘laridan hol-ahvol so‘rab kelishga borgan kishi yarim kechada qaytganda nima qiladi? BTT ana shu va ana shularga o‘xshash savollarga javob berishda ikkita mezonga amal qilishni tavsiya qiladi. Belgilangan joyga kelishi va u yerdan jo‘nab ketish sanasi farqlanishi lozim. Sayohatchi shaxs esa doimiy yashash joyi bo‘lmagandagina tunaydi. Bo‘lishning davomiyligiga (tunashlar soni) bog‘liq holda sayohat bozorining bir necha maqbul usullari qo‘llanadi. Qisqa muddatli (1-3 kunlik tunash) safarlarda dam olish va bayram kunlari dam olish va ko‘ngil ochishlar, shuningdek ish maqsadlarida. Ikkinchi guruhda (4-7 kun tunash) turli maqsadlarda, odatda qo‘shimcha ta’atillardan foydalaniladi. Bozorning bu usuli dinamik rivojlanishi bilan bormoqda. O‘rtacha muddatli safarni (8-28 kunlik tunash) tashrif buyuruvchi davomiy ta’til vaqtida asosan dam olish maqsadida tanlaydi. Nihoyat davomiyligi 29- 91 va 92-365 kunlik tunash safarlari – uzoq muddatli turizmga kiradi. Avvalo iqtisodiy jihatdan faol bo‘lmagan shaxslar dam olish, ko‘ngilxushlik, davolanish uchun, boshqalar ish va kasbiy maqsadlarda (uskunalarni o‘rnatish va boshqalar) uchun foydalanadi. BTT ma’lumotlariga ko‘ra 2000 yilda jahonda turistik tunashlar soni 8,5 mlrd. ni tashkil etgan. Ularning asosiy ulushi -70 % ga yaqini ichki turizmga to‘g‘ri keladi. Tunashlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar kalendar oylari bo‘yicha guruhlanadi. Bunda tipi va joylashtirish vositalari toifasi, shuningdek hududiy belgilari e’tiborga olinadi.

Mamlakatlar bo‘ylab turistik safarlarda bo‘lish davomiyligi bir xil emas. Bu farq qabul qiluvchi mamlakatning turistik ixtisoslashuvi (ish bilan bog‘liq, yoki dam olish, ko‘ngilxushlik turizmi), ichki bozorda narx-navo darajasi, turistik oqimlar (tranzit yoki oxirgi), asosiy safar turizmi bozorining uzoqligi va boshqa omillar bilan izohlanadi. Ana shularga bog‘liq holda biron mamlakatda bo‘lishning o‘rtacha davomiyligi hisoblab chiqiladi. Masalan, Osiyo-Tinch okeani hududi (mamlakatlari) Singapurda uch tunashdan, Avstraliyada 24 tunashgacha o‘zgaradi. Turistik oqimlar hajmi haqida umumiy tasavvur beruvchi kelish statistikasi turistik sayohatlar harakteriga ega. 4.2. Turistik daromadlar va harajatlar statistikasi Turistik daromadlar va harajatlar statistikasi turizmni baholash qiymati mazmuniga ega bo‘lib, uni milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganishda, jumladan mamlakatning to‘lov balansi, shuningdek turizm industriyasi o‘zining sektorlariga harakteristika berishda zarurdir. 56 Turistik harajatlar – tashrif buyuruvchi yoki uning nomidan boshqa shaxsni tayyorlash va safar chog‘ida, shuningdek belgilangan joyda bo‘lish chog‘idagi iste’mol qilingan harajatlarning umumiy summasidir. Turistik harajatlar konsepsiyasi asosiga bir qator tamoillar qo‘yilgan. BTT tavsiyasiga muvofiq tashrif buyuruvchilar, turistlar va ekskursiyalarning iqtisodiy ahamiyatli harajatlarigina hisobga olinadi. Tashrif buyuruvchilar harajatlari ularning ehtiyojlarini qondirish uchun olgan xizmatlar va tovarlar qiymati bilan aniqlanadi. Ularga xilma-xil tashish bo‘yicha xizmatlar, joylashtirish va uzoq foydalanishgacha uncha katta bo‘lmagan narsalar, joriy turistik iste’mol tovarlari va suvenirlar kiradi. Biroq bu holda ulardan bahramand bo‘luvchilar boshqa shaxslar- sayohatchilar bo‘lmasalar ham qilingan harajatlar turistik harajatlarga kiritiladi. Turistik harajatlar hajmini tovar va xizmatlarga amaldagi narxlarni pasaytirish chegirib tashlash, choy puli va boshqalarni hisobga olgan holda to‘lov shaklidan qat’iy nazar-naqd pulmi, yo‘l cheklarimi, kredit kartochkalari va boshqa usullar bilan birga belgilash tavsiya qilinadi. Turistik harajatlar tarkibi. Turizm statistikasi bosh muommolaridan biri turistik harajatlar tarkibini tartibga solish bo‘lib hisoblanadi. Bu tashrif buyuruvchi qilgan xrajatlar vaqti (tayyorlanishda, safar chog‘ida yoki oxirida), shuningdek turizm tipi bilan shartlangan. Tegishli ravishda ichki turistik harajatlar ajralib turadi. Bu rezidentlarni o‘z mamlakati va xalqaro miqyos bo‘ylab qiladigan sayohatlari bilan bog‘liq. Uning ahamiyatini tushunish uchun tashrif buyuruvchini o‘z joyidan ko‘zda tutilgan mamlakatga yo‘naltirilgan harakati iqtisodiy tabiatni bilish muhimdir. Chiqish turistik oqim xalqaro turistik harajatlar kategoriyasiga mansub, kirish harajatlar esa xalqaro turizmda tushadiganga. BTT materiallarida xalqaro turistik harajatlar doimiy-yashovchilarning u yoki bu mamlakatga xorijga sayohati vaqtida qilgan harajatlariga qarab aniqlanadi. Boshqlar qatorida unga xalqaro tashish bo‘yicha chet el kompaniyalari xizmatlari, shuningdek chetdan sotib olingan tovarlar va xizmatlar uchun oldindan haq to‘lash qo‘shiladi. Joriy hisob-kitoblarda juft sifatda xalqaro turizmdan tushgan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. U xorijlik tashrif buyuruvchining boradigan mamlakatdagi barcha harajatlari summasi sifatida hisoblanadi. Har ikala ko‘rsatkich ham yagona usulda qo‘rilgan bo‘lib, faqat pul vositalarining chegaralari osha harakati bilan bog‘liq sarflarnigina aks ettiradi.

- Turist-sayyohning o‘tadigan mamlakati. Uning ijtimoiy-madaniy qiyofasi sayyohning harid xohishiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, sayyoh o‘tadigan mamlakat bilan «valyuta almashinish samarasi» degan gap bog‘liq. U ko‘p hollarda u yoki bu mamlakatda bo‘lish istagini belgilaydi. Agar allaqachon tanilgan bo‘lsa, sayyoh tomonidan rivojlantirilgan harajatlar hajmini belgilaydi. Bu avvalo dollar, yoki yevro muomilada bo‘lgan mamlakatlarga, yaqindan buyon esa Yaponiyaga taaluqlidir; - Rayon va dam olish joyi. Italiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, san’at shaharlari bo‘ylab safar turistlarga dengizda, tog‘ yoki ko‘lda dam olishga nisbatan qimmatga tusharkan. Harajatlar kattaligi shuningdek turistik markazlar bo‘yicha ham farqlanadi. Venesiyada u odatda Paduye va Veronga nisbatan yuqori; - Joylashtirish tipi. Harajatlar hajmi joylashish turiga (otel, kemping, sayyohlar qishloqchasi va boshq.) va uning kategoriyasi – toifasiga bog‘liq; - Dam olish davomiyligi.

