СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Axion Particle Spotted in Solid-State Crystal

Категория: Технология

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Axion Particle Spotted in Solid-State Crystal»

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM

FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI







KURS ISHI

Mavzu: Kasb-hunar kolleji o‘qivchilariga dialogik nutq o‘qitishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish







Bajardi: Sodiqova Shahzoda

Ilmiy rahbar: Sadikova Nazokat

Guruh: 2109





Mundarija

Kirish 3

I. BOB. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TA’LIM TARBIYAGA YONDASHUVLAR. 7

1.1. An’anaviy va noan’anaviy yondashuvlar va pedagogik texnologiya ta’limining tizimli usuli 7

1.2. O‘quvchilar shaxsining shakllanishi. 12

Birinchi bob bo‘yicha xulosa 20

II. BOB. KASB-HUNAR TA’LIMIDA PSIXOLOGIYANI O‘QITISHDA INTERFAOL O‘QITISH USULLARI. 23

2.1. Kasb-hunar ta’limida psixologiyani o‘qitishda interfaol o‘qitish. 23

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar 28

Umumiy xulosa 29

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 30
















Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Hozirgi paytda xorijiy tillarni о‘rganish va о‘rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyatidan о‘ziga munosib о‘rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda о‘z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yо‘qdir…”

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida’’gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi’’, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari, xalq ta’limi vazirligining buyruqlari, Birinchi Prezident I. A.Karimovning ta’lim tizimini takomilllashtirishga yo‘naltirilgan nutqlari, unda bayon etilgan yondashuvlari, tadqiqot muammosiga oid ilmiy-metodik pedagogik adabiyotlarga tayanilgan.

Pedagogika fani va ta’lim-tarbiya amaliyotida turli yondashuvlar qо‘llaniladi. An’anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, tadqiqiy yondashuv, funksional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar shular jumlasidandir.

Reproduktiv darajasi uchun pedagogik texnologiya usulida ta’lim-takror ishlab chiqiladigan konveyrli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. О‘quv materiali aniq ifodalangan о‘quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bо‘lak (qism, modul) larga ajratiladi, о‘quv materialini о‘rgatishning alternativ yо‘llari nazarda tutiladi, har bir bо‘lakni о‘rganish test yordamida nazorat etilib, hato, kamchiliklar tuzatilib, tо‘g‘rilab boriladi. О‘quv ishi etalonda kо‘rsatilgan natijaga erishishni nazarda tutadi. Bu, bolalarni qiziqtirish, musobaqa va о‘zaro yordamlashishini inkor etmaydi. Ta’lim reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, kо‘nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda kо‘proq, samara beradi. Texnologik yondashuvni qо‘llash qо‘yilgan о‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Mavzu bo‘yicha ko‘plab olimlar tadqiq olib borgan. Bu boradagi muhim tadqiqotlar sirasiga Saidahmedov N, Yaxshiyev A, Riskulova K, Erkayev E, To‘xliyev B va bir nechta pedagoklarning tadqiqotlarini kiritish mumkin.

Har bir dars yoki darslar guruhi (paragrf) muayyan til materialini o‘z ichiga oladi. Yangi material ma’lum darajada qiyinchilik tug‘dirishi ehtimoldan yiroq emas. Buni o‘quvchilar til tajribasi “g‘alviri”dan lisoniy birlikni o‘tkazish orqali aniqlaymiz. Xorijiy til va ona tili (shuningdek, ikkinchi til) ning qiyosiy tahlilini jadvalda namoyish qilish mumkin:

Xorijiy tilning qiyinchiliklari darslik muallifi tamonidan mashqlar tuzishda hisobga olinadi. Muallim ushbu darsning o‘quv materiali bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rganida, ona tili va xorijiy til hodisalari muqoyasasini tahlil qiladi. O‘ta qiyin til birliklariga e’tiborni kuchaytiradi, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha mashq kiritadi.

Mashqlar ketma-ketligini ta’minlash. Hozirgacha shakllangan o‘quvchilar ko‘nikma va malakalarini hisobga olib, darsda bajarilmish mashqlar tartibotini belgilab chiqish yaxshi natija beradi. Taqdim etiladiga va ilgari o‘rganilgan o‘quv til materialini ko‘nikma va malaka tarkibiga kiritish niyatida uch bosqichli – shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlat tavsiya etiladi. Darsning mashqlari va talab va materialini muallim sinchiklab tahlil qiladi. Darslikdagi va o‘zi beradigan mashqlar bajarilishining eng samarali tartibi ishlab chiqiladi.

Dars uchun jihozlar tanlash. Darsga tayyorgarlik chog‘ida o‘quv vositalarini tanlashga alohida e’tibor beriladi. Dars maqsadiga, yangi materialga, mashqlarga va o‘quvchilar saviyasiga qarab yetarli va kerakli jihoz tayyorlanadi. Texnikaviy va oddiy, o‘quv metodik kompleks tarkibidagi va qo‘lda yasalgan vositalarni ishlatish va ulardan foydalanish usullari o‘ylab qo‘yiladi.

Didaktik manbalarda fan asosini o‘rgatish nuqtai nazaridan uy vazifasini so‘rash, o‘quv materialini tushuntirish va astlabki mustahkamlash, o‘zlashtirilgan bilmlarni nazorat qilish kabi darsning tuzlishi yoritilgan va bir paytlar xorijiy til o‘qitishda ham tavsiya etib kelingan. Xorijiy tilni nutq faoliyati nazariyasi (psixolingvistika)ga asoslanib o‘rgatish boshlangandan buyon umumiy ta’lim nazariyaidagi bir yoqlama yondashishdan voz kechildi.

Kurs ishining maqsadi: O‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda interfaol texnologiyalardan foydalanishni tahlil qilish

Maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilansin:

        • Kasb-hunar kollejlar yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarini tahlil etish;

        • Kasb-hunar kollej yoshlardagi shaxsining shakllanishini o‘rganish va tahlil qilish;

        • Kasb-hunar kollejlari yoshdagilarning shaxsiy kommunikativ xususıyatini tahlil etish;

        • Kasb-hunar yoshi davrida o‘quvchilarda bilish jarayonlarining rivojlanishini o‘rganish;

        • Mavzu yuzasidan xulosa bildirish.

Kurs ishining obyekti va predmeti: Ishimizning obyekti o‘quvchilarning kasb-hunar kolleji o‘qivchilariga dialogik nutq o‘qitishda ta’lim texnologiyalaridan xususıyati. Ishimizning predmeti esa mavzu bo‘yicha adabiyotlar, maqolalar, tezislar va tadqiqot ishlari tashkil etadi.

Kurs ishining amaliy ahamiyati:

1.Turli manbalardan olingan fikrlar bir tizmga keltirilgan.

2.Boshqarish psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, pedagogik psixologiyasi fanlarini o‘tishda foydalanish mumkin.

