СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

A Diplomat’s Perspective on Artificial Intelligence (AI) .

Категория: Технология

Нажмите, чтобы узнать подробности

Artificial Intelligence (AI) is developing and advancing right before our very eyes. It has aggressively integrated into our society as it contributes heavily to a plethora of fields such as medical, legal, military, and government. Although AI is used universally as a resource and tool, it is less certain how advanced and dependable it will become. Likewise, society is still determining the implications it will have on the global dynamic. Diplomatic figures and institutes have uti ...

Просмотр содержимого документа
«A Diplomat’s Perspective on Artificial Intelligence (AI) .»

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

ORIENTAL UNIVERSITETI




Himoyaga ruxsat etilsin”

Pedagogika fakulteti dekani

________ N.Ubaydullayev

«____» ________2024-y



Pedagogika” fakulteti

Pedagogika va psixologiya” yо‘nalishi

PP(s) 203 - guruh talabasi Bekpulatova Sarvinoz Mansurbek qizining

Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanidan

Yetuklik davrining 1-bosqichida shaxs rivojlanishi “

mavzusida tayyorlagan


KURS ISHI


Himoyaga tavsiya etilsin”

Uzluksiz ta`lim pedagogikasi” kafedra mudiri: p.f.n, dots.

_________ F. Egamberdiyeva

Ilmiy rahbar:

__________Rustamova Barno


TOSHKENT-2024

MUNDARIJA

KIRISH…………………………………………………………………………….3

I BOB. YOSHLIK DAVRI VA UNING O`ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI..................................................................................................61.1 Yoshlik davrida shaxsdagi psixologik o’zgarishlar..….............…………..........6

1.2 Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari..15 II BOB. YETUKLIK DAVRINING IKKINCHI BOSQICHIDAGI SHAXSNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI………………………...….18 2.1 Yetuklik davridagi shaxslarning psixologik xususiyatlari to’g’risidagi tadqiqotlar................................................................................................................18 2.2 Yetuklik davrida shaxs rivojlanishi va inqirozlari.............................................23 XULOSA………………………………………………………………………....31FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………............ 33


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Yetuklik davrida odam o`zining barcha kuch – quvvati, qobiliyati, aql – zakovati ichki imkoniyatlarining o`z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga jamoa ishlariga to`la safarbar eta oladi. Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g`alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada uning takabburlik, mag’rurlik, jahldorlik, asabiylik paydo bo`ladi.

Yetuklik davri ancha murakkab davrdir, mazkur davrda shaxs ham jismoniy, ijtimoiy jihatdan yetuklikka yetgan, jamiyat fuqarosi hamda saylash huquqini qo’lga kiritib bo’lgan bo’ladi. Bularning barchasi ijtimoiy jihatdan voyaga yetish, turmushda o’z o’rnini topish, o’z taqdirini o’zi hal qilishi, yetuk shaxs sifatida ruhiyati va ma’naviyatining rivoji uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi. Shaxs ijtimoiy hayotda, oliy o’quv yurti jamoasida, tengqurlari bilan shaxslararo munosabatlar davrasidagi, o’qish va turmush sharoitidagi o’zgarishlar ta’siri ostida tarkib topa boshlaydi. Shaxsning mehnat faoliyatida ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy va axloqiy jihatdan o’sishida o’ziga xos o’zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar namoyon bo’layotganligi ko’rsatiladi.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Mavzu bo‘yicha ko‘plab olimlar tadqiq olib borgan. Kamolotning birinchi bosqichidagi yetuk kishilarda ijtimoiy faoliyatida qatnashish istagi 30 yoshda 18,3%, 35 yoshda 6,2% ni tashkil etadi. V.SHevchuk demak, ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish ko‘lami torayib boradi. Bu davrda erkak va ayollarning tafovutlari namayon bo‘ladi: jismoniy, jinsiy, ruxiy kamoloda ayollar ilgarilab kelgan bo‘lsalar, endi erkaklar oldinga o‘tib oladilar va bu xol inson umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Etuklik davrida ijodiy faoliyatning maxsuldorligini Z.F.Esarova quyidagi mezonlar bilan o‘lchashni lozim topadi:

  1. e’lon qilingan ilmiy ishlarning miqdori:

  2. chop qilingan asarlar ichida o‘quv qo‘llanma, darslik va monografiyalarning mavjudligi;

  3. ilmiy tadqiqotda yangi yo‘nalishning ochilishi;

  4. ilmiy muammoni hal qilishda yangi usulning kashf etilishi;

  5. ilmiy maktabning tashkil qilinishi;

  6. boshqa mualliflarning ishlariga murojaat qilish va ilova berish miqdori;

  7. o‘qituvchining ilmiy ma’lumotlaridan talabaning mustaqil ishlaridan foydalanish ko‘lami:

  8. o‘qituvchi raxbarligidagi diplom va dissertatsiya ishlarning miqdori va sifati;

  9. o‘qituvchining ilmiy faoliyatidagi muvaffaqiyat munosabat bilan taqdirlanish;

  10. dotsent va professor degan ilmiy pedagogik unvonlarga sazovor bo‘lish kabilar.

Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g‘alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada unda takaburlik, mag‘rurlik xislari paydo bo‘ladi, o‘zining boshqalardan ustun qo‘ya boshlaydi yoki aksincha, hayot zaxmatlari unda loqaydlik tuyg‘usini vujudga keltiradi. Lekin har ikkala ko‘rinishga ega bo‘lgan ruxiy xolat ham oila a’zolari, tengqurlari , mexnat jamoasi, a’zolarining ta’siri orqali asta-sekin muayyan yo‘nalishga tushib qoladi.

Kurs ishining maqsadi: Yetuklik davrining 1-bosqichida shaxs rivojlanishini o'rganish

Maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilansin:

  • Shaxsni psixologik xususiyatlarini o’rganish;

  • Shaxs rivojlanishi;

  • Yetuklik davrida shaxs rivojlanishi

  • Shaxs rivojlanishidagi inqirozlar

  • Shaxsning rivojlanishi borasida olib borilgan tadqiqotlar

  • Mavzu yuzasidan xulosa bildirish.

Kurs ishining obyekti va predmeti: Ishimizning obyekti rivojlanish psixologiyasidagi faoliyat. Ishimizning predmeti esa mavzu bo‘yicha adabiyotlar, maqolalar, tezislar va tadqiqot ishlari tashkil etadi.

Kurs ishining amaliy ahamiyati:

1.Turli manbalardan olingan fikrlar bir tizmga keltirilgan.

2.Yosh davrlar psixologiyasi, ijtimoiy pedagogika va psixologiya fanlarini o‘tishda foydalanish mumkin.

Kurs ishining metodi: Mavzuga oid psixologik, pеdagogik va rivojlanish psixologiyasidagi adabiyotlarni o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish va tadqiqot natijalarini umumlashtirish.

Tadqiqotning metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar, “Davlat ta’lim standartlari”, Oliy ta’limi to‘g‘risidagi nizomlar va me’yoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev asarlari, qarorlari, Oliy ta’lim vazirligining buyruqlari darsliklar, ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy ishlar va metodikalar tashkil etadi.

Kurs ishining tuzilishi : Kurs ishi kirish, 2 bob, to‘rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.












I BOB. YOSHLIK DAVRI VA UNING O`ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

    1. Yoshlik davrida shaxsdagi psixologik o’zgarishlar

Yoshlik davri 23 – 28 yoshlarda bo`lib, bu davrning o`ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iborat.