U kurortga borish uchun transport, turini joylashish tipini tanlashga shuningdek tovarlar va xizmatlar hajmini belgilashga ta’sir qiladi. Ya’ni dam olishda turistning sarflaydigan barcha harajatlarini aks ettiradi va bu turistik harajatlarning bosh statiyasida namoyon bo‘ladi; - Dam olish vaqti (mavsumiy, mavsumlararo, mavsumiy emas). Turistik harajatlar kattaligi kurortlarga borish va yashash narxlarining mavsumiy o‘zgarib turishiga qarab turlanib turadi. Bu besh omil turistlarning har bir safarida tovar yoki xizmatlar, sarflarning hajmi va tarkibini tanlash va aniqlash imkonini beradi. 1998 yilda xalqaro turistik harajatlar (transport tashishlari hisobga olinmgan holda) 400 mlrd. dollarga yaqinni tashkil etadi. Uning katta qismi (200 mlrd.ga yaqini) Yevropaga to‘g‘ri keladi va jahonda barcha turistik oqim aylanishining yarimidan ko‘prog‘ini qamrab oladi. Yevropaliklar sayyohatga qolgan barcha hududlarni birgalikda olganiga qaraganda ko‘p sarflashadi. Ikkinchi o‘rinda Amerika turadi. Keyingi vaqtlarda unga Osiyo-Tinch okeani hududlari jips yaqinlashib keldi, ayrim yillari hatto uni quvib o‘tdi. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro turizmda asosiy harajatlarni industrial rivojlangan davlatlar qilayapti, xususan AQSH, Germaniya, Buyukbritaniya va Ispaniya. Jami harajatlarning uch qismiga yaqini ana shu to‘rt davlat ulushiga to‘g‘ri keladi. Ulardan tashqari xalqaro turizm harajatlarini shakllantirishda, ularni kattaligi va tarkibida «kata yettilik»ning boshqa a’zolari – Fransiya, Italiya va Kanada sezilarli rol o‘ynaydi. 90-yillarning ikkinchi yarimida salmoqli xalqaro turizm harajatlarini shakllantirayotgan guruh mamlakatlarga Skandinaviya mamlakatlari (Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya), ba’zi G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Avstriya, Shveysariya, Benilyuks mamlakatlari), Lotin Amerikasining yangi industrial 60 mamlakatlari (Braziliya, Argentina, Venesuela), Osiyo mamlakatlaridan – Xitoy, Singapur, Malayziya qo‘shildi. Shuni ta’kidlash joizki, xalqaro turistik harajatlar umumiy hajmida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari ulushi uncha kata emas. Ular orasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilar qatorida turuvchi Rossiya va xalqaro turistik harajatlar rekord o‘sishini namoyish etayotgan Polsha alohida ajralib turadi. Besh yil ichida, 1991 yildan 1995 yilgacha polyaklarning xorijga ommaviy safarlari 40 martaga ko‘paygan. Avstralosiye subregioni (Avstraliya va Yangi Zellandiya) jahon turistik bozorida kamtarona o‘rinni egallab turibdi. 2000 yilda hamma xorijiy turistik safarlarning 0,6 % va jahonda xalqaro turizm harajatlarining 2 % uning hissasiga to‘g‘ri keladi, xolos. Ammo xorijga bir safar uchun aholi sarflayotgan turistik harajatlar ko‘rsatkichi bo‘yicha shubhasiz Avstraliya yetakchi hisoblanadi. Sayohatga sarflar yuqoriligi subregionning asosiy turizm markazlaridan uzoqligi bilan izohlanadi. Safar qiymatida sarflar ulushining 30 % xalqaro transport tashishiga to‘g‘ri keladi. Belgilangan joyga yetib borish uzoqligi transport harajatlarini qoplash shunga majbur etadi. Avstraliya va Yangi Zelandiya aholisiga xorijga safar o‘rtacha, 2604 dollarga (transport harajatlari qo‘shilgan holda) tushadi. Bu jahon o‘rtacha darajasidan uch barovar ko‘pdir. Safar harajatlari kattaligi hududlar bo‘yicha ayniqsa jahonning subregionlari bo‘yicha sezilarli farqlanadi. Ko‘rsatkichlar ahamiyati yoyib chiqilsa 10 karra kattalikni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlardan birida Markaziy va Sharqiy Yevropa turibdi. Sobiq sotsialistik mamlakatlar fuqarolari eng tejamli turistlar bo‘lib chiqishdi. 1990 yilda ular xorijga safarga (transport harajatlarini ham hisobga olgan holda) o‘rtacha 25,3 dollar sarflangan. Yetarli mablag‘ga ega bo‘lmasdan, ular jahonni ko‘rish ishtiyoqida hamma narsadan tejab qolishgan. Shaxsiy avtomobilida yo‘lga chiqishda o‘sha davrdagi jahon turistik oqimining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlaridan o‘zib benzin va yeguliklarni g‘amlab olishgan. Bu tendensiya 1973-1974 yillardagi jahon energetika krizisidan keyin paydo bo‘la boshladi. U sezilarli ravishda jahonda turistik xizmatlar, tovarlar va ishchi kuchlari, ayniqsa iqtisodiy rivojlangan davlatlarda, qimmatlashgani bilan bog‘liq. Chunki, xalqaro turistik almashinuvlarning kata qismi shu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xalqaro turizmdan tushumlarni regional – hududiy taqsimlanishi asosan turistik tashriflarning geografiyasi bilan mos keladi. Urushdan keyingi butun davrda, 1950 yildan tashqari, eng daromadli turistik hudud bo‘lib Yevropa hisoblanib kelinmoqda. Ammo umumiy tushumlar hajmida uning ulushi salmog‘i asta-sekin pasayayapti. Bu turistlar harajatlarini o‘rtacha jon boshiga kamayishiga nisbatan qisqa davom etadigan safarlar bozorini gurkirab rivojlanishi bilan izohlanadi. 60-yillar o‘rtalaridan boshlab Osiyo-Tinch okeani hududi salmog‘i jadal ko‘paymoqda. Bu hududda turistik daromadlar o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlarining eng yuqorisi (1985-1995 yillarda 18,5 %) bo‘lgani qayd etilgan. 90-yillaridagi moliyaviy krizis-inqiroz bu hududda xalqaro turizmdan tushumlar dinamikasiga sezilarli o‘zgartirishlar kiritdi. O‘sish sur’atlari keskin tushib ketdi va 1999 yilga nisbatan 1998 yilgi 2,2 % darajani tashkil qildi. 61 Turistik tushumlarda Amerika ulushi AQShning faol turistik siyosat olib borishi natijasida oshib bormoqda. Bunga AQSH, Kanada va Meksika o‘rtasida ichki regional turistik almashinishning tezlashgani, yaqinda tashkil qilingan Shimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasi doirasida integratsiya aloqalarining kegayayotgani yordam bermoqda. Turistik tushumlarda Afrika ulushining juda pastligi o‘ziga diqqatni tortadi (1998 y. 2,2 %). Ayniqsa daromadlarga taqqoslanganda u 4% ni tashkil qilgan. Bunday vaziyat hududining umumiy iqtisodiy stagnatsiyasi va o‘z daromadlarining sezilarli qismini Afrika bozorlarida ishlayotgan xalqaro turistik agentlar va mehmonxona korporatsiyalariga o‘tkazilishi oqibatida vujudga keldi. Xalqaro turizmdan tushumlar rivojlangan Shimoliy Amerika mamlakatlari (AQSH, Kanada) va G‘arbiy Yevropa (Fransiya, Buyukbritaniya, Germaniya), O‘rta yer dengizi (Italiya, Ispaniya, Gresiya), va Alp (Avstriya, Shveysariya) mamlakatlarida to‘planayapti. Ularning ulushi jami tushumlarning yarimini tashkil qiladi. Hozirgi paytda 15 eng daromadli turistik mamlakatlar ruyxatini AQSH boshqarmoqda. Ular kata o‘sish bilan oldinlanib ketgan holda keyingi yillarda o‘z turistik daromadlarini tobora ko‘paytirib borishayapti. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda xalqaro turizmdan tushgan tushumlar hajmi ikkinchi yarmidagi Fransiyadagidan 2,4 marta oshgan 1980 yilda ular o‘rtasidagi farq kam sezilarli – 1,2 marta (mos ravishda 10,1 va 8,2 mlrd. dollar) edi. So‘nggi yillarda yetakchi o‘nlikka shuningdek Xitoy ham kirdi. U 25 –o‘ringa ko‘tarildi. Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlaridan birortasi 7 mlrd. lik marrani zabt etisholmadi. Yaxshi natijani RF qo‘lga kiritdi (1998 y. 6,5 mlrd. dollar). Biroq sobiq soitsalistik mamlakatlar tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatishdan tushumlar hajmini tez ko‘paytirib borishayapti. ____________________________________________ 1.Bolshoy glossariy terminov mejdunarodnogo turizma. M.B. Birjakova, V.I. Nikifirova. 53-bet