Kurs ishining metodi: Mavzuga oid psixologik, pеdagogik adabiyotlarni o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish, kuzatish, so‘rovnoma, tadqiqot natijalarini umumlashtirish.

Tadqiqotning metodologik asosi: Hozirgi zamoy ijtimoiy boshqaruvning falsafiy qonuniyatlari: pedagogika, psixologiya va sotsiologiya fanlari tomonidan ilgari surilgan ta’lim, tarbiya, rivojlanish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqdigi qonuniyatlari va bu jarayonlarni oqilona boshqarishni mukamallashtirish borasidagi konseptual qoidalar tashkil etadi.

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, uchta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.























I BOB. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TA’LIM TARBIYAGA YONDASHUVLAR. 1.1. An’anaviy va noan’anaviy yondashuvlar va pedagogik texnologiya ta’limining tizimli usuli

Pedagogika fani va ta’lim-tarbiya amaliyotida turli yondashuvlar qо‘llaniladi. An’anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, tadqiqiy yondashuv, funksional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar shular jumlasidandir.

An’anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati – о‘qituvchi ma’lum axborotni gapirib beradi, tushuntiradi, talaba esa bu bilimni xotirasida saqlaydi, “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma’nosida tushuniladi. Talabada bilim bor-yо‘qligi imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bunda bilim degani asosan esda qoldirishning natijasidir, u kо‘pincha yuzaki bо‘lishi ham mumkin. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi. Talaba savol berilganda eslashi, ba’zan eslay olmasligi ham mumkin1.

An’anaviy о‘qitish usulida ta’lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, talabaning о‘zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bо‘lmaydi.

An’anaviy ta’lim mamlakatimiz о‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba tо‘plangan. An’anaviy ta’lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etayotir, lekin uning obektiv imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar, tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan fan-texnika talablari – ta’lim usuli bilan jamiyatning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga, barkamol avlodni shakllantirishga bо‘lgan ehtiyoji о‘rtasida nomutanosiblikni vujudga keltirdi. Uni ta’limda boshqa yangi yondashuvlarni qо‘llash yо‘li bilan hal etish lozim.

Tizimli yondashuv. Tizim sо‘zi – tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikkan yaxlit narsa yoki hodisa ma’nosini anglatadi. Tizim tushunchasi va sо‘zi, boshqa ma’nolarga ham ega. Masalan, tizim – ip, sim kabilarga terilgan narsa; tizim-shoda (bir tizim marvarid, bir shoda marjon kabilar). Shuningdek, kibernetik tizim, axborotlar tizimi, ijtimoiy munosabatlar tizimi, harakatlari tizimi, pedagogik tizim kabi tushunchalar shaklida ham qо‘llaniladi. Tizim tushunchasi odatda ayrim belgilarga kо‘ra turlarga ajratiladi: moddiy narsalar tizimi; mavhum tushunchalar, faraziyalar, nazariyalar, ilmiy bilimlar tizimi kabilar2.

Tizimli yondoshuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yо‘nalishi sifatida universal tavsifga ega, pedagogikada keng qо‘llanadi, ta’lim-tarbiyaga ham pedagogik tizim sifatida qarash lozim.

“Tizimli yondoshuv” tushunchasi kо‘pincha “tizimli metod”, “tizimli tahlil usuli” tushunchalari bilan uzviy bog‘liq holda qо‘llaniladi. Chunki tizimli tahlil usullari ham obektning yaxlit tizim sifatida о‘rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv, ayniqsa, tuzilish – vazifasiga kо‘ra bajariladigan tahliliga juda yaqin. Tizimli tahlilning obekti yaxlit narsa yoki hodisa (tizim) hisoblanadi, u, birinchidan, obektning turli qismlarini; ikkinchidan, qismlarning о‘zaro bog‘liqligini; uchinchidan, tizimning chegaralarini va tо‘rtinchidan, tizimning atrof-muhit bilan bog‘liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi.

Tizimli yondashuvda bir qancha qoida-prinsiplar majmuidan foydalaniladiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Bunday qoida-prinsiplar qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi: mavhumlikdan yaqqollikka qarab borish; analiz bilan sintezning, mantiqiylik bilan tarixiylikning birligi; obektda bog‘lanishlar va о‘zaro ta’sirlarning turlichaligi; obektning tuzilishi-vazifalari va kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning birligi va boshqalar.

Pedagogik tizim – inson bolasini barkamol shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bо‘lib, uning tarkibi pedagogik jarayonning obektlari va subektlari, shakl-usullari, ular о‘rtasidagi munosabatlar, о‘zaro ta’sirlar, ularni boshqarishdan iborat. Pedagogika keng va tor (jins va tur) tushunchalarni о‘z ichiga oladi: pedagogika – fan; pedagogika – о‘quv predmeti; pedagoglik – inson faoliyatining bir sohasi sifatida keng tushunchalardir. Ularning har biri ma’lum qismlardan tuzilgan tizim hisoblanadi. Pedagogika fan sifatida ayrim belgilariga kо‘ra bir necha qismlardan tuzilgan tizimdir. Pedagogik fanlar tizimiga-pedagogika nazariyasi va tarixi; о‘qitish nazariyasi va metodikasi; madaniy-ma’rifiy ishlar pedagogikasi, ijtimoiy pedagogik kabilar kiradi3.

Shuningdek, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, shakl-usullari tizimi; ta’lim-tarbiyaning yо‘nalishlari, turlari tizimi; uzluksiz ta’lim tizimi; ta’lim muassasalari tizimi; pedagogik ixtisosliklar tizimi; о‘quv vazifalari, о‘quv axborotlari tizimi kabilar ham pedagogik tizim tarkibiga kiradi.

Texnologik yondashuv. Texnologiya yunoncha sо‘z bо‘lib texne – mahorat, san’at, logos – tushuncha, ta’limot ma’nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi – tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qо‘llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiquvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta’riflanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibiy qismi bо‘lgan amallar – materiallarni qazib olish, tashish, taxlash, saqlash va boshqalar ham texnologiya deyiladi. Texnologiyaga ishlab chiqarish jarayonlarini tasvirlash, ularni bajarish bо‘yicha qо‘llanmalar, texnik qoidalar va talablar, grafiklar ham kiradi. Sanoat ishlab chiqarishi sohasida yuzlab texnologik loyihalar (jarayonlar) yaratilgan. Ular, agar texnik hujjat talablariga amal qilinsa, ishni kim va qayerda bajarganidan qat’iy nazar, mahsulot sifati va natijasi kafolatlanadi .

Ta’lim ishiga texnologik yondoshuv:

-о‘qish, о‘qitish jarayonini о‘zaro uzviy bog‘liq etaplar, fazalar, amallarga ajratish, bо‘lishni;

-ta’limdan mо‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;

-loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.

Bu yondashuv asosan, reproduktiv ta’limga xosdir. Reproduktiv ta’lim tipik vaziyatlarda biror ish-harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir.