Psixofizolog P. Lazerovning fikricha eshitish, ko`rish periferik va kinestetik sezgilarning o`zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma’lumotni chet el psixologlari Fulds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb hisoblaydilar. B. G. Ananev o`zining ilmiy tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o`zgarishlarni murakab shaxs jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy sodda jarayonlargacha, hatoo shaxsning xususiyatigacha bo`lgan holatlarni o`z ichiga qamrab olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy ma’lumotlar va ularning chuqur sifati tahlili orqali ko`rsatib o`tadi. Kishilarda ko`rish maydoni chegarasi (idrok) xususiyatini o`rgangan I. N. Kuleshova va M. D. Aleksandrova 18 -35 yoshlardagi haydovchilarda uning 3 xil: normadan ortiq 11 foiz, normada 47 foiz, qolganlarida etalon bo`yicha normadan kam bo`lishini ta’kidlaydi.

Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta, umumiy jarayonni - ulg‘ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi.

Biroq, shunday bo‘lsa-da, bu ikki fan psixologiya fanining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o‘z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir. Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi. Ontogenez ~ (yunoncha,. optos-mavjud, jon, zot; genezis- kelib chiish , paydo bo‘lish) - individning paydo bo‘lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni.

Yoshning ulg‘ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo‘lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar -yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi.1

Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o‘rganishda qo‘lga kirgan ilmiy dalillarini ta’lim-tarbiya sohalariga tadbiq etish tashkil etadi. Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so‘ngti yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo‘la oladi. Ma’lumki keyingi o‘n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o‘zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda. Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta’lim-tarbiyaning hech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal qilib bo‘lmaydi. Yosh davrlar psixologiyasi Bolalar psixologiyasi O'smirlik davri psixologiyasi Каtta yoshdagilar psixologiyasi Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar psixologiyasi O'spirinlik davri psixologiysi Qarilik psixologiyasi 8 Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil qilish uchun ta’lim jarayonining o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini, ko‘nikma va malakalarni, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini tarkib toptirishni yaxshi bilish lozim bo‘ladi.

Psixolog L.S. Vigotskiy ko‘rsatib o‘tganidek, ular ma’lum hodisalarga nisbatan o‘zlarining kundalik hayotdagi oddiy tushunishlari bo‘ladi. Bu esa ilmiy tushunchalarning tarkib topishiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Bundan keyin, tushunchalarni tarkib toptirishda hissiy negizga qay darajada tayanish lozimligini, qaysi paytda ko‘rgazmalilikdan va yakka hodisalardan qutilib, mavhumlik hamda umumiylikka o‘tish maqsadga muvofiqligini bilish kerak. Ko‘rgazmali tayanchdan barvaqt voz kechish ham ana shu bosqichda sun’iy ravishda to‘xtab qolish ham bir xil xatodir. Shuning bilan birga ko‘rib va eshitib idrok qilish xususiyatlarini hamda ularning o‘zaro munosabat xarakterini bilish kerak.

Pedagogik psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir. Shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, jumladan, axloqiy odatlar va ishonch-e’tiqod tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, to‘g‘ri tarbiya berish mumkin emas.

15-16 yoshli odamning umumiy aqliy qobiliyatlari, odatda, allaqachon shakllanib bo‘ladi va ularning bolalikdagidek tez o‘sishi kuzatilmaydi. Biroq ular mukammallashishda davom etadi. Murakkab intellektual operasiyalarni egallash va tushunchalar apparatining boyishi yigit va qizlarning aqliy faoliyatini mustahkamroq va samaraliroq qiladi, bu esa ularni kattalar faoliyatiga yaqinlashtiradi. Ayniqsa, maxsus qobiliyatlar tez rivojlanadi.

O‘z-o‘zini anglash. O‘zining psixik xususiyatlarini anglash va o‘z-o‘zini baholash yoshlar va o‘spirinlarda yanada katta ahamiyat kasb etadi. YOshlar va o‘spirinlar hayotda o‘z o‘rnini topishga kirishishadi – shaxs xususiyatlari aktiv shakllanadi. YOshlar o‘zlarini anglashdek murakkab muammoni yolg‘iz emas, ota-ona, tengdoshlar, o‘qituvchilar bilan muloqotda, ularning qo‘llab-quvvatlashlari ostida hal qiladi.

Emosional, axloqiy qadriyatlar, yo‘l topish sohasida o‘spirinlar o‘z huquqlari va mustaqilligini himoya qiladilar. Ba’zan ular faqat originallikka da’vogarlik uchungina ataylab qo‘rslik qilishadi. Aslida ota-ona ta’siri ustunligicha qolaverdi. Avlodlar o‘rtasidagi farq moda, did, ko‘ngil ochish usullari kabi nisbatan Yuzaki masalalarda juda sezilarlidir. Lekin ancha teran masalalar – siyosiy qarashlar, dunyoqarash, kasb tanlashda ota-ona mavqei ahamiyatliroq bo‘ladi va, odatda, tengdosh-o‘rtoqlar ta’si-ridan ustunlik qiladi. 2

Jamoa hayotining ahamiyati o‘sib borishi bilan bir qatorda, erta yoshlikda individual intim do‘stlikka talab keskin kuchayadi. YOshlikdagi do‘stlik intimlik, emosional iliqlik, samimiyatni birinchi o‘ringa olib chiqadi. O‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi va unga xos bo‘lgan ziddiyatlar engib bo‘lmaydigan «ko‘ngil izhori» talabini uyg‘otadi. Xuddi mana shundan do‘stni xuddi o‘zidek alter ego (boshqa «men») tushunish paydo bo‘ladi. Bunday ehtiyoj aynan erta yoshlikda paydo bo‘ladi.

Sevgi. O‘g‘il bola va qiz bola o‘rtasida o‘spirinlikda cheklangan o‘zaro munosabatlar erta yoshlikda sezilarli darajada faollashadi. Dastlabki jiddiy qiziqish, sevgi va chuqur hissiyotlarga katta ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Erta yoshlik – dunyoqarashning shakllanishida hal qiluvchi yosh. Albatta, dunyoqarash asoslari ancha ilgari - bolalikda quriladi. Lekin faqat yoshlikdagina shaxs sifatlarining ancha Yuqori darajada shakllanishiga asoslanib, dunyoga nisbatan munosabatni aniqlash mumkin. Umumiy dunyoqarash tushunchalari rejalarda hayotiylashadi va aniqlashadi. Biroq yoshlar ularga yig‘ilgan bilim-tajribani etkazib beruvchi kattalar yordami va rahbarligiga doimo muhtoj bo‘ladilar. Yoshlik xususiyatlari qanchalik inobatga olinsa va uning faollikka intilishiga suyanilsa, tarbiya ham shunchalik samarali bo‘ladi.

Erta yoshlik – dunyoqarashning shakllanishida hal qiluvchi yosh. Albatta, dunyoqarash asoslari ancha ilgari - bolalikda quriladi. Lekin faqat yoshlikdagina shaxs sifatlarining ancha Yuqori darajada shakllanishiga asoslanib, dunyoga nisbatan munosabatni aniqlash mumkin. Umumiy dunyoqarash tushunchalari rejalarda hayotiylashadi va aniqlashadi. Biroq yoshlar ularga yig‘ilgan bilim-tajribani etkazib beruvchi kattalar yordami va rahbarligiga doimo muhtoj bo‘ladilar. YOshlik xususiyatlari qanchalik inobatga olinsa va uning faollikka intilishiga suyanilsa, tarbiya ham shunchalik samarali bo‘ladi.

Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo’lib, bu darvning o’ziga xos bo’lib, bu davrning o’ziga xos xusuiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabaxalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab chiqarishda mexnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlarning mexnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh davrlardan farqlanadi:

Mutaxassislikning moxiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga, mehnat jamoasi a’zolarining xususiyatiga moslashish (ko’nikma)- mexnat faoliyatining dastlabki yillari (ta’minan1 yildan 3 yilgacha) jamoada o’z o’rnini topish va qadr qimmatga erishish;

Mutaxassis sifatida o’zini takomilashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish yoki kasb-korlik maxoratini egallash;

Maxorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko’rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki ijod faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli maxsulot yaratish namunasini ko’rsatish.

Yuqoridagi bosqichlar barcha kasbkor egalariga xos bo’lsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o’rtasida yosh jixatdan tafovut mavjud bo’ladi. Masalan, kasb-xunar kollejlarini tamomlagan yigit-qizlar o’z mexnat faoliyatini oliy ma’lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o’tishlari shart.

Hozirgi mutaxassislarning ko’pchiligi o’quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko’nikmalar o’rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshalab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o’z moxiyatiga ko’ra 3 xildir:

a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhitni shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlarlar, mexnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma’naviyati, anxanalari va xakazo;

b)bilim va bilimga oid qiyinchiliklar: maxsus o’quv yurtida olgan bilimlaridagi uzilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi va boshqalar;

v) mutaxassislik bilan bog’liq o’ziga xos qiyinchiliklar, ishlab chiqarishning moxiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko’nikmaning bo’shligi yoki ular bilan yetarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to’la anglab yetmaslik, xavfsizlik texnikasi muammolari oldida lol qolish.

Psixofiziolog P.P.Lazarevning fikricha, eshitish, ko’rish, periferik va kinesttetik sezgirlikningo’zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma’lumotni chet el psixologlari Ful’ds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb hisobladilar. 3

B.G.Anan’ev o’zining ilmiy tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o’zgarishlarni murakkab shaxs jixatlaridan umumiy ruxiy xolat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy funktsiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmdan issiqlik paydo bo’lishdan metobolizm-modda almashinuvigacha), xatto shaxsning xususiyatigacha bo’lgan xolatlarni o’z ichiga qamrab olishini matematik usullarga aoslangan ilmiy ma’lumotlar va ularning chuqur sifat tahlili orqali ko’rsatib o’tadi. Ko’zlarning farqlashdagi sezgirligi inson yoshiga qarab o’zgarishini tadqiq qilgan S.V.Kravkov ko’rish sezgirligining ortishi 25 yoshgacha davom etishini, barqarorlashuvi esa 25 yoshdan keyin ham davom qilishini ta’kidlaydi.

B.G.Anan’ev labaratoriyasidan olingan natijalar inson funktsional darajasining 23-27 yoshlaridagi yigit-qizlarda 44%, funktsional xolatning barqarorlashuvi 19,8%, funktsional darajasining pasayishi 36,2% tengdir. Bu ma’lumotlar kamolot bosqichining turli mikrodavrlarida o’sish jihatlarining o’zaro munosabati xar-xil kechishini ko’rsatib turibdi.

Yu.N.Kulyutkin katta kishilarning diqqat, xotira, tafakkur, bilish jarayonlarini birgalikda oraliqni tekshirib, 22-25 yoshlarda diqqat va xotira 100,5% tafakkur 102,5%(xotira 97,0 ballga tengligini 26-29 yoshlarda esa diqqat 102,8 xotira 97,0 tafakkur 95,0 ball ekanligini isbotlab berdi. Amerikalik olim V.SHevchuk voyaga yetgan odamlarda ijodiy faoliyatning boshlanish nuqtasini tadqiq qilib, 11-20 yoshlar oralig’ida 12,5%, 21-30 yoshlarda esa 66% ekanini aniqladi.

Ziyolilarning ilmiy maxsuli dinamikasini o’rgangan Z.F.Esarova uning boshlanishi matematiklarda 18-23, fiziklarda 24-27, biologlarda 25-31, psixologlarda 27-30, tarixchilarda 27-32, filologlarda 28-33 yoshlarni tashkil qilishni ko’rsatib o’tadi. Yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvini o’rgangan V.SHevchuk ijtimoiy faoliyatga kirishni eng yuqori cho’qqisi 25 yosh ekanini aniqlab, bu xol odamlarning 45,4% bo’lishini ma’lum qiladi. Uning fikricha, qolgan yosh davrlarida insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil qiladi, xatto u 45 yoshda 3% teng bo’ladi.

Kishilarda ko’rish maydoni chegarasi xususiyatini o’rgangan L.N.Kuleshova va M.D. Aleksandrovalar 18-35 yoshlardagi xaydovchilarda uning uch xil: normadan ortiq 11%, normada 47%, qolgalarida etalon bo’yicha normadan kam bo’lishini ta’kidlaydilar. 23-28 yoshgacha davrda qator funktsiyalar darajasining o’zgarishi, takomilashuvi: ko’rish maydonining ko’lami, ko’z bilan masofani chamalash, fazoviy tasavvur, bilish darajalari; anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda o’zgarmaslikning o’sishi boshqa faoliyat va ko’rish ta’sirchanligi, qisqa muddatli ko’rish xotirasi yoki mustaxkamlanishi namayon bo’ladi: 22-25 yoshlarda 2 xil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik va attentsional majmuasidan iborat bo’ladi.

Ilk o'spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, ta'lim jarayoni qo'yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o'rtasidagi ziddiyatlardir. Turli qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar o'spirinning ahloqiy, aqliy, estetik jihatdan tez o'sishi orqali bartaraf qilinadi.

Ilk o'spirinlik yoshidagi yetakchi omil yuqori sinf o'quvchisi faoliyatining xususiyati, mohiyati va mazmunidagi tub burilishdir.

O’spirinlarda avvalo o'zini anglashdagi siljish yaqqol ko'zga tashlanadi. Bu xol shunchaki o'sishni bildirmaydi. O’spirinda o'zining ruhiy dunyosini, shaxsiy fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati hamda imkoniyatini aniqlashga intilish kuchayadi. Bu yoshdagi o'quvchilarning o'zini anglashga aloqador xususiyatlari mavjud. Ular avval, o'zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va kamchiliklarini, munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega boladilar.

O’spirin o'smirga qaraganda oz ma'naviyati va ruhiyatining xususiyatlarini tolaroq tasavvur eta olsa ham, ularni oqilona baholashda kamchiliklarga yol qo'yadi. Natijada u oz xususiyatlariga ortiqcha baho berib, manmanlik, takabburlik, kibrlanish illatiga duchor bo'ladi, sinf va pedagoglar jamoalarining a'zolariga g'ayritabiiy munosabatda bola boshlaydi. Shuningdek, ayrim o'spirinlar oz hatti-harakatlari, aqliy imkoniyatlari va qiziqishlariga past baho beradilar va ozlarini kamtarona tutishga intiladilar. O’smirlik yoshidagi boladan yana bir xususiyat-murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon xissi, oz kadr-qimmatini e'zozlash, sezish va faxmlashga moyillikdir. Masalan, o'spirin yigit va qiz sezgirlik deganda nozik, nafis xolatlarning farqiga borish, zaruratni anglash, xolisona yordam uyushtirishni, shaxsning nafsoniyatiga tegmasdan amalga oshirishni tushunadi. Ospirin o'zining ezgu niyatini baholashda jamoada oz o'rnini belgilash nuqtai-nazaridan yondoshadi, chunonchi, «o'zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?», «Jonajon Respublikamga, ota-onamga munosib farzand bola olamanmi?», «Jamiyatning taraqqiyotiga oz ulushimni qo'sha olamanmi?» degan savollarga javob qidiradi. O’quvchida o'zining fazilati to'g'risida yaqqol tasavvur hosil qilish uchun o'qituvchi unga juda ustalik, ziyraklik bilan yordam berishi lozim. Shundagina jamoada ustozga, do'stlariga chuqur xurmat, minnatdorchilik tuyg'ulari uyg'onadi.