Besh yilda, 1992 – 1996 yillar davomida jahonda turistik daromadlar 40 % ga oshgan holda, Litvada 26 martaga, Estoniyada 17 martaga, Moldava Respublikasida 15 martaga o‘sdi. Xalqaro turizmdan tushumlar hajmi turistik yo‘nalishdagi daromadlar darajasini baholashda keng foydalaniladi. Ammo aniqroq ko‘rsatkich bo‘lib, bitta kelishdan va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan turistik daromad miqdori hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarga asoslangan manzara yuqorida keltirilganlardan keskin farq qiladi. 1995 y. BTT turistik yo‘nalishning daromadligini tadqiq qilib ko‘rdi. Bir kelishdan tushgan tushum o‘rtacha 708 $ ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich jahon bo‘yicha kuchli aralash-quralash bo‘lib ketdi. Kelishlardan tushgan daromad asosiy bosh turistlar yetkazib beruvchilar bilan umumiy quruqlik chegarasiga ega bo‘lgan mamlakatlar (Kanada, Meksika) da (AQSH bilan chegara ko‘zda tutilayapti) kam bo‘ldi. Shuningdek sobiq sotsialistik mamlakatlar (Xitoy)da ham past bo‘ldi. Kelishlardan tushgan yuqori daromad chiqish turizm yirik bozoridan uzoqlashgan, hayot qiymati yuqori harakterli yoki elita turistlariga mo‘ljallangan joylarda ko‘zga tashlandi. Malayziya va Indoneziya turistik yo‘nalishning daromadlik farqiga klassik misol bo‘lib xizmat qila oladi. Har ikkala mamlakat ham turizm rivojlanishining bir bosqichida turibdi. Ammo Malayziya asosan turistlarni qo‘shni Singapur va 62 Tailanddan qabul qiladi. Uning kelishlardan tushgan daromadi 1995 y. da 523 dollarni, Indoneziyaniki esa 1209 dollarni tashkil etgan.

BTT tadqiqotlari natijalari shuni ko‘rsatdiki, 1995 yil bir kelishdan tushgan daromadlar bo‘yicha Shimoliy Yevropa mamlakatlari yetakchilik qildi – Daniya (2,3 ming $). Xalqaro turizmdan tushgan tushumlar mutlog‘ ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular birinchi o‘nlikka kirishgani yo‘q. AQSH 1-o‘rindan 19-o‘ringa tushib ketdi. Bir kelishdan 1,4 ming dollar. Fransiya, Italiya va Ispaniya nisbatan daromadliroq 50 davlatlar qatoridan umuman joy ololmadilar. Bu albatta milliy turistik ma’muriyatlarni tashvishlantirmasdan qolmaydi. 4.3. Turizmda statistik hisob usullari Xalqaro turizm statistikasi axborotlarni yig‘ishning turli shakllaridan foydalanadi. Statistik kuzatuvlarni hisobotlar orqali yoki bevosita maxsus tekshiruvlar o‘tkazish bilan olib boriladi. Hisobotlar orqali statistik kuzatuvlar. Bu holatda statistik ma’lumotlar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va boshqalardan belgilangan shakl va muddatlarda olinadi. Ular buxgalterlik hisobi va operativ ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlab, bularni statistika organlariga topshiradilar. Xuddi shu hisobotlar turizm to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Statistikada turistik oqimlar kelishi miqdori va bo‘lish davomiyligi haqida axborotlarni immigratsiya xizmati yoki joylashtirish vositalaridan ham olish mumkin. Hozirgi vaqtda jahondagi 60 mamlakatda turistlar chegarada va 40 davlatda joylashtirish vositalarida qayd etiladilar. Chegarada hisob mamlakatga kirish va undan chiqib ketishda immigratsiya nazorati vositalari orqali yuritiladi. Bu nazorat o‘tkazish punktlari, aeroportlar, temiryo‘l vokzallari, dengiz portlari, chegara postlari va h.k. larda amalga oshiraladi. Sayohatchi shaxs haqida asosiy axborot manbai bo‘lib maxsus qayd qilish shakli – kirish (chiqib ketish) kartochkasi, shuningdek chet elga chiqish pasporti va vizalar hisoblanadi.

Ularda turistning jinsi, yoshi, uning doimiy yashash joyi (fuqaroligi) va borayotgan mamlakati, maqsadi, safar muddati va boshqa ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Bu ma’lumotlarni yig‘ishni tashrif buyuruvchining chiqishida amalga oshiriladi. Turist qaytishida o‘zining chiqishiga qaragandagidan aniqroq axborot berishi mumkin. Sayohat yo‘nalishi va muddatlarga ko‘pincha har xil vaziyatlar (obhavoning o‘zgarishi, sog‘ligining yomonlashuvi, yangi diqqatga sazovar joylar haqida qo‘shimcha axborot olishi va boshqalar) ga qarab safar chog‘ida aniqlik kiritiladi. Chegarada hisobga olish usuli juda ko‘p mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Ulardan ayrimlari chegara statistikasi yuritish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkam yo‘lga qo‘yishgan. Misol uchun, Kanada davlati AQSH safaridan qaytgan o‘z fuqarolari to‘g‘risida ma’ulumot yig‘adi va bu axborotlarni Qo‘shma Shtatlar Milliy turistik ma’muriyatiga taqdim etadi. AQSH va Kanadadan tashqari, kirish chegara statistikasi shakli Buyukbritaniya, Irlandiya, Ispaniya, Kipr, Portugaliya, Avstraliya, Singapur, Turkiya, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari (Polsha, Vengriya, Belgiya) va boshqalarda ham yuritilmoqda.