Reproduktiv darajasi uchun pedagogik texnologiya usulida ta’lim-takror ishlab chiqiladigan konveyrli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. О‘quv materiali aniq ifodalangan о‘quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bо‘lak (qism, modul) larga ajratiladi, о‘quv materialini о‘rgatishning alternativ yо‘llari nazarda tutiladi, har bir bо‘lakni о‘rganish test yordamida nazorat etilib, hato, kamchiliklar tuzatilib, tо‘g‘rilab boriladi. О‘quv ishi etalonda kо‘rsatilgan natijaga erishishni nazarda tutadi. Bu, bolalarni qiziqtirish, musobaqa va о‘zaro yordamlashishini inkor etmaydi. Ta’lim reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, kо‘nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda kо‘proq, samara beradi. Texnologik yondashuvni qо‘llash qо‘yilgan о‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi4.

Tadqiqiy-ijodiy yondashuv. Bu yondashuv ta’limning maqsadi talabada biror muammoni yechish qobiliyatini о‘stirish, yangi bilim (tajriba) ni mustaqil о‘zlashtirish, harakatning yangi usullarini topish, shaxsan tashabbus kо‘rsatishni kо‘zda tutadi.

































1.2. O‘quvchilar shaxsining shakllanishi.

Ingliz tilida gapirish ham nutq faoliyatining turlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Gapirish orqali ma’lumot beriladi. U nutq faoliyati boshqa nutq faoliyati turlari bilan chambarchas bog‘langandir. О‘quvchida tinglab tushunish malakasi qanchalik yaxshi egallanilgan bо‘lsa, gapirish ham shuncha tezlik bilan rivojlanadi, aks holda teskarisi bо‘ladi. Inglizcha ma’lumotni qabul qila olgan о‘quvchi ingliz tilida uni mazmuniga moslashtirib, ma’lumot beradi. О‘quvchi mazmunni qabul qila olmasa, tushuna olmasa ma’lumot – javob qaytarishi qiyin. –Tinglab tushunishda qabul qilinib, idrok qilinib, ichki nutq sodir bо‘lsa, gapirishda oldin ichki nutq, sо‘ng tashqi nutq yuzaga chiqadi. Ikkalasida ham talqin qilinadi, ichki nutq hosil qilinadi, lekin gapirishda oldin bо‘lsa, tinglab tushunishda esa keyin hosil bо‘ladi. Bu ichki nutqlarda tafakkur, xotira, idrok muhim о‘rinda turadi5.

О‘qish, gapirish bilan aloqador, unga bog‘liqligi bor. О‘quvchi о‘qigan ma’lumot orqali gapiradi, ma’lumot beradi. U qancha kо‘p о‘qisa, shuncha gapirishi uchun ma’lumotga ega bо‘ladi.

Shu sababdan о‘quvchi ichida, ovoz chiqarib, ovoz chiqarmay о‘qib gapirish uchun ma’lumot tо‘playdi. О‘qish – gapirish uchun ma’lumot manbaidir.

О‘quvchi yozuv orqali о‘qigan, tinglagan, gapirgan materiallarini, ma’lumotini yozma ifodalaydi. О‘quvchi uni yozma ifodalagan bо‘lsa, uning esida yaxshi qoladi, yaxshi о‘zlashtiradi. Yana qaytadan gapirish uchun xotirasida, yodida yaxshi qoladi. Yozuv ham gapirish ma’lumotini, materialini esda qolishiga yordam beradi.

Yuqoridan kо‘rinib turibdiki, gapirish faoliyati boshqa nutq faoliyatlari bilan aloqadadir.

Qator tadqiqotlarning ma’lumotlariga kо‘ra gapirish nutq umumiy hajmining 30 foizini, yozuv esa 9 foizini tashkil qiladi. Shuning uchun gapirish о‘rta maktabda ingliz tilini о‘qitishning eng muhim maqsadi hisoblanib, u monolog, dialog orqali amalga oshadi.

О‘rta maktab chet tili о‘qitish dasturiga muvofiq gapirishni о‘rgatish ham maqsad, ham vositadir. О‘quvchi ingliz tilida gapirishni amalda qо‘llay olishi maqsaddir, u gapirishni boshqa nutq faoliyatlarini о‘rgatishda, о‘rganishda yordamchi vositachilik qiladi6.

Ingliz tilida gapirishni о‘rgatishni qiyinchiliklari bor, bularni о‘qituvchi hisobga olishi zarur. Qiyinchiliklar ekstralingvistik, psixologik, lingvistik bо‘lishi mumkin.

Ekstralingvistik qiyinchiliklar:

1. Gapirishni kimgadir, nimagadir qaratilishi.

2. Gapirishda nutq vaziyati, holatini bо‘lishi, yaratilishi.

3. Vositalarning bо‘lishi.

4. Gapirish ehtiyoji bо‘lishi.

5. Gapirish sodir bо‘layotgan sharoitni xususiyati (sinf о‘quvchilarining 2 ga bо‘linganligi, sinf xonasining tayyorgarligi va boshqalar).

6. Gapirishda imo-ishoraning, harakatning qо‘llanilishi.

Psixologik qiyinchiliklar ham muhimdir. Psixolog I.A.Zimnyaya fikrni bayon qilishning qо‘zg‘ovchi, shakllantiruvchi, amalga oshiruvchi psixologik tuzilishini beradi. Nutqni shakllantirishda yana 2 ta: ma’no, mazmun yasovchi va shakllantiruvchi jumlalarga ajratadi.

Eng avvalo gapirish uchun stimul – rag‘batlantiruvchi undovchi omilning bо‘lishi, fikrning shakllanishiga olib keladigan ehtiyojdir, sababdir. Buning uchun tashqi va ichik ta’sir bо‘lishi zarur, unda ehtiyoj tug‘iladi. Psixologik nuqtai nazardan gapirish uchun til materiallarini bilish zarur, ular gapirishning mexanizmlari hisoblanadi. Tushunish, gapirish jarayonida, gapirish esa tushunish jarayonida shakllanadi. Gapirish nutq faoliyatining turi sifatida о‘rganilayotgan tilga va nutq turiga bog‘liq bо‘lmagan holda psixologik qiyinchilik tug‘diradi.

Gapirish yana ikkita psixologik qiyinchilik bilan xarakaterlanadi: fikrni bayon qilish, shaklni о‘ylab kо‘rishga imkon kamligi va ifodalashning bir onda sodir bо‘lishi. Gapirishning avtomatlashgan va avtomatlashmagan tomonlari ham psixologik qiyinchilik bilan bog‘liq.

Tafakkur, xotira ham gapirishni о‘rgatishda muhim rol о‘ynaydi. Bularni rivojlanganligi gapirishni о‘rgatishga ta’sir qiladi.

Gapirishni о‘rgatishda lingvistik qiyinchiliklar ham ta’sir qiladi.

