СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Fhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhh

Категория: Математика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Fhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhh»

Alisher Navoiy

Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy temuriylar saltanatiga tegishli Xuroson mulkining markazi – Hirotda tug’ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o’tkazgan. Navoiyning otasi G’iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg’ongan Alisher etti yoshidayoq Farididdin Attorning 'Mantiqut–tayr’ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan. Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan.

Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan chiqib ketishga majbur bo’lgan.

Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o’tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga 'muqarrabi hazrati sultoniy’ ('sulton hazratlarining eng yaqin kishisi’) degan unvonni beradi. Unga ko’ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she’rlarini yig’ib, 'Ilk devon’ (1464–65) tuzgan edilar, so’ngra 'Badoyiul–bidoya’ ('Go’zallikning boshlanishi’), 'Navodirun–nihoya’ ('Nodirliklar nihoyasi’) nomli devonlar (1470–yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq 'Xazoyinul–maoniy’ nomli to’rt devon (1491–1498)ga jamlangan. Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’qqisi 'Xamsa’ asari (1483–85)dir, shoir birinchilardan bo’lib, turkiy tilda to’liq 'Xamsa’ yaratdi va turkiy tilda shunday ko’lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. 'Xamsa’ tarkibiga 'Hayrat ul–Abror’, 'Farhod va Shirin’, 'Layli va Majnun’, 'Sab’ai sayyor’, 'Saddi Iskandariy’ kabi dostonlar kiradi. Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo’lsa–da, maxsus 'Lisonut–tayr’ dostoni(1499)da, 'Nasoyimul–muhabbat’ manqabasi’(1495–96)da, 'Tarixi anbiyo va hukamo’(1485–8), 'Arbain’, 'Munojot’ singari asarlarida aks etgan. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng Navoiy asarlarini diniy va so’fiylik jihatidan o’rganish kengaydi, ular ob’ektiv va ilmiy bahosini olmoqda. 'Arbain’, 'Munojot’ kabi asarlari chop etildi.

Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy–siyosiy, axloqiy–ta’limiy va ilmiy–falsafiy yo’nalishdadir. 'Mahbubul–qulub’(1500–01) Navoiyning so’nggi yirik asari bo’lib, unda ulug’ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to’plagan boy tajribasi o’z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda 'Soriun–nosning af’ol va ahvolining kayfiyati’ (1), axloqiy muammolar (2), 'mutafarriqa favoyid va amsol surati’ (3) masalalari ifodalangan.

'Xamsatul–mutahayyirin’('Besh hayrat’,1494) asarida ustozi va do’sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. 'Holoti Sayyid Hasan Ardasher’ (1488–89), 'Holoti Rahlavon Muhammad’ (1493) asarlari manoqib–holot yo’nalishida bo’lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan. 'Munshaot’ (1498–99) Navoiyning maktublari to’plami (jami 88 ta xat) bo’lib, ular sog’inchlik xatlari, navro’z tabriklari, ta’ziyanomalar, siyosiy o’gitlar, sulhnomalar va boshqa yo’nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan. 'Majolisun–nafois’ (1490–91; 1497–98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo’lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma’lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo’lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to’rtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va tiliga tarjima qilingan.

Navoiy 'Muhokamatul–lug’atayn’ asarini o’z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik–grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bag’ishladi. Jonli xalq tilida qo’llanilgan ko’plab so’zlarni asarga kiritib, adabiy tilda qo’llanilishiga sababchi bo’ldi. O’zigacha ishlatilgan so’zlarni yangi ma’no qatlamlarini ochdi. O’zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg’ariydan so’ng ilmiy asosga soldi. O’zbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo’ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va e’tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi. Aruz nazariyasiga bag’ishlangan 'Mezonul–avzon’(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og’zaki she’riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o’rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she’riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi.

'Tarixi muluki Ajam’ ('Ajam shohlari tarixi’,1488) qisqa tarix bo’lib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan 'Tarixi Tabariy’, 'Shohnoma’ asarlarini mantiqan to’ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so’nggi vakili Yazdi Shahriyorgacha bo’l–gan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. 'Tarixi anbiyo va hukamo’ ('Payg’ambarlar va hakimlar tarixi’, 1485–1498) asarining birinchi bo’limida 'Qissasul–anbiyo’lar an’analarini davom ettirib, Odam alayhis–salomdan Nuh, Iso, Muso, Ya’qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg’ambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning 'Hukamo zikrida’ deb nomlangan ikkinchi bo’limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishog’urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.