Ehtiyoj va talab. Har qanday odam o‘z hayoti davomida qandaydir u yoki bu narsaga ehtiyoj sezadi. Bu birlamchi ehtiyoj o‘zining fiziologik tabiatiga ko‘ra, odatda tug‘ma hisoblanadi. Bu – ovqatga, suvga, nafas olishga, uyquga, jinsiy aloqaga ehtiyojdir. Ulardan farqli ravishda ikkilamchi ehtiyoj psixologik harakterga egadir. Agar atrofdagilar uning xizmatlarini, iste’dodini yoki jamoa a’zosi sifatida huquqini tan olmasa kishi kuyinadi. Birlamchi ehtiyoj genetik jihatdan qoida bor, ikkilamchisi esa tajriba orqali namoyon bo‘ladi. Odamlar hech qachon bir xilda tajribaga ega bo‘lishmaydi. Shu jihatdan ikkilamchi ehtiyoj ko‘p darajada birinchisiga nisbatan yaqqol farqlanadi. Ehtiyojni bevosita ko‘rib yoki o‘lchab bo‘lmaydi. Uning mavjudligini odamlar xulqi-atvoriga qarabgina bilish mumkin. Psixologlar odamlarni kuzata turishib, ehtiyoj harakat motivlari bo‘lib xizmat qiladi, degan xulosaga kelganlar. Agar nimadir yetishmasligi kuchli sezilsa, odamda intiluvchanlik hissiyoti uyg‘onadi. Bu bo‘lajak xulqiy ehtiyoj maqsadga erishishiga butun diqqat-e’tiborni safarbar etadi. Bu holda maqsad hech narsa emas, zaruratni qondirish vositasi xolos deb tushuniladi. Qo‘yilgan maqsadga erishilganida esa ehtiyoj to‘liq yoki qisman qondirilgan, yo qondirilmagan bo‘ladi. Misol uchun charchoq hissiyoti kishida chipta (bilet) olib kurortga jo‘nab ketish harakatini uyg‘otadi. Biroq yomon ob-havo to‘laqonli dam olishga halaqit beradi. Ehtiyoj qondirilmay qoladi.

Kuchaygan ichki zo‘riqish esa shaxsni uni so‘ndirish uchun yangi yo‘llar va usullar qidirishga majbur etadi. Maqsadga erishish chog‘ida olingan qoniqish darajasi shunday o‘xshash vaziyatlarda kishi xulqiga ta’sir etadi. Yanagi safar u xulq modeli bo‘yicha harakat qiladi, ijobiy natijalarga tayanadi, salbiy tajribalarni takrorlamaslikka intiladi. Shaxs xulqi faqat ehtiyoj bilangina aniqlanmaydi. U umidvorlik va qabul qilishga ham bog‘liq. Motiv va mukofatlanish psixologik motivatsiya nazariyasida asosiy tushunchalar mohiyatini tashkil qiladi. Bu sohada ilmiy qarashlar yarim asrdan ko‘proq oldin shakllana boshladi. Ammo «Odamlarni harakat qilishga nima majbur etadi?», «Ular o‘z kuch va imkoniyatlarini ko‘zlangan maqsad sari qanday yo‘naltirishadi va taqsimlashadi?» degan bosh savollarga hozirgacha yagona qat’iy javob olingani yo‘q. Psixologlar shaxs faoliyati motivlarini tushuntiruvchi qator 83 nazariyalar ishlab chiqishgan. Ulardan eng mashhurlari Zigmund Freyd va Abraham Maslou nazariyalaridir, ularda iste’molchi xulqi atvorini o‘rganishga mutlaqo turli tomonlardan yondoshilgan. Quyida nomlari keltirilgan mualliflar nazariyalaridan turistik bozorni tadqiq etishda foydalanish mumkin. Avstraliyalik psixiatr – vrach va psixolog, psixoanaliz asoschisi Z. Freyd (1856 - 1939) odamlar ularning xulqi – atvorida shakllangan psixologik kuchlarning haqiqiy mohiyatini tushunmaydilar deb hisoblagan. Bu hissiyotlar tushlarda, turli-tuman gapso‘zlarda, shuningdek ruhiyat va asab buzilishlarida namoyon bo‘ladi. Z. Freyd izdoshlari iste’molchilarning bozorga bo‘lgan xulq-atvori motivlarida juda ko‘p yashirin dalillar va qiziqarli holatlarni to‘plashgan.

Misol uchun, ba’zi odamlar olxo‘ri qoqisini sotib olishmaydi. Chunki u qora va burishgan bo‘lganligi sababli, ular keksalik va kasallikni eslatadi. Iste’molchilar motivatsiyasini tadqiq qilish bunday kutilmagan natijalarga olib kelishiga qaramay, ular mijozlar xulq-atvori xususiyatlarini o‘rganuvchi mutaxassislarga qo‘l kelishi mumkin.