1. gapirish uchun kerakli leksik, grammatik materialni, gapirish namunalarini tо‘g‘ri tanlangan bо‘lishligi;

2. gapirish uchun zarur bо‘lgan leksik, grammatik materiallarning ma’nosi, mazmunidagi, qо‘llanishidagi qiyinchiliklar;

3. tо‘g‘ri ohangda, ritmda, tо‘g‘ri talaffuz qilishdagi (gapirishga ta’sir qiladigan) qiyinchiliklar;

4. nutq namunalarini, jumlalarni qо‘llay olishdagi qiyinchiliklar.

Gapirishning yana quyidagi lingvistik qiyinchiliklarini kо‘rish mumkin:

1. gapirish adabiy tilda emas, jonli tilda sodir bо‘ladi;

2. gaplar, jumlalar qisqa tuziladi: Have you? And you? How many books have you? One javobi kabilar.

3. Qisqartirilgan shakllar keng qо‘llaniladi: don’t, won’t, I’ve, shan’t kabilar.

4. qisqartmalar keng qо‘llaniladi:

Labaratory о‘rniga lab

Microphone о‘rniga Mike

Matematics о‘rniga Maths

Luqma tashlash, gap qisqartish (replikalar) ni keng qо‘llanilishi: Well, Hello, Why not, Hey kabilar.

Inglizcha gapirishni 2 xil:

1) monolog

2) dialog shaklida amalga oshiriladi.

Bu 2 xil shakldagi gapirishning о‘ziga xos xususiyatlari bor.

Keyinchalik psixologlar tafakkur, xotirani hisobga olib tashabbusli nutq, taqlidiy nutq, tayyorlangan, tayyorlanmagan nutq turlariga ajratishadi.

Hozirgi paytda metodik adabiyotlarda monologik, dialogik nutq shakllari kо‘p qо‘llaniladi.

Tayyorlangan nutq deyilganda о‘quvchi tayyorlanishi uchun ma’lum mavzu, vaqt berilishi, kerakli vositalar, sо‘zlar, nutq namunalari oldindan о‘rgatilishi, uyda tayyorlanishi, tayanchlar bо‘lishi kо‘zda tutiladi.

Tayyorlanmagan nutqni spontan nutq ham deyiladi. Bunda ilgaridan tayyorgarchilik kо‘rilmaydi. О‘rta maktab dasturi bо‘yicha о‘quvchi tayyorlanmagan nutqni egallashi kerak, lekin bunga tayyorlangan nutq asosida erishiladi. Tayyorlanmagan nutq: 1) о‘qituvchi bergan mavzusi yoki nutqiy vaziyat asosida gapirish, 2) о‘qilgan matn asosida gapirish, 3) tinglangan matn, nutq asosida gapirish, 4) о‘qilgan matnni muhokama qilishda gapirish, 5) chet el kishisidan sharh olish, 6) chet el kishisiga yordam berish kabi mashqlari orqali tashkil qilinadi.

Inglizcha gapirishga о‘rgatishning mazmuniga lingvistik, psixologik, metodik qismlar kiradi.

Lingvistik qismga gapirish uchun zarur bо‘ladigan til va nutq materiallari, gap tuzilishlari, nutq namunalari kiradi. Bu materiallar tematika asosida tanlanishi zarur.

Tematika qanday til materiallarini tanlashni belgilaydi.

Lingvistik qism ustida tо‘xtalganda ekstralingvistik elementlarni, imo-ishora, harakat va boshqa vositalarni ham yodda tutish zarur.

Psixologik qismga gapirish malakalarini egallash kiradi. U reproduksiyadan, о‘rniga qо‘yish, о‘zgartirishdan, kengaytirishdan, qо‘shish, aralashtirishdan iboratdir. Reproduksiya о‘quvchi о‘qituvchidan yoki fonogrammadan eshitganni, tinglanganni aynan о‘zini qaytarishdir.

О‘quvchi reproduksiyada qisman sо‘zlarni almashtirishi mumkin. Masalan, о‘qituvchi This is a black pencil desa, о‘quvchi qaytarishda (reproduksiyada) This is a white pencil deb о‘zgartirishi mumkin. О‘zgaritirishda sо‘zlar, iboralarni о‘rni ham о‘zgartirilishi mumkin. Masalan, I live in Moscow. Sasha lives in Moscow. I ni Sasha bilan о‘zgartiriladi.

Kengaytirishda esa nutq namunasi, gap, struktura kengaytiriladi.

Mas. Ich habe ein Buch.

Ich habe ein englisches Buch

Ich habe ein interessantes englisches Buch

Ich habe ein interessantes englisches Buch zu Hause.

Qо‘shish – aralashtirishda til materiallari, nutq vositalari qо‘shilib gapiriladi. Masalan, sport temasida Ich bin gern....nutq namuna faollashtirishda о‘quvchi о‘zining sevgan sport mashg‘ulotini qо‘shib gapiradi.

Metodik qismda gapirish metod, usullarini, yо‘llarini qо‘llash tushuniladi. Bunda о‘quvchilar tayanlar, tayanch vositalardan foydalana olishlari muhimdir. Ularga tinglash, kо‘rish tayanchlari, sо‘zlar, mazmun bо‘yicha tayanchlar kiradi.

Monologik nutq gapirishning bir shakli bо‘lib, 1 ta sо‘zlovchi tomonidan bajariladi.

Monologik nutq ham о‘ziga xos xususiyatlarga, qiyinchiliklarga ega. О‘qituvchi ularni о‘rgatayotganda hisobga olishi zarur.

Ular quyidagilar:

1. Monolog bir kishi tomonidan bajariladi.

2. U rejali bо‘ladi.

3. U qisman tayyorlangan bо‘ladi.

4. U uzilmay davom etadi.

5. U rejali bо‘lgani sababli mantiqiy bog‘langan bо‘ladi.

6. U bir kontekst, matn asosida olib boriladi.

7. Unga vositalar, tayanchlar, sharoit ta’sir kо‘rsatadi.

8. Uslub ta’sir qiladi.

9. Monolog ta’sirchan, ma’lumotli, his-hayajonli bо‘ladi, kimgadir, nimagadir qaratiladi.

10. Nutq vaziyatli bо‘ladi. Bir sharoitni, vaziyatni kо‘zda tutadi.

Monologik nutqning quyidagi lingvistik qiyinchiliklari, xususiyatlari ham muhim о‘rin tutadi, ta’sirini kо‘rsatadi.

1. U kо‘p bо‘g‘inli sо‘zlardan iborat bо‘ladi.

2. Gaplar kitob uslubiga yondoshadi.

3. Nutqni bayon qilish bir-biriga bog‘liq bо‘ladi.

Lingvistika nuqtai nazaridan monologik malakani egallash: 1) gaplarni bog‘lovchi qismlarini egallashni; 2) kontekst uchun tо‘g‘ri sо‘z tartibini tanlash; 3) fikrni mantiqiy, ritmik ohang tomondan tо‘g‘ri ifodalash; 4) monolog uchun til vositalari, materiallarini bilish; 5) mavzuni tо‘liq ocha bilish kabilarni о‘z ichiga oladi.