O’spirin o'quvchida o'zini anglash zamirida o'z-o'zini tarbiyalash istagi tug'iladi va bu ishning yollarini topish, ularni kundalik turmushga tadbiq qilish ehtiyoji vujudga keladi. O’zlariga ma'qul ma'naviy-psixologik qiyofaga ega bolish uchun oqilona olcham, mezon, vazifalarni bajaruvchi barkamol, mukammal timsol, namuna, yuksak orzu tasvirini qidiradilar.4

O’spirinda ideallar bir necha ko'rinishda namoyon bolishi va aks etishi mumkin. Masalan, ular taniqli kishilarning qiyofalari, badiiy asar qahramonlari timsolida o'zlarida yuksak fazilatlarni gavdalantirishni orzu qiladilar. Bu orzular mazmun jihatidan o'spirin yigitlar va qizlarda farq qilishi mumkin. Masalan, qizlar ko'pincha mehnatkash ayolning, jozibali, nazokatli, iboli, iffatli jamoat arbobining, badiiy asar qahramonining xususiyatlari mujassamlashgan qiyofalarini ideal darajaga ko'taradilar. Ammo ayrim o'quvchilar tarixiy shaxslarning, masalan, baquvvat yo'lto'sar, xiylagar quv josus va boshqalarning salbiy sifatlariga taklid qilishga ham moyil bo'ladilar.










1.2 Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari

Bu davrda 28 – 35 yoshdagi erkak va ayollar kiradilar. Yetuklik davrida odam o`zining barcha kuch – quvvati, qobiliyati, aql – zakovati ichki imkoniyatlarining o`z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga jamoa ishlariga to`la safarbar eta oladi. Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g`alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada uning takabburlik, mag’rurlik, jahldorlik, asabiylik paydo bo`ladi. Yoshlik davrida yigit – va qizlarning komolotiga uchta muhim psixologik mexanizm ta’sir ko`rsatadi:

1 - Mehnat jamoasi

2 – Oila mikromuhiti

3 – Norasmiy ulafatlar.

Kamolotning birinchi bosqichidagi etuk kishilarda ijtimoiy faoliyatida qatnashish istagi 30 yoshda 18,3%, 35 yoshda 6,2% ni tashkil etadi. V.SHevchuk demak, ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish ko‘lami torayib boradi. Bu davrda erkak va ayollarning tafovutlari namayon bo‘ladi: jismoniy, jinsiy, ruxiy kamoloda ayollar ilgarilab kelgan bo‘lsalar, endi erkaklar oldinga o‘tib oladilar va bu xol inson umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Etuklik davrida ijodiy faoliyatning maxsuldorligini Z.F.Esarova quyidagi mezonlar bilan o‘lchashni lozim topadi:

  1. e’lon qilingan ilmiy ishlarning miqdori:

  2. chop qilingan asarlar ichida o‘quv qo‘llanma, darslik va monografiyalarning mavjudligi;

  3. ilmiy tadqiqotda yangi yo‘nalishning ochilishi;

  4. ilmiy muammoni hal qilishda yangi usulning kashf etilishi;

  5. ilmiy maktabning tashkil qilinishi;

  6. boshqa mualliflarning ishlariga murojaat qilish va ilova berish miqdori;

  7. o‘qituvchining ilmiy ma’lumotlaridan talabaning mustaqil ishlaridan foydalanish ko‘lami:

  8. o‘qituvchi raxbarligidagi diplom va dissertatsiya ishlarning miqdori va sifati;

  9. o‘qituvchining ilmiy faoliyatidagi muvaffaqiyat munosabat bilan taqdirlanish;

  10. dotsent va professor degan ilmiy pedagogik unvonlarga sazovor bo‘lish kabilar.

Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g‘alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada unda takaburlik, mag‘rurlik xislari paydo bo‘ladi, o‘zining boshqalardan ustun qo‘ya boshlaydi yoki aksincha, hayot zaxmatlari unda loqaydlik tuyg‘usini vujudga keltiradi. Lekin har ikkala ko‘rinishga ega bo‘lgan ruxiy xolat ham oila a’zolari, tengqurlari , mexnat jamoasi, a’zolarining ta’siri orqali asta-sekin muayyan yo‘nalishga tushib qoladi. Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbol rejasi bilan xarakat qiladi, voqelikka turmush ikir-chikirlariga. Tabiat, jamiyat koinot, xodisalariga befarq qaramaydilar, imkoni boricha xotirjamlik, totuvlik, tinchlik, do‘stlik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuyg‘usi bilan yashaydilar. Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari xaqidagi fandir. SHuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning Yosh o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. SHuning uchun ijtimoiy xayotda, ta’lim-tarbiya jarayonida, guruxlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda Yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. 5

Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib oqilona hal etib bo‘lmaydi. SHuning uchun xozirgi kunda «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlarininazariy va amaliy jihatdan tadqiq etadi.


II BOB. YETUKLIK DAVRINING IKKINCHI BOSQICHIDAGI SHAXSNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

2.1 Yetuklik davridagi shaxslarning psixologik xususiyatlari to’g’risidagi tadqiqotlar

Yetuklik davri ancha murakkab davrdir, mazkur davrda shaxs ham jismoniy, ijtimoiy jihatdan yetuklikka yetgan, jamiyat fuqarosi hamda saylash huquqini qo’lga kiritib bo’lgan bo’ladi. Bularning barchasi ijtimoiy jihatdan voyaga yetish, turmushda o’z o’rnini topish, o’z taqdirini o’zi hal qilishi, yetuk shaxs sifatida ruhiyati va ma’naviyatining rivoji uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi. Shaxs ijtimoiy hayotda, oliy o’quv yurti jamoasida, tengqurlari bilan shaxslararo munosabatlar davrasidagi, o’qish va turmush sharoitidagi o’zgarishlar ta’siri ostida tarkib topa boshlaydi. Shaxsning mehnat faoliyatida ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy va axloqiy jihatdan o’sishida o’ziga xos o’zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar namoyon bo’layotganligi ko’rsatiladi.

Yetuklik davrining kamol topishining birinchi bosqichiga 28-35 yoshlardagi erkak va ayollar kiradilar. Yetuklik davrida odam o’zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini o’z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to’la safarbar qila oladi. Erkak va ayollarning bu davrda mehnat va ijtimoiy faoliyatda muayyan tajribaga egaligi ularni istiqbol sari yetaklaydi.

Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko’proq o’rin egallay boradi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir, lekin odamlarning o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra chegara turlicha masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo’lishi mumkin. Shu sababli yosh davrining chegaralari faqat shartli belgilanadi. Bu omil odamlar yashayotgan oila muhitiga tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitiga, jug’rofiy iqlim va hokazolarga ham bog’liqdir.