Ishlab chiqarishda ilmiy-texnika inqilobi (revolyutsiyasi) va avtomatlashtirish og‘ir jismoniy operatsiyalarni keskin qisqartirish bilan bir vaqtda intellektual va hissiy zo‘riqishning kuchayishiga olib keldi. Murakkab mashinalarni ishlatish kishidan juda katta diqqat-e’tiborni talab qiladi, qo‘shimcha ruhiy energiya sarflashga majbur etadi. Bugungi kunda mehnat jarayoni shunchalik zo‘riqish hosil qilganki, u ko‘nikma sindromiga olib keladi. Shveysariyada o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 40 % odamlar o‘z ishlarini haddan tashqari tig‘izligidan va ruhiy zo‘riqishdan shikoyat qilishadi: 65 % so‘raluvchilar esa ish bilan bog‘liq ruhiy zo‘riqish vaziyatlari soni yildan – yilga ko‘payotganini aytishdi. Shuni ta’kidlash joizki, bu tashvishlantiruvchi ma’lumotlar Shveysariyada – hayot an’anaviy tarzda tinch va xotirjam sanalgan mamlakatga xosdir. Inson ma’naviy kuch-quvvatini holdan toydirishdan tashqari, ilmiy-texnik progresslar boshqa salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Xavf-xatarlar mutlaqo kutilmagan tomondan kelib chiqdi. Mehnat sharoitini yaxshilash va ish unumdorligini oshirishga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish jarayonlari kutilmaganda inson salomatligiga tahdid sola boshladi. Ular ishchilarning harakat faolligini cheklab qo‘ydi. Natijada kam seziladigan gipodinamiyadan azob chekuvchi odamlar soni ko‘paydi. Bu XX asrda keng tarqalgan va xavfli kasallikdir. Muskullar zo‘riqishi kamaydi. Ammo bir vaqtning o‘zida to‘planish va zo‘riqishga chalingan asab charchoqligi o‘sdi. Albatta charchoqni yozish qiyin kechadi va kishi organizmining funksional tayyorgarligiga jiddiy putur yetkazadi. Mehnat harakteri o‘zgarishi bilan dam olish muammosi ham yangicha ko‘rinishda namoyon bo‘layotir. Endilikda ishchanlik qobiliyatining o‘sishi hayotiy kuchni tezkor tiklashni talab qiladi. Charchoqni yozishning ma’lum usullaridan eng yaxshisi mehnat holati va harakterini almashtirish hisoblanadi. Charchoqni yozish va zo‘riqishni bartaraf etishda unga aqliy faoliyat va qiziqishni qo‘shish dam olish samaradorligini oshirib, kuchni tiklash jarayonini tezlashtiradi, deb hisoblanadi. Agar kishi vaqtincha doimiy yashash joyini tark etsa maksimal natijaga erishadi. Ayrim turistik ma’muriyatlar bu holatni hisobga olishib, milliy turistik mahsulotlari reklamasini kundalik tashvishlarga qarshi qo‘yadilar. A. Maslou fikricha, fiziologik ehtiyojni me’yorda qondirish kishida o‘zini saqlashga ehtiyojni faollashtiradi. Turizm sohasida bular ko‘p jihatdan turistik safarlar geografiyasini belgilaydi. Safarlarga talab ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqaror hududlarda juda yuqori. A.Maslou piramidalarning uchinchi pog‘onasidan boshlab endi bazaviy (tug‘ma) ehtiyojni emas, balki ikkilamchi yoki o‘zlashtirilgan ehtiyojni qarab chiqadi. Ularning ruyxati ijtimoiy, ba’zan daxldor ehtiyojlar deb atalgan ehtiyojlarni ochadi. Ularning ikkinchi nomi mazkur guruh ehtiyojlari mohiyatini aniq ifodalaydi. Ular ma’lum guruh odamlarga taaluqli intilishlarda, ijtimoiy o‘zaro harakatda, biri-biriga bog‘liq holda qo‘llab-quvvatlanishda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy ehtiyoj assotsiatsiyalarga kirish, turli ittifoqlarda qatnashish, klublarga a’zo bo‘lish, do‘stona munosabatlar o‘rnatish va h.k.lar yo‘li bilan qondiriladi. 85 Bayramlarda va muloqatlarda, qarashlar va tushinishlar, suhbat va fikr almashishga intilish odamlarga xos hislatlardir.

Turizm ana shu ehtiyojlarni qondirishga imkon beradi. Boshqa tur madaniy aloqalar qatorida u do‘stona munosabatlarni, xalqlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro ishonchli mustahkamlashga muhim hissa qo‘shadi. Milliy turistik ma’muriyatlar mamlakatni turistik manzilgoh sifatida jozibadorligini yaratishda insonning ijtimoiy ehtiyojiga tayanadi. Piramidalarning yuqori pog‘onasiga qarab chiqib borar ekan, D.Maslou ularda qondirish oson bo‘lmagan ehtiyoj guruhlariga duch keladi. Haqiqatdan, ijtimoiy ehtiyoj mohiyatan insonning yashash shakli bo‘lib ko‘zga tashlanadi: jamiyatda yashab turib, undan ozod bo‘lish mumkin emas. Ehtiyojga hurmat bilan qarashshaxsiy yutuqlarda, muomilada, o‘zligini anglashda, atrofdagilarning tan olishi bu boshqa gap. Afsuski hurmat qozonishga hamma vaqt hech muvaffaq bo‘linavermaydi. Bu guruhlar ehtiyojini qondirish kishining jamiyatdagi o‘rniga bog‘liq. Odamlar o‘zlari mansub ijtimoiy barqarorlikka xos guruhlarda, xulq-atvori va qiziqishlari, qadriyatlar to‘g‘risida tushunchalariga muvofiq harakatlanishadi. Ular yuqoriroq jamoatchilik maqomi sari intiladilar. Turizm esa mulkiy bahosi va nufuzi indikatori sifatida ma’lum qatlamga daxldor o‘ziga xos ramz ko‘rinishda bu xohishistakni hech bo‘lmaganda dam olishda ruyobga chiqaradi. Individlar (kishilar) sarf-harajatlar bilan hayron qoldirib, nufuzli safarlarni sotib olishadi, ularning bunga imkoniyatlari bor. XIX asrda burjuaziya har qanday yo‘l bilan o‘zini ko‘rsatishga uringanida xuddi shunday bo‘lgandi. Bu hodisa bizning davrimizda ham kuzatilayapti. «O‘zini ko‘z-ko‘z qiluvchi»lar mablag‘larini katta haridlarga sarflashayapti yoki butun jahonga mashhur kurortlar (Fransiyadagi Lazur qirg‘oqlari va boshq.) da shahar chekkasidan qarorgohlar qurish uchun joy sotib olishmoqda. Qishki sport turlari yirik markazlarini egallab olishayapti. Dam olish sohasi individlarga keng erkin tanlash imkonini berayapti va ularga ishlab chiqarishda topishga erishaolmagan omadsizliklarini to‘g‘dirayapti. Grafik piramida cho‘qqisi o‘z ifodasida ehtiyojni qanoatlantiradi.

____________________________________________ 1.https://xalqaro/turizm.com 2. https://turizmni/rivojlantirish/asoslari.com

Turizm bu guruh ehtiyojlarini qondirishda cheksiz imkoniyatlar yaratadi. U hayotiy dunyoqarash ufqlarini kengaytiradi. Boshqa madaniyat odamlari bilan muloqat chegaralarini ochadi. Ko‘pgina turistik korxonalar va muassasalar o‘z faoliyatlarida ehtiyojni qondirish va o‘zlikni anglashga e’tiborni qaratishadi. Sayyohlarning jahon sivilizatsiyasi durdonalari bilan tanishishi, o‘zi uchun boshqa millatlar qadriyatlari va an’analarini kashf etish, tabiiy atrof – muhit go‘zalligidan bahra olish inson qalbi va salohiyatini boyitadi. Safar chog‘ida olingan taasurotlar va bilimni odamlar o‘zining xilma-xil faoliyatida qo‘llaydi. Individ hamisha ongli ravishda bo‘lmasada, turizmda shaxs sifatida o‘zini ochish, qiziqishlarini qondirish usullarini topadi.