YE.I.Passov monologni: 1) davomli, 2) mantqiiy ketma-ketlikda, 3) mazmunan tugallangan bо‘ladi, deydi.

О‘rta maktab dasturi bо‘yicha monologik nutqni о‘rgatish ham vosita, ham maqsaddir. U vosita bо‘lib gapirishni, monologning о‘zini rivojlantirishga, til materiallarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqsad bо‘lganda esa, u о‘quvchilarni monologni nutq faoliyati sifatida о‘rganishni, о‘rgatishni, u orqali ma’lumot bera olish kо‘zda tutiladi. О‘rta maktab dasturida har bir sinf о‘quvchilari uchun monologik nutq talablari, mavzusi berilgan. О‘quvchi nutqining hajmi, meyori ham belgilab berilgan. Masalan, 5-sinfda monologik nutq 5-7 ta jumlalardan iborat bо‘lishligi, 6-sinfda 7 jumladan, 7-sinfda 9 ta jumladan, 8-sinfda 8-10 jumladan iborat bо‘lishliklari kо‘rsatilgan.

Monologik nutqni о‘rganishda monologik birliklarni aniqlash, ikkinchidan, monolog malakalarni belgilovchi metod, usul, yо‘llarni, mashqlarni aniqlash muhim о‘rin tutadi.

Umumiy metodikada Charlz Frizni 3 ta birligini: 1) alohida kichikina erkin gaplar, 2) ayrim kengaytirilgan gaplar, 3) ikki yoki undan ortiq erkin gaplar birliklarini taklif qilishadi. S.F.Shatilov bu birliklarni qabul qilib, 1-birlik 5-6 sinflarda, 2-birlik 7-8 sinflarda, 3-birlik esa 9-10 sinflarda qо‘llanilishi yoki о‘rgatilishi mumkin deydi.

Hozirgi davrda bizning fikrimizcha bu birliklarni qabul qilish va asos qilib monologik nutqqa о‘rgatish mumkin.



















Birinchi bob bo‘yicha xulosa

О‘quvchi yozuv orqali о‘qigan, tinglagan, gapirgan materiallarini, ma’lumotini yozma ifodalaydi. О‘quvchi uni yozma ifodalagan bо‘lsa, uning esida yaxshi qoladi, yaxshi о‘zlashtiradi. Yana qaytadan gapirish uchun xotirasida, yodida yaxshi qoladi. Yozuv ham gapirish ma’lumotini, materialini esda qolishiga yordam beradi.

Ingliz tilida gapirishni о‘rgatishni qiyinchiliklari bor, bularni о‘qituvchi hisobga olishi zarur.

Inglizcha gapirishga о‘rgatishning mazmuniga lingvistik, psixologik, metodik qismlar kiradi.

Lingvistik qismga gapirish uchun zarur bо‘ladigan til va nutq materiallari, gap tuzilishlari, nutq namunalari kiradi. Bu materiallar tematika asosida tanlanishi zarur.

Tematika qanday til materiallarini tanlashni belgilaydi.

Lingvistik qism ustida tо‘xtalganda ekstralingvistik elementlarni, imo-ishora, harakat va boshqa vositalarni ham yodda tutish zarur.

Monologik nutq gapirishning bir shakli bо‘lib, 1 ta sо‘zlovchi tomonidan bajariladi.

Monologik nutq ham о‘ziga xos xususiyatlarga, qiyinchiliklarga ega

О‘qituvchi ularni о‘rgatayotganda hisobga olishi zarur.

Gap qistirish, luqma tashlash (replika) lingvistik adabiyotlarda dialogning birligi deb qabul qilinadi. Replika deyilganda gap qistirish, luqma tashlash, e’tiroz bildirish, fikrga qо‘shilishlik tushuniladi. U har bir sо‘zlovchining tugallangan fikrni ifoda etuvchi 1 ta yoki bir nechat jumlalardan iborat bо‘ladi. Birinchi jumla oldingi sо‘zlovchiga javob, e’tiroz bо‘lsa, ikkinchisi dialogni davom ettirishga undash bо‘ladi. Ba’zida 1 ta jumla ikkalasini о‘rnini bosadi.

Darsda о‘qituvchi nutqini yuqoridagilarni hisobga olib amalga oshirsa, inglizcha muhit yaratiladi, о‘quvchi inglizcha ma’lumot olishga, ma’lumot berishga о‘rganadi.

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy - ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs – fuqaroni shakillantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitusiyaviy huquqlaridan bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etishdir.

О‘rta maktablarda ingliz tilini о‘rgatishni hamma sinflarda о‘yinlardan foydalaniladi va ular 3 bosqichga bо‘linadi:

1-bosqich. 5-6-sinflarda о‘ynaladigan о‘yinlar:

Bu sinflarda leksik, grammatik, fonetik, orfografik о‘yinlar, ertak xarakteridagi rolli о‘yinlar о‘ynatiladi;

2-bosqich. 7-8-sinflarda о‘ynaladigan о‘yinlar:

Mazmunli о‘yinlar, ayniqsa, maishiy xizmat mavzuidagi ro‘lli о‘yinlar о‘ynatiladi;

3-bosqich. 9-11-sinflarda о‘ynaladigan о‘yinlar:

Taqlid qilish о‘yinlari keng о‘ynatiladi. Bu о‘yinlar о‘quvchilarni bilish, о‘rganish faoliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Hozirgi paytda ingliz tilini о‘rgatishda rolli о‘yinlardan keng foydalaniladi. Ular oldimizga qо‘ygan maqsadga erishishda, qiziqtirishni orttirishda, darsga jalb qilishga salmoqli ijobiy yordam beradi. SHu sababli о‘yinlarni yanada kengroq qо‘llash ma’qulroqdir.

“Ta’lim tо‘g‘risi”dagi Qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga binoan darslarni an’anaviy tarzda emas, noan’anaviy tarzda tashkil etishimiz lozim bо‘ladi. Buning uchun biz о‘quvchilar kо‘p izlanishimiz kerak.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonunda ta’kidlanganidek, yangi tipdagi Kasb – hunar kollejlarida va maktablarda о‘qitish jarayonini takomillashtirish maqsadida bitiruv malakaviy ishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1. Kasb – hunar kollejlarida va maktablarda an’anaviy va noan’anaviy yondoshuvlar va pedagogik texnologiya ta’limining tizimli usuli nazariy jihatdan о‘rganildi.

2. Ingliz tilida gapirishga o‘rgatishning mazmuni bо‘yicha ilmiy – nazariy ma’lumotlar tо‘plandi va ular tahlil qilindi.

3. Kasb – hunar kollejlarida va maktablarda gapirish nutq faoliyatining turi bo‘yicha uslubiy tavsiya ishlab chiqildi.

4. “Yangi pedagogik texnologiya asosida og‘zaki nutqni o‘stirish yo‘llari” mavzusini о‘qitish texnologiyalaridan foydalanildi.