'Vaqfiya’ (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag’i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo’nalishda madrasa va xonaqohlarda o’rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy o’z ixtiyoridagi mablag’lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy–madaniy binolar va bog’larni sanab o’tdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini o’rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.

Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o’rin oldi. Mustaqil O’zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O’zbekiston Davlat mukofoti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, O’zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy–ma’rifiy muassasalar, jamoa xo’jaliklari ulug’ shoir nomi bilan ataladi.

Ijod og’ushida.

Alisher Navoiy she’rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham she’r yozishni to’xtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga rag’bat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning o’zi unga rahnamolik qildi. Ulug’ shoirning ilk she’riy devonini muxlislari tuzgan bo’lsalar, birinchi devoni – «Badoye ul–bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni 1472–1476 yillarda shohning amri va istagiga ko’ra o’zi kitob qildi. 1485–1486–yillarda ikkinchi devon – «Navodir un–nihoya»(«Nihoyasiz nodirliklar») maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481–1482–yillarda «Vaqfiya» asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini ta’min qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141–1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan «Xamsa» yaratish edi. Nizomiyning «Panj ganj» nomi bilan tarixga kirgan «Xamsa»si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: «Maxzan ul – asror»(«Sirlar xazinas»), «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayf paykar»(«Yetti go’zal»), «Iskandarnoma». Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253–1325) javob qildi. U o’z dostonlarini «Matla ul–anvor» («Nurlar boshlanishi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Hasht behisht»(«Sakkiz jannat»), «Oynayi Iskandariy» (Iskandar oyinasi) deb ataladi. Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand bo’ldilar. O’z xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi.

Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning o’z kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483–yilda o’z «Xamsa»sini yoza boshlab, 1485–yilning boshida yugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba «Xamsa» yaratiladi. Olimu fuzalo – barcha bu hodisani zo’r olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning «Badoye’ ul–vaqoye’»sidan: "Shoh Navoiyga: «Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan ko’pdan hal bo’lmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik», deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo’lishini ko’pdan orzu qilar va uni «pirim» deb atar edi.



She’rlari

Xil’atin to aylamish…

Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig’, yashil,
Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorig’, yashil.

Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig’, yashil.

Shishadek ko’nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig’, yashil.

Orazu xoling bila xatting xayolidin erur
Ko’zlarimning ollida davron qizil, sorig’, yashil.

La’lgun may tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yo’q imkon qizil, sorig’, yashil.

Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig’, yashil.

Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Bo’ldi naming rangidin devon qizil, sorig’, yashil.

Jong’a chun derman…

Jong’a chun dermen: „Ne erdi o’lmakim kayfiyati?“
Derki: „Bois bo’ldi jism ichra marazning shiddati“.

Jismdin so’rsamki: „Bu za’fingg’a ne erdi sabab?“
Der: „Anga bo’ldi sabab o’tluq bag’irning hirqati“.

Chun bag’irdin so’rdum, aytur: „Andin o’t tushti manga
Kim, ko’ngulga shu’la soldi ishq barqi ofati“.

Ko’ngluma qilsam g’azab, ayturki: „Ko’zdindur gunah,
Ko’rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati“.

Ko’zga chun dermenki: „Ey, tardomani yuzi qaro,
Sendin o’lmish telba ko’nglumning baloyu vahshati“.

Yig’lab aytur ko’zki: „Yo’q erdi manga ham ixtiyor
Ki, ko’rundi nogahon ul sho’xi mahvash tal’ati“.

Ey Navoiy, barcha o’z uzrin dedi, o’lguncha kuy
Kim, sanga ishq o’ti-o’q ermish azalning qismati.



Ko’rgali husnungni zoru…

Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldim sanga,
Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldum sanga.

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko’ngil,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo’ldum sanga.

Men qachon dedim: vafo qilg’il manga — zulm aylading,
Sen qachon deding: fido bo’lg’il manga — bo’ldum sanga.

Ey ko’ngil, tarki nasihat ayladim avvora bo’l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo’ldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga.

G’ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo’ldum sanga.



Kelmadi

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadii.

Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’avu ul sho’xi badho’ kelmadi.