Xalqaro turizmda turistik talabning elastikligi. Ta’kidlanganidek, turistik talab iste’molchining daromadi, qulay bo‘sh vaqtining davomiyligi, tovarlar va xizmatlar bahosi va boshqa omillarga bog‘liqdir. Muntazam haq to‘lanadigan ta’til joriy etilishi va real ish haqining oshishi turistik tovarlar va xizmatlarga talabni kuchaytiradi. Ammo ko‘pincha tahlil bir o‘zgarishni boshqasiga ta’sir etishini belgilash bilangina chegaralanib qolmaydi. Balki talabning o‘sishi (pasayishi), qay darajadaligini ham bilishni talab qiladi. Baho o‘zgarishiga turistik talab nechog‘lik sezgir, agar daromad 10,20 yoki 40 % ga oshsa unga talabning reaksiyasi qanday bo‘ladi kabi savollar shular jumlasidandir. Bu haqda tasavvur hosil qilishga ko‘ratkichlar elastikligi imkon beradi. Elastiklik bir o‘zgarishning boshqa o‘zgarishga nisbatan reaksiyasi holatini ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda bu tushunchalar bir tomondan talab kattaligi, ikkinchi tomondan baho yoki daromad o‘rtasidagi bosh bog‘likni aniqlash uchun foydalaniladi. Talabning baho bo‘yicha elastikligi (TBE) boshqa sharoitlarda narxning bir foizlik o‘sishi (kamayishi) tufayli talab hajmi qancha foizga o‘zgarishini aniqlaydi TBE kattaligi odatda salbiy sonda ifodalanadi. Negaki o‘zgarishlar teskari bog‘liqlikka ega bo‘ladi. Talab hajmi narx tushishi, uning oshishi, kamayishi tendensiyasiga ega. Talab narx o‘zgarishga sezgir (elastik), befarq (noelastik) yoki yagona elastiklikka ega bo‘lishi mumkin. TBE bir qator omillarga bog‘liq, eng avvalo substitut (o‘rnini bosuvchi) tovarlarga qurbi yetish omili. Bozorda raqobat qanchalik o‘tkir bo‘lsa, TBE taklif etilayotgan o‘rnini bosuvchi tovarlar ko‘lamida shunchalik keng bo‘ladi. Turist uchun alternativga hojat bo‘lmagan ishga doir va etnik talab dam olish va ko‘ngilxushlik uchun sayohat qiluvchiga nisbatan narx o‘zgarishiga unchalik sezgir emas. Turistik mahsulotlarga narxning o‘zgarishi ayniqsa dam olish uchun safar geografiyasini aniqlagan holda «dengiz – quyosh - plyaj»ga boruvchilarda sergaklik uyg‘otadi.

Qaysidir kurortlarga xizmatlar qimmatlashishi bilan odamlar osongina boshqa o‘rnini bosuvchilarga o‘tishadi, ular bilan raqobatdagi boshqa kurortlarga talab oshib, arzonroq dam olish joylari tanlanadi. TBEni keltirib chiqaruvchi ikkinchi omili vaqtinchalik ramka, uning doirasida harid haqida qaror qabul qilinadi. Odatda elastiklik uzoq muddatli rejada qisqa oraliqlarga nisbatan yuqoriroq. Vaqt o‘tishi bilan iste’molchilar narxi oshgan tovarlar uchun katta miqdorda o‘rnini bosuvchilarni topishlari mumkin. Asta-sekin ularning didi, odatlari va ko‘nikishlari o‘zgardi. Ishlab chiqaruvchilar esa o‘rnini bosuvchi tovarlar chiqarishni kengaytiradilar. 95 TBE ni o‘zgaruvchanlik xususiyati har bir konkret holatda uni aniqlashda ehtiyoj bilan yondoshish, yetti o‘lchab, bir kesish zaruratini tug‘diradi. Bu birinchi navbatda narx valyuta kurslariga bog‘liq bo‘lgan xorij sayohatlariga taaluqli. Narx uning o‘zgarib turishi xalqaro turistik safarlar geografiyasiga ta’sir qiladi. Sir emaski, qabul qiluvchi tomonlarning valyuta alshashish kursini oshirishi, ularni teng sharoitlarda xorijiy turistlar uchun qimmatlashtirib yuboradi. Bu iqtisodiy jihatdan ham unchalik diqqatni tortadigan emas. Ayrim mamlakatlar xalqaro turizmni rivojlantirish manfaatlarini ko‘zlab valyuta siyosati yurgizishadi. Milliy pul birligini almashtirish kursining sun’iy o‘zgartirish tufayli, ular yuqori inflyatsiya darajasiga qaramay turistik xizmatlar narxining raqobatbardoshligini ushlab turishga muvaffaq bo‘ladilar. Turistlar yetkazib beruvchi mamlakatlarga keladigan bo‘lsak, ularning milliy valyutasi revolvatsiyasi chiqish turizmiga talablarni ko‘paytiradi. To‘g‘ri, almashtirilgan valyuta kursining tushib ketishida teskari holat ham bo‘ladi. 1990 yillar ikkinchi yarimlarida dollarning zaiflashuvi oqibatida Amerikalik turistlarning Yevropaga kelishlari soni anchagina kamaydi va aksincha Yevropadan esa AQShga turistik oqimlarni kengaytirdi. BTT mutaxassislarining bu sohadagi ko‘p yillik tadqiqotlari quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon berdi. Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, TBE qabul qiluvchi mamlakatlar uchun 1 dan 2 gacha atrofda turibdi. Agar turistik yo‘nalishlar nisbatan 10 % ga arzonlashsa, misol uchun, inflyatsiyaning oldingi darajasi saqlangan holda valyuta almashish kursining o‘zgarishi, natijada uch yil davomida uning bozor ulushi 10-20 % ga ortadi. Sayohatlarga narx o‘zgarishiga iste’molchilarning reaksiyasi paydo bo‘lishi uchun xuddi shuncha vaqt talab qilinadi. Iste’molchilar yangi narxlarga uzil-kesil besh yildan keyin moslashib oladilar. TBE ahamiyat jahonning mintaqalari va safarlar turi bo‘yicha farqlanadi. Yevropa bo‘yicha ichki hududiy sayohatlar uchun u nisbatan past – 0,8. Qabul qiluvchi Yaqin Sharq mamlakatlari uchun narx bo‘yicha uzoq bo‘lmagan safarlarga nisbatan talab ko‘proq elastik. Bu hudud uchun TBE -2,5 ga teng. Odatda uzoq safarga nisbatan yaqinroq masofaga talab narx o‘zgarishiga unchalik sezgir emas. TBE turistlar yetkazib beruvchi mamlakatlar uchun -1,5 ga teng Xorijiy sayohatlarga (yo‘nalishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda) narxning 10 % o‘sishi uch yil davomida chiqish oqimini 15 % qisqarishga olib keladi. Xuddi birinchi holatdagi singari talab elastikligi mintaqalararo safarlarga qaraganda ichki hududga nisbatan past. Misol uchun, u Yevropada mutanosib ravishda – 0,6 va – 1,9 ga teng. Jahon mintaqalari o‘rtasida TBE Yevropa va Yaqin Sharqda yuqori. Bu ularning chiqish turistik oqimlarida dam olishga sayohatlar ulushlarining kattaligi bilan izohlanadi. Bunday sayohtlarga narx bo‘yicha talab xizmat safari (kamandirovka), qarindoshlar va tanishlarnikiga borish, boshqa turistik safarlarga nisbatan elastikdir. Ilgari gap nima haqda borgan bo‘lsa, hammasi normal yoki to‘g‘ri deyilganga taaluqlidir. TBE, narx oshganda (pasayganda) talabning kamayishi (o‘sishi) ga olib keladi. Ammo amalda boshqa vaziyatlar ham ma’lum.