5. Tajribada sinab kо‘rildi va olingan natijalarga asosan uslubiy tavsiya berildi.

Gapirish jarayonida yо‘l qо‘yiladigan xatolarni nazorat qilish (muallim tomonidan) va о‘z-о‘zini tekshirishning nutq malakalarini egallashda ahamiyati katta. Nutqiy mashqlarni bajarish chog‘ida xatoni tо‘g‘rilab turish ma’qul emas, bu ish fikr bayon etib bо‘lingandan sо‘ng qilinadi.

Tadqiqot natijasi shuni kо‘rsatadiki, ta’lim jarayonida interfaol metodlarning qо‘llanilishi ta’lim sifatini yaxshilashga va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.



















II BOB. KASB-HUNAR TA’LIMIDA PSIXOLOGIYANI O‘QITISHDA INTERFAOL O‘QITISH USULLARI. 2.1. Kasb-hunar ta’limida psixologiyani o‘qitishda interfaol o‘qitish.

“Kasb-hunar ta’limi psixologiyasi” fanini “Kasb ta’limi (tarmoqlar bo‘yicha)” talabalari o‘rganadilar. Mashg‘ulotlar ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga bo‘lingan. Har qanday darsni o‘qituvchi qiziqtirsa, uni interfaol tarzda o‘tkazish mumkin, deb hisoblaymiz. Ma’ruzalarda muammoli ta’lim usullari, evristik suhbat, tadqiqot usulining elementlari interfaollikka yordam beradi. Biroq, ma’ruza hali ham interaktivlik uchun eng kam joylangan ta’lim shaklidir. Shu bois amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanishga e’tiborni kuchaytirish zarur, deb hisoblaymiz7.

Kasb-hunar ta’limi psixologiyasini o‘qitishda interfaol ta’limning samarali usuli evristik suhbatdir. Bu nazariy materialda mavjud bo‘lmagan savollarga to‘g‘ridanto‘g‘ri javob beradigan suhbatning bir turi. Olingan ma’lumotlarni oddiygina takrorlash talabaga evristik savollarga javob berishga va evristik vazifalarni bajarishga imkon bermaydi. Javob berish uchun u aks ettirishi, taqqoslashi, umumlashtirishi, xulosalar va taxminlar chiqarishi kerak.

Masalan, “Kasb-hunar ta’limi psixologiyasining muammoli sohasi” mavzusidagi amaliy darsda talabalarga quyidagi vazifa taklif etiladi: Kasb-hunar ta’limi psixologiyasini fan sifatida va o‘quv fan sifatida solishtiring.

Shu bilan birga, jadval shaklida joylashtirilgan quyidagi taqqoslash mezonlari - maqsad, ob’ekt, mavzu, usullar, vazifalar ajratib ko‘rsatilgan. Bu topshiriq nazariy ma’lumotlarni mustaqil tahlil qilishga asoslanganligi uchun talabalarga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ushbu qiyinchiliklarning oldini olish va vazifani yanada qiziqarli qilish uchun jadvaldagi ba’zi katakchalar allaqachon to‘ldirilgan.

Evristik savollardan deyarli har bir darsda foydalanish mumkin. Ular mavzuni o‘rganishni haqiqatni birgalikda qidirishga aylantiradi, bu interfaol ta’lim tamoyillariga mos keladi. Evristik savollarga yana bir nechta misollar:

1. “Shaxs”, “rivojlanish” tushunchalariga o‘z ta’rifingizni shakllantiring.

2. “Ko‘nikma” tushunchasiga ta’rifingizni shakllantiring.

3. Hozir shaxsan siz uchun shaxsga aylanish jarayoni qanday kechmoqda?

4. Sizning shaxsingizning kasbiy yo‘nalishi qanday shakllangan?

5. Sizningcha, oliy ta’lim talabalar shaxsining rivojlanishiga qanday ta’sir qiladi?

6. Suhbat usulining afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qiling.

7. “O‘rganish” va “o‘rganish” tushunchalarini solishtiring.

Abdullaeva T.N. interfaol o‘qitish usullari “universitetda talabalarni o‘qitishning samarali o‘quv va tadqiqot jarayoniga dinamika va zamonaviylik beradi, katta hajmdagi murakkab materialni idrok etishni osonlashtiradi”. Shu munosabat bilan biz psixologik diagnostika usulidan foydalanishni samarali deb hisoblaymiz. Masalan, “Asosiy kasb-hunar ta’limi o‘quvchilarining kasbiy yo‘nalishining xususiyatlari" kompleks mavzusini o‘tishga “Kasbga yo‘naltirilganlik darajasini aniqlash” diagnostikasi va “Istiqbolni o‘rganish”, “Kasbiy faoliyatning shaxsiy ma’nolari», "Kasbiy qiymat yo‘nalishlarining diagnostikasi" mavzusini o‘zlashtirish yordam beradi. O‘zlarini o‘rganish, o‘z shaxsiyat sirlariga kirishga harakat qilish, talabalar talabalarga tashxis qo‘yishni o‘rganadilar. Shu bilan birga, ular o‘quv jarayonida maksimal darajada ishtirok etadilar, bir-biri bilan va o‘qituvchi bilan faol munosabatda bo‘lishadi, chunki ularning shaxsiyati har bir kishi uchun katta qiziqish uyg‘otadi8.

Bundan tashqari, psixologik diagnostika metodi o‘quvchilarda ta’limda psixologik yondashuvning ahamiyatini his qilishlariga yordam beradi, ularda har bir o‘qituvchi ayni paytda psixolog bo‘lishi va tegishli kasbiy faoliyatni amalga oshira olishi kerakligi haqidagi g‘oyani shakllantiradi.

O‘zingizning shaxsiyatingizni tashxislashdan boshqa odamlarning shaxsiyatini tashxislashga o‘tishingiz mumkin. Masalan, talabalar o‘z tengdoshlaridan biri bilan uy vazifasi sifatida suhbatlashish orqali birlamchi individual psixologik professional maslahat kartasini to‘ldirishga taklif qilinadi. Darsda natijalarni tahlil qilish, qayta ishlash va sharhlash amalga oshiriladi, kasb tanlashning bir nechta holatlari aniqlanadi, ularning har birida professional maslahatchining taktikasi aniq bo‘lishi kerak.

Bo‘lajak o‘qituvchi ham har qanday mutaxassis kabi “o‘z oldidagi vazifalarning samarali ijodiy yechimlarini topa olishi” zarur. Bu borada faol yordam o‘zining tabiatiga ko‘ra (to‘g‘ri qo‘llanilsa) interaktiv bo‘lgan loyihalar usuli bilan ta’minlanishi mumkin.