Yetuklik davrining asosiy xususiyatlardan biri ijtimoiy yetuklikning jadal sur’at bilan ro’yobga chiqarishdir. Ma’lumki ijtimoiy yetuklik (kamolot) shaxsdan zarur aqliy qobiliyatini hamda ijtimoiy tuzishda bajariladigan turli rollarni egallash (oila qurishga), farzandlarni tarbiyalashga, foydali mehnatga qatnashishga (mas’ul vazifada ishlashga) tayyorlanishini talab etadi. Mazkur jarayonning bosh mezonlari va ko’rsatkichlari o’rta ma’lumotlilik ko’rsatish qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis bo’lish imkoniyati, unga intilish tuyg’usi, irodaviy zo’r berish, yosh otalik va onalik burchi, jamoat arbobi vazifasini o’tash, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, sport bilan shug’ullanish, bo’sh vaqtni tashkil eta olish, to’garakda qatnashish va hokazolardan iboratdir. 6

Psixologlardan M.G. Davletshin, A.V. Dimitrieva, B.G.Ananyev, N.V.Kuznina, N.F.Talizina, V.Y.Lyandus, L.S.Kon, O.T.Lisovskiy, A.A.Badalov, A.V.Petrovskiy, I.I.Ilyasov, Z.F.Esarova, A.A.Verbitiskiy, V.A.Tokarova, E.G’.G’oziyev va boshqalarning tadqiqotlariga ko’ra yetuklik davrining boshlang’ich qismi insonlar uchun og’ir kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari xislatlari sifatlari takomillashish bosqichida bo’ladi.

Yetuklik davri 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollarni o‘z ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholashda o‘z ifodasini topuvchi yangi xislat namayon bo‘ladi. ular shu kungacha mehnat faoliyatida miqdor ketidan quvib yurgan bo‘lsalar, endi mexnat maxsulining sifati ustida bosh qotira boshlaydilar. Oilaviy turmushga ijtimoiy hayotga, yashashning maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak-atrofga, o‘zlariga va boshqa odamlarga yangi mezon bilan qaray boshlaydilar. Turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy-xodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan hayot tajribasiga suyangan holda munosabatda bo‘ladilar, har bir narsaning nozik tomoni yoki yomon oqibati xaqida o‘z fikrlarini biladiradilar. Hayotda qo‘ldan boy bergan imkoniyatlari, xato va kamchiliklari ularda etti o‘lchab, bir kes qabilida ish tutish tuyg‘usini vujudga keltiradi. SHuning uchun ular umrining biror daqiqasi bekor o‘tishiga achinadilar. Yoshlik yillarida yo‘qotganlarini aql-zakovat, donishmandlik bilan to‘ldirishga intiladilar. Etuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko‘proq o‘rin egallay boradi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Lekin odamlarning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra bu chegara turlicha, masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo‘lishi mumkin. SHu sababli Yosh davrning chegaralari faqat shartli belgilanadi. Bu omil odamlar yashayotgan oila muhitiga, tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga jo‘g‘rofiy iqlim va xokozolarga ham bog‘liqdir. Mazkur Yosh davrning o‘zgaruvchanligini insonning biologik,ijtimoiy va tarbiyaviy omillari (irsiy alomat, ijtimoiy muhit, uzluksiz tarbiyaviy ta’sir) belgilaydi.

Shaxsning o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilishi faoliyatning barcha turlarida ma’naviy va ruhiy jihatdan o‘zini anglashini yanada takomillashtirdi. Etuklik davridagi erkak va ayollarning o‘zligini anglashdagi «Men» uch xil ko‘rinishdan ifodalanadi: «Men» ko‘pincha «Men-obraz» shaklida o‘zi tomonidan talqin qilinadi. SHaxsning «Men-obrazi»

1.retrospektiv «Men» dan iborat bo‘lib, o‘tmishdagi o‘zligini aks ettiradi;

  1. aktual «Men» sifatida tasavvur etilib, o‘zining hozirgi davrini ifodalaydi;

  2. ideal «Men» obrazi esa yaqin kelajakda o‘zini qanday tasavvur qilish bilan bog‘liq holda yaratiladi.

Shuning uchun o‘z imkoniyatlarini hayotda to‘la safarbar qilish istagi ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida o‘zining o‘tmishi obrazini xozirgisi bilan solishtirib, shaxsiy ideal modelini vujudga keltiradi, shaxs mazkur modeliga asoslanib, turmush rejalarini, xatti-xarakat maqsadini, usul va vositalarini tanlay boshlaydi. Insonning o‘tmishdan xozirgi kunda, xozirgi kundan kelajakka intilishi o‘zini anglashning bosh mezoni xisoblanadi. O‘zligini anglashning boshqa mezonlari ham mavjud bo‘lib, o‘zini o‘zi baxolash, nazorat qilish, tekshirish, qo‘lga olish, o‘ziga buyruq berish kabilarda aks etadi. O‘zini anglash ko‘pincha, o‘ziga boshqa kishilar:

A)yoshi ulug‘ odamlar;

B)tengdoshlar;

V)o‘zidan kichik odamlar nuqtai-nazaridan qarashda ko‘rinadi.

Mazkur Yosh davridagi odamlarning ko‘rish maydonini o‘rgangan L.N.Kulenova va M.D.Aleksandrovalar 36-50 yoshli erkaklarda ko‘rish chegarasi quyidagicha ekanini aniqlaganlar:

Normadan ortiq 4%, normada 53%, qolganlari normadan kam. YU.N.Kulyutkin 36-40 yoshli sinaluvchilarda diqqat, xotira, tafakkurning 0-130 gacha shkalada 94,8, 93,7, 99,0 birligiga ega ekanligini isbotlab berdi. B.G.Anan’ev esa mazkur yoshdagilarda shaklni idrok qilishni bipopulyar va mopopulyar yo‘llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga kelishini aytadi.

Qator olimlar (Klapared, Mayle, Bellis, Filipp) mazkur yoshdagilarning tovush va yorug‘likdan ta’sirlanish vaqti o‘zgarishini o‘rganganlar. Olingan ma’lumotlar amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘z qimmatini xozirgacha saqlab kelmoqda. Ful’de, Raven, Pako kabi tadqiqotchilar intelektning qobiliyatini tekshirib, 30 yoshda 96, 40 yoshda 87, 50 yoshda 80, 60 yoshda 75% bo‘lishni aniqlaganlar. Ularning ijtimoiy faoliyatiga kirish xususiyatini faollik nuqtai- nazaridan V.SHevchuk 35 yoshidagi odamlarning 6,2% bu faoliyatda qatnashish istagini bildirsa, 40 yoshda 2,2% qatnashishini xoxlaydi, 2,8% esa undan chiqishga qaror qiladi. Ahvol shunday davom etadi. Z.F.Esarova oliy maktab o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini xususiyatlarini o‘rganib, doktorlik ishlarini yoqlashni matematiklar 33, psixologlar 46, filologlar 46,tarixchilar 47, fiziklar 37, biologlar 40 yoshda amalga oshirishni aniqlagan.  Umuman etuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, butun imkoniyatini mehnat va ijtimoiy faoloyatlariga bag‘ishlanadi, ikkinchi tomondan, ijtimoiy faolliklari susayib boradi.