Ularda o‘zgarishlar bir tomonga qarab yo‘naladi va yuqori baho talabning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Bu bog‘liqlikni elitar turizm bozorida kuztish mumkin. Misol uchun, sayohat teploxodida 96 eng qimmat kayutani yoki shaharda kechki ovqat uchun eng qimmat restoranni tanlash. Mazkur holatda odamlar oddiy narsalar yoki xizmatlarni emas, boyligini ko‘z-ko‘z qilish uchun nufuzni sotib oladilar. Iqtisodiy adabiyotlarda bu hodisa «Snobizm effekti» degan nom olgan. Iste’molchining daromadlari o‘zgarishi turistik talablarga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Bir o‘zgarish kattaligi ikkinchisiga ta’sir qilib, daromadlar bo‘yicha turistik talab elastikligi tushunchasini to‘ldirishi mumkin. U talab hajmi foiz o‘zgarishining iste’molchi daromadi protsent o‘zgarishiga nisbatan o‘xshash munosabatlariga (boshqa teng sharoitlarda) mo‘ljallanadi. Ko‘p sonli empirik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, turistik talab iste’molchi daromadi ko‘payishi (kamayishi) ga juda sezgir va bog‘liq. Aholining moddiy ahvoli yaxshilanishi bilan, ularni sayohatlarga moyilligi va turistik harajatlar o‘sadi. Daromad o‘zgarishi hamma vaqt ham individual turistik talab hajmini, o‘lchangan safar, yoki tunash sanalarini aks ettirmaydi. Shu bilan birga u turistik tarkiblarda chuqurroq siljishlarga olib keladi. Yaxshi haq to‘lanadigan ishga joylashib olgach, kishi ko‘p hollarda o‘z halovatini unga qurbon qiladi. Yetarli bo‘sh vaqtga ega bo‘lmaydi. U xuddi avvalgidek uzoq bo‘lmagan safarni tanlayadi va shinamlik darajasiga yuqori talablar qo‘yadi. Moddiy qiyinchiliklar ham xuddi shunday hamma vaqt ham individual turistik talablarning miqdoriy harakteriga ta’sir etavermaydi. Ta’tilni muntazam sayohat bilan o‘tkazuvchi oila kamdan-kam bu ko‘ngilxushlikdan o‘zini tiyadi moliyaviy ahvoli yomonlashganda ham bundan voz kechmaydi. Aksincha ta’til (kanikul) vaqtini qisqartirish yoki safarni qoldirishdan ko‘ra arzonroq safarni sotib olishni ma’qul ko‘radi. Elastiklik darajasi shuningdek safar tipiga ham bog‘liq. Harid qobiliyatining o‘zgarishida ko‘proq ko‘ngilxushlik safarlariga talab sezgir. Etnik safarlarga bu kamroq darajada. Chunki bunda erkin tanlash natijasiga qaraganda, imkon darajasida qarz olish ko‘zda tutiladi. Ishga aloqador safarlar, shuningdek elitar sayohatlarda daromad o‘zgarishiga kam e’tibor beriladi va noelastik hisoblanadi. Narx va daromad bo‘yicha elastiklik iqtisodiyotda umumiy tarzda qabul qilingan. Ammo talab dinamikasida yagona ko‘rsatkich emas. Elastiklik xuddi shunday boshqa omillar (misol uchun, vaqt) o‘zgarishiga turistik talab reaksiyasini ifodalash uchun foydalaniladi. Ishga aloqador turizm uchun bu – rahbar tomonidan belgilangan safar muddati, dam olish va ko‘ngilxushlik sayohati uchun – bo‘sh vaqt. Ular yil davomidagi bayram kunlari va ta’tillar soni bilan o‘lchanish mumkin. Bo‘sh vaqt davomiyligi chatishib ketadi va mamlakatlar bo‘ylab sezilarli ravishda ko‘zga tashlanadi. Niderlandiyada qonunchilikda mustahkamlangan ta’til davomiyligi 30 kundan oshadi. Plyus yiliga 8-10 bayram kunlari ham bor. AQShda esa ta’til kunlari 12 kunni, yillik bayramlar soni 11 kunni tashkil etadi. Pul emas, vaqt asosiy limitlovchi omil bo‘lgan o‘shanday hollarda turistik talab ta’tilning davomiyligi o‘zgarishiga, bayram kunlari soniga yoki safarning uzunligiga e’tibor qaratadi. Mutaxassislar talabning vaqt bo‘yicha yuqori ijobiy elastiklikka ega ekanligini qayd etadilar. 97 Turistik talab kattaligiga vaqt omillari qaysi o‘zgarishlari ta’sir etishini baholash uchun ikki mulohaza muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, qo‘shimcha vaqt bo‘sh yoki xizmat safari (kamandirovka) turistga belgilangan manzilda bo‘lishni o‘zaytirishga imkon beradi. Aytaylik aholisi turistik xizmatlar paketlarini sotib olishga moyil mamlakatda sayohat ishqibozi navbatdagi safarga chiqishni mo‘ljallayapti, taklif etilayotgan xizmat «paketlari» bozorida uning qurbi yetadigani bir-ikki xaftalik safardir. Sayohat qilinadigan yillik qisqa muddatli ta’tilda iste’molchi foydasiga yetti kunlik safar tanlanadi. Harakatni susaytirishda limitlovchi bosh omil-vaqtinchalik omildir. Masalan, boshqa teng sharoitlarda ta’til davomiyligini 13 kundan 16 kungacha ko‘paytirilishida u har holda mo‘ljallangan joyda uzoqroq bo‘lish unga qimmatga tushsada ikki haftalik safarni ma’qul ko‘radi. Turgan gap, talab kattaligi bo‘sh vaqtining ko‘payishi turistik harajatlar aks etishida ham ortadi. Ikkinchi mulohaza safar uzoqligiga taaluqli. Qo‘shimcha vaqt uzoq masofaga sayohat qilishga imkon beradi. Bu holda asosiy masalalardan biri masofani o‘lchash birligini tanlash hisoblanadi. Odatda bu masofalar kilometrlar bilan belgilanadi. Ammo iqtisodiy tahlil doirasida bunday baho juda ko‘p jarayonlarga izoh berolmaydi. Jumladan, kengliklarda turistik oqimlarni qayta taqsimlashda: iqtisodiy tadqiqotlarda masofani ifodalashda uni bosib o‘tishga sarflangan vaqt va pul bilan hisoblanishi qabul qilingan. Bu iqtisodiy resurslar talabni chegaralaydi va turistik bozor hajmini fizik masofaga qaraganda ko‘proq darajada belgilaydi. Vaqt sarfi kattaligiga daxldor har qanday o‘zgarish va safarga pul xalqaro turizm intensivligi va hajmi, geografiyada bevosita aks etgan ikki mamlakat o‘rtasidagi transport qatnovining tezligi yoki arzonlashuviga qarab aniqlanadi. Misol uchun, so‘nggi yillarda transatlantik parvozlarga tariflarning pasaytirilishi xalqaro turistik almashinuvni kengaytirishga imkon berdi. Okean osha Amerika va Yevropaning yirik turistik markazlariga xorijliklarning kelish soni ko‘paygani qayd etildi: Nyu-York va Mayami, London va Parijga. O‘tkazilgan empirik tadqiqotlar ham odamning doimiy yashash joyi va boradigan manzili masofasi o‘rtasida mustahkam aloqa mavjudligini tasdiqladi. Ya’ni bir tomondan vaqti - sarfi – pul chiqimi, ikkinchi tomondan, bu joyda bo‘lish chastotasi yoki ehtimol tutilgan ifoda. Zamon va makonda turistik talab to‘planishi. Turistik talab yorqin mavsumiy harakterga ega. Yilning ma’lum davrlarida eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi va boshqa oylarida pasayadi. Mu’tadil iqlimga ega shimoliy yarim shar mamlakatlarida iyul-avgust yozgi, yanvar – mart qishki asosiy turistik mavsumlar bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, mavsumlararo (aprel-iyun-sentbr) va o‘lik mavsum deb ataladigan (oktyabr-dekabr) davrlar ajralib turadi. Statistik ma’lumotlarga muvofiq, Yevropada barcha turistik safarlarning yarimigachasi, ikki yozgi oylarga to‘g‘ri keladi. Mavsumlararo va o‘lik mavsumda turistik oqim susayadi va turistik xizmatlarga talab o‘zining pastki chegarasiga yetadi. Yevropada IV chorakda safarlar ulushi ularning yillik sonidan 18 % ni tashkil qiladi. Yaponiyada ham turistik faollik shunday mavsumiy beqaror harakterga ega. Kun chiqar mamlakat aholisi ham Yevropa mamlakatlaridagi singari yozda sayohat qilishini ma’qul ko‘rishadi. Eng ko‘p jo‘nab ketish soni avgust oyiga to‘g‘ri keladi. 98 Ikkinchi turistik faollik qish oxirida, mart oyida kuzatiladi. Aprel oyidan iyungacha va oktbrdan fevralgacha bo‘lgan davrlar an’anaviy ravishda sayyohlik vaqti hisoblanmaydi. Yaponlarning xorijga safarga chiqish oqimi qisqaradi. Ko‘proq pasayish davri aprel va noyabr oylarida kuzatiladi. Ayrim yillarda bu tipik manzara bir qator omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkin. Masalan, Yaponida dam olish kunlarining omadli kechishi 1996 yilda dekabr oyida uchinchi jo‘nab ketishlar to‘lqinini hosil qildi.