Loyihalar juda ko‘p bo‘lmasligi kerak, chunki bu holda ularning tarbiyaviy ahamiyati tenglashtiriladi. Kasbiy ta’lim psixologiyasi kursi yakunida talabalarni quyidagi loyihani bajarishga taklif qilamiz:

Mashq qilish. Fakultetning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, talabalarga kasbiy ta’lim berish dasturini ishlab chiqish, shu jumladan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi yo‘nalishlari:

1. Diagnostika. Talabalarning kasbiy munosabatlari, umidlari va niyatlari, qiziqishlari, afzalliklari va qadriyatlari, shuningdek, shaxsiy imkoniyatlarining boshlang‘ich darajasini aniqlash.

2. Maslahat. Talabalarning o‘z faoliyati va xulq-atvorini qurish, kelajakni loyihalash qobiliyatini rivojlantirish.

3. Korporativ. Talabalar guruhlarini birlashtirish va ularning faoliyati maqsadlariga ijobiy munosabatni shakllantirish, universitet standartlari va qadriyatlari bilan tanishish.

4. Sport va dam olish. O‘quvchilar tomonidan irodaviy sifatlar, emotsional moslashuvchanlik tamoyillarini o‘zlashtirish.

5. Ma’naviy-axloqiy. Moddiy va ma’naviy ehtiyojlar madaniyatini tarbiyalash. Ta’lim muhitini insonparvarlashtirish va estetiklashtirish.

6. Talabalarda ularning mehnat va kasbga munosabatini belgilovchi axloqiy fazilatlar tizimini shakllantirish.

Ushbu loyiha talabalarga kurs davomida olgan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirish va tizimlashtirish imkonini beradi. Bu talabalarning shaxsiy tajribasini jalb qilishni talab qiladi va loyihani birgalikda amalga oshirish talabalarning bir-biri bilan o‘zaro munosabatlarini faollashtirishga imkon beradi.

Loyihalarni amalga oshirishda o‘qituvchining yordami minimal bo‘lishi kerak, maslahat xarakterida bo‘lishi kerak, o‘quvchilar va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, interfaol ta’lim muhitida zarur bo‘lganidek, teng asosda amalga oshirilishi kerak.

O‘qitishning interfaol usullaridan oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari tomonidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: “talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish; o‘quv materialini o‘zlashtirish tezligi va kuchiga erishish; ijodiy tasavvurni rivojlantirish; mustaqil qidiruv faoliyati uchun qobiliyatlarni shakllantirish”. Ko‘p jihatdan rolli o‘yin usuli ushbu maqsadlarga erishishga yordam beradi.

“Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning psixologik xususiyatlari” mavzusidagi darsda rolli o‘yin o‘tkaziladi. Talabalar rollarni bajarishga taklif qilinadi: sudya, advokatlar, prokurorlar, sudyalar, guvohlar. Sudning maqsadi - shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning afzalliklari va kamchiliklarini aniqlash (bu masala muammoli, ya’ni muammoli ta’lim usuli bir vaqtning o‘zida ishtirok etadi). Darsdagi asosiy figuralar ikkita o‘yin guruhidir: “prokurorlar” va “advokatlar”. Birinchisi shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni ayblasa, ikkinchisi uning samaradorligini himoya qiladi va isbotlaydi9.

Dars oldidan tayyorgarlik ishlari - talabalar tomonidan o‘qituvchi tomonidan taklif qilingan ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va “sinov” ga tayyorgarlik ko‘riladi. Ular foydalanadigan dalillarni oldindan o‘ylab ko‘rishlari kerak. “Hakamlar” ham uyda tayyorgarlik ko‘rmoqda - har bir kishi ma’lum bir o‘qituvchining pozitsiyasini “sudda” himoya qilish uchun o‘rganadi. “Prokurorlar” va “advokatlar” talabalar orasidan o‘zlari uchun “guvoh”larni oldindan tayyorlaydilar. O‘quvchilarga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari va usullaridan foydalangan holda yoki foydalanmasdan qurilgan sinflarning qismlarini o‘tkazish tavsiya etiladi. “Sudya” ochilish nutqini tayyorlaydi va butun yig‘ilishni boshidan oxirigacha boshqaradi. Shuningdek, u nizolashayotgan tomonlarning xatti-harakatlari va o‘yin qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi.

Rolli o‘yinni tez-tez ishlatib bo‘lmaydi. Biz semestr davomida 1-2 marta ishlatishni tavsiya qilamiz. Albatta, bunday darslar talabalar uchun qiziqarli bo‘ladi, lekin ular ham interaktiv bo‘ladi, chunki rolli o‘yin va muammolarni hal qilish jarayonida uning ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bir necha darajalari rejalashtirilgan - sinfdoshlar, bo‘lajak o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, muayyan vazifalarni bajaradigan o‘yin ishtirokchilari o‘rtasida muayyan rollar bo‘lib beriladi.

















Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar

Kasb-hunar ta’limi psixologiyasini o‘qitish jarayonida interfaol usullar ommabop pedagogik va uslubiy manba hisoblanadi. Ularning yordami bilan o‘qituvchi ta’lim jarayonini shunday tashkil qilishi mumkinki, o‘quvchilar uning bevosita ishtirokchilari, ta’lim faoliyatining teng huquqli sub’ektlariga aylanadilar. Bo‘lajak kasb-hunar ta’limi bakalavrining kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish uchun еvristik suhbat, psixologik diagnostika metodi, loyiha metodi, ro‘li o‘yin usuli, muammoli o‘qitish metodi kabi interfaol o‘qitish usullari asosida o‘qituvchi darsni qiziqarli, samarali o‘tkazadi.

Kasb-hunar ta’limining bo‘lajak bakalavrlarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, agar o‘qituvchining o‘zi bunday usullardan foydalanmasa, ularni o‘z kelajakdagi pedagogik faoliyatida interfaol o‘qitish usullaridan foydalanishga o‘rgatib bo‘lmaydi. Bunda o‘qituvchining shaxsiy namunasi hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi. Shu bois kasb-hunar ta’limi psixologiyasini o‘qitish metodikasi tizimini, jumladan, interfaol metodlarni qo‘llash sohasini doimiy ravishda takomillashtirish zarur.

Bundan tashqari, har bir o‘quv mashg‘uloti potentsial interaktiv bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak va faqat interaktivlik darajasi, u qo‘llaydigan interfaol o‘qitish usullarining tarkibi va o‘ziga xosligi o‘qituvchiga bog‘liq.












Umumiy xulosa

Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki kasb-hunar kolleji o‘qivchilariga dialogik nutq o‘qitishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish jamiyatimiz hayotida juda muhim ro‘l o‘ynaydi. Insonlar bilan muloqotga kirish jarayonida dialogik vositalar juda ko‘p ishlatiladi. Bundan tashqari butun dunyo hayotimizning juda katta qismi dialoglar (suhbatlar)dan tashkil topganini hisobga oladigan bo‘lsak diologik nutq juda muhim ekanligini anglab yetamiz. Diologik nutq xoh o‘z tilimizda xoh boshqa bir tilda bo‘lishidan qat’iy nazar bu ya’ni diologlar ishlatiladi. Shundan ham xulosa qilish mumkinki diologik nutqni o‘rganish kollej o‘quvchilari kelajagi uchun juda muhim mavzularidan biri.