Ul parivash hajridinkim yig’ladim devanavor,
Kimsa bormukim anga ko’rgannda kulgu kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas yo’qsakim qo’ydi qadam
Yo’lg’akim avval qadam ma’shuqqa o’tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla hurram et ko’ngul uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.

Ruboiylar

* * *

* * *
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg’a tikondek oshyon bo’lmas emish.

* * *
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.

* * *
Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

* * *
Kim ko’rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.

Hayotining so’nggi yillari.

1490–yillarning boshidagi og’ir yo’qotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo bo’lish Navoiyga qattiq ta’sir etdi. Buning ustiga saroyda Xadichbegim Nizomulmulk bilan mulk va mansab ishtiyoqida yangi–yangi fitnalar to’qiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok qalbli barcha kishilarni larzaga solib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirib qo’yadi. Bu–Mo’min Mirzoning o’z bobosi farmoni bilan qatl qilinishi edi. 1489–yilda Navoiy Hirotga qaytgach o’rniga Astrobod hokimi qilib Badiuzzamon tayinlagan edi. Bu orada Balxda Darveshali qo’zg’oloni boshlanadi. Husayn Bayqaro Navoiyni olib, Balxga jo’naydi. Darveshali bilan sulh tuziladi, lekin Hisorda Abusaidning o’g’li Sulton Mahmud Husayn Bayqaroga qarshi kurash boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, o’g’li Badiuzzamonni olib Hirotga otlanadi. U bilan ham murosaga kelishib, orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasaruffiga beradi. Badiuzzamon o’g’li – 13 yoshli Mo’min Mirzoni Astrobodda qoldirib Balxga keladi. Xadichbegim Nizomulkmulk bilan birgalikda Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib tayinlashga erishadilar. Husayn Bayqaro va Badiuzzamon o’rtasidagi munosabat yomonlashadi. Badiuzzamon Mo’min Mirzoga Muzaffar Mirzoni shaharga kiritmaslikka buyuruq beradi. Shoh tezda Navoiyni Balxga yuboradi. Navoiy ota va o’g’il orasiga tushib, ularni yarashtiradi. Biroq huddi shu paytda Husayn Bayqaroning Badiuzzamonni qo’lga tushirish va qamoqqa olish haqidagi Balxga, shahar qutloviga yo’llagan yashirin farmoni ma’lum bo’lib qoladi. Yarash yana urushga aylanadi.

Navoiy voqeani bunday izga kirib ketganidan qattiq iztirob chekadi va umidsiz orqaga qaytadi. Ota–o’g’il urushida Badiuzzamon yengiladi. Mo’min Mirzoni Muzaffar Mirzo asir oladi. 1499–yilda Marvda Husayn Bayqaroning yana bir o’g’li Abulmuhsin otasiga qarshi bosh ko’taradi. Shoh o’z qo’shini bilan Marvga otlanadi. Bu paytlarda Navoiy hajga boorish orzusida edi. Mirxondning xabar berishicha, Abulmuhsin otasi bilan sulh tuzish uchun Alisherning podshoh nomidan vakil bo’lib kelishini shart qilib qo’yadi. Navoiyga tez chopar yuboriladi. Chopar shoirga yetib, shohning maktubini topshiradi. Unda shoirning hajni keyinga qoldirib, texda Marvga yetib kelishi iltimos qilingan edi. Alisher Mashhad ulug’lari va hamrohlari bilan maslahatlashadi. Ular mamlakatning tinchiligi uchun Alisherning hajga borishidan kechishini so’raydilar. Alisher belgilangan joyga yetib boradi, ota–o’g’illarni yarashtirib, Hirotga qaytadi.

1498–yilda Alisher Navoiy «Majolis un–nafois»ni qayta ko’zdan kechirib, to’ldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan «Mantiq ut–tayr» ga javob yozadi. «Lison ut–tayr» Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498–1499 yillarda xatlarini to’plab, «Munshaot» tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan bo’lib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yo’llangan. Shoirning 1500–yilning oxirlarida yozib tugatgan «Mahbub ul–qulub» asari uning eng so’nggi asari bo’lib qoldi. Navoiy 1501–yilning 3–yanvarida vafot etadi. Butun halq – shohda gadogacha, olimdan cho’pongacha, shoirdan dehqongacha ulug’ farzandining o’limiga qayg’u va iztirob bilan motam tutadi.












Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!