Xulosa

Turistik talabning mavsumiy harakteri turistik industriya korxonalarida notekis yuklanishda namoyon bo‘ladi. Bu yil davomida turistik safarlar dinamikasini aniq takrorlagan holda o‘zgarib turadi. Turistik talabning mavsumiy o‘zgarib turishi tabiiy-iqlim, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik kabi turli omillari ta’siri bilan izohlanadi. Turistik faollikning yuqori cho‘qqisi va pasayishi ko‘pchilik sayyohlarning konservatizmi bilan izohlanadi. Odamlarda ta’tilni o‘tkazish uchun yoz eng ma’qul vaqt degan tushuncha mustahkam o‘rnashib qolgan. Bundan tashqari ko‘pgina ota-onalar yozgi dam olishni bolalari bilan birga ta’tilni o‘tkazish maqsadida ta’til muddatlarini orqaga suradilar. Turistik safarlarga yozgi talab darajasining yuqoriligi G‘arbda yana korxonalarni iyulavgustda ta’mirlash uchun to‘xtalishi bilan bog‘liq. Chunki shu oylarda mehnat unumdorligi eng past darajaga tushib ketadi. Nihoyat modalar omillarini turistik talablar to‘planishiga ta’sir qilishini hisobga olmasdan bo‘lmaydi. XIX asrda asosiy kurort mavsumi qish davri bo‘lgandi – oktyabrdan maygacha. Uni Fransiyaning O‘rta yer dengizi qirg‘oq buylarida, Nitssa, Kann shaharlarida va boshqa joylarda kutib olishgandi. U yoki bu kurortga moda yilning vaqtlariga bog‘liq holda maqsadga muvofiqlik nazaridan kelib chiqardi. Yozgi quyosh dam olishni Lazur qirg‘oqlarida inson salomatligiga xatarli qilgan va bu davrda u yerga tashrif buyurish aqlsizlik hisoblangan. Yoz oylarida shimoliy kengliklarda va tog‘li rayonlarda, jazirama issiq unchalik sezilarli bo‘lmagan joylarda o‘tkazish tavsiya etilgan. Balneologik va dengiz buyi kurortlari orasida Spa, Bat, Baden-Baden, Vishi, Eks-la-Ben, Biarrits tilga olingan. Atlantika okeani qirg‘oqlari va La-Mansh, Savoy Alplari, Monblan va Shamoni kurortlarida dam olishga safarlar uyushtirilgan. shaharlar chekkasidagi qarorgohlarda xordiq chiqarish uchun to‘xtalgan. Mavsumlararo esa Alp ko‘llari (Annesi, Lago-Madjore, Jeneva ko‘llari)da o‘tkazilgan yoki Gresiya va Misrga uzoq sayohatlarda foydalanilgan. XX asrda dam olishga moda, undan keyin turistik talablar o‘zgaradi. Dengizda toblanish haqidagi qashshoq tasavvur uzoq vaqt go‘zallik ramzi, mustahkam salomatlik, ta’tilni maroqli o‘tkazish ramzi sifatida onglarda qat’iy o‘rnashib qolgandi. Yoz oylarida turistlar issiq dengiz rayonlari – O‘rta yer dengizi Karib havzasi sari intiladilar. Qishda ular tog‘ chang‘isi kurortlari (Shveysariyadagi Sankt – Mo-rits va Interlaken, Tirolya poytaxti Insbruk va boshq.) ga, Movirilararo esa jahon bo‘ylab ekskursion safarlarga jo‘naydilar. Turistik talabning mavsumiy o‘zgarishi milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir o‘tkazadi. U moddiy texnik bazani bekor turishga majbur qiladi, ijtimoiy sohada muammolar keltirib chiqaradi. Ko‘pincha uning oqibati shunchalik harobalashdiki, davlatning aralashuvi talab etiladi. Turistik ma’muriyatlar va korxonalar tomonidan 99 ishlab chiqilgan tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar turizmda mavsumiy tig‘izlik va tushkunliklarni epga keltirishga imkon beradi. Mavsumiylik muammosi avvalgidek muhimligicha qolayotgan bo‘lsada, turistik talab zamonda ko‘proq bir tekis taqsimlana boshladi. Bugungi kunda turistik safarlar butun yil davomida amalga oshirilayapti. Bu haqda batafsilroq navbatdagi paragrafda fikr yuritamiz va bu kabi yangi hodisalar bilan bog‘liq sayohatlar oraliqlari mohiyatini ko‘rib chiqamiz.























Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O'zbekiston Respublikasi "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PF-6199-farmoni 2021 yil 6-aprel. //www.lex.uz

  2. Aleksandrova Yu.A. «Mejdunarodniy turizm» Uchebnik. M:«Aspekt press» 2004g.

  3. Aleksandrova Yu.A. «Mejdunarodniy turizm» Ucheboye posobiye dlya vuzov. M:«Aspekt press» 2001g. 3. Balabanov. I.T. «Ekonomika turizma» M.,«Finansi i statistika»2000 g.

  4. Bolshoy glossariy terminov mejdunarodnogo turizma. Pod. red. M.B. Birjakova, V.I. Nikifirova. Vtoroye izdaniye. V dvux tomax. M.: SPb. Izd. «Niveskiy fond», 2003.

  5. Birjakov M.B. Vvedeniye v turizm. S.Pb.: Izdatelskiy Torgoviy Dom «Gerda», 2004g.

  6. Bolshoy glossariy i tolkoviy slovar terminov, primenyayemix v gostenichnom menejmente i turizme. M., Izd. vo ZAO Korporatsiya «Akadem servis», 2000 g. 7. Vavilova Ye.V. Osnovi mejdunarodnogo turizma. Uchebnoye posobiye. M., GARDARIKI, 2005.

  7. https://fayllar.org

  8. https://xalqaro/turizm.com

  9. https://turizmni/rivojlantirish/asoslari.com

  10. https://mejdunarodnoy/turizm.ru




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!