Hozirgi zamon chet tillarni o‘qitish metodikasida ta’lim oluvchilarning chet tiliga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish uchun turli xil metodlardan foydalanilmoqda. Bu metodlardan biri og‘zaki nutqni o‘stirishga oiddir. Ko‘pchilik olimlar muloqot funksiyalarini ikki guruhini: ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik, ba’zilari esa uch guruhni informatsion- kommunikativ, relatsion- kommunikativ, effektivkommunikativ, yana boshqalari bilim beruvchi, emotsional va tarbiyaviy vazifalarni ko‘rsatib o‘tadilar. Bizning fikrimizcha, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’limda o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarida ifodalangan ta’lim mazmunida kelib chiqqan holda muloqotning uch asosiy va muhim vazifasini: ta’lim beruvchi tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda dars jarayonida qo‘llaniladigan interfaol metodlar va didaktik o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Darsda inetrfaol metodlardan foydalanish va didaktik o‘yinlarni tashkil etilishi va uni muvaffaqiyatli o‟tkazilishi o‘quvchilar ongli faoliyatining faollashuvi, bilimlarni puxta egallash vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, o‘quvchilarning chet tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi. Bunday o‘yinlarda ishtirok etish o‘quvchilarda jamoa bo‘lib ishlash, do‘stona munosabatda bo‘lish, diqqat- e’tiborni jamlash, xotirani mustahkamlash xususiyatlarini shaklantiradi va rivojlantiradi. Dars jarayonida interfaol metodlar va didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning chet tilidagi nutqni eshitish, undan xulosa chiqarish qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o‘quvchilarning nutq madaniyatini oshiradi. Yoshga doir matnlar tanlash, tanlangan matnlar ustida savol- javob uyushtirish, dialoglar tuzish, mazmunli o‘yinlar, ayniqsa kundalik maishiy xizmat mavzuidagi rolli o‘yinlar ko‘p o‘ynatiladi. Taqlid qilish o‟yinlari ham o‘rganish faoliyatini rivojlantirishga yordam beradi.



























Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T.; “O‘zbekiston”, 2022.

  2. Mirziyoyev Sh.M. “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir” -T.; O‘zbekiston, 2018.

  3. Jamol Jalolov. “Chet til о‘qitish metodikasi”. T.: “О‘qituvchi”. – 1996.

  4. A.A.Mirolyubov, I.B.Rahmanov, V.C.Setlin tahriri ostida, “О‘rta maktablarda chet tillar о‘qitishning umumiy metodikasi”. T.: “О‘qituvchi”. -1974

  5. “Progressivniye pedagogicheskiye texnologii”, Toshkent, 1999, 3-bet.

  6. V. G. Nilyuman “Английская синонимика”. Москва 1980.

  7. I. V. Arnold “Стилистика современного английского языка”. Москва

  8. Galperin I. R. “Stylistics” – Moscow 1977.

  9. Jesperson O. “growth and structure of the English language” L – 1930.

  10. Ilish V. A. “The structure of modern English” M. 1965.

  11. Grabb’s “English synonims”. London 1956.

  12. A. Gandelsman “English synonims”. Moscow 1963.

  13. Y. I. Godennik, e. V. Maliyevskaya “English synonyms they meanings and usage”. Moskva 1965.

  14. Baskalov, Sodiqov “Umumiy tilshunoslik”. T.: “O’qituvchi”. – 1967.

  15. Sh. Balli “Указ са”. Moskva 1960

  16. Баратов, Р. Ў. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОҲОТЛАРИ ВА ИСТИҚБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

  17. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

  18. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

  19. Абдурашидова, Н. А., & Ҳасанов, М. (2022). ЁШЛАР ДУНЁҚАРАШИДА ДИН ВА АХЛОҚНИНГ ЎЗАРО МУТАНОСИБЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 1226-1235.

  20. Ramatov, J. S., Valiev, L. A., & Xasanov, M. N. (2022). XIX ASRDA HINDISTONDAGI IZHTIMOII-FALSAFIY JARAYONLAR.

  21. Кушаков, Ф. А., Ҳасанов, М. Н., Баратов, Р. Ў., Раматов, Ж. С., & Султанов, С. Ҳ. (2022). ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОНДА ИНСОН ҲУҚУҚЛАРИ ВА СЎЗ ЭРКИНЛИГИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 803-810.

  22. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. Ҳ., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМOИЙ AДOЛAТ ВA ҚAДРИЯТЛAР ПЛЮРAЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

  23. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.Ў., Султанов, С.Ҳ., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛAP ЗAМOНAВИЙ МAДAНИЙ ҚИЁФACИ ВA УМУМИНCOНИЙ ҚAДPИЯТЛAP ТУШУНЧACИНИНГ МAЗМУНМOҲИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

  24. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

  25. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

Internet saytlar

http:\www.ziyonET.uz

http:\www.google.co.uz

http:\www.EDU.uz

http:\www.kutubxona.uz

1 Abdullaeva T.N. Interactive methods in the system of teaching humanitarian disciplines at the university // Perspektivy nauki i obrazovaniya. 2021. No. 4 (22). - FROM. 39-46

2 Botirova N.S., Sattorova N.N. Interactive teaching methods in the system of professional training of future specialists in a pedagogical university // World of science, culture, education. 2022. - No. 1 (82). - S. 118-127

3 A.A.Mirolyubov, I.B.Rahmanov, V.C.Setlin tahriri ostida, “О‘rta maktablarda chet tillar о‘qitishning umumiy metodikasi”. T.: “О‘qituvchi”. -1974

4 Султонмуродов С. М., Султонмуродова К.А. Интерактивные методы обучения в преподавании дисциплины «Клиническая психология» // Труды Братского государственного университета. Серия: Гуманитарные и социальные науки. - 2022. - Т. 1. - С. 241-244.

5 Jamol Jalolov. “Chet til о‘qitish metodikasi”. T.: “О‘qituvchi”. – 1996.

6 A.A.Mirolyubov, I.B.Rahmanov, V.C.Setlin tahriri ostida, “О‘rta maktablarda chet tillar о‘qitishning umumiy metodikasi”. T.: “О‘qituvchi”. -1974

7 Кушаков, Ф. А., Ҳасанов, М. Н., Баратов, Р. Ў., Раматов, Ж. С., & Султанов, С. Ҳ. (2022). ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОНДА ИНСОН ҲУҚУҚЛАРИ ВА СЎЗ ЭРКИНЛИГИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 803-810.

8 Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. Ҳ., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМOИЙ AДOЛAТ ВA ҚAДРИЯТЛAР ПЛЮРAЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

9 Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3(10), 582-586

Samarqand 2024


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!