Hozirgi zamon kishilarining o‘rtacha umr ko‘rishi XX asr boshlaridagiga nisbatan qariyib 1,5, 2 marta uzayganligini, etuklik davridagi erkak va ayollarning ijtimoiy baquvvatligi, ma’naviyati va ruxiyati tekisligi ijtimoiy faollikni susaytirish xaqida so‘z bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatmoqda. Demak, ularning ishchanligi, aqliy qobiliyati, kasbiy maxorati, turmush tajribasi, ongining yuksakligi, ma’naviyatining boyligi, ruxiyatining sofligi yangi zafar, mexnat quvonchlari sari dadil qadam tashlashga to‘la kafolat beradi.7







2.2 Yetuklik davrida shaxs rivojlanishi va inqirozlari

Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo’lib, bu darvning o’ziga xos bo’lib, bu davrning o’ziga xos xusuiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabaxalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab chiqarishda mexnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlarning mexnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh davrlardan farqlanadi:

Mutaxassislikning moxiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga, mehnat jamoasi a’zolarining xususiyatiga moslashish (ko’nikma)- mexnat faoliyatining dastlabki yillari (ta’minan1 yildan 3 yilgacha) jamoada o’z o’rnini topish va qadr qimmatga erishish;

Mutaxassis sifatida o’zini takomilashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish yoki kasb-korlik maxoratini egallash;

Maxorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko’rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki ijod faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli maxsulot yaratish namunasini ko’rsatish.

Yuqoridagi bosqichlar barcha kasbkor egalariga xos bo’lsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o’rtasida yosh jixatdan tafovut mavjud bo’ladi. Masalan, kasb-xunar kollejlarini tamomlagan yigit-qizlar o’z mexnat faoliyatini oliy ma’lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o’tishlari shart.

Hozirgi mutaxassislarning ko’pchiligi o’quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko’nikmalar o’rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshalab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o’z moxiyatiga ko’ra 3 xildir:

a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhitni shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlarlar, mexnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma’naviyati, anxanalari va xakazo;

b) bilim va bilimga oid qiyinchiliklar: maxsus o’quv yurtida olgan bilimlaridagi uzilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi va boshqalar;

v) mutaxassislik bilan bog’liq o’ziga xos qiyinchiliklar, ishlab chiqarishning moxiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko’nikmaning bo’shligi yoki ular bilan yetarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to’la anglab yetmaslik, xavfsizlik texnikasi muammolari oldida lol qolish.

Psixofiziolog P.P.Lazarevning fikricha, eshitish, ko’rish, periferik va kinesttetik sezgirlikningo’zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma’lumotni chet el psixologlari Ful’ds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb xisobladilar. B.G.Anan’ev o’zining ilmiy tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o’zgarishlarni murakkab shaxs jixatlaridan umumiy ruxiy xolat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy funktsiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmdan issiqlik paydo bo’lishdan metobolizm-modda almashinuvigacha), xatto shaxsning xususiyatigacha bo’lgan xolatlarni o’z ichiga qamrab olishini matematik usullarga aoslangan ilmiy ma’lumotlar va ularning chuqur sifat tahlili orqali ko’rsatib o’tadi. Ko’zlarning farqlashdagi sezgirligi inson yoshiga qarab o’zgarishini tadqiq qilgan S.V.Kravkov ko’rish sezgirligining ortishi 25 yoshgacha davom etishini, barqarorlashuvi esa 25 yoshdan keyin ham davom qilishini ta’kidlaydi. B.G.Anan’ev labaratoriyasidan olingan natijalar inson funktsional darajasining 23-27 yoshlaridagi yigit-qizlarda 44%, funktsional xolatning barqarorlashuvi 19,8%, funktsional darajasining pasayishi 36,2% tengdir. Bu ma’lumotlar kamolot bosqichining turli mikrodavrlarida o’sish jihatlarining o’zaro munosabati xar-xil kechishini ko’rsatib turibdi. Yu.N.Kulyutkin katta kishilarning diqqat, xotira, tafakkur, bilish jarayonlarini birgalikda oraliqni tekshirib, 22-25 yoshlarda diqqat va xotira 100,5% tafakkur 102,5%(xotira 97,0 ballga tengligini 26-29 yoshlarda esa diqqat 102,8 xotira 97,0 tafakkur 95,0 ball ekanligini isbotlab berdi. Amerikalik olim V.SHevchuk voyaga yetgan odamlarda ijodiy faoliyatning boshlanish nuqtasini tadqiq qilib, 11-20 yoshlar oralig’ida 12,5%, 21-30 yoshlarda esa 66% ekanini aniqladi. Ziyolilarning ilmiy maxsuli dinamikasini o’rgangan Z.F.Esarova uning boshlanishi matematiklarda 18-23, fiziklarda 24-27, biologlarda 25-31, psixologlarda 27-30, tarixchilarda 27-32, filologlarda 28-33 yoshlarni tashkil qilishni ko’rsatib o’tadi. Yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvini o’rgangan V.SHevchuk ijtimoiy faoliyatga kirishni eng yuqori cho’qqisi 25 yosh ekanini aniqlab, bu xol odamlarning 45,4% bo’lishini ma’lum qiladi. Uning fikricha, qolgan yosh davrlarida insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil qiladi, xatto u 45 yoshda 3% teng bo’ladi.

Kishilarda ko’rish maydoni chegarasi xususiyatini o’rgangan L.N.Kuleshova va M.D. Aleksandrovalar 18-35 yoshlardagi xaydovchilarda uning uch xil: normadan ortiq 11%, normada 47%, qolgalarida etalon bo’yicha normadan kam bo’lishini ta’kidlaydilar. 23-28 yoshgacha davrda qator funktsiyalar darajasining o’zgarishi, takomilashuvi: ko’rish maydonining ko’lami, ko’z bilan masofani chamalash, fazoviy tasavvur, bilish darajalari; anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda o’zgarmaslikning o’sishi boshqa faoliyat va ko’rish ta’sirchanligi, qisqa muddatli ko’rish xotirasi yoki mustaxkamlanishi namayon bo’ladi: 22-25 yoshlarda 2 xil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik va attentsional majmuasidan iborat bo’ladi.

  • Yetuklik davri

  • Kattalik

  • Rahnamolik,

  • G’amxo’rlik,

  • Donishmandlik

  • Xomiylik

Boshqa yosh davrlaridagi kabi mazkur davrda ham muayyan darajada inqiroz bo’ladi. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, qaysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli, ko’ngilsizliklar vujudga kelganini anglay boshlayli. O’ziga o’zi xisob berish shu davrning muhim psixolgik xususiyatidir. Organizmdagi ayrim o’zgarishlar, umrning tez o’tishi, kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi. U bundan keyingi hayotning har bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim orzu istaklarini amalga oshirish uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlari yetishmasligini anglash uning psixikasida «turg’unlik» tuyg’usini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 33-35 yoshlarda mnemologik-attentsion majmua tubdan qayta qurilishidir. Yaxlit mnemologik markazning mnemik (xotira) va mantiqiy (tafakkur) qismlariga ajralishi ro’y beradi.

Attentsional xolatning omilari saqlanib qoladi, lekin katta yoshdagi inson intellektida xotira va taffakur muhim o’rin tutadi. Biroq o’zgarishlar uning ruhiy dunyosida, kechinmalarida, his-tuyg’ularida chuqur iz qoldirmaydi, yetuk shaxs xotirasida illyuzion xususiyatga ega bo’lgan tasavvur obrazlari (yoshlik tuyg’usi, kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qoladi. Yetuklik bosqichida jismoniy va aqliy imkoniyatlardan to’laroq foydalanish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Bu xol butun kuch-quvvat, aqliy, zo’riqish, iroda kuchi, asab taranglashuvi xisobiga emas, balki muayyan ko’nikma, malaka va mahorat asosida ro’y beradi.

Yetuklikning turli davrlarida kamol topish jabhalarining o’zaro munosabatini tadqiq qilgan B.G. Anan’ev labaratoriyasida xodimlari 29-32 yoshlarda funktsional darajaning oshishi 46,2 barqarorlashuvi 15,8 funktsional darajaning pasayishi 38,,0, 33-35 yoshlarda 11,2, 33,3%, 55,5% tashkil qilishni aniqlashgan

Mazkur yosh davrning o’zgaruvchanligini insonning biologik,ijtimoiy va tarbiyaviy omillari (irsiy alomat, ijtimoiy muhit, uzluksiz tarbiyaviy ta’sir) belgilaydi. Yu.N.Kulyutkin bir xil davrdagi odamlarda har-xil jarayonlar, xolatlar, xossalar, xususiyatlarning o’sishi, o’zgarishi baravar emas, balki ularning birovdan oldin xotira, keyin tafakur, boshqa birovda aksincha, rivojlanishni, bir psixik jarayonning zaiflashuvi, ikkinchisini jadal sur’at bilan o’stirishini o’qtiradi.

Yu.N.Kulyutkin tadqiqotining natijasiga qaraganda, 30-35 yoshlarda diqqat 102,8, xotira 99,5, tafakkur 102,3 birlikka barovardir. Yetuklik davri faoliyatining maxsuldorligini o’rgangan G.Leman uning cho’qqisi kimyogarlarda 30 yosh, matematiklarda 30-34, geologlarda 30-35 yosh ekanligini va o’rtacha maxsuldorlik cho’qqisi 37 yoshda bo’lishni qayd qilgan. Psixofiziolog S.V.Kravchkov ko’zning farqlash sezgirligi yoshga qarab o’zgarishini 4 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan odamlarda tekshirib, sezgirlikning ortishi 25 yoshgacha, sezgirlikning barqarorlagshuvi 25-50 yoshgacha davom etishi mumkinlini aniqlagan.

Z.F.Esarova oliy maktab o’qituvchilari aqliy faoliyatining maxsuldorligi muammosini tadqiq qilib, kandidantlik dissertatsiyasini yoqlashni matematiklar-26, psixologlar-32, filologlar-34, tarixchilar-31, fiziklar-30, biologlar-32 yoshida amalga oshirish mumkinligini aniqlagan.

Kamolotning birinchi bosqichidagi yetuk kishilarda ijtimoiy faoliyatida qatnashish istagi 30 yoshda 18,3%, 35 yoshda 6,2% ni tashkil etadi. V.SHevchuk demak, ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish ko’lami torayib boradi. Bu davrda erkak va ayollarning tafovutlari namayon bo’ladi: jismoniy, jinsiy, ruxiy kamoloda ayollar ilgarilab kelgan bo’lsalar, endi erkaklar oldinga o’tib oladilar va bu xol inson umrining oxirigacha saqlanib qoladi.8

Yetuklik davri 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollarni o’z ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholashda o’z ifodasini topuvchi yangi xislat namayon bo’ladi. ular shu kungacha mehnat faoliyatida miqdor ketidan quvib yurgan bo’lsalar, endi mexnat maxsulining sifati ustida bosh qotira boshlaydilar. Oilaviy turmushga ijtimoiy hayotga, yashashning maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak-atrofga, o’zlariga va boshqa odamlarga yangi mezon bilan qaray boshlaydilar. Turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy-xodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan hayot tajribasiga suyangan holda munosabatda bo’ladilar, har bir narsaning nozik tomoni yoki yomon oqibati xaqida o’z fikrlarini biladiradilar. Hayotda qo’ldan boy bergan imkoniyatlari, xato va kamchiliklari ularda yetti o’lchab, bir kes qabilida ish tutish tuyg’usini vujudga keltiradi. SHuning uchun ular umrining biror daqiqasi bekor o’tishiga achinadilar. Yoshlik yillarida yo’qotganlarini aql-zakovat, donishmandlik bilan to’ldirishga intiladilar. Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko’proq o’rin egallay boradi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Lekin odamlarning o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra bu chegara turlicha, masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo’lishi mumkin. SHu sababli yosh davrning chegaralari faqat shartli belgilanadi. Bu omil odamlar yashayotgan oila muhitiga, tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga jo’g’rofiy iqlim va xokozolarga ham bog’liqdir.

Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g’alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada unda takaburlik, mag’rurlik xislari paydo bo’ladi, o’zining boshqalardan ustun qo’ya boshlaydi yoki aksincha, hayot zaxmatlari unda loqaydlik tuyg’usini vujudga keltiradi. Lekin har ikkala ko’rinishga ega bo’lgan ruxiy xolat ham oila a’zolari, tengqurlari , mexnat jamoasi, a’zolarining ta’siri orqali asta-sekin muayyan yo’nalishga tushib qoladi. Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbol rejasi bilan xarakat qiladi, voqelikka turmush ikir-chikirlariga. Tabiat, jamiyat koinot, xodisalariga befarq qaramaydilar, imkoni boricha xotirjamlik, totuvlik, tinchlik, do’stlik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuyg’usi bilan yashaydilar.

«Men» uch xil ko’rinishdan ifodalanadi:

retrospektiv «Men» dan iborat bo’lib, o’tmishdagi o’zligini aks ettiradi

aktual «Men» sifatida tasavvur etilib, o’zining hozirgi davrini ifodalaydi;

ideal «Men» obrazi esa yaqin kelajakda o’zini qanday tasavvur qilish bilan bog’liq holda yaratiladi.

Shuning uchun o’z imkoniyatlarini hayotda to’la safarbar qilish istagi ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida o’zining o’tmishi obrazini xozirgisi bilan solishtirib, shaxsiy ideal modelini vujudga keltiradi, shaxs mazkur modeliga asoslanib, turmush rejalarini, xatti-xarakat maqsadini, usul va vositalarini tanlay boshlaydi. Insonning o’tmishdan xozirgi kunda, xozirgi kundan kelajakka intilishi o’zini anglashning bosh mezoni xisoblanadi. O’zligini anglashning boshqa mezonlari ham mavjud bo’lib, o’zini o’zi baxolash, nazorat qilish, tekshirish, qo’lga olish, o’ziga buyruq berish kabilarda aks etadi.

Z.F.Esarova quyidagi mezonlar bilan o’lchashni lozim topadi:

e’lon qilingan ilmiy ishlarning miqdori:

chop qilingan asarlar ichida o’quv qo’llanma, darslik va monografiyalarning mavjudligi;

ilmiy tadqiqotda yangi yo’nalishning ochilishi;

ilmiy muammoni hal qilishda yangi usulning kashf etilishi;

ilmiy maktabning tashkil qilinishi;

boshqa mualliflarning ishlariga murojaat qilish va ilova berish miqdori;

o’qituvchining ilmiy ma’lumotlaridan talabaning mustaqil ishlaridan foydalanish ko’lami:

o’qituvchi raxbarligidagi diplom va dissertatsiya ishlarning miqdori va sifati;

o’qituvchining ilmiy faoliyatidagi muvaffaqiyat munosabat bilan taqdirlanish;

dotsent va professor degan ilmiy pedagogik unvonlarga sazovor bo’lish kabilar.

O’zini anglash ko’pincha, o’ziga boshqa kishilar:

yoshi ulug’ odamlar;

tengdoshlar;

o’zidan kichik odamlar nuqtai-nazaridan qarashda ko’rinadi.

Mazkur yosh davridagi odamlarning ko’rish maydonini o’rgangan L.N.Kulenova va M.D.Aleksandrovalar 36-50 yoshli erkaklarda ko’rish chegarasi quyidagicha ekanini aniqlaganlar:

Normadan ortiq 4%, normada 53%, qolganlari normadan kam. Yu.N.Kulyutkin 36-40 yoshli sinaluvchilarda diqqat, xotira, tafakkurning 0-130 gacha shkalada 94,8, 93,7, 99,0 birligiga ega ekanligini isbotlab berdi. B.G.Anan’ev esa mazkur yoshdagilarda shaklni idrok qilishni bipopulyar va mopopulyar yo’llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga kelishini aytadi.

Qator olimlar (Klapared, Mayle, Bellis, Filipp) mazkur yoshdagilarning tovush va yorug’likdan ta’sirlanish vaqti o’zgarishini o’rganganlar. Olingan ma’lumotlar amaliy ahamiyatga ega bo’lib, o’z qimmatini xozirgacha saqlab kelmoqda. Ful’de, Raven, Pako kabi tadqiqotchilar intelektning qobiliyatini tekshirib, 30 yoshda 96, 40 yoshda 87, 50 yoshda 80, 60 yoshda 75% bo’lishni aniqlaganlar. Ularning ijtimoiy faoliyatiga kirish xususiyatini faollik nuqtai- nazaridan V.SHevchuk 35 yoshidagi odamlarning 6,2% bu faoliyatda qatnashish istagini bildirsa, 40 yoshda 2,2% qatnashishini xoxlaydi, 2,8% esa undan chiqishga qaror qiladi. Ahvol shunday davom etadi.






Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Bu davrda 28 – 35 yoshdagi erkak va ayollar kiradilar. Yetuklik davrida odam o`zining barcha kuch – quvvati, qobiliyati, aql – zakovati ichki imkoniyatlarining o`z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga jamoa ishlariga to`la safarbar eta oladi. Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g`alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada uning takabburlik, mag’rurlik, jahldorlik, asabiylik paydo bo`ladi. Yoshlik davrida yigit – va qizlarning komolotiga uchta muhim psixologik mexanizm ta’sir ko`rsatadi:

1 - Mehnat jamoasi

2 – Oila mikromuhiti

3 – Norasmiy ulafatlar.

Kamolotning birinchi bosqichidagi etuk kishilarda ijtimoiy faoliyatida qatnashish istagi 30 yoshda 18,3%, 35 yoshda 6,2% ni tashkil etadi. V.SHevchuk demak, ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish ko‘lami torayib boradi. Bu davrda erkak va ayollarning tafovutlari namayon bo‘ladi: jismoniy, jinsiy, ruxiy kamoloda ayollar ilgarilab kelgan bo‘lsalar, endi erkaklar oldinga o‘tib oladilar va bu xol inson umrining oxirigacha saqlanib qoladi.

Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g‘alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada unda takaburlik, mag‘rurlik xislari paydo bo‘ladi, o‘zining boshqalardan ustun qo‘ya boshlaydi yoki aksincha, hayot zaxmatlari unda loqaydlik tuyg‘usini vujudga keltiradi. Lekin har ikkala ko‘rinishga ega bo‘lgan ruxiy xolat ham oila a’zolari, tengqurlari , mexnat jamoasi, a’zolarining ta’siri orqali asta-sekin muayyan yo‘nalishga tushib qoladi. Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbol rejasi bilan xarakat qiladi, voqelikka turmush ikir-chikirlariga. Tabiat, jamiyat koinot, xodisalariga befarq qaramaydilar, imkoni boricha xotirjamlik, totuvlik, tinchlik, do‘stlik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuyg‘usi bilan yashaydilar. Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari xaqidagi fandir. SHuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning Yosh o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. SHuning uchun ijtimoiy xayotda, ta’lim-tarbiya jarayonida, guruxlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda Yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi.










Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1. E.G`озиев . Умумий психология. Т.2010.

2. Ivanov P.I. Zufarova M. Umumiy psixologiya T. 2008.

3. Дубровина И.В. Возрастная и педагогическая психология. Хрестоматия / И.В. Дубровина, А.М. Прихожан, В.В. Зацепин. - М.: Аcадемиа, 2018. – 256 c. 4. Dodge K.A. (1993). Xulq-atvor va depressiyani rivojlanishidagi ijtimoiy- kognitiv mexanizmlar. Yillik psixologiya sharhi, 44, 559-584. doi: 10.1146 / annurev.ps.44.020193.003015.

5. Emelin VA, Txostov A. Sh., va Rasskazova EI (2014). Axborot-kommunikatsiya jamiyatidagi psixologik moslashuv: Texnologiyalar bilan bog'liq psixologik oqibatlar anketasining qayta ko'rib chiqilgan versiyasi. Rossiyadagi psixologiya: San'at holati, 8 (2), 105-120.

6. Garber J., Quiggle NL, Panak WF va Dodge KA (1992). Bola taraqqiyoti, 63 (6), (1992 yil dekabr), 1305-1320. doi: 10.2307 / 1131557

7. Gebel C., & Vütscher S. (2015). Ijtimoiy tarmoqlar vafot etganlar: Verteund Medienkompetenz Jugendlicher. Potenzialen der Medienarbeit mit Social Media ekspertizasi. Myunxen: JFF - Institut für Medienpädagogik in Forschung und Praxis

8. Haydarov F., Halilova N. Umumiy psixologiya. T.2010.

9. "Transitions and turning points: Navigating the passage from childhood through adolescence."Developmental Psychology 32 (4): 768–776. 1996. doi:10.1037/0012-1649.32.4.768. ISSN 1939599.

10.  https://en.wikipedia.org/wiki/Developmental_psychology#cite_note-3

11. https://en.wikipedia.org/wiki/Developmental_psychology#cite_note-4

12. Psychology. New York, NY: Worth Publishers, 2011. 




1 E.G`озиев . Умумий психология. Т.2010.

2 Ivanov P.I. Zufarova M. Umumiy psixologiya T. 2008.

3 Дубровина И.В. Возрастная и педагогическая психология. Хрестоматия / И.В. Дубровина, А.М. Прихожан, В.В. Зацепин. - М.: Аcадемиа, 2018. – 256 c.

4 Dodge K.A. (1993). Xulq-atvor va depressiyani rivojlanishidagi ijtimoiy- kognitiv mexanizmlar. Yillik psixologiya sharhi, 44, 559-584. doi: 10.1146 / annurev.ps.44.020193.003015.

5 Emelin VA, Txostov A. Sh., va Rasskazova EI (2014). Axborot-kommunikatsiya jamiyatidagi psixologik moslashuv: Texnologiyalar bilan bog'liq psixologik oqibatlar anketasining qayta ko'rib chiqilgan versiyasi. Rossiyadagi psixologiya: San'at holati, 8 (2), 105-120.

6 Haydarov F., Halilova N. Umumiy psixologiya. T.2010.

7 E.G`озиев . Умумий психология. Т.2010.

8 Haydarov F., Halilova N. Umumiy psixologiya. T.2010.

13



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!